Merciless❤️🔥
Tong. Yuvinish xonasidagi suv ovozi tinar ekan, oradan bir qancha daqiqalar o'tib birgina sport shimida bo'lgan yigit yotoqxonaga qaytdi. Hanuz mitti suv parchalari tomchilab turgan nam sariq sochlari tartibsiz oralagan. Yigit yotoq yonida joylashgan kresloga joylashar ekan, kichik stolcha ustida turgan shishadan stakanga ichimlik quydi. Nigohlari betartib yotoqda uxlayotgan qizni kuzatar ekan, bir qo'li tutgan stakanni lablariga yaqin olib keldi. Sohyonning yarim ochiq yalang yelkalarida va bo'ynida qattiq changallanish va tishlardan qolgan bir nechta izlar ko'rinmoqda. Tanasida qoniqish hissi o'rmalagan Taehyung ichidagi qaynoqlikni muzdek ichimlik bilan bosishga uringan bo'ldi. To'liq qurib ulgurmagan yalang yuqori tanasida mayda tomchilar ko'rinardi. Ayni damda yotoq yonidagi tungi javoncha ustida jiringlagan telefon yigitni e'tiborini o'ziga qaratdi. Sohyon uyg'onib ketmasligi uchun telefonni shoshib qo'liga olgan Taehyung yon tugmani bosib qurilmani ovozsizlantirdi. Ekranga qaragancha raqamlarda nigoh yuritar ekan og'ir xo'rsinib qo'ydi. Yigitning barmog'i yashil tugma ustida bosilgach, telefon qulog'iga yaqin keldi.
- Eshitaman tog'a, - javob berdi Taehyung, nigohlari Sohyon hali ham uhlayotganiga ishonch hosil qilish uchun qizni kuzatar ekan.
- Taehyung, - telefon ortidan erkak kishining ovozi eshitildi, - Tongda janob Choi qo'ng'iroq qildi. So'ngi oy davomida birorta ham terapiyaga qatnashmaganing haqida.
- Menda hammasi yaxshi, - ma'lum qildi yigit, - Shunday ekan nega yana uning qabuliga qatnashda davom etishim kerak.
- Terapiyalar faqat sening ruhiy barqarorliging uchun emasligini bilasan, - toliqqan ohangda dedi erkak, - Bu seni himoya qilish uchun ham.
- Siz doim shunday deb kelgansiz, - Taehyung kesatiqli nafas chiqardi, - Ammo maqsadingiz faqat meni jim va ko'zdan nari saqlash edi.
- Men seni o'zingning axmoqliklaringdan ximoya qilishga urinyapman, Taehyung, - e'tiroz bildirdi erkak.
- Aytganimdek men terapiyaga muhtoj emasman, - yigit takrorladi, - Ular meni davolay olmaydi.
Taehyung telefonni qulog'idan uzoqlashtirgancha aloqani uzar ekan, qurilma yotoqning oyoq tomoniga yengil uloqtirildi. O'tkir nigohlari yana qizning tuni bilan "yaxshi foydalanilgan" ifodasini kuzatgan ko'yi, ichkilikning kelasi stakanini bo'shatdi. So'ng tizzalari bilan yotoq ustiga chiqqancha Sohyonga yaqinroq egildi.
- Men o'zimning shaxsiy terapiyamni topdim, - barmoqlari uzun soch tolalarini o'ynar ekan pichirladi yigit, - Undan boshqa hech narsa mening betartib ongimni bunchalik nazorat qila olmaydi. Va bir vaqtda ehtiros uchun nazoratdan chiqara olmaydi.
Qizning yalang yelkasiga yengil o'pich joylagan Taehyung o'rnidan turar ekan, yotoqxona chiqish eshigi tomon yo'l oldi.
Vaqt kun yarmiga qarab odimlar ekan, uyqudan uyg'ona boshlagan qiz, og'irlashgan qovoqlarini kichik tarzda ochdi. Bo'sh xonada biror harakat sezilmaydi. Tirsagiga tayangan ko'yi tanasini ko'tarar ekan, hanuz kiyimsiz ekanini his etdi. Billiard klubidan so'ng uyda davom etgan aloqa Sohyonning tanasida aks etgan. Oyoqlari orasidagi og'riq va terisiga chizilgan behayo izlar tunning har bir soniyasini qaytadan eslatmoqda go'yo. Shunchalar qattiq qisilganidan bilaklarida va belida barmoqlarning izlari paydo bo'lgan. Hanuz kuchsiz bo'lgan oyoqlariga turgan Sohyon noqulay yurish bilan kiyim shkafi yoniga borar ekan sochiq va toza kiyimlar ola boshladi. Qiz shkaf eshigini endigina yopgan edi hamki, uning ortidan paydo bo'lgan yuz qattiq cho'chib ketishiga sabab bo'ldi.
- Tae, - Sohyon ichiga tushib ketgan nafasini ushlagancha dedi.
- Hayrli tong, solnishko, - o'zining yog'on ovozi bilan past ohangda gapirdi yigit.
- Men, - qiz gapida biroz dovdiradi, - Yuvinib chiqmoqchi edim.
Taehyungning barmoqlari ohistalik bilan jigarrang tusdagi sochlarni silar ekan, keng tanasi bilan soya solgancha qizga yaqinroq keldi.
- Yomon qiz, - yaqin kelib pichirladi yigit, va shu onda uning changali Sohyonning sochlarini qattiqroq qisgancha tortdi, - Mendan qolgan izlarni yuvish uchunmi?
- Kun bo'yi oyoqlarim orasida suyuqliging qolgancha yurolmaymanku, - sochidagi og'riq tufayli ingroq bilan e'tiroz bildirdi Sohyon.
- Bu juda ajoyib fikr bo'lardi, - qizning sochlarini ortga tortish bilan yuzini ko'tardi yigit, - Har daqiqada tuni bilan bu tanadan qanday foydalanganimni va oyoqlaring orasini to'ldirganimni eslatib turadi, shunday emasmi?
- Telba, - noqulaylik bilan pichirladi Sohyon.
Taehyungning tomog'idan past va masxaromuz kulgu tovushi yangradi.
- Yaxshi, yuvinishingga ruxsat berishim uchun kimga tegishli ekaningni takrorla, - o'sha yaramaslarcha tabassum bilan dedi yigit.
- Axmoqlik, - sochlarini Taehyungning changalidan ozod qilishga urinib tipirchiladi Sohyon, - Endi yuvinish uchun ham sening ruxsating kerakmi?
- Shunday, - Taehyung shum jilmayishda davom etib tasdiqladi.
- Nega ekan?!
- Chunki men aytdim, - qizning asabiylashayotganidan huzur qilayotgan yigit yuziga tund qiyofa yasashga urinib dedi.
- Qo'yib yubor, - talab ohangida so'radi Sohyon.
- Men senga nima dedim quyoshim, - sochlardan tortish orqali qizning yuzini yuqoriroq qaratgan Taehyung lablarini uning bo'yniga bosdi, - Birgina so'z va sen ozodsan. Buni ayt.
- Senikiman, - qiz norozi qiyofa bilan taslim bo'ldi, - Xursandmisan?
- Albatta, - yigit Sohyonning bo'yniga o'pich joylashda davom etdi.
Bir qancha vaqtdan so'ng qiz sochlari bo'shalganini his qilar ekan, barmoqlari boshi ortini siladi.
- Bir narsa haqida o'ylab qoldim, - Taehyung hanuz tanasi bilan qizni shkafga tirashda davom etgan ko'yi dedi, - Biz hali ham yangi oila ekanmiz, biror davlatga sayohat uchun borishimiz kerak menimcha.
- Asal oyi demoqchimisan? - yigitning ko'zlariga qarab biroz avvalgidan yorqinroq qiyofada so'radi Sohyon.
- Buni qanday hisoblasang shunday, - yigit xotirjamlik bilan tasdiqladi
- Qayerga boramiz, - qizning kelasi savoliga biroz hayajon aralashdi.
Taehyungning ifodasi biroz yumshoq va mehrli tusga kirar ekan, bosh barmog'i bilan Sohyonning yanog'ini siladi.
- Hayolimda bir joy bor, - ma'lum qildi yigit, - Senga yoqsa kerak.
Timeskip | Oradan 3 kun o'tdi..
Mashina g'ildiraklari katta yo'l yuzasida aylanar ekan, orqa o'rindiqdagi qizning yorqin nigohlari oynadan tashqariga qaragancha shaxarni tomosha qilish bilan band edi. Yonida joylashgan Taehyung Sohyonning hayajonli qiyofasini kuzatar ekan, lablarida bosiq tabassum o'ynoqladi. Sohyon bilan boshqa davlatda yolg'iz vaqt o'tkazish, yigitga qandaydir manoda yordam berishiga ishonchi komil. Uning quyoshi qorong'u hayotidagi nur kabi, ongidagi betartiblikka barham beradi.
- Odatda asal oyi uchun odamlar issiq davlatlarni tanlashardi, - mashina oynasidan ko'z uzmay dedi Sohyon.
- Negadir bu yer senga yoqadi deb o'yladim, - Taehyung hanuz qizning yuzidan ko'z uzmay javob berdi.
- Albatta, - past ovozda tasdiqladi qiz, - Men avval hech qachon Rossiyada bo'lmaganman.
- Chindanmi? - qiziqsinish bilan jiddiy ohangda so'radi yigit, - Oying Rossiya fuqarosi ekanini aytganingda boshqacha o'ylagandim.
- To'g'ri, - nihoyat shaxar manzarasidan ko'z uzib Taehyungga qaragan qiz dedi, - Anmo men Koreyada tug'ilganman..va boshqa hech qayerga bormaganman.
- Istasang yana boshqa joylarga ham borishimiz mumkin, seni olib boraman, - Sohyonning ko'zlarini kuzatar ekan, bosiq ovozda taklif bildirdi yigit, - Qayerga borishni istasang ham.
- Istagan joyimgami?
- Shubha qilyapsanmi, - Taehyung qizning yuziga yaqinroq egildi, - Ehtimol senga qo'pol ko'rinishim mumkin, ammo yotoqdan tashqarida men jentlemen bo'la olaman Kim xonim.
Yigit yanada yaqin egilib Sohyonning pastki labini tishlab oldi. Qizning nigohlari bir muddat davomida Taehyungning ko'zlari va lablari orasida kezar ekan, oldinga harakat bilan ikkisining lablarini birlashtirdi. Nozik barmoqlar sariq sochlar orasida kezdi.
1 kundan so'ng.
Tong. Taehyung mexmonxonaning yuqori qavatidagi xonalardan birining oynasi yonida turar ekan, shaxarni kuzatish davomida qo'lidagi chinni stakanga tayyorlangan issiq choydan ho'pladi. Tushayotgan quyosh nuri sarg'ish sochlari va yuqori yalang tanasida aks etib, yigitni go'zallik mabudi kabi ifodalamoqda go'yo. Xuddiki Afroditaning o'g'li kabi. Ayni damda Taehyungning qornidan ikki qo'l o'raldi.
- Nega sen doim mendan oldin uyg'onasan, - endigina ko'zlarini ochgan Sohyon uyqusiragan ohangda norozilik bildirar ekan, peshonasini yigitning ortki qismiga suyadi.
Taehyung qornidan o'ralgan kaftlar ustidan ushlar ekan, qizni qarshisiga tortdi. So'ng ortidagi oynaga tiragancha yaqin egildi.
- Mendan ham oldin uyg'onadigan kimdir bor, - Taehyung lab chetida jilmayish bilan pichirlar ekan, o'z tanasini qizga botirgan ko'yi so'zlari *ma'nosini bildirdi.
- Telba, - oyna va yigit orasidan chiqishga uringancha e'tiroz bildirdi Sohyon.
- Telba? Ehtimol shunday, - Taehyungning qo'llari qizning belidan qattiqroq o'raldi, - Ammo tan ol, bu telbalik senga yoqadi, shundaymi?
- Balki, - noaniq javob berdi qiz.
Yigit Sohyonning qulog'ini yengil tishlab olar ekan, yog'on va past ovozda pichirladi.
- Seni sevaman, quyoshim, - shivirladi Taehyung, - Seni sevaman.
Sankt-Peterburg ko'chalari harorati biroz sovuq. Piyoda sayr qilayotgan juftlikling nafaslari havoda bemalol ko'rinadi.
- Shu yerda kutib tur, - Taehyung bir necha qadam narida ko'cha qahva tayyorlash xonasi sifatida ko'rinishga ega furgon yoniga bordi.
- Expresso, o'rta o'lchamdagi, - rus tilida gapirgancha baristaga buyurtma berdi yigit.
Qahva tayyor bo'lishini kutar ekan, yana o'zidan bir necha qadam uzoqlikdagi qizning yuziga qaradi. Qizning katta ko'zlarini ko'rganidagi yoqimli his yigitning ko'ksi bo'ylab tarqaldi.
- Janob, - barista yelim qopqog'i yopilgan qahvani yigitga uzatdi.
- Nega faqat bitta olding, - Taehyungga yaqin kelgan Sohyon so'radi.
- Men qahvani yoqtirmayman, - to'lov uchun hamyonini olgancha ma'lum qildi yigit, - Uni senga oldim, - notanish valyutalar bo'ylab barmoq yurgizar ekan, Taehyung xafsalasiz qiyofa bilan qizning yuziga qaradi, - Yordam. Men rus pulida qancha to'lov qilishni bilmayman.
- Men ham, - kulgusini tiyishga uringancha aft burishtirdi Sohyon, - Bu yerda ilk bor bo'lishim, unutdingmi?
- Yaxshi, - yigit hamyondan bir qancha pullarni olib qahva sotuvchisiga uzatdi, - Umid qilamanki bu kam emas, - past ovozda dedi yigit.
- Aksincha ko'pga o'xshaydi, - Sohyon nigohlari bilan qaytarilgan pul miqdoriga ishora qildi.
- Ajoyib, - yigit qolgan pulni yana hamyoniga joyladi va qo'lidagi qahvani Sohyonga uzatdi, - Ehtiyot bo'l, qahva issiq.
Bosh irg'ib qo'ygan qiz qahva idishini kaftlari orasiga olar ekan, sovuqqotgan barmoqlariga iliq harorat urilganini his etdi. Bug' ufurib turgan qahva Sohyonning lablarini yoqimli kuydirib o'tdi. Taehyung yuzida xotirjamlik bilan qizni va uning har bir kichik harakatlarini kuzatishda davom etdi. Kutilmagan soniyalarda qahva simirayotgan qizning nigohlari porlashdan biroz kattalashdi.
- Tae, - yigitning ortidagi shisha eshiklarga ega kichik binoga ishora qildi: Taturovka do'koni.
- Birorta taturovka chizdirishni o'ylayapman dema, - e'tiroz bilan dedi Taehyung.
- Ochig'i o'ylayapman, - tasdiqladi qiz, - O'smirlik vaqtlarimdan beri biror kichik taturovka istardim, ammo otam ruxsat bermagan.
- Men ham ruxsat bermayman, - yigit tez gapni kesdi.
- Bu sayohatimizdan esdalik bo'lib qoladi, - Sohyon qaysarlik bilan o'sha tomon qadam tashlay boshladi.
- Faqat kirib ko'rishing mumkin, ammo biror kichik bo'lsa ham taturovka yo'q, - hanuz qat'iyat bilan inkor etgan ko'yi qizning ortidan yurdi Taehyung.
Eshik ochilishi bilan yuqoriga ilingan qo'ng'iroq nozik jaranglash ovoz chiqardi. Ichkari yoqimli darajada iliq. Devorga turli naqshlarning suratlari osilgan. Taehyungning nigohlari suratdagi naqshlarni tomosha qilar ekan, Sohyonning yoniga yaqin keldi.
- Ho'sh, biror shakl o'ylab qo'yganmisan, - so'radi yigit.
- Yo'q, - Sohyon yelka qisdi, - Juda ko'p naqshlarni ko'rganman ammo aniq bir qarorga kela olmagandim.
Taehyungning barmoqlari qizniki bilan chalishtirildi. So'ng qizni zal bo'ylab tattu artisti tomon boshladi.
- Taehyung? - hayronlik bilan yigitning ismini aytdi qiz, - Nega birdan..-
- Tanamda seni eslatib turuvchi shakl bo'lishini istayman, quyoshim...
Qiz biroz qizargan bilagidagi yangi oy shaklidagi taturovkani tomosha qilar ekan, ko'ksida yangi xursandchilik bilan tabassum qildi.
- Men ularni birga suratga olishni istayman, - Sohyon bilagini Taehyungning bilagi yoniga yaqin olib keldi.
Yigitning terisiga chizilgan quyosh tasviri izlari ham hali yangi bo'lgani bois qizg'ish tus olgan.
- Bu menga quyoshimni eslatib turadi, - Taehyung qizning peshonasiga o'ziniki tiradi.