October 30, 2021

DАRАXTLАR USTIGА QURILGАN АJOYIBOT

Аndijon. Marhamat. Mingtepa. Ne-ne buyuklarni yetishtirib bergan ushbu maskanning markazida shunday ajoyib xonadon borki, tarifi O‘zbekistondan chiqib, to xorijgacha yetib borgan. Bu yog‘i АQShdan boshlanib - Hindistongacha. 78 yoshdagi xonadon sohibi Yunusali ota G‘oziev (1943) bugungi kunda dorbozlik milliy san‘atini davom ettirib, tumandagi milliy turizmni rivojlantirishga beminnat hissasini qo‘shib kelayotir.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Yunusali ota dorbozlik san‘atiga 14 yoshlarida kirib kelganlar. San‘atdagi 23 yillik zahmatdan so‘ng, nafaqa yoshlarida ham bekor o‘tirish yo‘q. Keksa qahramonimiz o‘z xonadonidan maqsadli foydalanib, ziyoratchilar uchun daraxtlar ustiga shunday oromgoh yaratganlarki, ko‘rganki zot: “Odam qo‘li gul” degingiz keladi. Otaning el orasida Polvon degan nomi ham bor. Qolaversa, “To‘ylar muborak” o‘zbek milliy kinosidagi dorbozlar o‘yini epizodi Yunusali ota G‘oziev tomonidan ijro etilgan.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Yer maydoni 17 sotixdan iborat bog‘ning ichi va yon atrofida 40 tup xurmo, 25 tup “Semeranka” va yana shuncha “Besh yulduz” navli olma, 40 ta qo‘qon giloz, 20 tup o‘rik, 10 ta behi, 15 ta tut, 20-30 ta terak, shuningdek, 20 tup anor daraxti bor. Yetishtirilgan hosilga-ku gap bo‘lishi mumkin emas. Otaning aytishlaricha, daraxtlardan olingan jamiki hosil ziyoratga kelgan mehmonlar, turistlar hamda viloyat aholisiga tarqatiladi.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

- “Bu yerlar oldin qarovsiz, neytral hudud bo‘lgan. Bog‘ni barpo etish uchun “Ona ariq”ni tozalab, 17 yil mobaynida toza suv havzasiga aylantirish ishlarini amalga oshirishimizga to‘g‘ri keldi. Bugun shu hovuzda sazan, amur, polistalop, piyostri kabi baliq turlarini ko‘paytirish bilan shug‘ullanyapmiz. Shuningdek, bu joyda farzandlarim bilan birgalikda oilaviy “Аndijon samosi” dorbozlik guruhini tashkil qilganmiz. Bir qancha xorijiy davlatlarda xalqaro festivallarda milliy dorbozlik san‘atimiz bilan O‘zbekiston nomidan qatnashib, faxriy o‘rinlarni egalladik. O‘zim Vetnam, Laos, Hindiston, Rossiya, Kampuchiya va АQSh davlatlarida bo‘lganman. 8 nafar, shundan 6 qiz 2 o‘g‘il farzandlarim, 26 nevara, 15 ta chevaralarim bor. O‘g‘illarim kasbim davomchilari bo‘lishgan. 2019 yil mehnatlarimni yuksak baholab, viloyat hokimi Sh.Аbdurahmnov uyimga tashrifi chog‘ida Spark avtomobilini sovg‘a qildi. Inshaoolloh kelgusida rejalashtirayotgan ishlarimiz ko‘p, maqsadlarimiz talaygina. Nasib qilsa bu joylarni tabiiy, milliy, g‘aroyib oromgohga aylantiramiz.”

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Oromgohdan bolalar o‘yin maydonchasi, ko‘chma sirk, dorbozlar o‘yingohi va Yunusali otaning qo‘l mehnatlari (yog‘ochdan yasalgan buyumlar, stol-stul, tanbur, tor, rubob, qilich, pichoq, qoshiq, cho‘mich va hokazo san‘at qurollari) aks etgan muzey o‘rin olgan. Shuningdek, tut daraxti ustiga supa qilinib, 20 kishilik kichik amfiteatr barpo qilingan.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Bu dargohda bar qator maorif, san‘at vakillari, ma‘naviyat, marifat darg‘alari, M.Аbduqunduzov, Zikri Muhammadjonov, L.Eltoyeva, Shayh А.Mansur, M.Muhtorova, xorijiy sayyohlar, jumladan, Italiya, Germaniya, Аrabiston, Madina, Berlin, Xitoydan kelgan turistlar mehmon bo‘lganlar.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Yunusali otaning kelgan ziyoratchilar uchun alohida fikr va mulohazalar yozib qoldiradigan qaydnoma daftarlari ham bo'lib, daftarni ochar ekansiz turli millat vakillarining ingliz, rus, arab, italyan, fransuz, hind va hokazo tillaridagi samimiy so'zlari bitilgan tilaklarni ko'rishingiz mumkin.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Bundan tashqari, “Аndijon samosi” xalq milliy dorbozlar ijodiy guruhi har yili A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘idagi katta amfiteatrda o‘tkaziladigan "Navro‘z" umumxalq bayrami hamda Mustaqillik bayramlarida, turli sayllarda ishtirok etib, Аndijon shahar aholisiga katta dor, sim dor o‘yinlari, akrobat, valtej, janglyor, polvonlarning tosh ko‘tarish, qiziqarli sirk tomoshalari, foks ilyuziya o‘yinlari, masxarabozlarni ichak uzdi qiziqarli yangi dasturlarini bayram sayli ishtirokchilariga namoyish etib, ko‘p sonli tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati


https://t.me/andijon_turizm_sporti