11 noyabr– Kasaba uyushmalari kuni
Аyni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab “Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish haftaligi” o'tkazilmoqda.
Bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlash uchun keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 11 noyabr– Kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bian bir guruh faollar taqdirlandi.
(https://kasaba.uz/kasaba-uyushmalari-kuniga-1-jil-esdalik-kukrak-nishonlari-topshirildi/)
Ma`lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu sana 2020 yil 23 noyabrdagi OʼRQ-648-son Qonun bilan belgilanib, hujjat joriy yil 10 noyabrda Qonunchilik palatasi hamda 20 noyabrda Senat tomonidan qabul qilingan.
Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy manfaatlar bog‘lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalarining maqsadi – o‘z a`zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishdan iborat.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tarkibida 32,5 ming boshlang‘ich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 tarmoq kasaba uyushmalari mavjud, kasaba uyushmalariga a‘zolarning soni 5,5 mln dan ortiq bo‘lib, ulardan 2,5 mln dan ziyodi ayollar va 2 mln dan ziyodi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanadi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma`naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta`minlash, tashkilot fidoyi xodimlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati