Teskari 4-qism
Hayoting davomida ko'p qiyinchiliklarni ko'rasan. Yiqilasan turasan. Bazida hamma yering qonga belanadi kuching qolmaydi ammo seni qo'llovchilar borligini eslab yana yòlda davom etasan. Nega hayotda òzing uchun emas aynan seni qòllovchi seni yaxshi kòruvchilar uchun òzingni kuchli qilib kòrsatishing kerak, yiqilmasliging kerak...
Janob Kim: kòrishguncha, òqishlaringda omad qizaloģim
Anna oyisi va opasining vafotidan sòng toģasinikida yashadi. Toģasi unga imkon qadar ularning yòqligini bildirmaslikka harakat qildi. Janob Kimning rafiqasi Kim xonim ham uni òz qizidek qabul qildi. Albatta Anna baribir begonaligini sezardi ammo bildirmaslikka harakat qilardi.
Oyim va opamning vafotiga ham 3 oy bòldi. Kònikish uchun harakat qilganim sari ularni soģinishni boshlayapman. Ming la'nat nega mening hayotimda faqat ģamginlik bor. Nega doim tashvishlarni qabul qilishim kerak. Nega bularni òtib ketishini kutishim kerak. "Oyi balki meni ham olib ketarsiz. Sizni juda sog'indim 😢
Anna kòzida oqqan bir tomchi yoshni artib manzilga yetib kelgan avtobusdan tushdi. Maktab darvozasidan ichkariga kirarkan orqadan kelgan ovoz uni tòxtatdi.
Ortiga burilib qaragan Anna yugirib kelayotgan Yunani ko'rdi. Yuna Anna bilan bir sinfdan òqiydigan shaharning boy oilasining qizi edi.
Yuna: xòsh chiroyli qiz ahvollaring qalay?
Anna bu savoldan biroz shoshib qoldi. Zero u shu vaqtgacha deyarli sinfdoshlarining hech biri bilan yaqin munosabatda bòlmagan edi.
Anna: yaxshiman aytarli hech bir narsa yòq. Òzingchi?
Yuna: men doim positive bòlganmanku 😂
Yuna gapirib Annaning yelkasidan sekin urib kuldi. Anna hamon hayron edi " nega u menga bunday gapiryapti"
Yuna: agar istasang bugun birga òtiramiz nima deding?
Anna: menga farqi yòq zero shu vaqtgacha kim bilandir birga òtirish haqida òylamaganman. Istasang òtiraver.
Biroz sovuq va qòpol muomila bòldi bu tabiiy Anna oxirgi voqealardan sòng hammaga shunaqa muomilada bòlardi. Yuna uning bu gaplaridan hafa bòlmadi "mayli" degandek Annaning qòllari orasidan qòllarini òtkazib ichkariga sudiradi.
Yuna: Anna istasang birga biroz aylanamiz.
Anna Yunaning yaqinlashuvidan shubha ostida qolgandi. Dars mobaynida Annani gapga solishga uringan Yuna endi esa aylanish taklifini beryapti.
Yuna: bu nima deganing Anna biroz aylanamiz senga ham foydali bòladi.
Anna "yaxshi" degandek bosh silkidi. Ikki qiz birga uzun yòlak bòylab ketishdi. Òrtada tushinib bòlmas sukunat bor edi. Anna yòl bòyi Yunaga gapirmadi. Yuna ham uni gapirishini kutib indamadi oxiri chidab turolmay sukunatni bòldi.
Anna unga boshini burib "nima" degandek qaradi.
Yuna: oying va opangning vafotidan juda afsusdaman
Yuna boshini quyi egib ģamgin ovozda Annaga hamdardlik bildirmoqchi bòldi.
Anna: Nega? Nega sen afsuslanyapsan?
Yuna Annaning ģalati savolidan hayratlandi lekin Annaga bildirmaslik uchun gapida davom etdi.
Yuna gapini oxirigacha tugatishga ulgurmadi Anna uning gaplarini bòlib ģazab bilan gapirdi
Anna: tushunmaysan. Qayerdan ham tushunarding sendaqa boylar bizdeklarni tushunishmaydi. Shunday ekan menga soxta muruvat kòrsatma bunga muhtoj emasman. Menga yaqinlashishga urinma ham
Anna gaplarini gapirdiyu orqasiga qaramasdan yurib ketdi. Yuna uni ortidan kòzatib qolaverdi.
Kichik bir xonaning chetidagi kravatda òtirgan Janob Hwan boshini sekin kòtarib nazoratchiga yuzlandi
~~ sizni kòrgani kelishgan biz bilan yuring
Janob Hwanning yuzi biroz yorishdi. Nahot Anna uni kòrgani kelgan bòlsa. Nazoratchi Janob Hwanni qòllariga kishan solib xonadan olib chiqib uchrashuv xonasiga olib bordi. Eshikdan kiraverishda
Janob Hwan ichkariga kirib stolda òtirga yigitni kòrib biroz hayratlandi. Buni kutmagandi òzini xòrlangandek xis qildi. Ovozi biroz bòģiq chiqdi
Hwan: ustimdan kulgani keldingmi?
X: kulgani, shunday deb òylaysizmi? Sizningcha kulishga asosli sababim bormi? Kuladigan ahvoldamanmi?
Yigit jahl bilan gapirardi ammo ovozida qandaydur hotirjamlik bor edi.
Hwan: unda nega kelding. Har holda qotil qaynotangdan habar olgani kelmagandursan
Janob Hwan biroz pastroq ovozda gapirdi
X: nega bunday qildingiz? Nahotki òz yaqinlaringizga rahmingiz kelmasa. Annani òylamadingizmi? U oyisiz qanday oģir ahvolda ekanligini bilasizmi. 3 oy davomida òzini yaxshilashga urindi ammo...
Yigitcha sòngi gaplarni ayta olmadi. Bòģzidagi achchiq alam uni gapirgani qòymadi. Janob Hwan esa boshi quyi egib biroz òyga toldi.
Hwan: Nima ( kòzlarini katta katta ochib)
X: onasidagi kasallik unga ham òtgan. Buni òzi bilmaydi.
Janob Hwan yiģlab yubordi. Gaplaridan Jimin ham uni ayblayotgan edi. Kòzlaridagi afsuslik bilan Jiminga qaradi
Hwan: Jimin meni eshit. Ularni men òldirmadi xudo haqqi men òldirmadim menga xech kim ishonmayapti. Ammo sen ishon men òz qizimni òldirishga qanday qòlim borishi mumkin. Men òshanda dò....
~~ Janob Hwan vaqtingiz tugadi. Biz bilan yuring.
Suhbat bòlindi Janob Hwan gapini yakunlay olmadi. Jimin esa unga bir qarab qòydida chuqur xòrsindi va xonani tark etdi. Nazoratchi Janob Hwanni olib yana òsha kichik xonasiga kuzatib qòydi.
Park Jimin Janob Hwanning katta qizi Monaning turmush òrtoģi edi. Ular bir birini sevib turmush qurishgan edi. Jimin uni yòqotishdan shu qadar qòrqardiki va qòrqani boshiga tushdi. Ularning ikki nafar farzandlari bor edi. Endi ular onasiz katta bòlishadimi
Anna: salom oyi men keldim. Ahvollaringiz yaxshi degan umiddaman. Men yaxshiman. Lekin sizni juda soģindim 😭
Anna qabr ustiga boshini qòyib yiģlab yubordi. Ichidagi barcha dardlarni tòkishga urindi. Biroz shu holatda turdida oyisining yonidagi qabrga yuzlandi bu opasi Monaning qabri edi. Qabr toshiga òyib yozilgan "Hwan Mona" sòzi ustidan qòllarini sekin yurgizdi. Qabrtoshga yaqin kelib egilib gapirdi
Anna: Mona siz yaxshimisiz? (Jimlik) Farzandlaringiz yaxshi. Ularni kòrgani bordim. Jimin ularga juda yaxshi qarayapti u yaxshi ota va...
Anna biroz jimib qoldi qult etib yutunib yana gapirishda davom etdi
Anna: va eng yaxshi turmush òrtoģ. Lekin siz uni tashlab ketdingiz. (Sukunat javob yòq. Tabiiyki qabristondan javob ololmasdi)
Qiz hamon qarbtoshga egilgan holatda turib gapirardi. Birdan boshini kòtarib baqirib gapira boshladi
Anna: SAVOLIMGA JAVOB BERING. NEGA? NEGA UNI TASHLAB KETISHGA QAROR QILDINGIIZ 😭 FARZANDLARINGIZNI ÒYLAMADINGIZMI? HÒSH SIZCHI, SIZCHI OYI MENI NEGA TASHLAB KETINGIZ. MENI YOMON KÒRARMIDINGIZ. TUG'ULGAN KUNIMDA MENGA ÒZIM YOQTIRGAN TAOMNI SOVG'A QILMOQCHI EDINGIZKU.
Anna ham baqirib ham yiģlardi. Sochlarini qattiq siqib òzini u yerdan bu yerga olib otardi. Oxirini uni quchoqlagan qòllar tòxtatdi.
Janob Kim: Anna tinchlan Anna meni eshityapsanmi
Janob Kim Annani yuzlaridan ushlab òziga qaratdi
Janob Kim: men shu yerdaman qizaloģim hammasi yaxshi bòladi. Eshityapsanmi hammasi yaxshi bòladi.
Anna toģasini qattiq quchoqladi va òzini tashlab yubordi. Hushidan ketdi. Buni kòrgan Janob Kim shoshib qoldi. Uni qòllarida kòtarib mashinaga òtirģizdi. Uzi ham rulga òtirib mashinani katta tezlikda haydab shifoxonaga yòl oldi.
~~ Janob Kim Annaning kasalligidan habaringiz bormi?
~~ davosiz ekanligidan ham habaringiz bormi? U yashaydi ammo bazida bugungidek hushini yòqotishi qattiq stressga tushishi mumkin. Boshidagi òsimta zararsiz deb aytolmayman ammo u xozircha kattalashmagan.
Kim: muolajalar orqali boshqarsa bòladi shundaymi?
Shifokorga umid kòzlari bilan tikilgan Janob Kim ayni damda Anna uchun hammasiga tayyor edi.
~~ ammo bu davo chorasi bòlolmaydi kasallikni shunchaki kuchsizlantirishi mumkin. Lekin bu chora kòrmagandan kòra yaxshi.
Shifokor stol chetidagi qoģozlardan birini olib bir nimalarni yozdi. Qoģozni Janob Kimga uzatib Anna qaysi vaqtda qaysi dorilarni qabul qilishi kerakligini tushuntirdi.
Kravatdan tushib, eshikdan kirib stolga òtirgan toģasini yoniga kelidi
Kim: albatta gulģuncham ketamiz faqat sen oldin menga vada berishing kerak.
Anna: boshqa qabristonga bormaslik tòģrisida bòlsa vada berolmayman. Men ularni kòrmasam bòlmaydi.
Kim: yòq bunga qarshi emasman. Bu boshqa masalada. Bu dorilar ròyxati ularni qachon qaysi vaqtda qabul qilishing yozilgan bu yerda. Sen menga vada berishing kerak bòlgan narsa shuki dorilarni vaqtida qabul qilib doimo òzingni asrashing.
Anna toģasini qòlidan qoģozni olib qoģozga tikilgancha boshini "hòp" degandek silkib qòydi.
Yuna: jonimga tegding. Òzi istamasa nima qilishim kerak
📱: majburlaysan kerak bòlsa tiz chòkasan. Menga farqi yòq. Rejamizni amalga oshirasan va Men senga vada qilingan narsani beraman. Yoki kerak emasmi?
Yuna: yòq, unday qilma iltimos qilaman, sen aytgandek qilaman, hammasini barajaraman faqat vadangdan qaytma
📱: barakalla gòzalim unda ishga kirish. Sendan yaxshi xabarlar kutaman. Xayr
Yuna: jin ursin hammangizni ufff..
Yuna qòlidagi telifonni yotoq ustiga otib xona burchagida sochlarini changallab qaltirardi... Oģriq tasirida qaltirab
Yuna: q..qil..qilaman hammasini qilaman. M..menga ffaqat uni b..bersang bòldi...