May 20, 2025

Ishq qirolichasi❤️‍🔥

26-BOB. KECHALAR DAVOMI

Fasmiya

Mustafoga oʻzimni joʻnatib boʻlgach koʻproq reaksiya kutgandim, lekin bu jiddiy erimdan bildirganidan ortigʻi chiqmasligini bilaman. Ehtimol, men uni oʻzim shaxsan koʻzim bilan koʻrmagandim, undan koʻproq narsani his qilgandir-u, men bilmayotgandirman. Kechki oltigacha biror xabar yozib qolishimni kutaverib bezor boʻldim. Bugun oxirgi boʻsh kunim edi, hamma narsani shu kunlarga moʻljallagan boʻlsam axir... Keyin yana oʻqish, ish boʻlib ketadi.
Oltidan oshganida “erjonim” ertaroq kelishiga umid bagʻishlab, oʻsha alohida tayyorlab koʻrgan tungi koʻylakni ustimga ildim. Agar erkak boʻlganimda aniq oʻzimni sevib qolgan boʻlardim!
Mustafoga oʻqisa oʻqimasa yana xabar joʻnatib yubordim:
“Bugun koʻchada ovqatlanib keling, chunki uyda vaqtingiz boʻlmaydi”
Oʻzim u eshik qoqunicha nimalardandir cho‘qillab oldim. Hech qisi yoʻq, yaqinda Hakima opa qaytsa yana shirin-shirin ovqatlarini yeymiz.

Koʻcha eshik ochilganida ancha avval qovurib qoʻygan kartoshkadan ermak qilib yeb oʻtirgandim. Uni shartta yigʻishtirib olib, tepa qavatga besh kundan beri yashirib qoʻyilgan narsamni olish uchun shoshilib chiqib ketdim. Qaytib tushayotganimda erim allaqachon uyga kirib ulgurgan ekan, uy eshigini qulflayotgandi. Qoʻlidagi nimalarnidir mehmonxonadagi divanga tashlab meni kutib oldi. Men ataylab juftini rom qilishga bel bogʻlagan tustovuq kabi tovlanib u tomonga yaqinlashdim. Afsuski, tustovuqlarda erkagi shunday jalb qiladi sherigini. Burchakda turgan soatdan endigina yetti boʻlganini koʻrdim. Istagimni bajarib erta kelibdi.
— Boya videoda uncha bilinmabdi, u ustingda faqat sen uchun tikilgandek turibdi, — dedi erim meni oʻz quchogʻiga olib belimdan qoʻllarini zanjirlab oʻtkazib olar ekan, boʻynimga lablarini bosdi, — Meni nimalar qilyapsan-a?
— Nima qilibman?, — shivirladim uning yaqinlashuvidan sarmast boʻlib. Qattiq quchib olsam-da hech qachon qoʻyib yubormasam qani edi...

— Avval qilmagan ishlarimni qilishga majbur qilyapsan, — ishini davom ettirib boʻynimdan oʻtib yuzim boʻylab labimga keldi, keyin bir qoʻli bilan yuzimdan ushladi, — Uyga bunchalar oshiqmaganman hech qachon.
— Faqatgina olovli kechalar uchun kelmayapsiz deb umid qilaman!, — chaqib oldim sekingina.
U kulib meni oʻpishni boshladi. Bir qoʻlim orqada qolib maxsus kishanni unga halicha koʻrsatmaslikka harakat qilardi. Lablarim bilan oʻynashni toʻxtatmay meni orqaga itardi, men ham uning soʻzsiz buyrugʻiga itoat etib, orqaga qadam bosdim. Divanga yetib kelganimda suyanadigan joyiga omonat oʻtirdim. U oʻz lablari bilan meni “qiynash”da davom etardi. Bir zum toʻxtaganidan foydalanib olmoqchi boʻldim.
— Shaftoli... — dedi u nafasini rostlab, — Yana oʻsha shaftoli...
— Uni faqat siz uchun surtaman oʻzi, — kulib kishanni chiqardim, — Aytgancha bugun boshqacha boʻlishi kerak edi.
Mustafo qoʻlimdagi kishanga tushunmay qarab turib, keyin aglagach kulimsiradi.
— Buni qayerdan topding?
— Dugonam yordamlashib yuborgan, — uning koʻylagining tugmasini oʻynadim, — Topish oson boʻlmadi. Bu shunaqa ishlar uchun maxsus ekan...
— Xoʻsh, qiziq, — u mening qoʻl harakatlarimni kuzata turib soʻradi, — Bu bilan kim kishanlanadi?
— Albatta, siz!, — kuldim.
— Shunaqami?, — u qoʻlimdagini tortib olib, olmoqchi boʻlganimda qoʻlini tepaga koʻtarilib koʻzimga tikilar ekan, orada labimdan oʻpib oldi, — Meni koʻrinmas kishanlar bilan kishanlab tashlaganing yetmagandek bunisini ham taqmoqchimisan?
— Mayli, usiz hal qilamiz!, — taslim boʻldim.
— Yoʻq, ishlatilmasa ham boʻlmas, — meni shartta koʻtarib oldi, — Oʻzingda sinab koʻrilsa nima deysan, jonim!
Jonim... Ba’zan dadam oyimga aytganini eshitib qolardik, oʻshanda juda oddiy soʻz tuyulardi. Lekin, sen eshitishni istagan odamingdan aytilgani odamga gʻalati taʼsir qilarkan.
Birgina soʻzdan ham odam ichida feyrverklar otilishi mumkinmi?

Mustafoning boʻynidan qoʻlimni oʻtkazib olib qiziqib soʻradim:
— Ogʻir emasmanmi?
— Men zalda 100 kg gacha koʻtarishni boshlagandim, xavotir olma!
— Hoy, men 60 ga ham bormayman!, — dedim kulib.
Qachondir bundan ogʻir boʻlib ketishimni oʻyladim. Homiladorlik hammaga har xil vazn qoʻshardi. Afsuslar boʻlsinki, kim qancha boʻlishini oldindan bilib boʻlmaydi. U meni yotogʻimizga tashlab, oʻzi meni bir muddat yotoqqa bosib turdi.
— Jim yot!, — dedi mendan uzoqlashib, — Hozir qaytaman! Qimirlama!
U eshikdan chiqib ketayotganida nimani koʻzlaganini tushuna olmay boshimni koʻtardim, u yana oʻsha gapini takrorladi.
— Oʻrningdan turma.
Nima qilmoqchi hayron boʻldim. Shu oʻyinni bekor boshladimmikan-a?
Mustafo qoʻlida kichik paketcha bilan qaytdi. Lekin, shu vaqti koʻzimga kichik koʻringan bu narsalar ichida boshqacha narsalar borligini bilmasdim. Ustidagi kastyumini yechib shu yerdagi boʻyanayotganda foydalanadigan stulimga ilib qoʻydi. Oʻzi menga ayyorona yaqinlashib paketchani yotoqqa tashladi.
Qoʻlimdan olib qoʻygan kishani ham shu atrofda yotardi.
— Men bilan oʻyin oʻynamoqchi eding-a, bugun? Meni ishdan chalgʻitib, — dedi men tarafga egilib, — Sekin bir narsani aytmaganman, mening azizam. Yoshligimdan qandaydir oʻyinda qatnashsam men doim qatnashuvchi boʻlib koʻrinardim, ammo, haqiqiy boshqaruvchi men edim. Ustozim mendakalarni yashirin lider deb atashlarini aytgandi.
— Ya’ni?, — izoh talab qildim chuqur nafas olib. Uning oʻzi bilan olib kelgan atmasferasi meni tobora qisib borardi.
— Ya’ni, — Mustafo ikki qoʻlimdan tutib, kishanni ikkisiga ham qoʻllarimga joyladi va yotoqning bos qismiga birlashtirib taqib qoʻydi, — Sen boshlaysan, men davom ettiraman. Koʻp qimirlama, aks holda mana bu olgan jinnicha narsang qoʻlingni tilib yuboradi. Qaltis harakat qilma!
— Siz majburlamasangiz qilmayman, — dedim.

Mustafo miyig‘ida kulib qoʻlini boʻyin qismimdan boshlab koʻkrak qismimgacha ohista silab yurg‘azdi. Keyin qoʻli sekin astalik kiyim ichiga kirdi. Mendan umuman koʻzini uzmasdi. Bir tomondan boshqaruvni yoʻqotganimda, bir tomondan mendan uzilmay qarab turgani uchun oʻzimni erkin tuta olmay asabiylashdim. Shunga qaramay koʻzlarim oʻz oʻzidan ogʻirlashib ketayotgandi.
— Mustafo... — bu qiynoqlarga hozirdan bardoshim yetmayotgandi. Jigʻimga tegib qoʻlimni ham ishlata olmayapman! Mana senga Fasmiya! Shuni istaganmiding, endi mazza qil!
— Oʻzingni boʻsh qoʻy, — Mustafo qulogʻimga dedi, — Koʻzlaringni yum va hoziringdan rohatlan.
Endi qayerdandir uyat tuygʻusi ham tirjayib yuzini koʻrsatdi. Nimadan uyalishni ham bilmayman, lekin ayni holatimdan hijolat boʻlib ketayotgandim. Bu birinchisi boʻlgani uchun deb oʻzimni tinchlantirdim.
Mustafo tungi koʻylagining bog‘ichini boʻshatib oldimni ochdi. Qoʻlimni band qilib qoʻygani uchun butunlay yecha olmaydi, ammo... Toʻxta, u nima qilyapti. Choʻntagidan aynan koʻylakning rangiga mos koʻzni bogʻlaydigan chiqardi.
— Mustafo... Qoʻlim yetmagandek, endi meni hamma his qilish organlarimdan cheklab tashlamoqchimisiz?, — nolidim.
Mustafo menga quloq solmay, koʻzimni ham bogʻladi-yu, koʻzim jimir jimir qilib umuman hech vaqoni koʻrmay qoldi. Bor sezishimni quloqlariga berdim. U ham atay qulogʻimga yaqin kelib pichirladi:
— Meni tanang bilan his qilasan... Koʻproq shunga eʼtibor qarat!
Maslahat uchun rahmat! Ichimda oʻzimga oʻzim kesatib oʻtirdim.
Zum oʻtmay uning qoʻllari qoʻlimdan siladi. Barmoqlarining uchi bilan sayr qilib yurardi.
— Endi yaxshiroq his qilyapsanmi? Koʻrdingmi?
Bosh silkidim. Aql-hushimdan ayrilishni boshladim menimcha. Endi sal avval tungi koʻylakdan xalos boʻlgan tanamning qismi qandaydir iliq suyuqlikni his qildi. Bu nima balo boʻldi?! Ha, tushundim... Yogʻ... Koʻzim yumuqligi ham yaxshi boʻldi. Oʻzimni bunday holatda koʻrsam aniq hushimdan ketardim.

— Ey, Xudo... — oʻzimga kela olmay nola qildim, — Mustafo!
— Tshshsh, — Mustafo lablarim tepasida dedi, — Xudoni hozir bezovta qilma. Yaxshi ishlar qilmayapmiz.
— Nima farqi bor, biz er-xotinmiz... — u avval his qilmagan narsalarni his qoldirayotgani uchun nafas rostlashim qiyin kechayotgandi, — hamma er-xotinlar qiladi!
— Hammasi ham qilmaydi, — dedi Mustafo menga yaqinlashgani bilinib, — Bilasanmi sotuvchi nima dedi. Feromon faqat siz sevgan insongagina taʼsir qiladi dedi. Men esa boshqa narsani bilardim, inson oʻzi istagan insonining ifori u uchun shundoq ham feramondek taʼsir qiladi. Shunday ekan, buguncha u narsaning bizga keragi yoʻq...
— Bu atir emas, — mendan kelayotgan iforga izoh bermoqchi boʻldim. Shunchaki yuvinayotganda lasyondan foydalangandim.
— Bilaman, — u yuzim atrofida chuqur nafas oldi, — Bilaman, bu oʻzingniki...
Oʻzimniki ham emas menimcha. Gel, lasyon, shampun hammasi aralash-quralash. Ammo, shunday lazzatli onlarni buzishni istamadim.
Mustafo oʻz ishini qilar, men uning changalidan xalos boʻla olmasdim. Qoʻlim harakatsiz, koʻzlarim yumuq, bugun tanam oʻzimga boʻysunmas... Yoqimli qiynoqlarga yengilar, bu takror-takror davom etardi. Oxiri eng qizgʻin pallaga kelganimizda Mustafo qoʻllarimni boʻshatdi, lekin koʻzlarimni oʻzim ochishim mumkin boʻlsa ham bu narsani hayolimga keltirmadim. Miyam umuman ishlashdan toʻxtagan, faqat hozir mavjud edi bu dunyoda. Mustafoning allaqachon kiyimsiz yelkasidan mahkam qoʻllarimni oʻtkazdim va bu olamdan uzildim. Unutdim barini... Men va Mustafo bor dunyoda edim. Agar, dunyoda lazzatlanish darajasi choʻqqilarga qiyoslansa hozir Everestdaman! Va u yerdan qaytishni umuman istamayman.

* * *

2 kundan soʻng
Mustafo

Kechki vaqt uyga kelganimda kuni bilan uyda qolgan Fasmiya ikkimiz uchun qizg’in suhbat tayyorlab qo’yibdi. Har joydan gapni boshlab olib, dugonasi haqida qo’shib o’tishni boshladi. Yordamimni qabul qilmay uyni tozalab yurgandi, havo alishtirib derazalar ochilgan, o’zi esa changlarni artib yurganida u o’zini yolg’iz his qilmasligi uchun zalga chiqib olib noutbookimda ish qilib o’tirgandim.
– Zarina qizining rasmini, videolarini tashlabdi, voy biram shirin qiz bo’lgan! Odamning havasi keladi unga! O’qishga ham bir olib kelgandi, erkalab-erkalab oldim…
Ikki ko’zim ishimda bo’lsa ham, qulog’im u tarafga ketib qolaverib, nima maqsadda bu mavzuni ochganini tushunib turgandim. Faqat buni bildirsam xafa bo’lishi yoki janjallashib qolishimiz xavfi bor bo’lgani uchun jim o’tirgandim. Ammo, Fasmiyaning o’zi jim o’tirganimni ko’ra kerak emas bo’lgan tugmachani bosdi.
– Nega jimsiz?!
– Nima?, – boshimni ko’tardim.
U qo’lidagi chang lattani g’ijimlab stol ustiga tashladi.
– Qaysidir mavzuda gapirsam yo savol bersam javob beryapsizda, lekin dugonamning bolasi haqida gapirsam xonada borligingiz bilinmay qolyapti.
– Ha, u bolani shu vaqtning ichida gapni aylantirib, uch marta tilga olganingni inobatga olsam…
– Mustafo…
– Chunki menga bolalar yoqmaydi, sendek ularga ishqim tushmagan, menga qiziq emas!
– Ammo, qachondir shu mavzu ochilishi aniq edi to’g’rimi?!, – u talab qilishni bas qilmay divanga o’tirib oldi, – Mustafo biz baribir bir kun ota-ona bo’lamiz…
– Bilmayman. Bu haqida hech qachon o’ylashni istamaganman. Mayli, shunchalar istasang bizga bitta bola yetadi, u bilan ovunasan…
– Mustafo gaplaringiz og’ir botyapti.

– Ammo, hozir emas, – davom etdim, – To’rt, besh yo olti yildan so’ng. lekin, hozir emas!
– Shumidi, sizning gaplashib olmoqchi bo’lgan gapingiz? Shunday yechim topgan edingizmi?
– Nimaga ko’nasan o’zi? Nega sen bilan bunchalar qiyin!
– Oson bo’lishiga va’da bermagandim!
– Va’da berishing shart ham emas, – kinoyali kulgancha narsalarimni yig’ishtirdim, – Shu vaqtgacha berganlaring o’z kuchini yo’qotib bo’lganida nima ham deya olardim.
Nima qilishni bilmay qolganimda Fasmiya yana-da vijdonim bilan o’yin o’ynayapti. Yaqindagina farzandga qarshi emasdek his qilgandim, ammo Fasmiya bu mavzuda oyoq tirab turib olgancha talab qilayotgani uchun go’yo meni boshqarmoqchidek tuyilib hamma narsadan bosh tortayotganimni tushundim. Bu erka qiz hatto turmushda istaganini o’tkaza olaman deb fikrlaydi. Lekin, turmushda ikki tarafning ham fikri inobatga olishini tushuntira olmay esim ketadi bunday davom etishda!
Kabinetimga qamalib olib, endi muhim ishga e’tiborimni qaytara olmay qiynaldim. Abram Shahanov (qaynotam) bergan vazifani bitirib ma’lumotnomasi bilan email pochtasiga jo’natib qo’yib yengil nafas oldim. Pochta manziliga qarab g’alati kuldim. Qizingiz odamni jinni qilish bo’yicha zo’r mutaxassis ekanligini bilsangiz kerak!
Qolgan narsalarimni yig’ib javonga joylayotganimda eshik sharaqlab ochilib ichkariga Fasmiya kirdi.
– Uzoq vaqt arazlasang kerak deb o’ylagandim, – dedim men.
U shoshilmay yurib kelib, ortimdan quchib olgach chuqur xo’rsindi. Nafasi bo’ynimga urilib sal avvalgi kayfiyatdan chalg’idim. Har doim shunday bo’lib qoladi, birgina harakati, men boshqaruvni yo’qotaveraman! U esa istagancha unumli foydalanadi. Ba’zan bunga qarshi emasman, ba’zan bunday bo’lishini istamayman. Hozir shu ikki ba’zanlar o’rtasida arosatda edim.
– Afsusdaman… – dedi u, – Siz uchun og’ir mavzu ekanini bilaman, garchi menga to’liq aytib bermagan bo’lsangiz ham… ammo, biz bir birimizga juda kerakmiz!
– Ayniqsa hozirmi?, – uning ko’ksimda turgan qo’llariga qarab kesatgancha kuldim.

– Mutafo… – u yalinchoq ohangda ismimni tilga oldi.
– Nima qilayotganingni bilaman, Fasmiya.
– Unda nega tezroq shu ishni bajarmayapsiz!
– Nima niyatda shunday qilayotganingni ham tushunib turibman, – unga qayrilib ikki qo’lidan ushlab qoldim, – Bugun sening qoidang bo’yicha harakatlanmaymiz.
— Qachon harakatlangandikki?, — u koʻzini suzdi, — Axir siz yashirin lidersiz-ku!
Uni qo’yib yuborib, yotoqxonamizga o’tdim. U meni ortimdan borib kuzatib turardi. Unga ahamiyat bermagandek joyimizni tuzab ochdim, keyin bir joyda qotib turgan xotimni qo’lidan ushlab olib keldim.
– Yot, – buyurdim.
– Nima?, – menga ko’zlari katta-katta ochilib tikildi.
Hayolidan nimalar o’tdi bilmayman.
– Yot dedim.
U buyrug’im maqsadini tushuna olmay aytganimni qilib yotoqqa chiqib yotdi.
– Juda yaxshi, – dedim men ham uning yoniga joylashib, – shunday aqlli qiz bo’lsang, qara qanday yaxshi! Urush ham kam bo’ladi.
– Nima qilyapmiz o’zi?, – u shiftga tikilgancha uxladi.
Tunggi chiroqlarni o’chirib joyimga yaxshilab joylashib olib javob berdim: – Uxlayapmiz. Xayrli tun, betakror va qaysar xotinjonim. Ertaga mening qiladigan ishlarim ko’p…
– Mustafo!, – u kulishga tushdi, –– Biram ayyorsizki!
– Qo’y ayyorlik borasida men bilan bahslashma, yo’qsa isbotlab beraman, haqiqiy ayyor sen bo’lib chiqasan!
– Rostdan uxlamoqchimisiz? Ishonchingiz komilmi?, – uning qo’li kutilmaganda ko’rpa ichida, tanamda aylana boshladi, keyin o’zi qulog’imga yaqinlashdi, – Mayli uxlayvering! Shirin tushlar ko’ring!
– Fasmiya!, – u qatori pichirladim, – Nima qilyapsan?
– Shirin tushlar ko’rishingizga yordamlashmoqchiman…
– Lekin, sendan yordam so’ramadim, – dedim bu o’yin muhitini saqlab qolib.
– Yaxshi xotin vazifasini o’zi bilib bajaradi, – dedi Fasmiya harakatini davom ettirib.
– Albatta, ammo bunchalar qisqa vaqt oralig’ida emas.

Unga atigi ikki kun avval ham bo’lganini eslatmoqchi edim, yo’l qo’ymadi.
– Balki, o’zim ham istayotgandirman!
Bu oxirgi tomchi bo’ldi, uni ustimga olishga majbur bo’ldim. Ustidagi pijamasini yechishimda yordamlashib yuborib, kiyimini boshidan chiqardi. Uning meni mast qiluvchi lablarining o’gushidan chiqqach, ogohlantirdim.
– Fasmiya nima istayotganingni bilaman, ammo hozir uni senga bera olmayman! Shuning uchun yana saqlanamiz…
Ikki marta ehtiyotsizlik bilan qildik bu ishni, tan olishni istamasam ham eng yoqimlisi o’shanda bo’lgandi.
– Mayli, – u tez-tez nafas olib rozi bo’ldi.
Shunda bu uning rejasidan bir qismi ekanidan ko’ra, ko’proq xohishi ekanini tushundim. Menga shu kerak edi. Unga bu narsalarni keragidan ortiq bera olaman…

***

Tongda Fasmiya mendan avval, erta uyg’ongan ekan, hammomga kirib chiqqanimda ham u hali qo’shimcha hammomdan chiqmagandi. Kiyimlarimni kiyib, kun rejamni hayolan tuzib turganimda uning javoncha ustida qolgan telefoni yonib o’chdi. Unga oddiygina xabar kelgandi, ammo telefoniga yana shunday tarzda xabar keldi. Ertalabdan uni kim yo’qlab qolganiga qiziqib, telefonini qo’limga oldim. Telefon kodini bilardim, shuning uchun o’zini kutib o’tirishga xojat qolmadi. Hatto, agar ish yuzasida yoki o’qishidan kelgan bo’lsa meni ko’rganimni bilmay qoladi, indamayman deyotgandim. Biroq ekranda xabarlar aks etgach ustimdan sovuq suv quygandek bo’ldilar.
“Xayrli kun, Fasmiya. Yaxshimisiz? Hisob-kitobga ko’ra ovulatsiya vaqtingiz o’tib bo’ldi. Shu besh kun ichida hamma aytganimni qilgan bo’lsangiz, Xudo xohlasa sizdan ijobiy natijalar kutib qolaman”
– Kimdir qo’ngiroq qildimi? – ortimda sochini o’rab olgan sochig’iga quritayotgan Fasmiyaning ovozi eshitildi, qo’limda turgan telefonini ko’rgach qo’rqibgina menga yaqinlashdi, – Nima bo’ldi?
Unga telefonini qaytarib xabarni o’zi o’qib olishini kutib turdi, ko’z tez tez xabar bo’ylab yugurib chiqqach daxshat bilan menga qaradi-yu, qahrli nigohlarimga to’qnash keldi.