Andijon bo‘ylab “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi o'tkazilyapti
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmonining ijrosini ta`minlash maqsadida viloyatimizda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, noyabr oyida Andijon bo‘ylab “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida salomatlik yurish aksiyalari o‘tkazilinib kelinmoqda.
Unda tuman va shahar hokimliklari, IIB, Prokuratura Mahalla fuqarolar yig‘inlari, nuroniylar, turli korxona va tashkilotlarning jami 60 000 dan ziyod ishchi xodimlari, shuningdek, aholining barcha qatlamlari ishtirok etishi ta‘minlanib, hozirda bu kabi tadbirlar uchun hududlarda davom etmoqda.
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati