30-OKTYABR MURABBIYLAR KUNI
O‘qituvchilar kuni haqida hammamiz bilamiz, lekin ko‘pchilik Murabbiylar kunining mavjudligi haqida bilmaydi. Bizning mamlakatimizda bu rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, shunday bayram bor.
30-oktyabr kuni sport ustozlarini tabriklash odat tusiga kirib ulgurgan. U sanalar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa ham bizning mamlakatimizda u norasmiy ravishda 20 yildan ortiqroq vaqtdan beri mavjud.
Sananing tarixiga kelsak, 1999 yilda Rossiya Badiiy gimnastika federatsiyasi har yili murabbiylar uchun maxsus kun ajratish tashabbusi bilan chiqqach, g‘oya sport olamida ildiz ota boshlagan va shundan buyon har yili 30-oktabr kuni sportchilar o‘z murabbiylarini qizg‘in tabriklab, qilayotgan ishlari uchun ularga minnatdorchilik bildiradilar.
Qolaversa, sana munosabati bilan ixtisoslashtirilgan sport muassasalarida bayramlar tashkil etilib, ularda bayram qahramonlariga iliq so‘zlar va eng yaxshi tilaklar aytiladi, ilgari qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda mukofotlar muhokama qilinadi, kelgusidagi ishlar uchun rejalar tuziladi. Bolalar sport maktablarida yosh tarbiyalanuvchilarning konsert dasturlari va badiiy chiqishlari tashkil etiladi.
Eng yaxshi sport mutaxassislari diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. O‘z sohasining haqiqiy mutaxassislariga faxriy sport unvonlari beriladi.
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati