3 -dekabr - “Xalqaro nogironlar kuni”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paraolimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23-noyabrdagi 123-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida 1-dekabr kuni Andijon shahar Xalqlar do'stligi o'yingohi hududidagi sport inshootlarida imkoniyati cheklangan aholi va yoshlar o'rtasida festival tashkil etildi.
Undan ko'zlangan asosiy maqsad, 3-dekabr - “Xalqaro nogironlar kuni”ni yuqori saviyada o‘tkazish hamda munosib nishonlash, imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport musobaqalarini ommaviyligini oshirish iborat.
Unda ishtirokchilar sportning para yengil atletika (uzunlikka sakrash, 100.m ga yugurish, estafeta 400 metrga yugurish va yadro uloqtirish), para pauerlifting, para shaxmat, para futbol (5x5) hamda para suzish turlari bo'yicha o‘zaro bahs olib bordilar.
Bundan tashqari, musobaqaning para yengil atletika turi - xalqaro talablardan kelib chiqqan holda, para pauerlifting turi - xalqaro para pauerlifting federatsiyasi qonun-qoidalariga ko'ra, para shaxmat - shaxmat bo'yicha qabul qilingan xalqaro qoidalar hamda musobaqa nizomiga ko'ra Shvetsarcha tizim bo'yicha, para futbol - xalqaro Paralimpiya Qo'mitasining IBSA qoidalariga ko'ra, para suzish - erkin usul, chalqancha, brass va batrfley usullarida suzish bo'yicha tashkil etildi.
Musobaqa bosh boshqarma tasarrufidagi sport ta'lim muassasalarida paralimpiya sport turlarida shug'ullanib kelayotgan, jami 200 dan ortiq sportchilar o'rtasida bo‘lib o‘tdi.
Festival yakunida g‘olib va sovrindorlar viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alari hamda diplomlar bilan munosib taqdirlandi.
Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati