Merciless❤️🔥
Mashina keng yo'l bo'ylab katta tezlikda harakatlanar ekan, noqulay sukunat ichida o'tirgan qiz rulni boshqarib ketayotgan yigitga notinch nigoh tashlab qo'yar edi. Taehyungning bir qo'li barmoqlari hanuz uning kafti ustidan mahkam o'ralgan holda boshqaruv skorsi ustiga qo'yilgan. Barmoqlar go'yo bu changalni bo'shatsa kimdir Sohyonni undan olib qo'yadigan kabi qisilgan. Qiz kichik harakat bilan qo'lini ortga tortmoqchi bo'lganida Taehyungning changali yanada qattiqlashdi. O'tkir po'lat tusdagi ko'zlar yo'ldan uzilib Sohyon tomon qaratildi.
- Juda tez haydayapsan, - past ovozda dedi qiz uning nigohlaridan noqulay bo'lib.
Taehyung javob bermadi. G'azabkor qorachiqlar yana yo'l tomon yo'nalar ekan pedal ustidagi oyoq bosimi yanada ortdi. Qizning bir qo'lidan tutgan barmoqlar hanuz o'sha holatda qoldi. Sohyon shunchaki avtomobil oynasidan tashqarini kuzatib ketishni boshladi. Mashina ichiga yana tarang sukut cho'kdi.
- Nega ketib qolding? - bir qancha vaqtdan so'ng Taehyungning qo'pol ovozda berilgan savoli eshitildi, - Seni ogohlantirgan edim.
- Tushlik paytida dadam bilan Universitet tashqarisida uchrashib qoldim, - ko'zlari hanuz oynadan tashqarini kuzatgan Sohyon oddiy ohangda javob berdi.
- Va darrov unga ergashib ketdingmi? - yigitning lablari g'azab bilan kichik kulgu chiqardi, - Ortga yo'l yo'q deganimni hazil bilgan ko'rinasan.
- Men ergashib ketmadim, - ovozi keskinlashgan qiz Taehyung tomon yuzlandi, - Meni majbur qildi.
Bir muddat tarang jimlik yana avtomobil ichida suzdi. Qora yo'lga tikilgan o'tkir nigohlardagi vajohat to'liq bo'lmasa-da, biroz pasaydi. Biroq qizning qo'lidan qisgan kaft hanuz mustahkam. Tezlikni ko'rsatuvchi raqamlar bir nechtaga pastladi.
- Demak, - Taehyung yog'on ovozida so'z boshladi, - O'z xohishing bilan meni tark etmading? - hanuz yo'ldan ko'zini uzmay savolini yakunladi yigit.
Sohyon javob uchun aniq so'z topa olmay yoki "ha" deya javob berishni istamaganidan jim qoldi. Yana ko'zlarini yon oynadan tashqariga qaratdi.
- Juda soz, - yana so'z boshladi Taehyung, - Agar o'zing istab mendan ketganingda ham, - biroz to'xtalish qilgan yigit Sohyon tomon yuzlandi, - Seni majburan olib kelgan bo'lardim. Senga yoqadimi yoki yo'q, sen menikisan.
Sukunatdagi uyning kirish eshigi ochilar ekan ichkariga qadam tashlagan qiz koridordagi chiroq tugmasini bosganida atrof yoritildi. Sohyonning ortidan ostona hatlab o'tgan Taehyung eshikni yopgan ko'yi qulfladi. Qo'lidagi kalitni ilgichga endigina ilib ulgurgan Sohyon nima bo'lganini anglab ulgurmay yelkalari bilan devorga tiralganini his qildi. Keskin harakatdan qizning nafasi ichiga tushib ketdi.
- Tae, - Sohyon titroqli past ovoz chiqara oldi xolos.
Kelasi soniyada qizning belidan mahkam o'ralgan qo'llar uni Taehyungning ko'ksiga yopishtirdi. Yigit yuzini Sohyonning bo'yniga ko'mdi. Ikkisi harakatsiz shu holatda qoldi.
- Nima qilyapsan? - Sohyon yigitning og'irligi ostida yelkalarini qimirlatishga urindi.
- Aqldan ozdim, - yog'on ovozida qizning bo'yniga qarata pichirladi Taehyung, - Meni tark etganing haqidagi la'nati fikr esimdan ayirdi.
- Kelmasliging mumkin deb o'yladim, - past ohangda dedi Sohyon, - Ammo sen telbasan.
- Quyoshim, - Taehyungning lablari yuqorilagan ko'yi qizning qulog'ini silab o'tdi, - Agar bu seni o'zimga qaytarishni anglatsa, men o'sha uyni yoqib yuborishim ham mumkin. Menga past baho berma.
- Unday qilmaysan, - qat'iyatsiz ohangda inkor etdi Sohyon yigitning ko'ksidan biroz itarar ekan, - Otamga tegmasliging haqida kelishganmiz.
- Men va'da berganimni eslay olmayman. Ayniqsa bugun qilgan ishidan keyin..-
- Taehyung, - qiz Taehyungning ko'ksi va devor orasida tipirchiladi, - Unday qilmaysan dedim.
- Buni vaqt ko'rsatadi..quyoshim.
Shaxarga cho'kkan tunning qorasida chiroqlar yoritish vazifasini o'tamoqda. O'rta zaldan kelayotgan televizor ovoziga shisha stakanga quyilayotgan ichkilikning tovushi aralashdi. Stakanni barmoqlari orasiga olgan Taehyung o'zi o'tirgan divanga suyanib olar ekan hozirgina kirib kelgan qizga nigohlari tushdi.
- Doim shunday ko'p ichasanmi? - noqulay ohangda so'radi Sohyon ichkariroq kirgancha.
- Men hali boshlamadim, - yigit ma'lum qildi, - Sherik bo'lishni istaysanmi?
- Menimcha shart emas, - qiz nigohlarini televizor tomon olib qochdi, - Nima ko'ryapsan?
- Buni ham hali tanlamadim, - Taehyung qo'lidagi vinoni shisha stol ustiga qaytib qo'ydi, - Netflix, bunga sherik bo'la olarsan?
- Aslida, - qiz aytishga ikkilangan ko'yi gap ochdi, - Senga bir narsa aytgani kirgandim.
- O'tir, - qisqagina qilib buyurdi Taehyung divanga yanada suyanib olgancha oyoqlari orasini ochar ekan.
Sohyonning qadamlari yigit o'tirgan divan tomon yaqinlashib o'tirmoqchi bo'ldi. Ammo Taehyungning kelasi so'zlari qizni bu harakatdan to'xtatishga sabab bo'ldi.
- Tizzamga o'tir, - past va chuqur ovozda bo'lsada aniq eshitilarli qilib gapirdi Taehyung.
- Nima? - Sohyon to'g'ri tushunganiga shubha bilan dovdiradi.
- Gapimda duduqlandimmi? - yigitning o'tkir ovozi qat'iylashdi, - Sen uchun takrorlashim mumkin. Tizzamga o'tir, solnishko.
Qiz javob uchun fikr yuritib ulgurmay belidan qisgan baquvvat qo'l uni tortgancha Taehyungning qo'yniga o'tirishga majburladi.
- Aqldan ozdingmi, - Sohyon o'rnidan turishga urindiyu, ammo atrofidan o'ralgan yigitning qo'llari bunga imkon bermadi.
- Menga go'yo senga ozor beradigan kabi qarashni bas qil quyoshim, - qizning qulog'iga qadar yaqin kelib dedi Taehyung, - Bu seni qo'rqitishga qiziqishlarimni orttirmoqda.
Yigit yana bir bor divan suyanchig'iga o'zini tashlar ekan, Sohyonni ham tortgancha ko'ksiga suyantirdi. Televizorda bir necha suratli ro'yxatlardan so'ng filmni tanlagach ikkinchi qo'lini ham qizning qornidan o'radi. Soniyalar sanashda davom etmoqda. Bir qancha vaqtdan so'ng to'g'riroq joylashib olishga uringan Sohyon Taehyungning oyoqlari orasida nimadir unga botganini aniq his qildi. Qiz ko'zlarini mahkam yumgancha pastki labini tishladi.
- Jin ursin, - ohista pichirladi u.
- Nimadir noqulaymi? - Taehyung qizni o'ziga yanada yaqin tortar ekan biroz oldinga egilib so'radi.
Sohyon javob bermadi. E'tiborini yana televizor ekraniga qaratishga urinar ekan barmoqlari divan chetini asabiy qisdi. Taehyung bir qo'li barmoqlari bilan qizning sochlaridan silay boshlagan ko'yi boshqa qo'li uni o'ziga yanada yaqinroq tortdi. Soniya sayin o'sib borgan ehtiros Sohyonga botib aniqroq sezildi. Taehyungning barmoqlari soch tutamlarini o'ynashda davom etar ekan, bir tomon surgan ko'yi o'zi uchun joy ochdi. So'ng lablarini Sohyonning bo'yni ortiga botirdi. Qiz tanasiga tarqalgan hisdan o'tkir titroq nafas chiqarib yubordi.
- U senga halaqit beryaptimi? - Taehyung tizzasidagi qizning qulog'iga lablarini yaqin olib kelib so'radi, - Lekin bu sen sabab.
Yigit nimani nazarda tutganini aniq tushunib turgan Sohyon divan chetni qattiqroq siqimladi. Taehyungning *qattiqligi kiyimlar ustidan ham unga aniq sezilarli. Qiz o'rnidan turishga endigina uringan edi hamki, baquvvat qo'llar uni ortga tortdi.
- Qayoqqa, - yigit bir qo'li bilan Sohyonning bo'ynidan qisdi, - Meni hali sen bilan ishimni tugatmadim.
- Aslida senda gapim borligi uchun kelgandim, - qisqa bo'g'ilishdan arang gapirdi qiz.
Yigit osongina urinish bilan Sohyonni divanga yotqizar ekan, ustiga egilgan ko'yi tanasi ostida qamadi.
- Unda gapirishni boshlashing mumkin, - Taehyung lablarini qizning bo'yniga bosdi, - Titrayotganingga qaraganda muhim gap.
- Ertaga, - yigitning lablari o'z terisida harakatlanar ekan Sohyon so'zlarini topishga qiynaldi, - Ertaga bazmga bormoqchi edim, - ma'lum qildi qiz.
Kelasi lahzada yelkasiga botirilgan tishlar ta'sirida yuzi burishdi.
- Kim aytdi borasan deb? - Taehyung o'tkir ko'zlari bilan qizga yuzlanar ekan, barmoqlari pijamasining tugmalarini bo'shatishga kirishdi, - Bir talay mast axmoq yigitlar bo'ladi u yerda, shundaymi, - tasavvurning o'zidanoq jahl sezilib turgan ovozda dedi yigit.
- Ammo.. men bu yil bitiruv yilidaman, - Sohyonning qo'llari o'z tugmalariga yugurib yigitning barmoqlariga to'sqinlik qildi, - Bu so'ngi bazm. Borishim kerak.
Taehyung qizning qo'llarini kafti orasiga olar ekan yuqoriga ko'targancha boshi tepasiga bosdi. Boshqa qo'li esa so'ngi tugmalarni bo'shatishda davom etdi.
- Jahlimni chiqarishni istamaysan deb o'ylayman, solnishko, - pijama yoqasini pastga tortgan ko'yi labini qizning ko'ksi tepasiga bosdi Taehyung, - Oqibati senga yoqmaydi, buni bilasan.
- Tae, - Sohyonning barmoqlari yigitning sochlari orasiga yugurdi, - Borishni istayman..va faqat bu emas.
- Yana nima demoqchisan? - Taehyung endi qizning lablariga ko'tarildi.
Qiz og'iz ochishga ulgurmay o'z lablari bilan masofani yopdi. Chuqur va ishtiyoqmand bo'sa go'yo ogohlantirishdek edi.
- Gapirishdan oldin o'ylab ol, - yigit masofani uzoqlashtirmay pichirladi.
- Menga libos uchun pul ham kerak, - ma'lum qildi Sohyon, - Otam menga ortiq pul bermaydi. Shu sabab..sendan so'rashga majburman.
Taehyung qo'liga tayanib qizdan biroz uzoqlashdi. Lablari orasidan kinoyali kulgu chiqar ekan o'tkir po'lattus nigohlar qizning yuzini kuzatdi.
- Yaxshi, - rozi bo'ldi Taehyung, - Faqat ikkita shart bilan.
- Qanday, - darhol savol berdi Sohyon.
- Birinchisi, uyga kechki soat 8 dan oldin qaytasan. O'zim olib kelaman, - yigit ilk shartini ma'lum qildi, - Ikkinchisi esa..-
Taehyung Sohyonning belidan mahkam ushlagancha divandan ko'tarar ekan, o'zi tomon yuzlantirib tizzalariga o'tkizdi. So'ng uning ikki oyoqlarini beli atrofiga tortdi.
- Seni xohlayman, - qat'iy ovoz bilan dedi yigit, - Shu holatda. Yuqorida.
Sohyonning ko'zlari biroz kattalashdi. Noqulay hisdan og'ir yutinib qo'yar ekan yana bir bor o'rnidan turishga urindi.
- Shart emas, - gapida dovdiradi qiz.
Biroq o'rnidan turib ulgurmay belidan qisgan qo'llar yana bir bor qattiq tortdi. Taehyungning erkaklik a'zosi endi qizning nozik nuqtasiga yanada botdi.
- Ko'proq liboslar va'da qilishim mumkin, quyoshim, - yigitning kafti Sohyonning soni tomon o'rmaladi, - Istaganimni xoxishing bilan berasanmi? Yoki o'zim majburan olishim kerakmi? - kaftlar qizning sonini qattiqroq qisdi, - Ikkilanib o'tirmasligimni isbotlaganman nazarimda.
- Men, - Sohyon o'zida paydo bo'lgan issiq hisni la'natlagancha so'zlarida tutildi, - Qila olmayman..Buni qila olmayman.
- Qila olasan, - o'tkir ohangda jiddiylik bilan dedi Taehyung, - Qilasan ham.
Sohyon Taehyungning po'lat tusdagi yutib yuboruvchi nigohlariga bir zum ko'zlaridagi qat'iyatsizlik bilan tikildi. Bo'ysunmagan barmoqlari pastlagan ko'yi yigitning sport shimi iplarini bo'shata boshlar ekan, asabiy yutingancha ko'zlarini mahkam yumdi. Taehyung haq. Bu telba baribir istaganini oladi. Kiyimlar soniyalar ichida bo'shatildi.
- Qo'llaringni bo'ynimdan o'ra, - buyruq berdi yigit.
Qizning qo'llari go'yo tabiiy tarzda Taehyungning bo'yni atrofidan o'raldi. Yigit Sohyonning belidan qisgan ko'yi biroz yuqori ko'tardi. Kelasi soniyalarda oyoqlari orasiga moslashtirilgan iliqlikni his etgan Sohyon titroq nafas chiqardi. Yigit uning belidan siqishda davom etgan ko'yi o'zi tomon pastga tortdi.
- Tae, - paydo bo'lgan taranglikdan hovliqib yigitning ismini aytib yubordi Sohyon.
Taehyungning uzunligi to'liqligicha ichkarilab borar ekan, qizning tirnoqlari uning yelkalariga botdi. Qiz o'rnidan turishga urindiyu, belidan mahkam o'ralgan qo'llar bunga imkon bermadi. Taehyung ehtirosdan divan suyanchig'iga o'zini tashladi. Boshini suyagan ko'yi Sohyonning yuzidagi ifodani kuzatar ekan, lab chetida mamnun jilmaydi.
- Harakatlan, - buyruq ohangida pichirladi Taehyung.
Yigit qizning belidan mahkam ushlagan ko'yi uni ritmga moslagancha yuqori va pastga harakatlanishga undadi. Sohyon boshini Taehyungning yelkasiga tashladi. Tirnoqlar endi divan suyanchig'ining charm matosini tirnab o'tdi. Yigit ochiq lablar bilan Sohyonning yelkasini o'pichlarga ko'mdi. Qizni mahkam pastga bosar ekan o'zi yuqori tomon harakatlana boshladi. Sohyonning nazoratsiz ovozlari film tovushi bilan aralashdi.
Bazm uchun tanlangan zal ko'z tanish chehralarga to'la. Qorong'u atmosfera hosil qilgan zalga rang barang o'ynoqi chiroqlar va baland musiqa energiya baxsh etmoqda. Tizzasidan biroz balandroq bo'lgan qora rangli ko'ylak kiygan Sohyon, qo'lidagi spirtli ichimlik quyilgan stakandan ba'zi ba'zida simirib qo'yar ekan, xotirjam nigohlari atrofni kuzatardi. Hursandchilik muvozanati barqaror o'tmoqda. Qo'lidagi telefoni vibratsiya berganini sezgan Sohyon nigohlarini ekranga qaratdi. Xabar Taehyungdan jo'natilgan.
"15 daqiqada seni olib ketishga boraman"
Sohyon telefon chetidagi soatga nigoh olib o'tdi. Vaqt kechki 8 ga yaqinlashmoqda. Ayni damda qizning qarshisiga yaqinlashgan sharpa uning e'tiborini tortdi.
- Bu yerda nima qilyapsan? - yuziga hayronlik ifodasi yugurgan Sohyon shoshib so'radi, - Jihoon, bu bitiruvchilar bazmi.
- Sen bilan gaplashib olishimiz kerak, - Jihoon odatiy muloyim xotirjamligi bilan qizning qo'lidan ushladi, - Seni aynan shu yerdan topishimni sezib keldim.
- Nimani gaplashamiz, - ko'zlarini boshqa yoqqa qaratib suhbatdan qochishni istadi Sohyon.
- Men bilan yur, - qizning belidan ushlagan Jihoon uni raqs zalida yetakladi.
Musiqa sokin turiga o'zgarib ulgurgan. Rangli chiroqlar bosiqlik bilan zal uzra kezmoqda. Yigit Sohyonning bir qo'lini o'z yelkasiga qo'yar ekan, ritmga mos ravishda harakat boshladi.
- Bu yerda bo'lmasliging kerak, - noqulay ohang bilan eslatdi Sohyon, - Sen begonasan.
- Bu universitet uchunmi? - savol berdi yigit, - Yoki sen uchun.
- Ikkisi uchun ham nazarimda, - o'ziga yaqin turgan yigitdan nigohlarini olib qochib javob qaytardi Sohyon, - Bilasan..-
- Yolg'onni bas qil Sohyon, - Jihoon bosiq ohangda o'tindi, - Seni yaxshi bilaman. O'sha yigit bilan nikoh o'yin ekanini ham.
- Bu yerda o'yin ko'rmayapman Jihoon, - qiz harakatdan to'xtab qo'lini yigitning yelkasidan oldi, - Menimcha bizning suhbatimiz tugadi.
- Agar o'sha yigitga hali teginishga ham ruxsat bermagan bo'lsang hayron qolmayman, - qizning belidan mahkam tortgan Jihoon dedi, - Shunchaki bu tomoshani bas qilib men bilan yur, - yigitning nafasidan qizishayotgani sezila boshladi, - So'z beraman, otangni ko'rishni istamasang uzoqqa olib ketaman seni.
- Jihoon...men Taehyungni tashlab ketmoqchi emasman, - nihoyat qat'iyat bilan yigitning ko'zlariga qaradi qiz, - Sen nima deb o'ylayotgan bo'lsang ham, bu xato.
Kutilmaganda yigitning qo'li Sohyonning belini tark etdi. Biroq bu qo'l boshqa birov tomonidan tortib olinganini anglagan Sohyon har bir qarichi daxshatdan muzlab ketganini his etdi. Sarg'ish sochlari ortidagi go'yo parchalab tashlamoqchidek vajohat bilan tikilgan o'tkir po'lat tusdagi ko'zlar qizni beixtiyor ortga qadam tashlashga undadi.
- Tae, - pichirlash tovush chiqara oldi qiz.
- Men buni universitetdagi do'stlaring bilan bazm deb o'ylagandim, - tishlari orasidan vishilladi yigit.
Kutilmaganda Jihoonning yuziga kelib tushgan zarb yigitni dovdiratib qo'ydi. Taehyung xaddan ortiq jahl sabab kelasi zarbani noto'g'ri o'tkazib yubordi. Soniya o'tmay Jihoonning mushti ortidan o'z labida qattiq qizish va og'riq his qilar ekan og'ziga qon tami kirib keldi. Olomon orasida bir qancha qichqiriq eshitildi. Joyida qotib qolgan Sohyonning ichida nazoratsiz titroq uyg'ondi. Mushtlashuv qo'rqinchli sahnaga aylandi. Jihoonning yoqasidan qisgancha yerga uloqtirgan Taehyung yigitning ustiga o'tirib bosib olgan ko'yi bor g'azabini uning yuziga socha boshladi.
- Men bu qo'lingni uzib olaman, - qattiq nafas olar ekan dedi Taehyung, - Unga tegingan bu qo'lingni uzib olaman.
- Taehyung, - Sohyon yigitning yelkasidan quchgancha uni ortga tortishga urindi, - To'xtat, to'xtat buni.
Musiqa tingan. Atrofda odamlar shiviri va qiziquvchan nigohlar. Bu yerdan tezroq chiqib ketish hozir qizning yagona istagi. Sohyon yigitning qizarib ulgurgan qo'llaridan ushlab tortqiladi.
- Ketdik, - o'tinch bilan pichirladi qiz, - Iltimos.
Tunning havosi sovib ulgurgan. Ichkaridan jahl bilan chiqqan yigit mashinalar turar joyi tomon yo'naldi. Uning ortidan ergashgan Sohyon yetib olishga urinar ekan, baland poshnalarini yechib qo'liga oldi.
- Taehyung, - qiz yigitni e'tiborini tortishga urindi, - Meni eshit.
- Nimani eshitishimni istaysan, quyoshim, - o'sha g'azab bilan qizga yuzlandi Taehyung, - Men allaqachon ko'rib bo'lgan narsani so'zlab bermoqchimisan?
- Unday emas, - qiz o'zini oqlashni ich ichidan istagancha titradi, - I-iltimos...
Taehyung qo'pol harakat bilan qizni ortga itarganida Sohyon yelkasi bilan mashinaga suyanib qoldi. Qizning ikki yoniga qo'lini tiragan yigit yuziga qadar yaqin egildi.
- Shunchaki jim bo'l Sohy, - yog'on ovozda pichirladi Taehyung, - Chunki hozir chindan nazoratda emasman.
Yigit cho'ntagidan avtomobil kalitini chiqarar ekan, Sohyonning kaftini o'z qo'liga olib unga tutkazdi.
- Mashinani sen haydaysan.
Birgina gap bilan kifoyalangan Taehyung aylanib o'tgancha haydovchi yonidagi o'rindiqqa joylashdi. Sohyon yoshlarini tiyishga uringancha og'ir yutib qo'ygach, o'pkasiga chuqur nafas tortdi. So'ng avtomobil eshigini ochib haydovchi o'rindig'iga joylashdi. Kalit o'rniga joylashtirilgancha motorlar yoqilar ekan, qiz ruldan tutib mashinani yurgiza boshladi. Avtomobil ichi tarang va qizdiruvchi sukunatga to'lgan. Bir necha daqiqa ichida katta yo'lga chiqildi. Soniyalar sekin sanamoqda go'yo. Kutilmaganda Taehyungning qo'li Sohyonning soniga qo'yildi. Qiz buni jahldan tushish alomati deb umid qilgancha yo'ldan ko'z uzmay mashinani boshqarishda davom etdi.
- U to'satdan paydo bo'ldi, - gap boshlashga urindi Sohyon, - Nega kelganini bilmayman. Gaplashib olishni so'radi.
Javob bermagan Taehyung qo'llarini qizning soni bo'ylab yuqori harakatlantirdi. Barmoqlar teginishidan noqulay bo'la boshlagan qizning nafas tizimi betartiblashdi.
- Tae, - yigitning sukutidan ko'proq qo'rqqan qiz uning ismini chaqirdi.
- Chalg'ima, - chuqur ovozida buyruq berdi yigit, - Haydovchilik guvohnomangni olganingga ko'p bo'lmagan, shundaymi?
- 2 oy bo'ldi, - past ovozda ma'lum qildi qiz.
Yuqori o'rmalagan barmoqlar Sohyonning oyoqlari orasiga botirildi. Paydo bo'lgan hisdan chuqur nafas chiqargan qiz rulni mahkamroq qisdi.
- Bas qil, - noqulaylik bilan dedi Sohyon.
- Nega? - qizning ichki kiyimidan o'tib barmog'ini chuqurroq harakatlantirgan Taehyung bosiqligini saqlagancha so'radi, - Shunchaki kimga tegishli ekaningni eslatib qo'yyapman.
- Taehyung, - Sohyon oyoqlarini jipslashtirishga uringancha xirilladi, - Yo'lga fikrimni jamlay olmayapman.
- Unda e'tiboringni barmoqlarimga qarat, - o'sha odatiy ovozda dedi Taehyung, - Ular ichkarida qanday harakatlanayotganiga.
Yigit Sohyon tomon biroz egilgancha boshqaruv skorsini bitta balandga ko'tardi. Avtomobil tezligi oshdi. Qizning oyog'i esa noqulay issiq hissiyotdan pedalga mahkam tiralgan.
- Aqldan ozdingmi? Bas qil dedim senga, - endi ko'ksida vahima uyg'onib ulgurgan qiz ovoz ko'tardi.
Yigitning barmoqlari tezroq harakatlana boshladi. Sohyon oyoqlari titrayotganini his qilmoqda. Boshqaruvni nazorat qilish imkonsizga aylandi.
- Tae, buni to'xtatmasang ikkimizni ham o'ldirasan, - asabiy tarzda dedi Sohyon.
- Aynan shunday qilyapman, solnishko, - qizga yaqinroq egilib pichirladi Taehyung, - Yo faqat meniki bo'lasan. Yo ikkimizni ham o'ldiraman, tushunarlimi?
Sohyon rulni taranglikdan qattiqroq qisdi. Albatta, Taehyung shunchaki kechirmaydi. Istisnosiz qo'rqitib qo'yishi kerak edi, hayoldan o'tkazdi qiz.
- Senikiman, - titroq ovozda dedi Sohyon, - Eshitdingmi? Endi yo'ldan chiqib ketmasimdan oldin bas qil.
- Qaytar, - nigohlari tundlashgan Taehyung buyurdi.
- Senikiman, - bu safar balandroq tarzda alam bilan takrorladi qiz.
- Aqlli qizaloq, - Taehyungning barmoqlari qizning oyoqlari orasini tark etar ekan sochlaridan siladi, - Mashinani chetga ol.