January 23, 2025

Teskari 1-qism

Baribir meni demaguningcha tòxtamayman. Balkim notòģri qilayotgandurman. Lekin baribir meniki bòlasan.

Erta tong. Kòzlarimni ochar ekanman ģalati ovozdan qòrqib ketdim. Òrnimdan qay tarzda turib ketganimni ham bilmay qoldi. Miyyamda faqat bir savol " Bu qanday ovoz?" Zinalardan tushar ekanman, qarshimdagi manzarani kòrib tanam muzlab qoldi.

Qiz: oyiii oyijoon

Onamni yerda qonga belanib yotganini kòrdim

Qiz: bu nimasi aa? Bu qanday razillik. Ming lanat hammasiga 😭

Onamni sekin kòtarib mexmonxonadagi divanga yotqizdim. Nafas olayotganini tekshirib kòrdim. Ha nafas olyapti. Onam tirik. Idishda suv bilan toza sochiq olib kelib onamning qon yuzlarini tozalab qòydim. Soatga qaradim 8:15. Demak bugun ham maktabga bormas ekanman. Onamni peshonasida sekin òpib, ustini yengil choyshab bilan òrab qòydim. Divan qarshisidagi kresloga òtirib òylay boshladim.

Pov/qiz

18 yoshimda bularni kòrishni istamagan edim. Onamni qòlimdan kelgancha asrab avaylamoqchi edim ammo qòlimdan kelmadi. Dadam bu darajada shavqatsiz razil inson bòladi deb òylamagan edim. Unga faqat pul, ichkilik va òsha lanati qimor kerak. Uni ham bu yòldan qaytarishga kòp urindim. Ammo qòlimdan xech narsa kelmaydigan axmoqman. Bazan òylab qolaman, òzi nega tuģilding Anna. Balkim òsha avtohalokatda òlib ketganingda bularni kòrmagan bòlarmiding.

Flashback 5 yil oldin

Pov/Anna

Dadamning kòzlari nega qizargan. Balkim tobi yòqdir, ammo nega shu holatda ham mashina boshqarishga qaror qildi. Yuragim negadir ģash. Onam yonimdagi òrindiqda, opam esa oldi òrindiqda hotirjam ketishardi.

Kòzimni ochdim, yerda yotar ekanman xech nimani eshitmasdim. Faqat kòrganim atrofdagi kòp odamlar va mashinalar edi xolos. Òrnimdan turmoqchi bòldim biqinimdagi oģriq shu qadar kuchli ediki unqa etibor qilmaslikka ilojim yòq edi. Ingrab òrnimdan turdim. Qarshimdagi xolat tariflab bòlmas darajada.

Onam oģzidan qon kelgancha yerda yotardi. Opam qòrquvdan yerdagi onamni siltalardi. Dadam esa oyoģidagi jaroxat tufayli chòloqlanib u yoqdan bu yoqqa borib kelardi. Ha, òsha mudhish avtohalokat sodir bòldi. Oxiri bir ayol onamni tinch qòymay siltayotgan opamni tortqilab turģizdida òzi onamga yordam bera boshladi. Onamni bazur nafas olayotganini kòrib kòylagini oldini yirtib ochdi. Yuziga suv sepib oģzidagi qonni artar ekan men hamon muzlagancha qaltirab turardim. Shu payt yelkamga tekkan qòldan seskanib orqamga burildim.

Anna: toģaa toģajon 😭

Hiqillab yiģlarkanman qaltirab toģamni belidan quchib oldim.

X: yiģlama qizaloģim. Xammasi joyida bòladi.

Toģam sochimni silagancha faqat shu gaplarni takror aytardi. Meni sekin baģridan chiqardida savol berdi

X: opang Mona qani?

Anna: b..bilmayman xozir shu yerda edi.

Orqadan qichqirgan ovoz eshitildi. Bu opam edi u yiģlagancha yugurib kelib toģamni quchib oldi.

Mona: toģajooon

Toģam bizni baravariga quchib yupatib turarkan qandaydir odam buni bòldi.

~~ janob Kim mashinani olib ketgani kelishdi. Tez yordam ham shu yerda Lee honimni olib ketishga tayyor.

Toģam yaxshi degandek bosh chayqab qòydi. Ha, janob Kim mening toģam onamning ukasi. Onamni juda yaxshi kòradi. Opam va meni ham bizni doim qullab quvvatlaydi. Deyarli dadamdan yaxshi desam ham bòladi.

Yòl chetiga aģdarilgan mashinani qandaydir katta mashina olib ketdi. Tez yordam mashinasi esa allaqachon onamni olib ketgan edi. Toģam bizni ham mashinasiga òtqazib shahar shifoxonasiga olib bordi. Tekshiruvdan òtdik hammasi yaxshi. Menga ham opamga ham hech narsa qilmagan ekan. Ammo onam...

1 soat òtdi hali ham onamdan habar yòq edi sabrsizlanib toģamga savol berdi.

Anna: toģa nega oyimni kòrsatishmayapti? Ular òlib qoldimi?

Janob Kim: unaqa emas qizaloģim. Oying kòrikda hammasi yaxshi.

~~ Lee honimning yaqinlari kim?

Toģam sekin òrnidan turdida shifokor tomonga yurib borib u bilan ichkariga kirib ketdi.

Mana 6 oydan beri onamni kòrmadim. Uni boshqa shaharga olib ketishgan edi. Mashina yòl chetiga chiqib ketib aģdarilganda onam derazadan chiqib ketgan va mashina onamni bir marta ustidan bosib yumalab ketgan edi. Shu sababli onamning umurtqa poģonasi shikastlangan va uni operatsiya qilish uchun boshqa shaharga olib ketishgan edi. Men va opam esa toģamnikida yashab turgan edik. Onam bilan faqat qònģiroqlashib turardik. Dadam onda sonda bizdan xabar olgani kelib turardi. Agar òshanda daman shahar markazidagi shinamgina uyimizni sotib mashina olmaganida xozir bu ahvolga tushmagan bòlar edik. Onam yonimda bòlar edi. Ijarada yashab qiynalmagan bòlar edik.

Maktabdan qaytarkanman hayollarim parishon edi. Onamni soģindim. Xozir nima qilayotgan ekanlar. 13 yoshimda onamdan uzoqda yashayman deb hayolimga ham keltirmagandim. Shularni òylab kelarkanman yelkamdagi oģriqdan baqirib yubordim

Anna: kòzingga qarab yurshang bòlmaydimi? Sal qolsa yelkamni sidirarding.

Bir yigit yelkamga urilib ketgandi. Yelkamga qòlimni qòyib oģriqni pasaytirish uchun uni biroz silab qòydim.

X: hmm men aybdorman shundaymi? Hayol surib kelayotgan senku lekin meni turtib yuborganing uchun aybdormanmi? 😏

Pov/Anna

Esankirab qoldim. Bu tanish yuzni kòrib muzlab qoldim. Menga gapiryotgan insonga qarab qotib qoldim. Nahotki bu òsha bòlsa? Meni tanib qolmasligi uchun yuzimni undan olib qochdim. Iltijo qildim faqat meni tanib qolmasin. Bu aniq òsha....

Tezda undan uzr sòrab tanib qolmasligi uchun yonidan tez-tez yurib òtib ketdim. Yuragim shu qadar tartibsiz urardiki tars yorilaman derdi. Qòrqdim, juda qòrqdim, tanib qolishidan qòrdim. Nega shuncha vaqtdan keyin uni yana kòrdim. U nega bu yerlarda òralashib yuribdi. Yoki meni izlab keldimikan. Yòq, yòq òylashni ham istamayman. U bu uchun kelmagan. Tinchlan Anna.

Qòlimni kòksimga qòygancha tez urayotgan yuragimni tinchlantirishga urindim...