December 19, 2021

Gimnastika hamma uchun

Andijon shahridagi yopiq sport majmuasida Andijon viloyat hokimligi, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda gimnastika federatsiyasi tomonidan "Gimnastika hamma uchun" shiori ostidagi Gimnastrada sport musobaqalarining final bosqichi o‘tkazildi.

Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 24 ta jamoa, xususan, 1000 ga yaqin 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etdilar.

Ushbu musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, eng avvalo, Muhtaram yurtboshimizning “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-sonli Farmoni ijrosini ta`minlash, yoshlarni sportga jalb qilish hamda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ayniqsa, xotin-qizlar sportini yanada rivojlantirishdan iborat.

Andijon viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/andijon_turizm_sporti