June 6, 2025

Merciless❤️‍🔥

#Merciless
Episode - 16

Rossiya, Sankt-Peterburg ..

Tun yarimlab ulgurgan bo'lishiga qaramay, shaxarda hayot qaynamoqda. Ikki qavatdan iborat katta tungi klub jo'shqin muhitga to'lgan. Yuqori qavat yo'laklarini chegaralovchi naqshdor panjaraga suyanib olgan Sohyon pastdagi raqs zalidagi odamlarni zavq bilan kuzatardi. Sho'x musiqa ruhiyatni tebratmoqda. Go'yoki barchadan to'sib olgan kabi Sohyonning ikki yonidan qiz suyangan panjaraga qo'llarini tiragan Taehyung qizning ortidan egilgancha qulog'iga gapirdi
- Tun uchun boshqa tuzukroq mashg'ulot tanlashing mumkin edi, - ovozidagi norozilikni yashirmay dedi yigit.
- Men oldin hech qachon klubda bo'lmaganman, - lablarini Taehyungning qulog'iga yaqin olib kelgan Sohyon baland ovozda ma'lum qildi, - Bu yer juda qiziq..
- Shaytoncha, - Taehyung yaqin egilib qizning pastki labini tishlab oldi.
Norozi tovush chiqarib qo'ygan qiz yana ters o'girilgancha raqs maydonini tomosha qilishda davom etar ekan, Taehyung uning qornidan qo'llarini o'radi. Ikkisi yuqori notadagi musiqa ovoziga ohista tebranishmoqda. Qo'llari Sohyonning beli yon tomoniga o'rmalagan ko'yi ikki tomonidan qisgan yigit o'ziga yanada tortgancha tanasiga yopishtirdi. Past ortki qismida erining qattiq ehtirosini his qilgan qiz ko'ylagi etagini siqimladi.
- Tae, - Sohyon ortga o'girilishga urindiyu, yigitning qo'llari mahkamlangan ko'yi bunga imkon bermadi.
Taehyung uzun barmoqlari bilan qizning ortga tashlangan sochlarini olgancha bo'yni ortiga lablarini bosdi.
- Mexmonxonaga qaytganimizda senga qilishim mumkin bo'lgan barcha yaramas ishlarni o'ylayapman, - xirillagancha dedi yigit.
- Sezdim nazarimda, - ichida uyg'ongan issiq hisdan noqulay bo'lgan qiz boshini ortga, yigitning yelkasiga tashladi.
- Shundaymi? - shum tabassum qilib qo'ygan yigit belini oldinga harakatlantirgan ko'yi qizga yanada botirdi.
Biroz egilgan ko'yi lablari bilan Sohyonning yanog'ini erkalar ekan, qulog'ini tishlari orasiga olgancha biroz og'riq berdi.
- Ketamiz Kim xonim, - yog'on ovozi bilan ma'lum qildi Taehyung.
- Hali emas, - e'tiroz bildirdi qiz.
- Aqlli qizaloq bo'l, - yigit kinoya bilan dedi, - So'zimni takrorlashimga majbur qilma.
Taehyung gavdasini biroz eggancha bir qo'lini Sohyonning tizzalaridan o'rar ekan qizni osonlik bilan ko'tarib oldi.


Timeskip ➡️

Shinam va qorong'u xona tinchligini eshikning ochilishi buzdi. Bir qo'li bilan Sohyonni ko'tarib olgan ko'yi ichkariga kirib kelgan Taehyung qo'lidagi karta yordamida xona chiroqlarini yoqdi. Qiz qo'lidagi baland poshnaga ega oyoq kiyimlarini ostonaga tashladi. Sohyonni qo'lidan qo'ymay turib qizning ortini devorga tiragan Taehyung uning ikkinchi oyog'ini ham ko'tarish bilan o'z belidan o'radi. Tashnalikni qo'yib yuborar ekan, lablari bilan qizning lablarini egalladi. Bir zum nafasi ichiga tushib ketgan qiz, kelasi soniyalarda qo'llarini beixtiyor yigitning bo'ynidan o'radi. Lablar harakati bir biriga monand harakatlar bilan qondagi ehtirosni shoshirar ekan, qizning oyoqlari Taehyung atrofida yanada qattiqroq o'raldi. Belini oldinga harakatlantirgan Taehyung qo'llarini yuqori surgancha qizning ikki sonidan siqdi. Bo'sani davom ettirgan ko'yi oyoqlari orasida kuchli xoxish ta'sirida qattiqlashgan jismni Sohyonning nozik nuqtasiga jinsiy aloqaga taqlid bilan harakatlantirar ekan, lab harakatlari orasida beixtiyor Sohyon chiqarib yuborayotgan kichik va nafas aralash tovushlar esidan ayirardi go'yo. Taehyung lablarini pastlatish bilan o'pichlarni qizning bo'yniga olib o'tdi. Beli atrofidagi oyoqlar bosimi ortdi. Yuqori surilgan kaftlar endi Sohyonning ortki qismini siqar ekan, qiz noqulay hisdan pastki lablarini tishladi. Taehyung qizni devordan uzgan ko'yi shu xolatda ko'tarib yotoq o'rnatilgan xonaga qadam tashlay boshladi. Tanalar orasidagi bog'lanishni uzmagan holda Sohyonni matrasga yotqizgach, yana ikkisining lablarini birlashtirdi.

- Men ortiq nazorat qila olmayman. Hozirgi harakatlarim senga ozor berishi mumkin, - og'ir nafaslar ostida pichirladi Taehyung, - Ammo seni sevishimni bilasan quyoshim.
Yigit o'z gavdasini ko'targan ko'yi kamarini bo'shata boshladi. Ilgaklaridan sug'urib olar ekan, Sohyonning ko'ylagini yuqori ko'tarib yalang sonlarini birlashtirgan holda kamar yordamida bog'ladi.
- Nimalar qilyapsan, - yigitning harakatiga tushunmay so'radi qiz.
- Sabr qil, solnishko.
Qiz yopiq va birlashtirilgan oyoqlarini qimirlata olmasligini ta'minlagan Taehyung oson harakat bilan Sohyonning tanasini pastga o'girdi.
- Men uchun aqlli qiz bo'lasan shundaymi? - yigit uzun barmoqlarini Sohyonning sochlari orasiga kirgizgancha dedi.
- Tae, - qiz hayajon va qo'rquv aralash ovozda pichirladi.
Javob bermagan Taehyung qizning ko'ylagi zamogini bo'shatgancha yalang yelkalarini ochdi. Navbatdagi soniyalarda qizni o'zi uchun butunlay himoyasiz holda qoldirar ekan tanasi bilan yotoqqa mixlagancha lablarini Sohyonning yelkalariga botirdi.
- Klubda o'tkazgan har bir soniyamizda men buni qilishni orzu qildim, - yog'on va past ovozda dedi yigit.
Sohyon soniga bog'langan kamar sabab istasada oyoqlari orasini ocha olmasligini tushungancha kafti ostidagi choyshabni siqimladi. Ro'parasidagi kiyim shkafi ko'zgusida ortidagi yigitning ko'rkam va ehtirosdan tundlashgan qiyofasini ko'ra olishi mumkin.
- Kimga tegishli ekaningni ayt, - Sohyonning sochlaridan ortga biroz tortgancha talab ohangida so'radi Taehyung.
- Senga, - titroq bilan pichirladi qiz.
Yopiq oyoqlari orasiga ortdan suqulishga urinayotgan issiq jismni his etgan qiz ehtiyoj va qo'rquv bilan ko'zlarini mahkam yumdi.
- Menga shundaymi? - qizning ortki bo'ynidan kaftini o'ragan Taehyung dedi.
- Ha, - Sohyon kichik tasdiqlash tovushi chiqara oldi xolos.
Taehyung mamnunlik bilan belini oldinga surar ekan, qizning ingroq ovozi balandlashdi. Birlashtirib bog'langan oyoqlar tufayli qizga singib kirish qiyinchilik tug'dirayotganiga qaramay, qat'iy harakat qilgan Taehyung qo'pol surilish bilan o'zi istagan nuqtaga to'laligicha joylashdi. Sohyon ichidagi hisdan pastki oyoqlarini tipirchilatgancha qutulishga urindi. Bu holat og'riqliroq.
- Shshsh.. Aqlli qiz kabi buni qabul qil, - Taehyung o'z harakatlarini boshlar ekan qizning oyoqlari orasida qisilish hissidan xirilladi, - Bunga chiday olasan.
Yigit bir kafti bilan Sohyonning boshini choyshabga bosar ekan barmoqlari jigarrang sochlar orasiga singib ketdi. Qizning nazoratsiz ovozlari har bir chuqur tebranish ta'sirini ifodalamoqda. Kaftlari o'rmalagan ko'yi pastki tomon o'tib qizning ko'ksidan qisgan Taehyung rafiqasining tanasiga egalik qilishda davom etdi.


Soniyalar sanashda davom etmoqda. Yotoq yonidagi elektron soat allaqachon tungi 2 ga yaqinlashganini ko'rsatardi. Oradagi vaqt davomida bir necha bor pozitsiyani almashtirishga ulgurgan Taehyung, endi qizning kamardan ozod qilingan oyoqlarini belining ikki yoniga tortar ekan, o'zining yakunga yaqin qolgan zarblarini davom ettirdi. Endi ular bir biriga yuzlashgan holda. Sohyon qulog'i va bo'yniga yigitning yovvoyi va issiq nafaslari urilayotganini his etgancha barmoqlarini sarg'ish sochlar orasida siqimladi. Qizning belidan ushlagancha biroz yuqori ko'targan Taehyung, eng ta'sirchan nuqtaga qayta va qayta chuqur kirib borishini ta'minladi. Notasi yuqorilashgan ingroq va qizning betoqat nafas olishidan u yaqin ekanini bilish qiyin emas. Yana bir necha harakat va yengillikka erishgan Sohyonning ovoziga Taehyungning ojiz va titroqli irillashi jo'r bo'ldi. Ehtiros vujudidan otilib chiqar ekan oldinga chuqur surilgancha harakatsiz qotdi. So'ng kuchsizlangan tanasini erkin tashladi.
- Seni sevaman, solnishko, - og'ir nafaslar ostida pichirladi yigit.
Qizning qo'llari o'ralgan ko'yi Taehyungning yelkasidan quchdi.
- Bir muddat shu holatda qol, - so'radi Sohyon, - Iltimos.
Taehyung qizning belidan quchgancha yengillagan tanasini ichkariroq surar ekan, jigarrang sochlar orasiga yuzini ko'mdi.

*

Timeskip | Oradan 1 hafta o'tdi...

Korea, Seoul.

Mashina katta bino qarshisiga kelib to'xtar ekan, yigit kalitni burash bilan motorlarni o'chirdi.
- Asabiylashyapman, - chuqur nafas chiqarib dedi Sohyon, - Qabul qilishmasachi?
- Nega unday bo'larkan, - Taehyung bino uzra ko'z yugurtirib gapirdi, - Agar ish uchun suhbat oluvchilar senga rad javobi berib hafa qilsa, ularni tazirini beraman.
- Tae, - norozi ovoz chiqardi qiz, - Bu nima deganing? Menga bu ish o'rniga qabul qilinasan deb ayt, - Sohyon talab ohangi bilan dedi, - Anchadan beri bu yangiliklar kanali kompaniyasida ishlashni istayman.
- Shunday degin, - Taehyung qizning xavotirli yuzini kuzatar ekan qoshlari ko'tarildi, - Unda qabul qilinasan.
- Juda soz, - bilagidagi soatga qarab qo'ygan qiz qoniqishsiz rozi bo'ldi, - Men..borishim kerak.
- Shoshma, - endigina mashina eshigini ochgan qizning bilagini ushladi yigit.
So'ng oldinga intilgancha qizdan bo'sa olishga urindi. Biroz ko'ksiga tiralgan qo'llar yigitga qarshilik qildi.
- Lab bo'yog'im buziladi, - e'tiroz bildirdi Sohyon, - Keyin. Men suhbatga kirib chiqqanimdan keyin.
Qizning so'zlariga qaramay yana biroz oldinga egilgan Taehyung Sohyonning pastki labini tishlab oldi.
- Hammasi joyida turibdi. Qarshilik qilishga urinma.
- Jin ursin seni, - domangir qiyofa bilan dedi qiz.
Mashina eshigini to'laligicha ochgan Sohyon pastga tushgancha bino tomon biroz xavotir bilan qadam tashlay boshladi.


Timeskip ➡️

Oradan yarim soatdan ko'proq vaqt o'tib ulgurdi. Qo'lida tutgan fayl to'plamida ko'z yugurtirgancha taksidan tushgan Sohyon uy tomon qadam tashlay boshladi. Bir qo'lini sumkasi ichiga solgan ko'yi kalitini izlashga tushar ekan, ortidan eshitilgan erkak ovozi qizni joyida to'xtashiga sabab bo'ldi.
- Sohy, - bir qancha masofa narida to'xtab turgan mashinaga suyanib turgan Jihoon qaddini tiklab olgamcha qiz tomon odimladi, - Yana ko'rishganimizdan xursandman, - xotirjam tabassum qildi yigit.
- Jihoon? - qo'lidagi faylni yopgan qiz hayronlik qiyofasi bilan yigitga yuzlandi, - Bu yerda nima qilyapsan?
- Seni ko'rishni istadim, - qizning sochlariga barmoq yugurtirdi Jihoon.
Biroz Sohyon bir qadam ortga tashlagancha o'zini yigitdan uzoqlashtirdi.
- Biz ko'rishmasligimiz kerak, - noqulay ovoz bilan dedi qiz, - Bu to'g'ri emas. Men...meni erim bor.
- Ha, buni bilaman, - Jihoon aftini zo'raki burishtirgancha tasdiqladi, - Hozircha, - qo'shib qo'ydi yigit.
- Nima? - Sohyonning ovozi qat'iy tus oldi, - Nima deyishga urinyapsan?
- Men bilan yur, - bosiqlik bilan qizning ko'zlariga tikilganch dedi Jihoon, - So'z beraman, shunda hammasi joyida bo'ladi.
- Aqldan ozdingmi? - yana bir bor ortga qadam tashladi qiz.
Jihoon uning so'zlariga bir muddat eshitilarli darajada, yoqimsiz tarzda kuldi.
- Ehtimol, - o'sha tushunarsiz tabassum qoplagan lablar bilan dedi yigit, - Balki sening bu nikoh tomoshang jonimga teggandir.
- Tomosha, - Sohyon qoshlari chimirilgancha takrorladi, - Hammasi sen o'ylaganingdek emas.
- Menga ortiq farqi yo'q, - Jihoon qo'pol harakat bilan qizning ikki yelkasidan ushlagancha siltadi, - Nega meni ko'rmaysan. 3 yildan ortiq vaqtdan beri seni sevaman. Nega a? Nega birgina imkon uchun ham arzimadim?
- Jihoon, - qiz yelkalarini xalos qilishga urindi, - Bas qil, hoziroq bas qil.
- Men bilan yur, - o'tinch bilan pichirladi yigit, - Ixtiyoringga qarshi chiqishimga majbur qilma meni.
- Qo'yib yubor, - e'tiroz bildirdi Sohyon, - Iltimos.
- Tushunarli, - Jihoon chuqur nafas chiqarib qo'ygancha Sohyonni xalos etdi, - Menga boshqa chora qoldirmading. Kutishdan charchadim...
- Nima qilmoqchisan?
Qiz Jihoondan uzoqlashishga urinar ekan, bilagidan tutgan qo'llar majburan tortishi ketidan yigitning yelkasiga ortilganini his etdi.


Timeskip ➡️

Tushunarsiz xona. Bu yerdan yoqimsiz xid anqimoqda. Aftidan shkaflarda saqlanayotgan biror modda tufayli bo'lsa kerak. Bu qanday modda ekanini Sohyon aniq tasavvur qila oladi. Chamasi bu yer Jihoonning yashirin ombori bo'lsa kerak. O'rtada o'rnatilgan stol ustida yuqoridan sarg'ish nur tushib turardi. Stol atrofida taxminan 6-7 ta stullar terib chiqilgan.

Balki bu savdolashish uchun yaratilgan joy. Sohyon stullardan birida o'tirgancha Jihoonning harakatlarini kuzatardi.
- Bu nima ekanini bilasanmi? - qo'lidagi kichik shaffof haltachadagi oq kukunni namoyon qilgancha dedi Jihoon, - Skopolamin, - yigit ma'lum qildi, - Yanada qiziqroq savol, u qanday ta'sir etishinichi?
- Jihoon, to'xtat, - ko'zlari yoshlanib ulgurgan bo'lishiga qaramay qat'iy ohangda talab qildi qiz.
- Uni "zombi dori" deb ham atashadi, - qizni eshitmagan kabi davom etdi Jihoon, - U odamni shunday holatga keltiradiki, u hech narsani eslolmaydi va hatto sodir bo‘layotgan narsalarni ham to‘liq tushunmaydi.
- Jirkanch ekaningni ko'rsatyapsan, - ko'ksiga vahima oralagan bo'lishiga qaramay haqorat qildi Sohyon.
- Men otangni ogohlantirgan edim, - oq kukunni kichik idishdagi spirt bilan aralashtirgancha gapirdi Jihoon, - Agar hammasini o'z qo'limga olsam seni ham ayab o'tirmasligimni.
Shishacha ichidagi suyuqlik shprits ichiga tortildi. Qiz o'lchamlar yozilgan shaffof idishga suyuqlik ko'pirgancha to'lishining har lahzasini kuzatar ekan, og'ir yutundi. Nihoyat Sohyonga yuzlangan Jihoon shprits ignasidan 2-3 tomchi tashqariga chiqarib qo'ygan ko'yi qiz tomon qadam tashladi.
- Yaqinlashma menga, - o'tirgan o'rnidan turib ketgancha ovoz ko'tardi Sohyon, - Yaqinlashma dedim, - ortga qadam tashlay boshladi qiz.
- Ishon menga. Agar o'sha yigit oramizda paydo bo'lmaganida hammasi yaxshi bo'lardi.
Jihoon kaftini qizning bo'ynidan o'ragancha qattiq qisdi.
- Iflos, - bo'g'ilish bilan xira pichirladi qiz.
Kutilmaganda oyoqlari orasiga kelib tushgan qattiq zarb ortidan yigitning og'riqli ohangi yangradi. Bo'ynini xalos qilib olgan Sohyon xonadan chiqish uchun yugura boshladi. Bu ombor yetarlicha katta va chalkash. Biroq qiz bor kuchi bilan yugurishga urindi. Hozir Taehyungning yoniga yugurib borishni istaydi. Ingichka temir zinalardan pastga shoshgan qiz telefoni ekranini yoqqan ko'yi erining raqamini izlay boshladi. Oyog'i so'ngi 2 zinani o'tkazib yuborishi ketidan ichida nimadir uzilib tushgandek kabi his qorin bo'shligini qamrab oldi. Yerga yiqilgan Sohyon chig'anog'idagi shilinish tufayli kichik ingroq chiqardi. Shu onda sochlaridan changallagan qo'llar ketidan bo'yniga sanchilgan ignani his etdi. Qiz og'riqdan yuzi burishgancha yerdagi qo'llarini musht tugdi. Qon tomirlariga kirib borayotgan suyuqlikning har tomchisi aqldan ozdirmoqda. Bir qancha daqiqalardan so'ng igna Sohyonning tanasini tark etdi. Qiz tanasi titragancha yerda qoldi. Uning kaftlari orasidan telefonni olgan Jihoon asabiylik bilan barmoqlarida sochlarini ortga taradi.
- Xo'sh, - betartib nafas olgancha dedi yigit, - Ana endi yetimcha ering bilan uchrashishga nima deysan?
Jihoon ekran uzra barmoq yuritgancha Taehyung uchun Sohyon nomidan xabar yoza boshladi.

"Kechki payt Tancheonga bor. Sen bilan o'sha yerda uchrashishni xohlayman"

*

Timeskip ➡️

Shaxar tunning qo'yniga kirib ulgurgan. Katta daryo yonidagi yo'lakda turgan yigit ba'zi ba'zida telefoni soatini tekshirib qo'yardi. Atrof deyarli kimsasiz. Yoqimli shaboda sovug'i etni titratmoqda. Qaynoq shaxar shovqinidan uzoqda bo'lgan manzara. Taehyung sabri to'lgancha yana Sohyonning raqamiga kirar ekan, qistov ohangida xabar yozdi.
"Quyoshim, aqlli qiz bo'lib kuttirishni bas qil"
Yigit ekraniga tikilishda davom etar ekan javob xabari paydo bo'ldi.
"Men yetib keldim"
Taehyungning ortki tomonidan yoritilgan mashina chiroqlari e'tiborini tortdi. Bir qancha masofa narida yigit tomon harakatlanib kelayotgan avtomobil. Nurdan ko'zlarini qisgancha mashinaga yaxshiroq qaragan Taehyungning vujudi asabiylik va jahldan titray boshladi. Avtomobil old o'rindig'ida o'tirgan Jihoon va haydovchi o'rindig'ida rulni boshqarayotgan rafiqasi. Yigitning ikki yonidagi kaftlari musht tugildi. Qiz hech bir harakatini to'liq anglamayapti. Tuman qoplagan ongi biror fikr yuritish uchun ojiz edi.
- Pedalni bos, azizam, - shivirlagancha buyruq berdi Jihoon, - Bo'laqol.
Qizning titrayotgan barmoqlari rulni qattiqroq qisdi. Taranglashgan oyoqlar avtomobil pedaliga kuchliroq bosim berdi. Kelasi hodisa shu qadar tez sodir bo'ldiki, yo'l o'rtasida turgan Taehyung tanasiga bostirib kelgan og'riqni anglashga ulgurmay qoldi. Kuchli zarb bilan urilgan mashina yigitning tanasini havoga ko'tarib yubordi. Kichik lahzalar ichida tana yana asfalt yo'lga zarb bilan urildi. Nazoratdan chiqqan mashina daryo va yurish yo'lakchasini arjatib turuvchi to'siqqa borib to'qnashdi. To'q qizil rangli qon asta sekin tarqay boshladi.. Og'riq zo'ridan barmog'ini ham qimirlata olmay qolgan yigit kuchsiz nafas olar ekan ko'zlari qora osmonning allaqaysi nuqtasida qotdi...