Ishq qirolichasi❤️🔥
Biz Italiyancha lazzani yeyish uchun shaharning eng eng markazida joylashgani Italiyancha restoranga borishimizga toʻgʻri keldi. Mustafo yoʻl boʻyi butkul jiddiy obrazda keldi. Uzoqdan olib kelgan sodda savollarimga ham tuzuk quruq yoki berilib javob qaytarmadi. Meni esa qornim judayam och edi! Ochlikdan boshim simillab ogʻrib, yorilib ketay deb tursa ham uning oldida oʻzimni quvnoq turishdan tiya olmasdim. Bir kun kechkacha och yurish odatimni tashlamasam, aniq qaysidir joyda hushimdan ketib tomosha koʻrsataman.
Doim band boʻladigan restoran ichiga kirib, buyurtmalarimizni berib, ular tezroq kelishini sabrsizlik bilan kutdim. Mustafoga oʻz qoʻlim bilan kechki ovqat tayyorlash keyingi kunlarga qoladigan boʻldi. U bilan uch toʻrt kunda bir marta restoranga kelib turishga qarshi emasman, aslida. Nihoyat bizga xizmat koʻrsatgan ofitsiant qiz buyurtmalarimizni qoʻyib ketgach, birinchi salatdan avval lazzanidan totib koʻrdim. Va xudoyim ular shunaqangi shirin edi-ki! Ayniqsa uning ustida erib ketgan sirlari. Ovqat yeyishimni tomosha qilib turgan Mustafo jilmaydi:
— Koʻrinishingizdan kuni boʻyi ovqat yemagan koʻrinasiz?
— Huddi shunday, — uni maʼqulladim.
Buncha sezgir boʻlmasa yo men shunchalar bildirib qoʻyayapmanmi?
— Bunday yurmang!
— Xoʻp, — yana rozi boʻldim.
Shu vaqti unga muhim yangilikni aytishim kerakligi esimga tushib qoldi, — Aytgancha, mening kasalxonamdan bir oylik ta’til berildi va uning yarmini sizni uyingizda oʻtkazar ekanman.
— Zerikib ketmaysizmi?, — u ehtiyotkorlik bilan soʻradi, — Har xolda muhim dam olishni begona uyda oʻtkazasiz.
Koʻzimni chuqur yumib ochib, boshimni silkidim.
— Bu men uchun yangi narsa boʻladi.
— Bunchalar yangi narsalarga oʻch boʻlmang.
Unga meni koʻp narsalar juda tez zeriktirtirishi haqida qistirib oʻtmoqchi edim, koʻzim toʻsatdan restoranning chiqish eshigidan bir dunyo erkaklar kirganini koʻrdim. Ularning hammasi juda jiddiy uslubda kiyinib olgandi, faqat bittasini tanidim-u, muzladim. Ularning orasida akam koʻrindi. Restoranning koʻchani koʻrsatib turuvchi oynadan esa dadam! Qanday qilib stol tagiga kirib ketganimni bilmayman, faqatgina uzun oppoq dasturxoni stolni tagiga yashirib turishiga minnatdor edim.
Mustafo meni gʻirt jinni deb oʻylagandir!
Ammo, dadam va akamga Mustafo bilan birga koʻrina olmadim. Bu hozir mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Keyin boshimda qancha tayoq sinishini bilaman. Mustafoni ham tinch qoʻyishmaydi.
— Fasmiya?!, — mening harakatlarimdan choʻchib ketgan Mustafo dasturxonni koʻrsatib pichirladi, — Nimalar qilyapsiz?!
— Ji-i-im!!!, — endi buyruq berish navbati menga kelib, barmogʻimni labimga qoʻydim, — Dadam shu yerda! Dadam!!!
Nima bu mafiozlar muhim uchrashuvini kelib kelib italyan restoranida qilishmasa osmon uzilib yerga tusharmidi?! Yoʻq yashil uzun yubkam qayerlardadir koʻrinib qolmasin deb yigʻib olishimga toʻgʻri keldi.
— Dadam bizni bu yerda koʻrsa notoʻgʻri tushunadi.
— Ammo, stol tagida oyoqlarim orasida koʻrib qolib ham sizni toʻgʻri tushunadi deb oʻylayapman!, — u achchiq kulib kinoya qildi, — Soʻnggida men aybdor boʻlaman. Hech qaysi ota jonajon qizini bunday narsalarda ayblay olmasa kerak.
— Iltimos, jim boʻlsangizchi!, — uning oyogʻidan chimchiladim, — Atrofdagilar sizni jinni deb oʻylayotgandir.
— Yoʻq, ular siz stol tagiga kirib ketganingizni koʻrishadi. Katta ehtimol bilan miyalarida yomon narsalar aylanishni boshlagan!
— Dadam qayerda, — shivirlab soʻradim, — Qayerga oʻtirishdi. Sizni koʻrishdimi?
— Bizdan ikkita stol nariga, ha, meni koʻrishdi, — Mustafoning ovozi eshitildi, — Nima siz endi oxirigacha shunday oʻtirmoqchimisiz?
— Boshqa nima ham qilardim, — asabiylashdim, — Ular ketishini kutamiz.
— Bunchalar chiroyli romantik uchrashuv boʻldi bugun!, — kesatdi u, — Shunday emasmi?
Boshimni egib oʻtirganimdan boʻynim ogʻrishni boshlagan boʻlsa ham jim oʻtirishga majbur edim. Agar hozir shuncha erkak toʻplanishi oʻtirgan boʻlishsa ham stol tagidan chiqsam eʼtibor tortaman. Bu dadam meni Mustafo bilan birga ovqatlanib oʻtirganimni koʻrgandan ham yomon!
— Mustafo, — uni turtdim, — Balki, ovqatimni berib yuborarsiz, qornim och!
— Jinnimisiz? Hazillashyapsizmi?, — Mustafo dasturxonni koʻtarib egildi, — Shu yerda yeysizmi?
— Ha, — koʻziga tikilib oldim.
U yana dasturxonni yopib, asabiy xoʻrsindi. Bechorani ikki kunda joniga tegib ulgurdim menimcha. Aslida bir oydan beri joniga tegaman.
— Ovqatimni bermaysizmi?
— Fasmiya, biroz jim oʻtiring! Hamma bizni jinni deb oʻylayapti, — Mustafo buyurdi, — Xudo haqqi jonimga tegib ulgurdi bu narsalar.
— Dadam bu yerga keladi deb oʻylamasdim! Yana aynan bugun!
— Uyimga kelib yashashdan qoʻrqmagan qiz, dadasi uni restoranida bir yigit bilan koʻrib qolishidan qoʻrqar ekan.
— Bunday keyin ikkimiz ham sogʻ qolmasligimizni oʻylang!, — eslatdim, — Endi jim oʻtirsangiz. Oʻzingizga oʻzingiz gapirib koʻproq eʼtibor tortayotgan boʻlsangiz kerak.
— Endi haqiqatdan ham siz bilan gaplasha olmayman.
Mustafo biz zumda jimib qoldi. Nima boʻlayotganini tushunmay qoldim. Dasturxonni sal koʻtarganimda ikki juft poyabzalga koʻzim tushdi, qoʻshimchasiga yana bittasi bu tarafga kelardi.
— Mustafo! Ajoyib tasodif! Siz ham italyan ovqatlarini yaxshi koʻrasizmi?, — akamning ovozi yangradi.
Doʻsti bilan suhbatlashishning zoʻr vaqtini topibdi. Agar singlisini u oʻtirgan stol tagidan topsa nima boʻladi? Jahon urishi boshlanishi tayin. Lekin, mening qornim och! Endi nima qilsam boʻladi boshim qotdi.
— Xayrli kech Abram Shahanov, — chamamda Mustafo oʻrnida turdi, — Xayrli kech, Alim.
Ular menimcha qoʻl berish koʻrishishdi.
— Lazzani, — dadamning ovozi yangradi, uning ovozi uydagi kabi yumshoq emasdi, — Ajoyib tanlov.
— Restoranning koʻrki desa ham boʻladi.
— Sizni bugungi kechki ovqatga taklif qilsam, Mustafo, rad etib oʻzingiz baribir kelibsiz, — akam maʼlum qilibdi.
— Siz buni ishga doir uchrashuv demagan edingiz.
— Albatta, ishga doir emasdi. Ammo... — Alim akam biroz toʻxtadi, — Sherigigiz bormi?
— Hozir yoʻq.
Koʻrsatishini qaranglar buni.
— Sizda muhim gapim bor edi, koʻrishib qolganimiz yaxshi boʻldi.
— Aslida buni ertaga ishxonada muhokama qilish kerak, — dadam taklif kiritdi, — Ammo, ba’zi narsalarni Alim aytmabdi.
— Oʻtirsak boʻladimi?, — akam odob yuzasidan soʻrab oldi.
Akam va dadam unga qarama qarshi oʻtirib, oyoqlari stol ostiga kirganida men rostmanasiga Mustafoning oyoqlariga yopishib oldim. Bechora kutilmagan holatda titrab ketdi, ammo sirtida bildirmay tomoq qirdi.
— Menga bir shaharchadan maʼlumotlar olib kelishing kerak!, — dadam ishga doir ohangida maʼlum qildi, — Ular gilamdek muommoni roʻmolchadek yetkazishdi. Menga shaxsan oʻzing borib haqiqiy dalillar olib kelishingni xohlardim.
— Albatta.
— Aytgancha siz yashaydigan hududda istiqomat qiluvchi aholi bandligini taʼminlashga bagʻishlangan koʻrgazma boʻlib oʻtgan ekan. U hududga bunday narsa kerak emas-ku, nega qilingan ekan, aniqlamadingizmi mobodo?
Bular nima hamma muommosini shu yerda hal qilmoqchimi? Nahot, mening madaniyatli dadam va akajonim Mustafo birorta qiz bilan ekanligini payqab ham oʻsha qizning oʻzi qayerda, kelib qoladimi deb oʻylamayapti! Yoki ular ham Mustafodek yigit uchrashuvga olib kelgan qizning kim ekaniga qiziqib qolib, gapni aylantirib oʻtirganmikan.
Akam oyogʻini chalishtirdi-yu, tuflisining uchi burnim tagiga kelib qoldi. Sal qimirlatsa yuzim boʻylab tepadi! Shu tepib yubormib meni ilgʻamasin deb Mustafoning pinjiga yana-da tiqildim. Qoʻrquvdanmi bilmadim nimadan uning oyoqlarini battar quchoqlab borardim. Bechora har zamon tomoq qirib qoʻyishni kanda qilmayapti. Oxiri mening ham gʻashimga kelib, oyogʻiga tirnog‘imni botirdim. Qoʻlidagi sanchigʻi taraqlab ketdi. Jim boʻlishga buyuraman deb battar qilibman!
— Aniqladim albatta, — Mustafo bir qoʻlini stolga olib kirib meni qoʻlimni siltab tashladi, — Oddiy koʻzboʻyamachilik! Ularga natija kerak edi, shunga boylar yashaydigan hududni tanlab olishibdi oʻzlaricha.
Akam bilmadim yuqorida oʻzini qanday tutib oʻtirgan, yonida turgan qoshiqni tushirib yubordi, u ham kelib stol ostiga tushib ketdi. Jin urgur yaltirab yotgan qoshiqni ular tomonga surib yubordim toki akam egilib uni olmaguncha nafasimni yutib, Mustafoga umuman qapishib qolgandim. Undan ajralayotgan issiq energiyani his qilib turardim. U juda qaynoq edi! Oxiri stulini biroz ortiga surib, mendan qutuldi.
— Shunday qilib, ertaga gaplashamiz, — dadam gapni qisqa qildi, — Kim bilan kelgan boʻlsang ham kechangiz biz maroqli oʻtsin.
— Katta rahmat!, — Mustafo kinoya qilganini faqat men sezdim chogʻi.
Endi men bu lan’atti jin urgur stol tagidan qachon chiqaman, tushuna olmayapman! Tor joyda oʻtiraverib nafasim qayta boshladi. Lazanya yemasang shu kun nima boʻlardi Fasmiya?! Yana boshqa joy qurib qolgandek shu yerga kelib-a?
— Mustafo, — uning shimidan tortib shivirladim, — Men dimiqib ketyapman.
— Kechirasiz, hozir sun’iy nafas bera olmayman!, — u dab durustdan kesatdi, — Lekin uyda berishim mumkin.
— Mustafo!, — uning oyogʻiga urishga majbur boʻldim, — Oʻzi zoʻrgʻa oʻtiribman.
— Kim sizga stol tagiga kirib oʻtiring dedi.
— Eʼtiboringiz uchun sizni himoya qilish uchun shu yerda oʻtiribman.
— Men sizni himoyangizga muhtoj emasman.
Bu yigit bilan qanday qilib kelishib ketsa boʻladi tushuna olmayapman.
— Mayli, hech boʻlmasa yaqinroq oʻtiring. Nega tobora qochib ketyapsiz.
— Yana oyogʻimga yopishib olmasligingiz uchun.
Dasturxonni sal koʻtarib unga qaradim, u boshini egib olib goʻyo oʻychan rejimda oʻtirardi.
— Xohlab yopishmadim, — dedim men, — Oʻlib turganim yoʻq.
— Shunaqami, agar bu ishni men qilganimda bu zoʻravonlikka kirardi, — u miyigʻida kesatib kuldi, — Omadingiz siz qiz bola ekanligingizda. Fasmiya.
— Nima?, — haliyam pichirladim.
— Dadangiz telefonda gaplashish uchun tashqariga chiqib ketdi, bu imkoningiz. Chiqib qayergadir yashirib turing! Sizni oʻsha yerdan olib ketaman.
— Qayerga berkinaman?, — chiqishga shoshilmay hayratlandim.
— Shoshilsangizchi?, — Mustafo qoʻlimdan tortib tashqariga chiqardi, — Xojatxonaga boring!
— Nima?, — emaklab chiqib darrov qaddimni rostladim. Ikkita uchta odamdan tashqari hech kim meni payqamadi. Mafiozlar oʻtirgan stolda na akam va na dadam koʻrinardi, — Akam qani?
— Koʻp savol beryapsiz, Fasmiya!, — Mustafo qoʻlimga kichkina sumkachamni tutqazdi, — Meni oʻsha yerda kuting! Hisobni toʻlab ortingizdan boraman!
— Yaxshi, — chala qolib ketgan ovqatlarga qarab oldim, — Afsus kechki ovqatni rasvosi chiqdi.
Tez-tez yurib xojatxonani topib bordim. U restoranning eng oxirida edi. Ammo, aynan shu restoranda xojatxonalar deyarli umumiy edi. Ya’ni qoʻl yuvadigan kabinalari bitta. Hatto, istagan kabinasiga ayol ham, erkak ham kirsa boʻladi. Hozir menga nima dedim-da hech kim koʻrmasligi uchun bittasiga kirib oldim. Bir yoʻla kiyimlarimni toʻgʻirlab turdim. Qoʻshni kabinaga kimdir kirgani eshigi taraqlaganidan eshitildi. Quloq solib turdim, baribir hech qanday ovoz eshitilmadi. Bu yerda ovozlar oʻtmas qilingandi. Yaxshi hamki! Men kirib ketgan kabinaning eshigi nomiga taqilladi. Bu aniq Mustafo. Eshikni ochganimda Mustafoni koʻrib yengil tortdim. U menga nimadir demoqchi edi-yu, ulgurmadim, qoʻshni kabinaning eshigi ochildi-yu, Mustafo men turgan kabinaning ichiga kirib ketib, eshigini qulfladi-da, gapirmasimdan ogʻzimni yopib qoʻydi. Koʻzlarim oʻzi ham moshdek ochilib ketdi.
Qoʻshni kabinadan chiqqan odam qoʻlini chaygani eshitildi.
— U Alim!, — eshitilar eshitilmas pichirladi Mustafo.
Ey Xudo! Bunisi endi nima boʻldi!
Bu akajonim ham tezroq chiqib keta qolmadi. Oynadagi aksiga qarab chiroyiga mahliyo boʻldimi bilmayman, shitir shitir ovozlari eshitilib turdi-yu, ketishidan darak boʻlmadi.
— Nima qilyapti haliyam u yerda!, — tor joyga Mustafo bilan qamalib qolib nafasim qaytgancha nola qildim, — Keta qolmaydimi?
— Bilmadim, u sizni akangiz. Hamma jinni qiliqlarini siz bilsangiz kerak!
— U sizni doʻstingiz! Keyin bitta xonani baham koʻrgan kursdoshingiz boʻlgan!, — joyi kelganida eslatib qoʻydim.
— O, u yillarni eslatmang, — Mustafo koʻzini suzdi, — Unga chidab boʻlmasdi.
Sizga ham chidab boʻlmaydi, Mustafo. Shunaqangi, kesatiq gaplaringiz koʻpki.
Nihoyat xojatxonaning tashqi eshigi ochilib akam daf boʻldi. Mustafo yana biroz nafas rostlab eshikni ochdi.
— Chiqing, — buyurdi menga, choʻntagidan kalit chiqardi, — Iltimos, meni mashinamda kutib turing.
Tashqariga endigina chiqmoqchi boʻlib eshikni ochgan edi, yana huddi shu tezlikda yopdi. Koʻzlari bilan qoʻl yuvadigan tarafga qaradi-yu, mening ham nigohim u yerga ketib tanish telefonni koʻrdim.
Akam telefonini unutib qaytayotganini faxmlashib bilan yana kabinaga kirib oldim. Bu safar Mustafo tashqarida qoldi. Bir zumdan soʻng ikkisining suhbati yangradi.
— Mustafo, — Alim akam kulganda jaranglaydigan istehzo bilan dedi.
— Alim, — Mustafo ham deyarli shu ohangda takrorladi.
— Telefonim qolibdi.
— Tushunarli.
Keyin yana tashqari eshik ochildi, kimdir kirdi va aynan men nafasim qisilib oʻtirgan xojatxona eshigini tortqiladi.
— Ichkarida odam bormi?, — notanish otam akam va Mustafodan soʻradi.
— Bunisi boʻsh, — Mustafo uning savoliga javob bermay chalgʻitib yubordi. Haligi odam qoʻshimcha kabinaga kirganida akam Mustafoga dedi:
— Sevgan qizingizni ahvoli joyidami?
— Nima?, — dedi Mustafo.
— Mustafo, — akam kuldi, — Bu yerga bir qiz bilan kelgansiz, lekin uni hech siz bilan koʻrmadim. Xojatxonadan hozirgina chiqqandim, mendan boshqa hech kimga kirmagandi va ichkarida sizdan boshqa hech kim yoʻq edi. Mazasi joyidami demoqchiman.
— Lazanya unga yoqmagan koʻrinadi, biroz koʻngli agʻdarildi, — nazarimda Mustafo kiprik qoqmay yolgʻon gapirdi, — Keyin u mening sevgan qizim emas!
— Tushunarli, — akam darrov taslim boʻldi, yana nimadir soʻrashni istagani ovoz ohangidan sezildi, — Shu lazanyaning mohiyatini hech tushunmayman. Bizning uyda hech kim bu taomga qiziqmaydi, bitta singlimdan tashqari. U lazanyani sevadi. Ayniqsa qoʻziqorinli...
Nima Alim menga tegishtiryaptimi? Ichkarida men ekanligimni bilmaydi-ku.
— Qanday yaxshi!, — Mustafo yana kinoya bilan dedi.
— Yaxshi qoling, Mustafo.
— Rahmat!
— Ertaga koʻrishamiz!
— Albatta!
Ikkita yigit bir biriga soxta mulozamat qilganini payqadim. Agar Mustafo bilan birga boʻlsam, hamma aka va ukalarimni u bilan orasini yaxshi qilguncha sochim oqararkan. Ancha vaqt jimlik hukmron surdi. Keyin, Mustafo yana eshigimni taqillatdi:
— Boʻldi, chiqing.
— Rostdan hech kim yoʻqmi?
— Yoʻq.