Asay
ASAY
1-qism: Soatlar ortidagi sir
Shaharning eng mashhur san’at galereyasida navbatdagi ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Yorqin chiroqlar, zamonaviy musiqa va odamlarning shitir-shitir so‘zlashuvi orasida, 17 yoshli Asay, tarixiy san’at asarlarini kuzatib yurardi. U boshqalardan farqli, doimo o‘tmish bilan qiziqar, eski zamonlarda yashagan odamlarga havas qilardi. Ayniqsa, XIX asr balollari, chiroyli liboslar, hashamatli saroylar, o‘zini tutish madaniyati uni sehrlab qo‘yardi.
Bir burchakda e'tiborsizgina turgan, yog‘och ramkali eski rasm diqqatini tortdi. Unda bal zalida raqs tushayotgan odamlar, fonida katta soat aks etgandi. Asay suratga yaqinlashib, unga qo‘l tekkizgan paytda birdan xonadagi shovqin jim bo‘lib qoldi. Ko‘z oldi qorong‘ilashdi, yuragi hapriqib ura boshladi. Qandaydir g‘alati kuch uni ichkariga tortayotgandek tuyuldi.
Ko‘zlarini ochganida, u marmar polli, ustunlari naqshinkor zalda turardi. Atrofida qadimiy libosdagi odamlar, ayollar uzun ko‘ylaklarda, erkaklar esa frakda edilar. Fon musiqasi — fortepiano sadosi — yumshoq eshitilardi. U beixtiyor ko‘zguga qaradi... U ham bal ko‘ylagini kiygan, sochlari jingalak qilib turmaklangan edi.
Asay tushunmasdi — bu tushmi, haqiqatmi? Ammo yuragidagi bir his unga:
“Endi hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi”, — deb shivirlardi.
Asay hushyorlik bilan atrofga boqdi. Bal zali odatiy kechki ziyofatlardek go‘zal, ammo bu go‘zallik ortida qandaydir sir yashirinayotgandek edi. U asta zaldan chiqdi. Keng marmar yo‘lak, devorlar bo‘ylab osilgan rasm va shamdonlar... Bu joy unga notanish edi, lekin yuragi bu yerda allaqachon bo‘lganiday urardi.
— Siz… yangi mehmonmisiz? — dedi kimdir uning orqasidan.
Asay cho‘chib qaradi. Qarshisida uzun bo‘yli, to‘q-jigarrang ko‘zli, g‘oyat jiddiy yigit turardi. U kiygan frak, uslub, ohang – hammasi o‘tmishga mansub.
— Ha… Men… — Asay nima deyishini bilmay, ikki og‘iz so‘z aytolmadi.
— Sizni balga taklif qilganmiz. Marhamat, mezbon kutmoqda, — dedi u mehribon ohangda va qo‘lini uzatdi.
Asay ikkilandi. Bu qanday bal? Kim taklif qildi uni? Nega hech narsani tushunmayapti? Ammo yuragi uni shu yo‘lga boshlayotgandi. U yigitning qo‘lini ushladi.
Zalga qaytishdi. U yerda barchaning nigohi Asayga qadalgan, go‘yo uni tanishadi. Orqada bal zalining ustidagi soat 23:45ni ko‘rsatardi.
— Sizning ismingiz…? — so‘radi yigit u bilan raqsga tusharkan.
Eshitganda Asay beixtiyor titradi. Bu ism unga tanish edi. U bolaligida doim o‘qigan eski romandagi qahramon edi Eliot. Asay yuragining tubida qandaydir bog‘lanishni sezdi. Bu oddiy uchrashuv emasdi.
— Bu joy qayer? — deb so‘radi Asay asta.
Eliot jilmaydi:
— Siz o‘z vaqtida emas, to‘g‘ri yurakda kelgansiz. Bu yerda har kimni vaqt emas, his olib keladi.
Soat esa sekin harakatda davom etardi.
Soat 00:00ni urdi. Zal birdan jim bo‘lib qoldi. Musiqa to‘xtadi. Har bir mehmon, har bir harakat xuddi muzlab qolganday to‘xtadi. Faqat Asay va Eliotgina harakatda edi. Asay dahshat aralash hayrat bilan atrofga qaradi.
— Bu… nima bo‘layapti? — deb so‘radi u yuragi hapriqib.
Eliot asta Asayning qo‘lini qattiqroq ushladi.
— Bu vaqt sirli vaqt deb ataladi. Faqat chin yurakdan kelgan mehmonlargina bu lahzani ko‘ra oladi. Sen bu yerga tasodifan kelmading, Asay.
Eliotning nigohi jiddiylashdi. U Asayni zaldan chiqardi va orqa eshik orqali uzun, qorong‘i yo‘lakka boshladi. Yo‘lak oxirida eski kutubxonaga o‘xshagan xona bor edi. Xonada minglab kitoblar, qadimiy xaritalar, yelimli shisha idishlarda saqlangan g‘alati narsalar.
— Bu yer Vaqtlar oralig‘i. Bir vaqtning o‘zida o‘tmish ham, kelajak ham bu yerda yashaydi. Bu yerga faqat tanlanganlar keladi. Sen ularning birisan, Asay.
— Men oddiy qizman. Nega aynan men?
Eliot sekin stol ustidan eski kundalikni olib berdi. Unda yozuv bor edi:
"U keladi. U yuragida o't bilan, qo‘lida kalit bilan keladi. Vaqtlar ichida yo‘qolgan narsa — uning orqali qaytariladi."
— Bu sen haqingda, Asay. Sen o‘tmishda yo‘qolgan haqiqatni topishing kerak. Bu faqat senga bog‘liq.
Asay yuragining urishini eshitardi. Qadimiy kitoblar, Eliotning so‘zlari, muzlagan bal zal — bularning barchasi uni buyuk bir sir tomon boshlayotganini anglatardi.
Eliot jim qoldi. So‘ngra sekin javob berdi:
— Avvalo, o‘sha kunni top. Sen orzu qilgan, ammo hech qachon eslay olmagan bolalikdagi kunni. Sen haqiqatni shu yerda qoldirgansan.
Asay kutubxonaga uzoq termuldi. Endi u orqaga qaytolmasdi.
Kutubxona ichida havo o‘zgacha edi — xuddi vaqtning o‘zi shu yerda nafas olayotgandek. Eliot devorga o‘rnatilgan soatni bosdi va devor ochildi. Ichkarida kichik, ammo juda qadimiy ko‘rinarli xona ochildi. Uning o‘rtasida tilla ramkali katta ko‘zgu turardi.
— Bu Yod ko‘zgusi, — dedi Eliot ohangdor tovushda. — Faqat yuragida savol, ichida haqiqat istagi borlar unga qaray oladi.
Asay sekin yaqinlashdi. Ko‘zgu sirtida hech qanday aksi yo‘q edi. U nafasini chuqur olib, unga qaradi.
Shu zahoti ko‘zgu yuzida tasvirlar paydo bo‘la boshladi: kichkina qizaloq daraxt soyasida o‘yinchoq bilan o‘ynayapti, yonida esa boshqa bir bola — ko‘zlari tanish, ammo yoddan ko‘tarilgan. Keyin esa sahna o‘zgardi: baland devorli saroy, navbatdagi bal, va u yerda — aynan hozirgi ko‘rinishidagi Asay, ammo ko‘zlarida boshqa bir nur.
— Bu sening avvalgi hayoting. Sen bu saroyda yashagan, bu sirlar ichida ulg‘aygansan. Keyin esa qandaydir sabab bilan butun xotirang yuvilib ketgan.
— Demak, men… ilgari bu dunyoda yashaganman? — dedi Asay ovozini zo‘rg‘a chiqarib.
— Ha. Va sen — Kalit egasi bo‘lgansan.
Ko‘zgu birdan qoraydi. So‘ng yana yangi tasvir: yonayotgan kutubxona, qochayotgan qiz, yerga tushgan bir narsa — oltin medalon. Aynan Asayda hozir bo‘lgan medalon.
— Men o‘sha kuni nimanidir unutganman… yoki yo‘qotganman, — dedi Asay o‘ziga-o‘zi.
— Va sen uni qaytarishing kerak. Chunki bu nafaqat sening, balki bu dunyoning taqdiri uchun ham muhim.
Asay o‘zini qattiq tutdi. U endi faqat o‘zini emas, butun bir sirli dunyoni tushunishi va himoya qilishi kerak edi.
— Endi. Bugun tun — Vaqtlar oynasi ochiladigan tun. U faqat har yuz yilda bir marta ochiladi. Va u ochilganida sen o‘tmishga qaytishing mumkin. Faqat esingda bo‘lsin… orqaga qaytish har doim ham oson emas.
Asay medalonni mahkam ushlab, ko‘zgu ichiga qadam tashladi…
Ko‘zgu ichiga qadam qo‘ygan Asay birdan bosh aylanishini his qildi. U yer va osmon orasida, xuddi shamol bo‘roni ichida uchayotgandek edi. Ko‘zlarini yumdi. Yuragi qattiq urardi. Va nihoyat, oyoqlari tagida tuproqni sezdi.
U ko‘zlarini ochganida, uncha yiroq bo‘lmagan joyda hashamatli saroy binosi ko‘zga tashlandi. Havo tiniq, yer toza, qushlar sayrayotgan, atrof go‘yo ertakdan chiqqandek edi. Ammo eng ajablanarlisi — u tanigan joy edi. Bu — ko‘zguda ko‘rgan o‘sha bal bo‘ladigan saroy edi.
Asay beliga qarasa, u endi oddiy zamonaviy kiyimda emasdi — u uzun, ipak libosda, sochlari orqasiga chiroyli yig‘ilgan, oyoqlarida silliq poshnali tufli bor edi.
— Demak bu o‘tmish... Men qaytdim, — deya shivir qildi u.
Shu payt orqadan bir ovoz eshitildi:
— Xonim, siz bal uchun kechikmayapsizmi?
Asay ortiga qaradi. Bu yigit ko‘zlaridagi o‘sha tanish iliqlik bilan unga boqayotgan edi. Bu — Eliot edi. Ammo boshqa, yoshroq, silliq soqolli, nafis frak kiygan va ko‘zlarida butkul boshqa ruh bilan.
— Sizni kutayotgan edim, — dedi u jilmayib.
Saroyga kirishdi. Baland eshiklar ochildi. Ichkarida musiqachilar tor chalmoqda, ko‘plab mehmonlar raqs tushmoqda. Ammo ko‘zlar darrov Asayga qadaldi. Go‘yo u bu dunyoning markazida edi. Shivir-shivirlar eshitildi: "Bu qiz kim?" "Bu begona kim?"
Asay ich-ichidan titrasa-da, chehrasida ishonchli jilmayish paydo bo‘ldi. Bu kecha, bu tun, u o‘zining yo‘qolgan o‘tmishini qaytarib olishi, haqiqatni topishi, va balki... sevgisini ham topishi kerak edi.
— Birinchi raqs bizniki bo‘lsinmi?
— Albatta, — dedi Asay, va raqs maydoniga qadam qo‘ydi.
Musiqa yangradi, yuraklar urdi, va tarix yana bir bor yozila boshladi…
ASAY
6-qism: Yashirin haqiqatlar
Asay saroy maydonida raqs tushayotgan paytda, yuragi Eliotga tobora yaqinlashayotganini his qildi. Musiqa ohanglari ichra vaqt go‘yoki to‘xtagandek edi. Ammo bir vaqtda, saroy devoridagi eski bir portret e’tiborini tortdi. U Eliotga juda o‘xshar, ammo bir asr ilgari yashagan odamga o‘xshardi.
Raqs tugagach, u asta Eliotga yuzlandi:
— Bu saroyda hamma narsa g‘alati. Men kimman o‘zi bu yerda? Nega men bu joyni tushimda ko‘rganman?
Eliot ko‘zlarini pastga qaratdi, so‘ng asta:
— Chunki sen bu joydan eding, Asay. Sening o‘tmishing bu yer bilan bog‘liq. Men seni ko‘p yillardan beri kutayotgan edim.
Eliot Asayni saroydagi sirli xonaga olib kirdi. U yerda eski kundaliklar, qog‘ozlar, suratlar va bir parcha oynali kulon bor edi. Asay kulonni ochdi — ichkarida yozuv bor edi:
> "Asay, sen unutmaysan. Men kutaman. — E."
— Bu... bu mening ismim. Va bu sening ismingning bosh harfi.
— Sen aslida bu davrda tug‘ilgansan. Lekin sehrli falokatdan so‘ng, sen zamon ichra yo‘qolganding. Ko‘zgu esa seni qaytardi. Chunki vaqt seni izlab topdi.
Asayning yuragi gupillab urar edi. Demak, u o‘z vaqtiga qaytgan edi. Va Eliot — u nafaqat raqamlar va tushlarda paydo bo‘lgan sirli yigit, balki uning haqiqiy o‘tmishdagi sevgisi edi.
— Asay... Men seni yana topdim. Endi senga bir savol berishim mumkinmi?
— Ha, — dedi qiz titroq bilan.
— Bu safar... men seni yo‘qotmasligim uchun, men bilan qolasanmi?
Asay ko‘zlarida yosh bilan jilmaydi:
— Men allaqachon qolishga qaror qilganman.
ASAY
7-qism: Ko‘zgu orqasidagi meros
Asay o‘sha kuni Eliot bilan so‘nggi marta kechqurun saroydagi bal zali tomon qarab yurarkan, yuragida qandaydir chaqnash — o‘zini nihoyat to‘g‘ri joyda, to‘g‘ri odam bilan deb his qilardi.
Ular birgalikda kulonni ochib, ichidagi yozuvni yana ko‘zdan kechirdilar. Eliot eski yodgorlik sandig‘idan qo‘lyozmalar chiqardi. Unda yozilgan edi:
> “Asay — so‘nggi sehrdor avlodidan biri. Uning yuragi pok va haqiqatni topishga intiluvchi. Ko‘zgu orqali u o‘z davriga qaytadi va saroy merosini qayta tiklaydi...”
— Ha. Sening onang shu saroyda tug‘ilgan, otang esa zamonlararo sayohat qilgan edi. Sen ularning kuchini meros qilib olgansan. Ammo bu kuch faqat yuraging rost bo‘lsa, uyg‘onadi.
Asay ko‘zlarini yumdi. Ichkaridan bir iliqlik tarqaldi. U nihoyat o‘zini anglab yetgandek edi. Ko‘zgu yonida turgan eski sham yonib ketdi. Saroy devoridagi tasvirlar jonlanayotgandek tuyuldi. U qo‘lini ko‘tarib, sehrli harflar bilan devorga tegdi — bir lahzada ko‘zgu ichidan yorqin nur chiqa boshladi.
— Bu sening kuching. Endi saroy yana porlaydi. Yillar davomida unut bo‘lgan narsa — muhabbat, nur va meros — yana tiklanyapti.
Asay asta Eliotning qo‘lidan ushladi:
— Demak men bu yerdaman... seni topish uchun, o‘zimni topish uchun kelganman?
— Va seni hech qachon yo‘qotmaslik uchun.
Saroy ustidan sehrli yomg‘ir yog‘a boshladi — bu yomg‘ir suvdan emas, yodgorliklardan, so‘zlardan va qadimiy nurdan iborat edi.
ASAY
8-qism: Yangi saroy va eski tahdid
Ertasi tong. Quyosh nurlari baland derazalardan nur sochib, saroy zaliga iliqlik olib kirdi. Asay uyg‘ondi — tun bo‘yi o‘tmish va kelajak haqidagi tushlar orasida sayr qilgan edi. Eliot esa devor yonida eski kitoblarni ko‘zdan kechirardi.
— Bizga hali ko‘p ishlar qolgan, — dedi u. — Saroyni tiklash, sening kuchingni to‘liq uyg‘otish… va eng muhimi, Ularni to‘xtatish.
— “Ular” degani kim? — so‘radi Asay.
Eliot bir muddat sukut saqladi, so‘ng kitobni ochib, bir sahifani ko‘rsatdi. Unda qorong‘u libosli shaxslar — "Soyalar Ordeni" tasvirlangan edi. Bu orden bir paytlar sehrni yo‘q qilishga uringan, kuchni o‘zlashtirishni istagan qaro kuchlar edi.
— Ular sening kelishingni his qilishdi. Endi bu saroy faqat tarix emas, jang maydoniga aylanishi mumkin.
Asay yuragini bosib, chuqur nafas oldi.
— Men qo‘rqmayman. Endi men kimligimni bilaman. Bu mening merosim.
Ular saroyda yashiringan boshqa artefaktlarni qidirishni boshlashdi: sehrli qulf, ogohlantiruvchi zanjir, ko‘hna daraxt ichida yashiringan qalqon… Har biri o‘z sirini ochayotgan edi. Asayning har bir harakati bilan kuchi ortar, Eliot esa uni har daqiqa qo‘llab-quvvatlardi.
Kechqurun, saroy atrofiga qorong‘ilik tusha boshlaganda, uzoqdan qora qiyofa ko‘rindi. Soya. Uning yurishi sekin, ammo tahdidli edi.
Asay qo‘lini Eliotnikiga qo‘yib, shivirladi:
ASAY
9-qism: Sehrli qarama-qarshilik
Saroy devorlaridan uzoqda, qorong‘ulik ichida harakat qilayotgan qiyofalar ko‘paydi. Soyalar Ordeni nihoyat yetib kelgan edi. Ular jim-jit, ammo yurakni zir titratadigan tarzda yaqinlashar, har bir qadami bilan havodagi sehrli energiyani buzardi.
Eliot va Asay saroy minorasiga chiqib, bu manzarani tomosha qilishar edi. Eliot yonidagi qadimiy haykalga qarab, sekin bosib turgan yerga bir sehrli belgini bosdi. Darhol butun saroy mudofaa tizimi uyg‘ondi — devorlar nur sochdi, havo ichida ko‘rinmas qalqon hosil bo‘ldi.
— Saroy endi himoyalangan, — dedi Eliot, — lekin bu vaqtinchalik. Ular seni izlab kelishgan, Asay.
— Chunki sen... Kalitsan. O‘tmishdagi sehrchilar kuchini uyg‘ota oladigan yagona odam sensan. Ular seni o‘zlariga aylantirmoqchi.
Asayning yuragi hapriqdi. Lekin nigohi qat’iy edi.
Ular yer osti zaliga tushishdi. Bu yerda Sehrchilar qasamyodi deb nomlangan qadimiy tosh bor edi. Asay ikki qo‘lini tosh ustiga qo‘ydi. Atrofda oq nur yondi. Uning ichida bir nimadir uyg‘ondi — kuch, xotira, yurakda g‘alati jasorat.
Shu payt katta darvozalar shitirlay ochildi. Soyalar Ordenining yetakchisi — uzoq yillardan beri yo‘qolgan sehrgar Veyros kirib keldi. Uning nigohi sovuq, lekin kuchli edi.
— Nihoyat seni topdim, Asay, — dedi u. — Qani yur, biz bilan kel.
Eliot oldinga chiqdi, lekin Asay uning yelkasiga engil tegdi:
Qizning qo‘li nur sochdi. Uning atrofiga suv va shamol elementi to‘plandi. Qora soya bilan oq nur to‘qnashdi. Boshlandi.
To‘qnashuv uzoq davom etdi. Sehrlar havoda chaqnab, yer titrardi. Asay yiqilsa ham, har safar qayta turdi. Chunki u endi yolg‘iz emas edi. Uning yuragida Eliotga bo‘lgan ishonch bor edi.
Oxiri, Asayning kuchi butunlay uyg‘ondi. Uning bir harakati bilan Veyrosning qudrati so‘ndi. Soyalar tarqaldi.
Eliot yaqinlashib, Asayni quchdi:
— Bu tugadi. Sen buni uddalading.
— Biz uddaladik, — dedi Asay, jilmayib. — Men o‘tmishga emas, kelajakka qarayman endi. Va sen ham men bilan bo‘l.
ASAY
10-qism: Yangi yo‘l boshlanishi
Qal’a osmonida tong nuri sochildi. Sehrli zarbadan keyingi tun nihoyat tinchlik bilan yakun topdi. Asay va Eliot, uzoq yillik urush va qo‘rquvlardan keyin, ilk bora yuraklarida haqiqiy osoyishtalikni his qilishdi.
Saroy hovlisida do‘stlari – Seron, Lila, va Sehrchilar Kengashining ba’zi a’zolari ularni kutib olishdi. Veyros yengilgan, ammo sehr dunyosining tartibi hanuz tiklanmagan edi.
— Men seni birinchi uchratgan paytim... sen oddiy qizdek tuyulganding. Lekin hozir qarasam — sen mening jasoratim, kuchim, orzum bo‘libsan.
— Sen esa men uchun yo‘lchi yulduz bo‘lding. O‘tmishga qaytishimda ham, bugunga yetib kelishimda ham.
Kengash ularni alohida kutib oldi. Ular Asayga yangi unvon berdi:
"Yorug‘lik Saqlovchisi" — sehrli kuchni to‘g‘ri yo‘lda saqlab qolgan yagona shaxs sifatida.
Lekin Asay boshqa yo‘lni tanladi. U saroyda qolishni emas, sayohatni davom ettirishni xohladi.
— Men boshqa yerlarni ko‘rmoqchiman, — dedi u Eliotga. — U erlarda hali biz kabi yordamga muhtoj insonlar ko‘p.
— Unda men ham sen bilanman. Har doim.
Ular otga mindilar. Sehrli atlas yo‘li uzoqqa – tog‘lar, daryolar va yangi sirli manzillar sari cho‘zilar edi.
Yo‘l davomida Asay osmon sari qaradi. Quyosh yangi tongni boshlab berayotgan edi.
— Bu hali boshlanishi, — dedi u. — Bizning hikoyamiz endi boshlanmoqda.