Merciless❤️🔥
Vaqt tunning yarmiga yaqinlashgan. Uyning kirish kodini terib ichkariga ostona hatlagan Taehyung chiroqlar hanuz yoniq ekaniga guvoh bo'ldi. Asosiy zaldan televizorning past ovozi eshitilmoqda. Qadamlari ichkariga odimlar ekan, aynan ovoz kelayotgan tomon yo'l oldi. Televizor qarshisidagi keng divanda uxlab qolgan Sohyon usti ochiq bo'lgani sabab bo'lsa kerak, oyoqlarini qorniga yaqin yig'ib o'z yelkasidan quchib olgan. Taehyung qo'lidagi shirinlik qutisini divan qarshisidagi shishali stol ustiga qo'ygach, qizning qarshisiga cho'kkaladi.
- Aftidan bugun yana kech qoldim, - o'ziga o'zi ohista pichirladi yigit.
Taehyungning barmoqlari ohistalik bilan jigarrang tusdagi soch tutamlarini qizning qulog'i ortiga oldi. Po'lat tus nigohlar xotirjamlik bilan uyqudagi Sohyonning yuzida kezar ekan, lablarda kichik tabassum o'ynadi.
- Yotoqda yolg'iz uxlamoqchi emasman, solnishko, - o'sha past ovozda gapirgan Taehyung o'rnidan turgancha gavdasini tikkaladi.
Bir qo'lini qizning tizzalari ostiga kirgizar ekan, ikkinchi qo'li yelkalaridan tutdi. Ehtiyotkorlik bilan Sohyonni ko'targan Taehyung yotoqxona tomon qadam tashlashni boshlagan edi hamki, qizning kichik uyqusrash tovush chiqargani eshitildi.
- Qayerda eding, - ko'zlarini yarim ochib so'radi Sohyon.
- Rafiqam yana kech qolganim uchun koyimoqchimi, - Taehyung o'ynoqilik bilan javob berdi, - Bahonalarim yo'q quyoshim. Istaganingcha jazolashing mumkin.
Taehyung yotoqxona tomon yurishda davom etar ekan, bazo'r ko'zini ochayotgan qizning yuzini kuzatdi.
- Agar 1 oy boshqa xonada uxlashingni so'rasamchi? - Sohyon yigitning qo'llariga qulayroq joylashish maqsadi bilan uning bo'ynidan qo'lini o'tkizdi.
- Bu juda shavqatsizlik bo'ladi, - e'tiroz bilan soxta yuz burishtirdi Taehyung, - Sendan uzoq bo'lishim shart bo'lmagan nimadir so'ra.
Yigit Sohyonni yotoqqa joylar ekan qulog'i ostiga kichik o'pich qoldirdi.
- Nega kiyiming xo'l, - uyqusi xiyla tarqagan Sohyon qo'llari bilan yigitning ko'ksi qismidagi kiyimidan ushlab dedi.
- Shunchaki suv to'kildi, - oddiy ovoz bilan javob bergan Taehyung yelka qisdi.
- Qanday, - savollarini davom ettirdi qiz.
- Tavsilotlar shart emas quyoshim, - Taehyung gavdasini biroz ko'tarib egnidagi kiyimni yechib tashladi, - Shunchaki tasodif.
Sohyonning nigohlari uning yalang ustki tanasi bo'ylab kuzatgan ko'yi pastladi.
- Sen hali ham qayerda bo'lganingni aytmading, - qiz tanqidiy qorachiqlarini Taehyungning ko'zlariga qaratdi.
Sohyon so'zini davom ettirish uchun endigina og'iz juftlagan edi hamki, o'z lablari Taehyungning lablari tomonidan mahkam to'silganini his etdi. Yigit tanasi og'irligi bilan qizni yotoqqa bosishda davom etar ekan, bir kafti Sohyonning bo'ynidan qisdi. Qattiq emas biroq yetarlicha egalik bilan to'la. Har bir lab harakatida ko'ksida bosim berayotgan kabi issiqlik tarqamoqda.
- Seni sevaman, - qizning lablariga qarata og'ir ovozda pichirladi Taehyung, - Seni sevaman va bu meni qo'rqityapti. Go'yo bu ko'zlar bilan menga qarab ruhimni tortib olayotgandeksan.
Bo'sa tufayli lablari nam bo'lgan Sohyon ko'zlarini Taehyungga qaratar ekan notinch yutindi. Ular uchrashgan vaqtdan beri ilk bora aytilgan bu so'zlar qizning tanasida titratuvchi toklanish tarqatmoqda.
- Balki bu xudbinlikdir, - Taehyung bosh barmog'i bilan qizning pastki labini siladi, - Ammo sen ham menga nisbatan xuddi shunday his qilishingni istayman. Chunki hech qachon mendan keta olmaysan.
Vaqt tushlik mahalidan o'tib ulgurgan. Bugungi rejada darslari tugagan Sohyon Universitetning keng yo'lagida ketar ekan, qo'lidagi telefon ekranida bugun tongdagi yangiliklarni qayta tomosha qilish bilan band edi. Bu o'quv yili yakunlanib ulgurganidan so'ng aynan shu kompaniyaga ishga kirishni reja qilib yurgan qiz, kompaniya beradigan yangiliklarni tez tez tomosha qilishni odat qilib olgan. Ayni damda ro'parasidan chiqqan malla rang sochli qiz Sohyonning e'tiborini tortdi ... Marie.
Qiz sobiq dugonasini ko'rmagan kabi o'tib ketishni tanlagancha nigohlarini boshqa tomon qaratib yo'lda davom etishga urindi. Biroq Marie Sohyonning tirsagidan ushlagancha yurishdan to'xtatdi.
- Gaplashib olishimiz kerak.
- Sen bilan oramizda biror gap qolmagan o'gay oyijon, - Sohyon oxirgi so'zlariga atayin urg'u berar ekan tirsagini qizning qo'li orasidan bo'shatdi.
- Otang kasalxonada, - shoshgancha ma'lum qildi Marie.
Endigina 2 qadam tashlab ulgurgan Sohyon yurishdan to'xtab qoldi. Qiz ayni vaqtda hech qanday achinish tuyg'usimi his qilmaslik uchun borini berishga tayyor.
- Unga nima qildi, - ortga o'girilib odatiy ohangda so'radi Sohyon, - Yoki tezroq boyligiga egalik qilish uchun zaharladingmi?
- Menmi? - Marie kesatiq bilan o'tkir kulgu chiqardi, - Aybni eringdan ko'rishni maslahat berardim Kim xonim.
- Nima? - Sohyon avvaliga qizning gaplari mazmunini aniq anglamadi, - Nima deyishga urinyapsan?
- Kecha bizni sevimli Taehyung otangni o'ldirishga urindi, - ma'lum qilgan bo'ldi Marie, - Uni cho'ktirib o'ldirmoqchi bo'lgan. Otang hozir kasalxonada.
- Taehyungmi? - nafasi titragan qiz ovozi buzilgancha savol berdi, - Taehyung...
- Ha azizam, Taehyung, - Marie gapini takrorladi, - Sening sevimli ering.
Nafas olish uchun yordam berishga mo'ljallangan vakum janob Leening og'zi va burnini qoplagan. Erkak bir qancha vaqtdan beri hushsiz va qimir etmadi. Kasalxona krovati yonidagi stulchada o'tirgan Sohyon barmoqlari bilan o'z sochini changallagancha qo'liga tayanib o'tirar ekan, aniq bir fikr yuritish uchun qiyin holatda edi. Erkakning bu holati jahl ustida o'sha yigit bilan nikohdan o'tgani uchun o'zini aybdor his qilishga majbur qilmoqda. Otasi qancha xato qilmasin, uning hayotiga xavf tug'diruvchi odamga yaqinlashgani va ko'ngil qo'yishgacha borgani uchun qiz o'zini o'rinsiz aybdor his qilishdan to'xtay olmayapti.
- Uyga borishing kerak, - ortidan Mariening ovozi eshitildi, - Kech kirdi. Men uning yonida qolaman.
- U qachondan beri shu holda, - Sohyon toliqqan ovozda so'radi.
- Kecha tundan beri uyg'onmadi, - ma'lum qildi Marie, - Agar o'ziga kelsa xabar beraman.
Faqatgina Taehyung bilan gaplashib olish fikri bilan o'rnidan turgan Sohyon Mariega bosh irg'ib rozilik bergancha palatani tark etdi.
Tun. Ostona hatlab uyga kirgan yigit qo'lidagi qizil atirgul bilan tayyorlangan guldasta o'ramini bir bor tekislab olar ekan, qadamlari yanada ichkariladi. Uy xaddan ortiq jimjit. Asosiy zaldagi divanda o'tirgan ko'yi nigohlari bir joyda qotgan qizning qo'li peshonasiga tiralgan.
- Zdrastivuyte Solnishko, - o'zining yog'on ovozi bilan kelganini bildirdi Taehyung.
Sohyon nigohlarini ko'tarib yigit tomon qarar ekan, biroz qizargan va pardozi tufayli osti qoraygan ko'zlari yig'laganini bildirib turardi.
- Nima bo'ldi, - Taehyung qiyofasi tundlashgan ko'yi so'radi.
- Otamga nima qilding? - o'rnidan turgan Sohyon yigitning ko'zlariga tikilgancha savol berdi, - Sen kecha uni o'ldirmoqchi bo'lgansan, shundaymi?
- O'ldirmoqchi bo'lgan emas, - Taehyungning ko'zlari jahldan yarqiradi, - Men uni judayam kam miqdorda qiynoqqa soldim xolos. Lekin bu unga yetarli emas.
Shu lahzada nazoratini yo'qotgan Sohyon yigitning qo'lidagi gulni olib alam bilan uning ko'ksiga qattiq urdi. Atrofga portlagan qizil yaproqlar havoda uchgan ko'yi ikkisining oyoq ostiga to'kila boshladi.
- Ablah, - ovoz ko'tardi qiz, - Sen menga va'da berganding!
Taehyung qizning ikki yelkasidan qattiq ushlagancha g'azab bilan o'ziga tortdi
- Men senga uni o'ldirmayman deb va'da berganman quyoshim, - shavqatsiz ohangda gapirdi yigit, - Ammo u qilgan ishini javobsiz qo'yib qo'yaman demadim. Va men otajonimiz bilan ishimni hali tugatmadim.
Kutilmaganda Sohyon Taehyungning yuziga tarsaki tushirib yubordi. Oraga bir zum jarangdor sukunat cho'kdi. Taehyung og'ir nafas olar ekan, hozir qizga ozor berib qo'ymaslik uchun o'zini ushlab turishga qattiq urinayotganini yuzidan o'qish mumkin edi.
- Jin ursin, - Sohyon kuchsiz ovozda pichirlagan ko'yi Taehyungning qo'llari orasidan chiqishga urindi, biroq yigit qo'llari bosimini orttirdi, - Nafratlanaman sendan, - kelasi so'zlarini baqirib aytdi qiz, - Seni ko'rishni istamayman.
- Juda yomon, - tishlari orasidan g'azabkor ohangda dedi Taehyung, - Meni ko'rishga majbursan. Sen menikisan.
- Qo'yib yubor, - yana baqirdi Sohyon, - Bu yerda sen bilan qolishni istamayman.
Asabiy kulib qo'ygan yigit qizning yelkalaridagi changalini bo'shatdi. Sohyon kutilmagan xalos bo'lishdan avvaliga hayron qoldi.
- Seningcha mendan osongina keta olaman deb o'ylaysanmi? - qizning ko'zlariga jahl bilan tikilgancha so'radi Taehyung, - Urinib ko'r.
Og'ir va betartib nafas olayotgan Sohyon bir muddat yigitning jur'atga undagan nigohlariga qarab turdida, yelkasidan turtgancha yonidan o'tib ketdi. Ostona yoniga yetib borar ekan, eshikka qo'lini uzatib ulgurmay yelkalari devorga tiralganini his etdi.
- Mening o'lik tanam ustidan o'tsangina keta olasan, quyoshim, - Taehyung qizni devor va o'z tanasi orasiga qamagan ko'yi dedi, - Ungacha sen bu uydan ketmaysan.
- Sen aqldan ozgansan, - betoqatlashgancha dedi qiz.
- Ehtimol, - Sohyonning yuziga yaqinroq egildi yigit, - Men 16 yil oldin otamni yo'qotdim. O'sha sanadan 1 hafta o'tib esa onamni ko'z oldimda qurol bilan otib o'ldirishdi. O'zimni esa hushsiz holda daryo ostiga uloqtirishdi. Bu hammasi otangning ishi edi quyoshim. U 10 yoshli begunoh bolani avval hushidan ketkazib, keyin esa suvga cho'ktirib yubordi.
Taehyung jahl bilan gapirar ekan, Sohyonning tipirchilashlari tingancha titragan nigohlari yigitning yuziga qaratildi. Qorachiqlarda aylangan yosh sizib chiqqan ko'yi yanoqlarni namladi.
- Men begunoh bolakay edim, - ifodasiz nigohlari bilan qizning ko'zlariga tikilgancha gapirdi Taehyung, - Va o'sha kecha suv meni dunyoga nafrat bilan to'ldirdi.
Yigit bosh barmog'i bilan Sohyonning yuzidagi namlikni artdi.
- Bularning barchasi unutish va otangni kechirish uchun og'irlik qiladi azizam.
- Tae, - Sohyon titroq ovoz bilan dedi.
Biroq qiz gapini davom etib ulgurmay Taehyungning barmog'i qizning lablari ustidan bosildi.
- Sen shu yerda qolasan, - biroz oldingi gapini takrorladi yigit, - Agar ketishga urinib ko'rsang ham kelasi safar otang tirik qolmaydi. Tushundingmi?
Taehyung chiqish eshigini ochgan ko'yi uyni tark etar ekan, eshikni tashqaridan yopdi.
Oradan 1 kun o'tdi. Kecha tunda yolg'iz uxlagan qiz, tinimsiz telefoni ekranini tekshirish bilan band. Biror qo'ng'iroq yoki xabar yo'q. Sohyon asabiylashgancha telefoni ekranini o'chirar ekan, kasalxona koridori bo'ylab qadamlarini davom ettirdi. Kerakli palata yoniga yetib borar ekan, ichkarida o'ynoqi kulgu ovozi eshitildi. Eshikning kichik shishadan iborat bo'lgan tirqishidan ichkaridagi odamlarni bemalol ko'rish mumkin. Sohyon alam va jahl bilan pastki lablarini tishladi. Marie bilan ko'ngilxushlik qilayotgan janob Lee biroz oldin koma holatida bo'lganiga kimdir ishonmaydi. Qiz asabiy nafas chiqargancha eshikni taqillatdi. Ichkarida ovozlar bir zumda tindi. Soniya o'tmay eshikni ochgan Mariening yuzi ko'rindi.
- Sohy? - qiz hayronlil bilan dedi, - Nega qaytding?
- Men.. qo'limda hujjatlar fayli bilan kelgandim, - odatiy ohang bilan javob berdi Sohyon, - Shu yerda qoldiribman.. biroz oldin dadamni ko'rishga kirganda. Mening ish uchun tayyorlayotgan hujjatlarim..
- Ah, 1 daqiqa, - Marie shunday degancha yana ichkariga yo'qoldi.
Bir necha soniyadan so'ng ortiga qaytgan qiz qo'lida qora rangdagi fayl bilan qaytdi.
- Mana shumi? - faylni qizga uzatgan ko'yi so'radi Marie.
- Raxmat, - Sohyon hujjatlar to'plamini qo'liga olar ekan, qizning yuzini kuzatishda davom etdi, - Unga yaxshi qara, - nigohi bilan ichkariga ishora qildi qiz.
Shaxar tobora sokinlikka cho'kib borar ekan, vaqt yarim tunga qarab odimlayotganini ifodalardi. Sariq rangdagi avtomobil tashqari chiroqlari hali hanuz yoniq bo'lgan muassasa yonida to'xtadi. Mashinadan tushgan qiz taksi uchun to'lov qilgach, eshikni yopgancha qarshisidagi keng eshikka asabiy tikildi. Chuqur nafas chiqarib olar ekan, odimlagan ko'yi ichkariga qadam bosdi. Sohyon bu joyga ikkinchi bora tashrif buyurishi. Avvaliga keng va yorug' kirish zali orqali zinadan ko'tarilgan qadamlar qizni nim yoritilgan kattaroq zalga boshladi. Bu yer qisman qorong'u bo'lib, qator terilgan billiard stollari ustidan tushgan chiroqlar asosiy yorug'likni taratardi. Billiard zali ayni soatda deyarli kimsasiz. Faqatgina birgina odamdan tashqari. Sarg'ish sochlari yuqorisidan tushayotgan chiroq nuri tufayli yorqinlanib turgan yigit e'tiborini qo'lidagi uzun tayog'i bilan og'ir sharchalarni mo'ljalga olishga qaratgan. Taehyung "8" raqami yozilgan sharchaga zarba berar ekan, asabiy nafas chiqarib qo'ygancha gavdasini tikkaladi. Stol ustida turgan stakanni ko'targan barmoqlar spirtli ichimlikni yigitning lablariga yaqin olib keldi. Ayni damda po'lat tus nigohlari bir qancha masofa narida turgan Sohyonga tushdi. Qiz tizzasidan balandroq turuvchi etagini asabiy qisdi. Yigit ichimlik stakanini lablaridan uzoqlashtirgan ko'yi billiard stoli taxta burchagiga qo'yar ekan, nigohlari hanuz qizni kuzatardi. Xafsalasiz jilmayish bilan birgalikda og'ir nafas chiqargan yigit nihoyat qizdan ko'zlarini uzdi.
- Bu yerda nima qilyapsan quyoshim, - Taehyung uzun ingichka tayoq uchini barmoqlari orasiga qistirar ekan kelasi sharchani nishonga oldi.
- Sen yana uyga kech qolding, - past ovozda gapirgan Sohyonning qadamlari ikkilanish bilan yigit tomon odimlay boshladi.
Navbatdagi sharchaga zarba bergan Taehyung xo'rsingancha qaddini tikkaladi. Ikki qo'li bilan stol chetiga tayanar ekan toliqqan qiyofa bilan ko'zlarini yumdi. Sohyon uning yoniga yaqin kelgancha notinchlik bilan yigitni kuzatdi.
- Men nima qilishni bilmayapman, - qat'iyatsiz ovoz bilan dedi qiz.
- Hammasini shunchaki unutish uchun jarohatim juda kattalik qiladi, - Taehyung ko'zlarini ochgan ko'yi kaftini qizning yuziga olib keldi, - Men yoki otang o'rtasidagi tanlov senga qanchalik og'riq berayotganini bilaman quyoshim.
Yigitning barmoqlari Sohyonning sochlaridan silab o'tgan ko'yi qulog'i ortiga oldi. Qochoq ko'z yoshlar qizning yuzi bo'ylab pastga oqdi. Taehyung bir qo'lini uning belidan o'tkazar ekan, o'ziga yaqin tortdi. Kelasi lahzada yigit lablari bilan Sohyonning yuzidagi ko'z yoshlarini artdi.
- Senga ozor berishni yomon ko'raman, - past va yog'on ohangda pichirladi Taehyung, - Xafa qilish uchun juda beqiyossan.
Sohyon kaftini bir qancha vaqt oldin o'zi tarsaki tushirgan Taehyungning yuziga qo'yar ekan, barmoqlari ohistalik bilan siladi.
- Kechir, - bazo'r eshitilarli tarzda shivirladi qiz.
Taehyungning lablarini shum tabassum egalladi. Bir harakat bilan qizning ortini billiard stoliga tirar ekan, yuziga yaqin egilib orasidagi masofani yanada yopdi.
- Kechirim qanday bo'lishini bilasan solnishko, - Taehyung past aytilgan kelasi so'zlari bilan Sohyonning umurtqasini titratdi.
Yigit ko'ylagi tugmalarini birin ketin ocha boshlar ekan, yalang ko'ksi tobora Sohyonga namoyon bo'lib bordi. Lablari bilan qizning qulog'iga tegib o'tgan yigit og'ir ovozda pichirladi.
- Menga teginishingni istayman, - Taehyung yuzini uzoqlashtirgancha ikkisi orasida biroz masofa xosil qildi, - Hozir. O'z xoxishing bilan menga teginishingni istayman, - takrorladi yigit.
Sohyonning kelasi harakatini kutgan Taehyung uning yuziga tikilgan ko'yi barmoqlari bilan sochlaridan erkalashda davom etdi. Qiz barmoqlari sezilarsiz titragan kaftini ko'targancha yigitning ochiq ko'ksiga joyladi. Nigohlar aloqasini tutib turgan Taehyung kaftlarini billiard stoliga, qizning ikki yoniga tiradi.
- Pastroq, - bosiq ohang bilan dedi yigit hanuz Sohyonning ko'zlariga tikilgancha.
Qiz Taehyungning yalang ko'ksiga qo'yilgan kaftini ikkilanish bilan biroz pastlatdi.
- Pastroq, - yana buyurdi Taehyung.
Sohyonning titrayotgan qo'li yana bir qancha dyum pastladi. Qorin mushaklariga yetganda yigitning nafas olishi eshitilarli darajada og'irlashdi.
- Pastroq, - yigit bir kafti bilan Sohyonning sochlaridan qisar ekan takrorladi.
Taehyung yuzini qizning bo'yniga ko'mdi. Iliq barmoqlar pastlagan ko'yi kindik tomon yaqinlashdi. Sabri to'lgan yigit Sohyonning kaftidan mahkam ushladi.
- Men senga pastroq dedim solnishko, - yigit qizning qulog'iga shivirlagancha qo'lini pastki tomon tortdi.
Kafti Taehyung tomonidan uning erkaklik a'zosiga bosilgan Sohyon titroqli o'tkir nafas chiqarib yubordi.
- His qilyapsanmi? - Taehyung og'ir ovozda pichirlar ekan, qizning kaftini o'z jinsiy a'zosiga kiyim ustidan qattiqroq bosdi, - Birgina teginish bilan meni qanchalik *qattiqlashtirishingni his qilyapsanmi?
- Tae, - nafasi notinch Sohyon qo'lini xalos qilmoqchi bo'ldi, biroq yigit bunga imkon bermadi.
- Men ehtiroslarimni jilovlay olmaydigan erkak emasman quyoshim, - ikkinchi qo'li bilan qizning bo'yni ortidan ushlar ekan dedi Taehyung, - Lekin sen urinishsiz ham meni nazoratdan chiqarasan.
Taehyung Sohyonning belidan ushlagancha oyog'ini yerdan uzib billiard stoli ustiga o'tkizar ekan, ikki oyoqlari orasiga kirdi. Soniya o'tmay lablari qizning lablarini topdi. Talabkor va chuqur bo'sa go'yo yutib yubormoqchidek harakatlanmoqda. Qizning barmoqlari sarg'ish sochlar bilan uyg'unlashgan ko'yi, yigitning teginishlariga ta'sirlanmoqda. Lablari esa bo'saga monand tarzda harakatlantirildi. Taehyung Sohyonni ortga itargan ko'yi billiard stoli ustiga yotqizdi.
- Hazillashyapsanmi? - nafasi titragancha dedi Sohyon, - Bu yerda..-
- Jim, - Taehyung lablarini qizning bo'yniga bosdi, - Menga hozir keraksan.
Yigitning qo'li Sohyonning ko'ylagi etagi ostiga o'rmalar ekan, yuqoriga ko'tarilgancha sonidan qisdi. Lablar esa rafiqasining tanasi bo'ylab binafsha gullar yaratish bilan band. Taehyung qizning oyoqlarini belining ikki yoniga tortgancha belini oldinga harakatlantirib tashqariga chiqishga intilayotgan ehtirosini qayta his qilishga undadi. Uzun barmoqlar osonlik bilan kalta ko'ylak ostidagi kichik kiyimni qizdan sug'urib oldi. Kelasi soniyalarda esa yigitning kamari ochilishi ketidan zamokning tovushi jarangladi. Sohyonning bir oyog'ini yelkasiga boshqasini esa beli yoniga mahkamlagan yigit bir urinish bilan qizga singib kirdi. Bo'm bo'sh billiard zalida qizning ingroq ovozi yanada jarangdor eshitildi.
- Qichqir, - ehtiros bilan xirilladi Taehyung, - Istagancha qichqir solnishko. Hech kim seni mendan qutqargani kelmaydi.
Qo'llarini billiard stolining yashil rangdagi baxmal yuzasiga tiragan Taehyung butunlay tashqariga chiqar ekan, kuchliroq zarb bilan qizga to'liqligicha qayta singib kirdi. Sohyonning tirnoqlari beixtiyor yigitning bilagini tirnadi.
- Seni sevaman, Tae, - buzuq ritmda kislorod yutgancha past ovozda pichirladi Sohyon.
Yigitning yuz ifodasi bir zumga yumshadi. Ko'ksida portlagan olov sabab go'yo nafas olishni ham unutib qo'ydi. Keyingi lahzada nigohlari mamnunlik bilan tundlashdi.
- Gapingni qaytar, - qattiqroq harakat bilan shivirladi Taehyung.
- Seni sevaman Kim Taehyung, - qizning kelasi so'zlari billiard zalida baland jarangladi...