June 6, 2025

Merciless❤️‍🔥

#Merciless
Episode - 13

Tun. Katta yo'l bo'ylab mashinalar qatnovi hali tinmagan. Yo'l chetiga to'xtatilgan mashina dvigatellari o'chirilar ekan Sohyonning titrayotgan barmoqlari rulni tark etdi.
- Mashinani o'zing boshqar, - qiz taranglashgan ohangda yonidagi yigitga gapirar ekan eshikni ochish uchun qo'lini cho'zdi.
Biroq yigit Sohyonning qo'lidan ushlagan ko'yi bunga to'sqinlik qildi.
- U bilan nimani gaplashding? - hali ham jahlini unutmagan Taehyung jiddiy nigohlarini qizning ko'zlariga tikib so'radi, - Jihoon bilan, nega u bilan raqsga tushishga rozi bo'lding? - yigitning ohanggi keskinlashdi, - Yoki bu senga ham yoqdimi? Ayt u senga yaqin kelishi va teginishi yoqdimi?
- Taehyung, unday emas, - Sohyon teshib yuboruvchi nigohlar ostida bo'lish noqulayligidan nigohlarini tizzasiga qaratdi, - O'rta maktab o'quvchisi kabi tutyapsan o'zingni. Bu oddiy raqs.
- Xo'sh senga yoqdimi deyapman? - Taehyung Sohyonning iyagidan ushlagancha biroz ko'tardi, - Men gapirayotganimda ko'zimga qara. Nega ruxsat berding bunga?
- Jihoon bilan o'rtamizda nimadir yo'q, - qiz ichida titroq turgan bo'lsa ham ovozi qat'iy chiqishiga urindi, - Ortiqcha rashk qilyapsan.
- Yo'q, quyoshim men rashk qiluvchilar turidan emasman, - Taehyung qizning labiga yaqin egilib jahl bilan shivirladi, - Men uchun rashk bu xasadning bir turi. Men faqat o'zimniki bo'lgan narsalarga boshqalar yaqinlashishini yoqtirmayman.
Sohyon yigitning ko'zlariga qarab jim qoldi. Taehyungning barmoqlari qizning iyagiga ko'proq botirildi.
- Kelishib oldikmi? - yog'on ovozda deyarli tahdidni eslatuvchi tarzda so'radi Taehyung.
Qiz javob bermadi. Uning o'rniga shunchaki bosh irg'ib yigitning so'zlarini tasdiqladi.
- Aqlli qizaloq, - Taehyungning barmog'i hanuz qizning yuzidan siqib turishda davom etar ekan, bosh barmog'i pastki labini siladi, - Nima deyishing kerak?
- Nima? - yigitning maqsadiga tushunmasdan so'radi Sohyon.
- Sen bugun xato qilding, - eslatgan kabi dedi yigit, - Sabrimni sinama. Nima deyish kerak?
- Men..meni kechir, - qizning lablaridan past shivirlash chiqdi.
Bu tunda ilk bor Taehyungning lablarini mamnun jilmayish egalladi. Sohyon nigohlari bilan yigitning yuzidagi har bir elementni kuzatib chiqar ekan og'ir yutinib qo'ydi. Yigit uning ruhiyatini juda osonlik bilan boshqaradi go'yo.
- Osonlik bilan emas, solnishko, - Taehyung qizning qulog'iga qadar yaqin kelib shivirladi.
Sohyonning tanasiga nazoratsiz titroq tarqaldi. Bu ehtiyoj yoki qo'rquv ekanini qiz tushuna olmadi. Soniya sanab ulgurmay Taehyung ikkisining lablarini birlashtirdi. Ehtiros, jahl va jazo tuyg'ulari jam bo'lgan qo'pol bo'sa. Yutib yuboruvchi lablar qizni havosiz qoldira boshladi. Sohyonning bir kafti beixtiyor yigitning yuzi tomon yo'naldi. Kichik teginishlar ketidan o'rmalagan barmoqlar sarg'ish sochlar orasiga singib kirdi. Taehyung kirishni talab qilgandek tilini qizning lablariga botirdi. Hissiyot ichida adashib ulgurgan Sohyon lablari orasini qisqa ochar ekan, yigit imkoniyatdan foydalanib tilini qizning og'iz bo'shlig'iga suqdi. Sohyonning yumilgan ko'zlari kipriklari beixtiyor titradi.
- O'zing tanla quyoshim, - bo'sadan uzilar ekan betartib nafas olgancha dedi Taehyung, - Mashinada yoki uyda.
- Nima? - Sohyon yigitning gaplarini to'liq anglamay so'radi.
- Seni qayerda kechirishimni istaysan, - Taehyung savolini aniqlashtirgan bo'ldi, - Hozir, mashina orqa o'rindig'ida yoki uyda. Har ikki variantda ham bugun senga dars berib qo'yaman. Yo'q degan javob variantda yo'q.
- Taehyung...
- Tanla, - keskin turib oldi yigit.
- Uyda, - Sohyon noqulay bo'lgancha dedi.
- Men kuta olmayman, - ehtirosdan ovozi xiralashgan Taehyung qat'iy ohangda gapirdi, - Uyga yetib borgunimizcha kuta olmayman.
Yigit mashina eshigini ochib pastga tushar ekan, nima qilishini bilmagan Sohyon uning avtomobil old tomonidan aylanib o'tayotganini kuzatib o'tirdi. Ko'ksidagi yurak ritmi shu qadar balandlashdiki, bemalol eshita olardi go'yo. Qiz tomondagi eshikni ochgan Taehyung bir urinishda uni qo'llariga ko'tardi.

- Taehyung, - ovozi shoshgancha e'tiroz bildirishga urindi qiz.
- Menga bunday ohang bilan "Taehyung" dema quyoshim, - keskin tarzda dedi yigit, - Bu faqat sen bilan qo'polroq bo'lish xoxishimni uyg'otadi.
Avtomobil orqa eshigini ochgan yigit Sohyonni ichkariga otdi va o'zi ham qiz ketidan joylashib eshikni yopdi. Tizzadan teparoq bo'lgan qora bazm libosi etagi bo'ylab kaftini yuritar ekan, qizning sonini o'zi uchun ko'proq ochdi. Lablar Sohyonning bo'yniga botirilganda nafas olish yanada tartibsizlashdi. O'z izlarini qoldirish bilan band bo'lgan Taehyung, qo'llari bilan qizning umurtqa qismini silagancha ko'ylakni bo'shata boshladi. Libos pastlab borishi bilan birgalikda yigitning lablari ham Sohyonning ko'ksi bo'ylab pastladi.
- O'g'iril, - past ammo qat'iy ovozda buyruq berdi Taehyung, - Tizzalaring va qo'llaringga tayanib.
Sohyon yigitning gapiga savol nigohi bilan uning ko'zlariga tikildi.
- Men seni jazolayapman solnishko, mehr bilan jinsiy aloqa qilmayapman, - Taehyung bir harakat bilan qizni ort o'g'irib tanasini pastki tomon qaratdi, - Shunday ekan, aqlli qiz bo'lib senga nima qilsam ham chidab tur.
Taehyung kamarini bo'shatar ekan, ilgaklaridan tortib chiqardi. So'ng qizning ikki qo'lini ortga tortgancha beli ustida birlashtirib kamar bilan bog'lay boshladi.
- Bunday qilma, meni qo'rqityapsan, - Sohyon qo'llarini bog'lanishdan qutqarmoqchi bo'ldiyu befoyda ketdi.
- Juda ajoyib, - past kulgu tovushi chiqargan Taehyung yog'on ovozida shivirladi, - Kelasi safar kimnidir o'zingga yaqinlashtirishdan oldin bu haqida eslaysan.
Kutilmaganda ortki qismiga kelib tushgan tarsaki qizni kichik ingroq tovush chiqarib yuborishiga sabab bo'ldi. Yarim yuzi mashina o'rindig'i charmiga qadalgan Sohyon jahl bilan ortga bog'langan qo'llarini bo'shatishga urindi.
- Meni yechib yubor Kim Taehyung, - asabiylashgancha dedi qiz.
- Buncha erta emas Kim Sohyon, - yigit kelasi tarsaki bilan qizning ortini siyladi.
- Jin ursin seni, - qiz yana tipirchiladi.
- Shshsh..aqlli qizaloq bo'l quyoshim, - Taehyung qizning qulog'iga yaqin egilib shivirladi, - Yoki o'tira olmay qolguningcha tarsakilayman.
O'z xolatidan bo'yniga qadar qizib ketayotgan Sohyon jahl bilan labini tishladi. Yana bir tarsaki va qizning tishlari tovush chiqarib yubormaslik uchun pastki labiga qattiqroq botirildi. Biroz vaqt o'tib mashina ichida zamokning ochilgan tovushi aks sado berdi go'yo. Taehyung qizning kamar bilan ortiga bog'langan qo'llarini bir qo'li bilan ushlar ekan, ikkinchi qo'li belidan qisdi. So'ng bir urinish bilan qizga to'liqligicha singib kirdi. Bu safar tishlar nazoratsiz qichqiriqni to'sib tura olmadi. Taehyungning kafti Sohyonning belini siqishda davom etgancha harakatlarini boshladi.
- Qoida shunday quyoshim, - qisilishdan ehtiros bilan xirilladi yigit, - Yomon qizlar jazolanishi kerak.
Taehyung qizning yuziga tushgan sochlarini qulog'iga ortiga tartiblar ekan ortki yelkasiga lablarini bosdi.
- Havotir olma solnishko, - Taehyung yana bir bor chuqur zarb bilan shivirladi, - Uyga qaytishda mashinani o'zim haydayman.
Yigitning barmoqlari Sohyonning sochlaridan siqimlar ekan, o'z ritmini davom ettirdi...

*

Timeskip➡️

Sovuq harorat butun tanani qamrab olar ekan, nafas olish imkoniyati cheklandi. Oyoq qo'llari harakatsiz qotgan yigit suv ostida ochiq bo'lgan ko'zlarini yuqoriga tikdi. Uzoqlashib borayotgan yuza. Uning tanasi esa suv qariga tobora chuqqurroq cho'kib bormoqda. Suv uzra miltillagan oy yorug'i soniyalar ichida uzoqlashmoqda. Nafas olish va harakatlanish imkonsiz.. Quloqlarga esa erkak kishining yoqimsiz ovozlari chalinmoqda. Yigitning ko'ksida paydo bo'lgan qichqirish uchun zarurat tomog'iga tiqilmoqda. Kislorodga bo'lgan tashnalik tobora butun tanasini betoqat qilib borardi. Xiralashgan nigohlari esa soniya sayin ancha yuqorida qolib ketayotgan yorug'lik tomon qaratilgan. U yuqoriga intilishga urindi. Betoqat tipirchilagan qo'l oyoqlar nafas uchun kurashmoqda. Kutilmaganda yigitning yuzida paydo bo'lgan issiqlik uning yuragi yanada quturgandek tepkilashiga undadi.
Kutilmaganda o'rnidan turib ketgan Taehyung yonginasidagi qizning nafas bilan ingroq tovush chiqarganini eshitdi. Ongi hali ham haqiqiylik va tush o'rtasida arosatda kezar ekan, ko'ksidagi og'irlikni his etdi.
- Tae, - Sohyon o'zining bo'ynidan o'ralgan changaldan xalos bo'lishga uringancha xirilladi, - Bo'g'ib qo'yyapsan.
Asta sekin ongi tiniqlasha boshlagan Taehyung o'z barmoqlari Sohyonning bo'yni atrofidan qisganini anglay boshladi. Yigit hali ham uzoq vaqt nafas olmagandek hansirar ekan o'tkir ko'zlari qizning bo'g'ilishdan qiynalgan yuzini kuzatdi.
- Tae, iltimos qo'yib yubor, - yotoq ustida tizzalariga o'tirib olgan Sohyon yigitning barmoqlarini bo'shatishga harakat qildi.
Nihoyat ongi haqiqiy hayotga to'liq moslasha boshlagan yigit, go'yo tok urgandek qizning bo'ynini xalos qildi.
- Kechirasan, - hali ham betartib nafas olgan ko'yi dedi Taehyung.
Sohyon kafti bilan bo'ynini silar ekan, notinch nigohlari bilan yigitga tikilishda davom etdi.
- Nimadir bo'ldimi? - biroz oldingidan pastroq ohangda so'radi qiz, - Sen.. uyqingda betoqat eding, shu sabab seni uyg'otmoqchi bo'lgandim, - Sohyon tushuntirgan bo'ldi, - Keyin esa birdan bo'g'ib qolding.
- Shunchaki yoqimsiz tush ko'rdim, - fikrlashi maromiga qaytgan Taehyung qisqa javob berdi, - Suv ichib qaytaman.
Yigit shunday dediyu ustidagi choyshabni olib yotoqdan turdi. Uning ortidan qarab qolgan Sohyon choyshabni o'ziga yaqinroq tortgan ko'yi tizzalarini qorni tomon yig'di.
Taehyung qorong'u oshxonaga kirar ekan chiroqni yoqishni ham istamay oshxona mebeli tomon bordi. Terilgan stakanlardan birini olgan ko'yi suv bilan to'ldirgach qurigan lablariga yaqin olib keldi. Ko'z oldi hanuz o'sha kechadagi sahnalarni qayta qayta namoyon qilib yigitning ongi bilan o'ynashmoqda go'yo. Sovuq suv tomog'idan o'tar ekan tanasidagi betoqat hujayralarni tinchlantirgandek bo'ldi. Yigit suv oqib ketgan bo'ynini kafti orqasiga artar ekan stakanni joyiga qo'ygancha o'girilib oshxona mebeliga suyandi.

*

-- 16 yil oldin*

Kichik Taehyungning otasi dunyodan ko'z yumganiga 1 hafta bo'lgan kun. Yosh yigit o'z xonasida krovati ustida o'tirgancha qo'lidagi kitobga e'tiborini jamlashga urinmoqda. Onasi unga otasi o'limi o'qishlariga ta'sir qilmasligi kerakligini qattiq uqtirgancha pastgi qavatga tushib ketgan. Aftidan taziyaga kelgan mehmonlardan so'ng uyni tartibga keltirish bilan band. Bir qancha vaqt o'tganidan so'ng pastki qavatdan yana begona erkakning ovozi eshitila boshladi. Otasining do'stlaridan kimdir yana hamdardlik bildirgani kelgan bo'lsa kerak. Barmoqlarini qirib o'ynashda davom etgan Taehyung satrlar bo'ylab qotgan nigohlarini yuritishda davom etdi. Qattiq bosh og'rig'i bolakayni qiynamoqda.

- Senga oldin ham aytganman, hozir ham aytaman, - Kim xonim ko'p yig'idan ancha so'ligan ovozi bilan qarshisidagi erkakga dedi, - Javobim yo'q, Lee. Erim o'lganiga endigina bir hafta o'tib menga bunday gapirishga qanday yuzing chidayapti?
- Aynan, - Lee ayolning gaplarini tasdiqladi, - Ering o'lgan, endi qaytib kelmaydi, - erkak yaqinroq qadam tashladi, - Shunday ekan meniki bo'l.
- Sen esingni yegansan shunday emasmi? - Kim xonim bir qadam ortga yurdi, - Senga yo'q dedim, uyimdan chiqib ket.
- Istamayman, - Lee ayolning yelkalaridan mahkam ushlagancha o'ziga tortdi, - Seni o'zimniki qilish imkoniyatini 2 chi bor yo'qotmayman.
- Qo'yib yubor meni, - Kim xonim qarshilik ko'rsatishga urinib erkakning ko'ksidan itardi, - Sen hech qachon uning o'rnini bosa olmaysan.
- Men senga Daehyun bera olmaydigan narsalarni bera olaman, - jahl qildi erkak changalini yanada orttirib.
- Hoziroq qo'yib yubor dedim senga, - ayol yoshlangan ko'zlari bilan g'azabini sochdi.
Biroq qizishgan erkak ayolning kuchsizligidan foyda olmoqchidek harakat qildi. Kutilmaganda yangragan o'q ovozi uy ichida chaqmoq kabi shovqin soldi. Leening ko'zlari qo'rquvdan katta ochilib ketdi. Qo'llaridagi ayolning jonsiz tanasi yiqilar ekan ko'ksini qamragan qon polni bo'yay boshladi. Ayol Leening kamariga qistirilgan to'pponcha bilan o'ziga o'q uzgan.
Kutilmagan shovqindan sapchib tushgan Taehyung xavotir bilan ko'zlarini eshikka tikdi.
- Oyi, - past ovozda chaqirdi bolakay.
Qo'lidagi kitobni uloqtirgancha krovatidan turar ekan yalang qadamlari bilan zinadan pastlay boshladi. Yuragi daxshatdan quturgan kabi tepkilar ekan yigitchaning nafaslari bo'g'ziga tiqila boshladi. Nigohlari bir poldagi jonsiz tanaga, bir oyisi jasadi yonida qo'lida qonga belangan to'pponcha bilan o'tirgan erkak o'rtasida kezar ekan, o'zini miyasiga qon quyilayotgan kabi his etdi.
- Oyi, - kuchsiz pichirlash ketidan yana bir bor qichqirish eshitildi, - Unga nima qilding!
Bolakay erkakga tashlanar ekan, o'zining kuchsiz zarbalari bilan unga ziyon yetkazishga urina boshladi. Ko'ksidagi yagona ishtiyoq hozir bu erkakning jonini iloji boricha ko'proq og'ritishni istayapti. Lee tipirchilayotgan bolakayning burni va og'ziga kaftini botirdi. Kislorod Taehyung uchun butkul to'sildi. Baquvvat yog'on qo'l uni havodan to'sib qo'ygan. Yigitcha nafas olishga tashnalik bilan tipirchilar ekan, erkakning changalidan chiqa olmas edi. Tobora harakatlari susayib boshi aylana boshlaganini his etdi. Ko'z oldi qorong'ulashib ketmoqda. So'ngida esa to'laqonli harakatsiz qotdi. Bola hushini yo'qotganini sezgan Lee nihoyat uning og'zidan qo'lini oldi.


Yarim tun. Katta daryo ko'prigi ustida to'xtagan mashina chiroqlari o'chirildi.
- Janob, ishonchingiz komilmi? - yigit mashina orqa o'rindig'ida o'tirgan erkakga qarab gapirdi, - Axir u hali yosh bolaku.
- Uning yuzini ko'rganimda g'azabim qaynayapti, - bosiq ovozda javob berdi Lee, - Qiyofasi otasi bilan juda o'xshash, - uning nigohlari mashina ichida xushsiz yotgan bolakayga qaratildi, - Bajar.
- Yaxshi, - yigit ikkilangan ko'yi hushsiz Taehyungni mashinadan ko'tarib olar ekan, ko'prik chetiga yaqinlashdi.
Soniya o'tmay xalos etilgan tana suv osti tomon qulay boshladi. Bir qancha lahza ichida sovuq suv hushsiz yigitchani o'z qamroviga oldi...

*

Timeskip➡️

Tun. Mashina rulida o'tirgan Taehyung, cho'ntagidagi telefoni jiringlab ovoz berar ekan, oynadan tashqariga asabiy nigoh tashlab qo'ydi. So'ng barmoqlari yashil tugmani bosgancha qulog'iga yaqin olib keldi.
- Zdrastivuyte solnishko, - odatiy ohang bilan dedi yigit, - Meni sog'indingmi?
- Shunchaki..vaqt kech bo'lganiga qo'ng'iroq qilgandim, - Sohyon biroz noqulay chiqqan ovozi bilan gapirdi, - Qachon kelasan?
- Tez orada uyda bo'laman quyoshim, - Taehyungning nigohlari yana mashina tashqarisini kuzatdi, - Senga shirinlik olib borishni ham unutmayman.
- Men buni so'raganim yo'q, - qiz e'tiroz bildirdi.
- Ammo men xohlayman. Tez orada ko'rishguncha.
Taehyung qulog'idan telefonni uzoqlashtirib aloqani uzdi. Taehyung yon o'rindiqdagi xushsiz yigitga qarab qo'ydi.
Janob Lee binodan chiqar ekan xizmatchi yigitlardan biri erkak uchun mashina eshigini ochdi. Lee orqa o'rindiqqa joylashgancha chuqur charchoqli nafas chiqardi.
- Uyga hayda, - buyruq berdi erkak.
- Bu mashina seni faqat jahannamga olib boradi, - ruldagi Taehyung erkak tomon o'g'irilgancha dedi.
- Sen, - Leening ko'zlari kattalashib ketdi, - Nimalar qilyapsan? - erkak o'zi tomondagi eshikni ochishga urindi.
Biroz shiqirlash tovushi ketidan avtomobilning barcha eshiklari qulflandi.
- Sen bilan masalamiz tugamadi degandim, - yog'on ovozida xotirjam gapirdi Taehyung.


Timeskip ➡️

Katta va eski garaj haddan ortiq tinch. Biroq suvning qimirlash tovushi bu sukunatka qo'shimcha bo'lib turmoqda. Uzoq vaqt nafas yetishmovchiligi ortidan nihoyat suv ostidan boshi chiqarib olingan erkak hayotga tashnalik bilan og'ir va baland nafas olar ekan, xotirjam tarzda jilmaygan Taehyung u to'liq nafas olib ulgurmasidan yana boshini suv to'ldirilgan katta bochkaga botirdi. Erkak yana suv ostida tipirchilagancha kislarodga erishish maqsadida kurashdi. Biroq bog'lab qo'yilgan qo'llari unga hech qanday yordam bermayotgan edi.
- Xo'sh.. buni his qilyapsanmi? - past va bosiq ovozda savol berdi Taehyung, - Nafas olishga va hayotga muhtojlik...ammo erisha olmaslik.
Yigit yana bir bor Leening boshini suv ostidan chiqarib oldi.
- Ammo men uddaladim, - o'sha beparvo ovozi bilan go'yo birovni o'ldirishga urinmayotgan kabi oddiy tarzda gapirdi yigit, - O'sha sen meni suv ostiga tashlab ketgan kecha. Qiziq sen ham tirik qolishni uddalay olarmikinsan?
- Meni o'ldira olmaysan, - suv ostida uzoq qolganidan hansiragancha dedi erkak, - Sohyga va'da bergansan.
- Ha, to'g'ri, - Taehyung kulib yuborgancha dedi, ammo bu kulgu yanada vahimaliroq, - Men o'ldirmayman deb so'z berganman. Ammo azoblamayman deb emas.
Yigit kuch bilan itarib yana erkakni suv ostiga cho'ktirdi...