October 24, 2020

Andijon viloyati boʻylab aholini ommaviy sportga jalb etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilgach, aholining oʻz salomatliklarini mustahkamlashlari uchun jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini olib borishlari uchun yana-da yaxshiroq imkoniyatlar yaratib berish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyatimizda ham tizimli ravishda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Andijon shahrida joylashgan sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining "Barkamol avlod" sport majmuasida 2000 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni, jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Muhammadqodir Abdullaev boshchiligida ertalabki badantarbiya mashqlari o'tkazildi va boshqa taniqli sportnchilar boshchiligida barcha hududlarda ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil etildi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshchiligida va boshqarma tizimidagi barcha tashkilotlari bilan xalq taʼlimi hududiy boʻlimlari, sogʻliqni saqlash boʻlimi, nuroniylar, yoshlar hamda korxona va tashkilotlardan 4000 nafardan ziyod xodimlari ishtirokida “Salomatlik uchun 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni oʻtkazildi.

Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.