Merciless❤️🔥
Cheksiz qorong'ulik. Bu qancha davom etgani noma'lum. Anglab bo'lmas muvozanatsizlik va og'riq har soniyada azoblamoqda. Quloqqa yoqimsiz signallarning qisqa tovushlari bir ritmda eshitilmoqda. To'g'ri o'sgan kipriklar ohista ko'tarilish bilan yigit ko'zlarini ochar ekan, xona yorug'idan yana qayta yumdi. O'rnidan qimirlash uchun tanasini ko'tarishga uringanida nafaslari tartibsizlashdi. Og'zi va burnini yopgan sun'iy kislorod vakumi xiralasha boshladi. Yigit yana bir bor ko'zlarini ochdi. Qovoqlar og'rimoqda. Oppoq shiftga ega kasalxona palatasi. Yonida tovush chiqarayotgan qurilmalarga ulangan simlar yigitning tanasi bilan tutashgancha tibbiy holatini ifodalamoqda. Taehyung xona bo'ylab nigohlarini yugurtirgan ko'yi holsiz nafas olishda davom etdi. Tanasini qimirlatishga uringan chog'ida daxshatli his ko'ksini qoplab ola boshladi. Uning oyoqlari. Yigit oyoqlarini his qilmayapti hisob. Yuragi chorasizlik bo'ronidan tipirchilay boshladi. Tirsagiga tayangancha o'zini biroz ko'tarar ekan, krovat ustida jonsiz kabi befoyda oyoqlariga tikildi.
- La'nati, - tishlari orasidan cheksiz g'azab va alam aralash pichirladi Taehyung, - MING LA'NAT! - yigitning kelasi so'zlari palatani qamrab oldi.
- Nega u hali ham o'ziga kelmadi, - keng shisha oynadan ichkaridagi hushsiz qizni kuzatib turgan Jihoon savol berdi, - Kuchli ziyon yetmagan deb o'ylagandim.
- Aslida unday emas, - yigitning yonidagi shifokor erkak dedi, - Narkotik va avtohalokatdan so'ng miya to'qimalariga ziyon yetgan, - ma'lum qildi u.
- Tushuntiribroq gapiring, - yigit betoqat bo'lgan kabi ohangda dedi.
- Unga yuborilgan dori, - shifokor gaplarida biroz to'xtaldi, - Miyadagi xotira vazifasini bajaruvchi neyronlarga ziyon yetkazgan, - erkak qo'lidagi faylni ochib tahlil natijalariga nigoh tashladi, - Qolaversa avtohalokat natijasida ham miya chayqalishi yuzaga kelgan. Katta ehtimol bilan, Sohyon xonim amnesiyaga uchragan holda uyg'onishi mumkin.
- Bu nima deganingiz, - xavotirli qiyofa yasashga uringancha xovliqib dedi Jihoon, - Qallig'im hech narsani eslay olmaydimi?
- Nimalarni eslashi xonim xushiga kelganidan so'ng ma'lum bo'ladi, - shifokor qo'lidagi tahlil faylini yopdi, - Ammo ha, bosh miya tahlil natijalariga qarab u juda ko'p narsani unutgan deyishim mumkin.
- Raxmat janob, - yigit yuzidagi soxta qayg'u bilan shifokorning yelkasiga qoqdi, - Men uni yonida bo'laman.
- Yaxshi, - erkak javoban ruhlantirishga qaratilgan tabassum bilan javob berdi, - Siz ham hamshiraga uchrang. Mashina to'siqqa urilganda jarohat olgansiz, - erkakning qadamlari yigitdan uzoqlasha boshladi.
Yana o'sha keng, xonaning ichini ko'rsatib turuvchi to'rtburchak oynaga yuzlangan Jihoon, qizning hushsiz xolatini bir muddat kuzatdi. Mamnunlik bilan lab chetlari ko'tarilar ekan, chakkasini yengi bilan artdi. Kichik qon dog'lari. Yigit o'sha iblisona aft bilan Sohyon yotgan xonadan uzoqlasha boshladi.
Timeskip | Oradan 3 kun o'tdi...
Nogironlar aravachasi kasalxona koridori bo'ylab harakatlanar ekan, yigit yo'lak bo'ylab nigohlarini yuritgancha o'ziga tanish bo'lgan chehrani ko'rishga umid qilardi. Har nafasda singib kirayotgan umidsizlik ko'ksini o'pirib bormoqda. Odatda qat'iy tusdagi ko'zlar ojizlik ifoda etmoqda go'yo. Yovvoyi sarg'ish sochlar tartibsiz ko'rinish olgan. Aravacha g'ildiraklari shifoxona kirish qismidagi vestibyulga yetganda to'xtadi. Kutib olish zali va uning qarshisida joylashgan bemor yaqinlari uchun stullar. Qabulxona peshtaxtasida qandaydir hujjatlarni imzolayotgan erkak o'zidan bir necha qadam narida nogironlik aravachasida o'tirgan yigitga qaradi.
- Taehyung, - erkak kasalxona hujjatlari faylini yopar ekan yigitga yaqin qadam tashladi, - Ahvoling yaxshimi?
- Bundan yaxshisi bo'lmaydi tog'a, - kinoya bilan gapirgan yigit o'sha so'lgan nigohlarini ko'tardi.
- Afsusdaman, - horg'in ovoz bilan gap boshladi erkak, - Ammo.. shifokor aytishicha yana yura olmasliging...
- Qachon ketishim mumkin, - so'zni yakuniga qadar eshitishni istamagan Taehyung gap bo'ldi.
- Yana bir necha kun, - ma'lum qildi erkak.
Yuzidagi alamni yashirishga uringancha bosh irg'ib qo'ygan Taehyung aravachaning tutqichlarini qisdi. U o'lishni istaydi. Bu holatda bo'lishdan ko'ra o'sha avtohalokatda o'lgan bo'lishni istamoqda. Jaranglagan telefon ovozi tog'asining e'tiborini tortar ekan, uning achinish ifoda etgan nigohlaridan birozga bo'lsada qutulishini o'ylab ko'ngli biroz xotirjam tortdi.
- Hozir qaytaman, - telefonga imo qilib qo'ygancha qadamlarini uzoqlashtirdi erkak.
Taehyungning tund nigohlari noma'lum nuqtaga qaratildi. Qani u? Nega yigitning yoniga kelib kechirim so'ramayapti? Nega uni sevishini va unga tegishli ekanini takror va takror aytmayapti? Nega 3 kundan beri biror martta ko'rinish bermadi?
- Naqadar ayanchli, - mamnun va jirkanch ovoz eshitildi.
Nigohlarini ko'targan Taehyung Jihoonning muvaffaqqiyat aks etayotgan yuzi bilan to'qnashdi.
- Xatto shu holatda ham jag'ingni yumib qo'ya olaman, - tishlari orasidan vishilladi Taehyung.
- Menga po'pisa qilishdan oldin o'zinga bir nazar tashlasang bo'lardi, - Jihoon nogironlik aravachasiga yaqinroq qadam tashladi, - Aldangan va foydasiz, - yigitning lab chetlari ko'tarildi, - Ah, sen Sohy seni sevishiga ishongandingmi? Otasiga tahdid qilganingdan keyin hammi? U tuyg'ularing bilan shunchaki o'ynashib, keyin esa seni foydasiz holatga keltirib qo'ydi.. Alam qilsa kerak?
Taehyung g'azabkor nigohlarini yigitga tikar ekan, hozir ortiq nafas ololmay qolguniga qadar bo'g'ish uchun har narsani berishga tayyor edi. Hozir o'rnidan tura olish uchun ruhini sotishga ham tayyor. Jihoon boshini ortga burgancha ulardan bir qancha masofa uzoqlikda, qabulxona yaqinida turgan qizga qaradi. Kasalxonadan ketish uchun hozirlik ko'rib olgan qiz ularni kuzatgancha Jihoon yoniga qaytishini kutardi. Taehyung aniq ayta oladiki, ularning nigohlari uchrashdi. Sohyon bilan ko'zlari bir biri bilan to'qnashdi, ammo.. Qizning nigohlaridagi muhabbat ko'rinmadi. U ifodasiz qiyofa bilan shunchaki yigitga qarab turdi. Taehyung har nafasda ko'ksida qulab tushayotgan og'riqlarni his qilmoqda. Bu hissiz nigohlar yigitning o'pkasiga har kirayotgan kislarodni zahar bilan bulg'amoqda go'yo.
- Salomat bo'l janob Kim, - iflos tabassum yuzini tark etmagan Jihoon qadamlarini uzoqlashtirgancha, Sohyon tomon yura boshladi.
Taehyung ikkisi kasalxona asosiy eshigidan birgalikda chiqib ketishini kuzatar ekan o'zi o'tirgan aravacha tutqichlarini g'azab bilan siqdi.
*Ilk bor, uni hayotimda his etganimda.. men zulmatni kesib o'tuvchi nurning chiziqlari ko'ksimga urilayotganini va uni ilitishga urinayotganini sezdim. Yillar davomida meni quchog'iga olgan zulmatni bezovchi nur chiziqlari. U mening shaxsiy quyoshim edi. Va so'ngida...mening quyoshim hayotimni mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan eng qorong'u makonga aylantirdi. O'zining yolg'onlari va soxta nurlari bilan.
- Hammasi tugamadi, kichkina yolg'onchim, - g'azab bilan pichirladi Taehyung, - Mendan qocha olmaysan... Hech qachon..
Timeskip | Oradan 3 oy o'tdi ...
Tun. Shifoxona tungi hayoti odatdagi kabi davom etmoqda. Uzun ikki tutqichga ega bir necha metrli maxsus yo'lakcha. Qo'llari bilan yog'och tutqichlarini qisgan Taehyung qadam tashlashga urinishlarini davom ettirardi. Jonsiz oyoqlar to'liq bosilib ulgurmay ojizligiga yengilishda davom etmoqda. Biroq hanuz o'zini tik ushlab turishga chirangan yigit jahldor ohang chiqargancha pastki lablarini tishladi. Bir oyog'i kuchsizlik bilan oldinga surilar ekan, kelasi harakatda muvozanatni yo'qotgan yigit polga quladi.
- Menimcha bugunga yetar, - xonada o'rnatilgan kresloda o'tirgan Yujin toliqqan ohangda dedi.
- Hali emas, - Taehyung og'ir va betartib nafas olgancha dedi.
- Charchadingiz, - Yujin yigitga qaddini rostlashga yordam berar ekan ta'kidladi, - Ertaga yana urinib ko'ramiz.
- Men xotirjam uyquga keta olmayman, - hanuz buzuq nafaslari orasida bosh chayqadi Taehyung, - Bu holatdan chiqib, nogironlik aravachasida o'tkazgan har bir kunim uchun hisob olmagunimcha emas.
- Agar sillangiz qurib o'lib qolguningizcha davom etsangiz bundan ma'no yo'q baribir, - - Yujin e'tiroz bildirdi, - Hamshiraga aytaman uhlashga yordam beruvchi nimadir yuboradi, - Taehyungni yotoqqa joylashga uringancha dedi yigit.
Nigohlari bir muddat shiftga tikilgan yigit ohista ko'zlarini yumdi. O'sha katta va chiroyli ko'zlar tasviri.. Taehyung yana ko'zlarini ochdi. Bilagini biroz yuqori ko'tarar ekan quyosh shaklidagi taturovka ustidan barmog'ini yurgizdi.
* HOZIRGI VAQT | Hikoya ilk qismlaridagi zamon.
Tong..Noma'lum vaqt davom etgan uyqu qizni asta sekin tark eta boshladi. Tanasidagi noqulay hissiyot va og'riq ilk his etgani bo'ldi. Tungi ko'z yoshlar sabab qovoqlari og'riyotgan bo'lishiga qaramay kipriklarini ajratishga urinar ekan, bilagini o'ragan sovuq metalni sezdi. Qizning bir qo'li kishan yordamida yotoqqa mahkamlangan. O'rnidan turishga uringancha tipirchilab yuqori suyanchiqqa yelkalarini suyadi. Egnidagi erkaklar ko'ylagi tanasini qoplagan yagona narsa. Taehyungning ifori uni qamrab olgan. Qiz qo'lini siltagan ko'yi qo'lini ozod qilishga behuda urinib ko'rdi.
- La'nati, - kuchsiz shivirladi Sohyon bilagini battar og'ritib olgach.
Yengil qadam tovushlari eshitilishi ketidan ostonada Taehyungning xotirjam qiyofasi ko'rindi. Qo'lidagi patnisda qo'yilgan idishdan issiq va mazali ifor taralmoqda. Qiz qorni och ekanini his etib bir qo'lini o'zi atrofidan o'radi. Sohyonga yaqin yurib kelgan yigit qo'lidagi yegulikni yotoq ustiga joyladi. Tim qora soch tolalari ostidan ko'ringan o'tkir po'lattus nigohlar qizning yuzini kuzatdi.
- Seni ochdan o'ldirishni reja qilmaganman, quyoshim, - bosiq ovoz bilan dedi Taehyung, - Lekin bu ozor berishdan to'xtayman degani emas.
- Qo'limni bo'shat, - Sohyon alam aralashgan ohang bilan talab qildi.
Taehyung javob berish o'rniga o'sha bosiqlikni saqlab qolgan holda qo'liga sanchqini oldi va likopdagi pankeykdan bo'lak kesib oldi. Qaymoqli kremga botirib olar ekan qizning lablariga yaqin olib keldi. Sohyon og'zini ochishni istamay yuzini boshqa tomon burdi. Ochdan o'lsa ham Taehyung unga istagancha munosabat qilishiga yo'l qo'ya olmaydi.
- Men sening qo'g'irchog'ing emasman, - jahl bilan dedi qiz.
- Yo'q, - Taehyung tasdiqladi, - Sen qo'g'irchoq emassan. Sen mening qasosim, ishtiyoqim, g'azabim va ehtirosimsan, - yigitning kafti Sohyonning oyoqlari orasidan joy egallagancha sonidan siqdi, - Menikisan.
Qiz uning kaftini oyoqlari orasida his etganida tipirchilagancha sonlarini mahkam birlashtirishga va uning barmoqlarini to'sishga urindi. Uning instinkt kabi qilgan harakatini ko'rgan Taehyungning lab cheti biroz ko'tarildi.
- To'xtat buni, - noqulaylik va vahima bilan dedi Sohyon.
- Og'zingni och, - Taehyung go'yo uni eshitmagan kabi talab qildi.
- Istamayman, jin ursin seni, - yotoqqa kishanlangan bilagini xalos qilishga yana chiranishni boshlar ekan qizning ovozi asabiylikdan balandlashdi.
- Men seni yana zo'rlayotganimda xushingda bo'lishingni istayman, - yigit barmoqlarini yuqoriroq harakatlantirgancha gapirdi, - Shuning uchun og'zingni och va buni ye. Aytganimni qil. Shunda qo'limni olaman.
Qiz uning gaplaridan so'ng tipirchilashlarini kamaytirdi. Yoshlanib ulgurgan nigohlarini Taehyungga qaratar ekan, soniya o'tmay qorachiqlar sanchqidagi pankeyk bo'lagiga ko'chdi. Lablar orasi biroz ochilar ekan mamnunlik ifodalovchi tovush chiqarib qo'ygan yigit qo'lidagini Sohyonning og'ziga joyladi.
- Aqlli qizaloq, - past va yog'on ohang bilan dedi Taehyung.
Shu ondayoq Sohyonning jahldor nigohlari u tomon ko'tarildi.
- Qo'lingni ol, - yana bir bor talab qildi qiz.
Taehyung qizning yuz ifodasini bir zum kuzatdi. Yengilishni istamaydi. Bu ko'zlarga yana yengilishni istamaydi. Biroq uning teginishlariga tashna bo'lgan o'sha rafiqasining tashqi ko'rinishi ko'ksini yoqmoqda. Sanchqini likop ustiga joylar ekan yana oyoqlariga turdi.
- Bu jinoyat, - yotoqqa kishanlangan bilagini siltagancha yana gapirdi Sohyon, - Qachongacha meni bu yerda ushlab turmoqchisan.
Yigit javob bermadi. Yotoqdan uzoqlashib borgancha xonada o'rnatilgan ko'zguli naqshinkor javon yoniga borar ekan, barmoqlari tortma ustida bir zum ikkilandi. So'ng tutqichni ushlagancha tortmani kengroq ochdi. Yana bir zum ikkilanish va Taehyung qo'liga allaqanday suratni oldi. Yana qiz tomon yaqinlashar ekan, qo'lidagi suratni Sohyonga uzatdi.
- Ehtimol hammasi shu holatga qaytguncha, - chuqur va past ovoz bilan dedi Taehyung, - Yoki barchasi yanada og'riqli tus olgunicha.
Sohyon bir zum yigitning ko'zlariga qarab turgach, nihoyat o'zi tomon uzatilgan suratni bo'sh qo'liga oldi. Hayrat aralashgan nigohlari suratni kuzatar ekan yana Taehyungning yuziga qaradi. Sariq sochlarga ega yigit va o'zining birga tushgan surati. Taehyung qo'lini oldinga uzatgancha barmoqlarini qizning pastki labiga botirdi.
- Mendan qocha olmaysan quyoshim, - zulmat to'lgan ovoz bilan pichirladi yigit.
Shaxar tun qo'yniga kirib borar ekan chiroqlar o'z xizmatini bajargancha tungi manzarani bezamoqda. Qora erkaklar ko'ylagini yengini yuqoriroq taxlab olgan yigit qo'lidagi uzun tayoqni barmoqlar orasida rostlagancha billiard stoli ustidagi sharcha tomon mo'ljalladi. Bir soniya ko'z chamasi va zarba berilgan qattiq sharchalar yuza bo'ylab yoyilgancha har tomon o'rmaladi. Billiard stoli chetiga qo'yilgan stakandan alkogol ho'plab qo'ygan Taehyung qarshisidagi yigitning urinishini kuzatdi. Yujin o'z tayog'ini shaylagancha 1 raqami yozilgan sharchani ko'zladi. Atrofda yoqimli va sokin musiqa yangramoqda. Billiard klubi ushbu soatlarda kechki xordiq istaganlar bilan to'lgan. Taehyung o'z navbatdagi zarbasi bilan kichik to'rchaga og'ir sharchalardan birini joyladi. Yana bir necha bor gal almashishdan so'ng ichimlik istagan yigit stakanini qo'liga olgancha labiga yaqin olib bordi. Biroq bo'shab ulgurgan idishdan hech qanday suyuqlik sizmaganini payqagach qo'llari vino shishasiga uzatildi. Uning barmoqlari yetib borishidan oldin shishani ushlagan nozik barmoqlar yigitni to'xtatdi.
- Bu yerda nima qilyapsan? - tund nigohlari bilan qarshisidagi qizga tikilgancha so'radi Taehyung.
- Ichishni istaysanmi? - Marie qo'lidagi shishani yigit tomon uzatdi.
- Sendan bu yerda nima qilyapsan deb so'radim, - yigit savolini takrorladi.
- Sen bilan gaplashgani keldim, - xotirjam qiyofa bilan Taehyungning stakanini to'ldira boshlagan Marie gap boshladi, - Sohyon haqida.
Taehyung Yujin tomon bir bor qarab qo'yar ekan yana qizga yuzlangancha boshini bir tomon egdi. Uning ifodasini davom etish uchun ishora deb bilgan qiz yana gapga tushdi.
- U xotirasini yo'qotgan, - to'g'ridan to'g'ri ma'lum qildi Marie, - Jihoon unga bergan dori va avtohalokat tufayli.
- Nega bularni menga aytyapsan? - Taehyungning nigohlari biroz qisildi.
- Chunki men Sohyonning otasiga turmushga chiqqan bo'lishimga qaramay uni yomon ko'rmayman, - aniq qilib gapirdi Marie o'sha dimog'dor qiyofa bilan, - U mening dugonam bo'lgan.
- Xo'sh, - Taehyung qizga o'tkir tikilishda davom etdi.
- Men Sohyon Jihoonning qo'lida o'yinchoq bo'lishini yoqtirmayman, va Jihoonni ham yoqtirmayman, - o'zining tirnoqlari jilovlanishini kuzatgan ko'yi dedi qiz, - Bilasanmi? Jihoon arzimas pul bilan uning shifoxona taxlillarini yo'q qildi.
- Sen bularni qayerdan bilasan? - shubha bilan so'radi Taehyung va kafti bilan qizning bo'ynidan siqdi, - Bu yana bir o'yinmi?
- Men ularning oilasi a'zosiman axmoq, - xirillagancha norozilik bilan tipirchiladi qiz, - Sohyon o'z xotirasini yo'qotganini bilmasdan qolishim mumkin emas. Uning tahlillari va narkotik dori haqida Jihoondan bildim. U bilan...u bilan birga tun o'tkizganimda..
Taehyung jahl bilan siltagancha qizni qo'yib yubordi. Nafaslari notekis titrar ekan Sohyonning o'sha ifodasiz nigohlari ko'z oldida o'ynoqladi. G'azabkor qadamlar eshik tomon yo'nalgancha, yigit billiard klubini tark etdi.
Timeskip ➡️
Sukutdagi uy. Tashqaridan eshitilgan mashina ovozi Taehyung qaytganini bildiradi. Sohyon nigohlarini oyna tomon qaratgancha o'rnidan turishga urindi. Tun. Navbatdagi og'riqlar boshlanishimi bu? Qo'lidan qisgan metal uning yotoqdan uzoqlashishiga yo'l bermadi. Yana bir necha soniya va yotoqxona eshigi qo'pollik bilan itarilgancha ochildi. Eshik tovushidan cho'chib tushgan qiz ostonada turgan yigitning tund nigohlari bilan to'qnashdi. Taehyung keskin qadamlar bilan Sohyon tomon shiddatli yaqinlashar ekan, qiz ortga tisarilishga urindi. Foydasiz. Kelasi onda Sohyon o'z atrofidan o'ralgan qo'llarni his qilishi bilan o'zini Taehyungning quchog'ida ko'rdi. Qattiq. Bor ruhi bilan quchgan kabi. Qiz Taehyungni uchratgan ilk kundan beri birinchi bora bunday tarzda quchog'iga olishi... Yoki eslay oladigan kunlarini hisobga olsa. Taehyung yuzini Sohyonning sochlari orasiga ko'mgancha quchog'iga iloji boricha chuqurroq tortishga urinardi.
- Sendan nafratlanaman, - ojiz ovozda pichirladi yigit, - Sendan nafratlanaman, - Taehyung takrorladi, - Nafratlanaman, nafratlanaman...