May 29, 2021
Andijonda "Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi boshlig'ining kubogi" uchun sportning shaxmat turi bo'yicha musobaqaga start berildi.
Ushbu musobaqada viloyatimizning mahallalarida istiqomat qilayotgan nogironligi bo'lgan uyushmagan yoshlar ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi hamda tuman davlat xavfsizlik xizmati rahbari so‘z olib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Bizni kuzatib boring! Musobaqa natijalari bilan sizni tanishtirib boramiz.
Andijon viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati