December 29, 2020
"Yangi yilga sport bilan" shiori ostida aholi o‘rtasida sport festivali bugun ham davom etmoqda.
Andijon shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasida ommaviy sportga keng jalb etishga qaratildi "yangi yilga sport bilan" shiori ostida aholi o‘rtasida sportning mini futbol, stritbol, yugurish, badminton, stol tennis, tosh ko‘tarish, "Workout", darts, arqon tortish, shaxmat turlari bo‘yicha sport festivali boshlangani haqida avval xabar berib o'tgandik. Bugungi o‘tkazilgan tadbirda 700 nafardan ziyod ishtirokchilar qamrab olindi.
Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.