May 5, 2021

Olimpiadachilarimiz doimiy e'tiborda!

Andijon viloyati hokimining o'rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Aziz Maksumov tomonidan bugungi kunda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan navbatdagi XXXII yozgi Olimpiyada va XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziyani qo‘lga kiritgan va litsenziyani qo'lga kiritish imkoni bo'lgan sportchilarning oilasidan habar olindi.

Tashrif davomida sportchilarning musobaqada g’alaba qilish maqsadi ularning shiddat bilan izchil mashq qilishlari, musobaqalarga ruhiy tayyorgarlik holatining yuqori darajada bo’lishi kabi omillar ta’sirida amalga oshirish maqsadida ularning oila a'zolariga yaratilgan ijtimoiy shart-sharoitlar o‘rganib chiqildi hamda sportchilarimizni rag‘batlantirish, ularni yanada ruhlantirish maqsadida oila a'zolaridan xabar olindi va viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Andijon viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati.