June 6, 2025

Merciless❤️‍🔥

#Merciless
Episode - 11

Shaffof tongning tinchligi hukm surayotgan katta xonadon darvozasi oldida to'xtalgan mashina qattiq signali bilan sukutni to'ldirdi. Avtomobil raqamini tanigan qo'riqchi shoshgan ko'yi darvozani ochish tugmasini bosgach, kirish uchun yo'l ochila boshladi. Yana bir bor jahl bilan pedalga bosim berilar ekan, motorlari shovqin solgan mashina ichkariga odimladi. Erkaklarning klassik uslubida kiyingan yigit o'sha darg'azablik bilan pastga tushar ekan xonadon binosi tomon shaxdam qadam tashladi.
- Janob Lee qayerda? - bino ichiga kiriboq xizmatchi qizni uchratgan Jihoon talabchan savol berdi.
- Oshxonada, - qiz gapini yakunlab ulgurmay yigit u aytgan tomon yo'l oldi.
Erkak qimmatbaho finjondagi qora qahvani qoshiq bilan asabiy aralashtirib o'tirar ekan, ichkariga otilib kirgan yigit e'tiborini tortdi.
- Balki menga Sohy qayerdaligini tushuntirib berarsiz, - jahldan og'ir nafas olgancha baland ohangda so'radi Jihoon, - U hali ham qaytib kelmadi. Siz uni menga va'da qilganingizni unutdingizmi?
- Nima demoqchisan, - asabi tarang erkakning qoshlari chimirildi, - Sohy mendan jahlda ekanini bilasan, - Lee barmog'iga ilingan finjondagi qahvani biroz puflagan ko'yi simirdi, - Ammo uning boshqa iloji yo'q. Biroz qiynalgach baribir qaytib keladi, - hanuz norozi ammo ishonchli ovozda dedi u.
- Shundaymi? - g'azabi bosilmagan Jihoon telefoni ekranini yoqdi, - Bugungi yangiliklarni ko'rmagansiz nazarimda, janob Lee.
Yigit allaqanday suratni Leening burni ostiga tiragudek bo'lib ko'rsatdi. Tanish qiyofalarni soniya ichidayoq faxmlagan Lee telefonni yigit qo'lidan yulib oldi. Surat go'yo erkakni masxalaralayotgan kabi. O'z qizi, bir vaqtlar o'ldirishni uddalagan dushmanining o'g'li bilan birgalikda tushgan yana bir surat. Surat Taehyung Sohyonning barmog'iga uzuk taqayotganini ifodalaydi. Ikkisining lablarida nim tabassum. Sharxda esa taniqli biznesmen Leening qizi oila qurilgani haqida gapirilgan.
- La'nati, - erkakning darg'azab o'kirigi uy bo'ylab yangradi.
Qahva finjoni marmar polga otilishi ketidan singan tovushlar eshitildi.
- Sohy meniki bo'lishi kerak edi, - o'zining domangir qiyofasini saqlab qolgan Jihoon dedi, - Yo uni qaytaring, yoki o'zim ishga kirishganimda qizingizga ham ozor yetkazishimga to'g'ri keladi.

*

Oshxona stoliga suyalgan Sohyonning stol chetini qisgan barmoqlari biroz bo'shashdi. Bo'yniga botayotgan sovuq tig'ga mutlaqo teskari ravishda iliq va yumshoq lablar qizni bo'sa bilan nafasdan ayirmoqda. Taehyungning boshqa bir qo'li qizning belidan tutgancha, bosh barmog'i ohistalik bilan silab qo'yar edi. Kislarodsiz qola boshlagan Sohyon yuzini burgancha bo'sani uzdi. Titroq va og'ir nafas olgancha o'pkasini bir maromga tushirishga urinar ekan, yigitning lablari iyagiga bosildi. Ohista pastlab borgan Taehyung ochiq og'iz bilan qizning bo'ynini o'pa boshladi. Pichoq Sohyonning terisini tark etdi. Endi yigit ikkala qo'li bilan ham qizni o'ziga chuqurroq tortdi, butkul yutib yubormoqchidek go'yo. Taehyung lablarini harakatlantirishda davom etar ekan, Sohyonning tanasidan jimirlatuvchi his o'rmalab o'tganida xo'rsinishni eslatuvchi muloyim biroq eshitilarli nafas chiqardi. Nihoyat yigit lablarini qizning tanasidan uzar ekan, hanuz uni oshxona stoli va o'z tanasi orasida qamagancha yuziga tikildi. Og'ir olinayotgan nafas Sohyonning terisiga urilmoqda.
- Menimcha bu nikoh borasida ba'zi qoidalar yaratib olishimiz kerak, - Sohyon noqulaylikdan past ovozda fikr bildirdi.
- Agar o'z rafiqamga teginmaslik haqida qoidalar bo'lsa, - gaplarida to'xtalgan Taehyung qizning qulog'iga qadar egildi, - Bu haqida unut.
Yigitning qo'llari Sohyonning belidan siqqan ko'yi oyog'ini yerdan uzdi, so'ng oshxona stoli ustiga o'tkazdi. Barmoqlar bu telbaning kutilmaganda paydo bo'lib qoluvchi qo'polligiga teskari bo'lgan tarzda muloyimlik bilan yuz atrofidagi soch tutamlarini quloq ortiga oldi. Taehyungning o'tkir nigohlari Sohyonning yuziga qaratilar ekan, bosh barmog'i tirnalgan iz bo'ylab ohista siladi.
- Joyingda qol, - past, ammo qat'iy ovozda buyruq berdi yigit.
So'ng Sohyon bilan oralarida masofa yaratgan ko'yi ortiga o'girilib bir necha qadam uzoqlashdi.
- Tongda dorixonaga bordim, - Taehyung oddiy tarzda ma'lum qilgancha qo'liga oshxona mebeli yuzasida turgan tibbiy haltachani oldi.
Keng qadamlar yana ikkisi orasidagi masofani qisqartirdi. Yigit Sohyon o'tirgan stolga dori haltasini qo'yar ekan, ular orasidan siqma malhamni qo'liga oldi. Yana bir bor qizning sochlarini qulog'i ortiga tartiblagach, uzun barmog'i ohistalik bilan yuzidagi tirnalish izi bo'ylab malhamni surtdi. Sohyon sukut saqlagancha yigitning po'lat tusdagi ko'zlarini kuzatdi. To'g'ri o'sgan kipriklar bu o'tkir nigohlarga husn qo'shmoqda. Yigitning o'ng ko'zi ostidagi kichik hol esa bu ko'zlarga bezak uchun gul sifatida xizmat qiladi go'yo.

Sohyon Taehyungning barmog'ini yuzi bo'ylab mayinlik bilan sirpalgancha malham surtayotganini his qilar ekan og'ir yutinib qo'ydi. Keyingi soniyalarda barmoqlar orasiga olingan tibbiy plaster qizning yuziga yopishtirildi. Nihoyat yigit ko'zlarini Sohyonning ko'zlariga qaratar ekan, nigohlar aloqasini tutib turolmagan qiz yuzini boshqa tomon burdi.
- Bu yerda og'riq qoldiruvchi dori ham bor, - past ammo tabiiy yog'on ovozi bilan ma'lum qildi Taehyung, - Ehtiyoj sezsang ichishing mumkin. Faqat avval nimadir yeb olgandan so'ng.
Taehyung ikkisi orasini uzoqlashtirar ekan, Sohyon qo'li bilan yuzidagi tibbiy plasterni ushladi. Nigohlari bilan yigitning stulni o'tirish uchun moslab biroz ortga surganini kuzatgan ko'yi, hanuz gapirish uchun biror so'z topa olmasdi. Yigit shu qadar tez o'zgaradiki, qaysi daqiqada qanday kayfiyatda bo'lishini anglash qiyin. Birgina noto'g'ri nafas va u ozor berish uchun ikkilanib o'tirmaydi. Kelasi lahzada esa mehribon va muloyim. Taehyung qizning belidan mahkam ushlagancha oshxona stoli ustidan ko'tarib olar ekan, hozirgina o'tirish uchun qulay masofaga surgan stuliga qizni joyladi.
- Menga bunday munosabatda bo'lishni bas qil, - Sohyon uning harakatidan biroz jahli chiqdi.
- Qanday, - stol ustiga qo'lini tiragan ko'yi qizning yuziga yaqin egilib atayin so'radi Taehyung, - Qizaloq, - qo'shib qo'ydi yigit.
- Senga qizaloq emasman deb oldin ham aytganman, - yaqin masofadan yigitning ko'ziga tik qaray olmay Sohyonning bo'yni qizidi.
- Shundaymi? - Taehyung qizning jig'iga teguvchi ohangini davom ettirdi, - Og'zingni och, - shunchaki buyruq berdi yigit.
Sohyon lablariga qaymoqli kremga botirilgan pankeyk bo'lagi tegayotganini his qildi.
- Buni o'zim uddalayman, - qiz e'tiroz bildirishga urindi.
Biroq javob o'rniga lablari orasiga singib kirgan pankeyk bo'lagini his etdi. Yigit barmog'iga tekkan kremni lablari orasiga olgan ko'yi so'rib olar ekan, Sohyonning yuzini kuzatishda davom etdi.
- Telba, - qiz achchiq qilgan kabi pichirladi.
Taehyung uning past aytilgan so'ziga jilmayib qo'ygancha yana lablarni birlashtirish uchun egildi. Biroq Sohyon o'zini biroz ortga olgan ko'yi yigitni ko'ksidan itardi.
- Jur'at etma, - qat'iy ohangda dedi yigit, - Meni to'xtata olmaysan.
Taehyung lablar orasidagi masofani yopar ekan, narkotik singari qoniga singib borayotgan ishtiyoq yana tanasini qamrab oldi. Bu safar ehtiyotkor harakat qilgan yigit bir necha soniya o'tib bo'sadan biroz uzoqlashdi.
- Bir necha kun ko'chaga chiqmay turishing kerak, - mavzuni jiddiylashtirdi Taehyung, - Kechagi yangilikdan so'ng shovqin biroz tinib olishini kutganing ma'qul.

**

Timeskip ➡️

Kunning ko'p qismi o'tib, vaqt kechki soatlarga yaqinlashgan. Billiard stollari bir necha qator qilib joylashtirilgan keng zal. Atrof xira yoritilgan bo'lib, billiard stollari ustida osilib tushgan chiroqlar asosiy yoritish manbai sifatida xizmat qilmoqda. Zalning kengroq burchagiga o'rnatilgan yumshoq o'tirish divanida o'tirgan Taehyungning nigohlari o'ychan, no'malum nuqtada qotgan. Uning barmoqlari orasiga ilashgan qadah deyarli bo'shab bormoqda. Yigit boshini suyanchiqqa tashlagancha ko'zlarini yumdi. O'rta miqdordagi ichilgan vino hayollarini xiralashtira boshlagan. Go'yo tongda olingan bo'sa ta'siri lablari ustida o'ynoqlayotgandek his etmoqda. Ilk uchrashuvdan buyon o'tgan vaqt davomida tushunarsiz tarzda Sohyonga nisbatan vujudida paydo bo'lgan qaynoqlik yigitning ko'ksini yoqayotgandek. Va kechagi tunda esa, u qizning hayotidagi ilk erkak bo'la oldi. Taehyungning ko'zlari hanuz yumilgan holda, lablari cheti tabassumdan hiyol ko'tarildi. Kutilmaganda tepasiga kelgan soya ovozi yigitni yoqimli va gunohkor tasvirlardan chalg'itdi.
- Hoy, Taehyung, - erkakning norozilik bildirib turgan tanish ovozi yangradi, - Sen bola nimalar qilyapsan?
- Tog'a? - ko'zlarini kichik holda ochgan yigit boshini ko'tardi, - Bu yerda nima qilyapsiz?
- Leening qiziga uylanganing rostmi? - jahl bilan savolga tutdi erkak.
- Tog'amga qo'shimcha qadah olib keling, - pinagini buzmay ishchilaridan biriga buyurdi Taehyung, so'ng qarshisidagi erkakga yuzlangancha taklif berdi, - O'tiring.
- Sen hazillashyapsanmi? Menga qara Kim Taehyung, - erkak jig'ibiyron bo'lishda davom etdi, - O'sha qizdan uzoq yurishingni aytgandim. O'yinlaring shu darajaga yetib keldimi?
- O'sha qiz, - Taehyung gapirishdan biroz to'xtab tog'asining ko'zlariga qarar ekan lab chetida jilmaydi, - Meni rafiqam.. Va bu shundayligicha qoladi.
- Aqldan ozibsan, - erkak chuqur asabiy nafas chiqardi, - Axir u..-
- U kim ekanini yaxshi bilaman, - Taehyung erkakning gapini kesdi, - U meniki, - qat'iy ohang bilan ta'kidladi yigit, - Lee uchun hozircha qasosim va rahm shavqatim shu bo'lsin. Lekin bu hammasi shunday qoladi degani emas..

*

Timeskip ➡️

Vaqt tunning yarimiga yaqinlashayotganini ko'rsatishiga qaramay uy chiroqlari hanuz o'chirilmagan. Eshik kirish kodini tergan ko'yi ichkariga kirgan yigit, oyoq kiyimini uy shippaklariga alishtira boshlar ekan katta zal va koridorni birlashtiruvchi eshik yonida paydo bo'lgan qizni ko'rib hayron bo'ldi.
- Uxlamadingmi? - biroz xira ovozda oddiygina so'radi Taehyung.
- Doim kech kelishing odatmi? - Sohyon savol bilan javob berdi.
Biroz jilmayib qo'ygan Taehyungning qadamlari qiz bilan orasidagi masofani qisqartirdi.
- Rafiqam uyga kech kelganim haqida arz qilmoqdami? - Sohyonning g'ashiga tegish uchun atayin so'radi yigit.
- Bunday ma'noda so'ramadim, - qiz darhol e'tiroz qildi, - Yana ichdingmi?
Javob berishga shoshilmagan Taehyung bir qo'li bilan Sohyonning bo'ynidan ushladi. Bosh barmog'i qizning iyagini ohista silar ekan, po'lat tus ko'zlari yuzining har bir qismini qayta yodlab chiqa boshladi. Qiz ortga qadam tashlashga jazm etdiyu, Taehyung uning bo'ynidagi barmoqlari bosimini oshirgancha o'ziga tortdi.
- Jin ursin seni, - ohista pichirladi yigit, - O'zim istamagan narsani his qilishga majbur qilayotganing uchun sendan nafratlanaman.
- Men seni hech narsaga majbur qilmayapman, - Sohyon yana bir bor bo'ynini yigitning qo'lidan xalos qilishga urindi.
- Yo'q, - e'tiroz ko'rsatdi Taehyung, so'ng barmog'i bilan qizning ko'zlariga ishora qildi, - Bu ko'zlar..Bu begunoh ko'zlar...menga ko'p narsa qilmoqda.
Sohyon biror so'z topa olmay Taehyungning o'tkir nigohlariga tikilib turishda davom etdi.
- Men ularni inkor eta olmayman, - yigitning ohangi biroz bo'shashdi.
Bosimi pasaygan barmoqlar Sohyonning bo'ynini tark etib yelkasi bo'ylab o'ralar ekan, Taehyung qizni ko'ksiga yaqin tortgancha bosdi.
- Men bu ko'zlarda bir umr qolmoqchiman, - past va chuqur ovozida dedi Taehyung, - Moya solnishko.

*

Timeskip ➡️

Oradan 3 kun o'tdi. Nikoh haqidagi yangilikdan beri ilk bor o'qishga kelgan Sohyon uchun kun biroz bosimli o'tmoqda. Savolli va tanqidiy nigohlar, noqulay hissiyot. Universitet darvozasidan chiqqan ko'yi katta yo'l tomon qadam tashlar ekan, telefoniga kelgan ketma ket xabarlar qizning e'tiborini tortdi. Sohyon telefoni ekranini ochib xabarlar Taehyungdan ekanini ko'rdi.
"Jadvaling bo'yicha hozir darsdan chiqqan bo'lsang kerak"
"Senga mashina yubordim"
Qiz xabarlarga javob yozish uchun barmoqlarini ekran ustida harakatlantirar ekan, kutilmaganda qarshisida paydo bo'lgan sharpa yurishdan to'xtashga majbur qildi. Yuragi notekislashgan ko'yi bo'g'ziga tiqila boshlagan Sohyon beixtiyor ortga bir qadam tashladi.
- Dada, - pichirlab aytdi qiz.
- Yetarlicha mushuk sichqon o'ynab bo'lgan bo'lsang uyga ketamiz, qizim, - erkak sovuq ohangda buyruq kabi dedi, - Mashinga chiq.
Qiz qarshilik ifodalagan kabi yana biroz ortga qadam tashladi. Erkak uning qaysarligini ko'rib yanada qoni qaynar ekan, bilagidan mahkam qisdi.

*

Timeskip ➡️

Tun..Tanish bo'lgan xona. Aytish mumkin bo'lsa, o'zining sobiq xonasida yotoqxonasi ustida o'tirgan qizning barmoqlari sochlari ustiga ko'milgan, yuzi esa tizzalari orasiga yashirilgan. Barchasi battarlashdi. Qulflangan eshik. Barchasi bekor ketdi xisob. Lee yana bir urinishda muammoni o'z foydasiga hal qilib, Sohyonning kichik jasurligini yer bilan bitta qildi, osongina. Hoynahoy, Taehyung ikkisi haqidagi yangilikni soxta xabar sifatida e'lon qildirgan bo'lsa ham ajab emas. U Marie bilan oila quradi. Sohyon esa axmoq singari yana ular yonida yashashga majbur bo'ladi.
Qiz asabiy nafas chiqargancha o'zini yostiqqa tashladi. Telefoni olib qo'yilgan. Miyasining qaysidir burchagi Taehyung kelib uni olib ketishi haqida umid qilayotgani tufayli o'zini koyimoqda. Bu ilojsiz. Lee uy ichidagi qo'riqlashni yanada kuchaytirgan bo'lishi kerak.. Jasorat tugadi..


Avtomobil g'ildiraklari mashina yo'lida shiddat bilan aylanar ekan, rulni bir qo'li bilan qattiq qisgan yigitning boshqa qo'li tinimsiz qo'ng'iroq amalga oshirish bilan ovora.
- Mendan keta olmaysan degandim, quyoshim, - g'azab bilan tishlari orasidan shivirladi Taehyung, - Mendan qocha olmaysan, mendan qutula olmaysan, - yigit telba kabi takrorladi.
Yana bir bor qo'ng'iroq yuborgancha telefonni qulog'iga tutar ekan, pedaldagi oyog'i bosimi yanada ortdi.
- Seni mendan tortib olishga uringan har qanday qo'llarni bo'laklab tashlayman, - asabiy kulgancha pichirladi Taehyung.
Soniyalar odimlab, mashina katta uy qarshisida to'xtadi. Naqshinkor panjaradan iborat darvoza. Mashina tezlik funksiyasini yuqori tugmaga to'g'irlagan Taehyung ikkilanib o'tirmay pedalga qattiq bosim berdi. Baland qarsillash tovushi butun tevarakni qamrab oldi. Taehyung oyog'ini pedaldan olmay bino qarshisigacha avtomobilni olib bordi. Motorlarni o'chirmay mashinadan tushar ekan, bino eshigi tomon katta qadam tashladi. Oyoqqa turgan qo'riqchilar shoshgan ko'yi yigitga yaqinlashar ekan, to'pponchalar uchi u tomon ko'tarila boshladi.
- Hoy, telba, - erkaklardan biri baland ovozda dedi, - Aqldan ozdingmi? Darvozani nima qilding?
Taehyung ularga e'tibor qilmay qarshisidagi darvozani qattiq taqillatdi. Darvoza sinish shovqinidan allaqachon tashqarida nimalar bo'lganini tushunish uchun chiqayotgan Lee eshikni ochar ekan, yigitning yirtqich ko'zlari bilan to'qnashdi.
- Xotinim qani? - Taehyung to'g'ri maqsadga o'tgancha bosiq ammo g'azab sezilib turgan ovozda so'radi.
- Xotining? - kalaka qilgandek so'zni qaytardi Lee, - Qizim sen bilan 2-3 kun o'yin o'ynaganiga darrov xotinim deb o'ylay boshladingmi?
- U qonunan mening rafiqam, - o'sha g'azabkorlik bilan dedi Taehyung, - U meniki.
Lee o'sha mazaxlovchi ohangda kulgancha ortga o'girilib ichkariga qadam tashlay boshladi.
- Bolakay, - erkak yana tilga kirdi, - Sohyon shunchaki mendan arazlagani uchun sen bilan o'zini ovutdi xolos. U sen bilan ketmaydi.
Kutilmagan onda Taehyung shu qadar tez harakat qildiki erkak zaldagi kichik oynali stolga qanday tiralib qolganini sezmay qoldi. Hammasidan ham daxshatlisi erkakning ko'zi oldida tiralib turgan sovuq tig'. Lee darhol qo'riqchilariga kafti bilan uzoq turishini ishora qildi.
- Ko'zlaringni o'yib olishimni istamasang Sohyni chaqir, - g'azab bilan shivirladi Taehyung, - Soniya ham ikkilanib o'tirmayman qariya. Va buni azobli qilib bajaraman. Men bu yerdan rafiqamsiz ketmayman.
Kichik pichoq erkakning ko'zi ostiga qattiqroq botirildi. Qon chizig'i ko'rina boshlaganiga e'tibor qilmagan yigit tirsagini erkakning bo'g'ziga tiragancha tanasini shisha stol ustiga bosishda davom etdi. Leedan ingroqli ovoz eshitildi.
- Keyin esa, - yigit tahdidda davom etdi, - Har bir a'zoyingni alohida parchalarga ajratib chiqaman. Qoning menga faqat rohat berishi sir emas shundaymi? - endi Taehyung jilmaydi, bu yanada vahimaliroq.

- Xonasida, - bazo'r tovush chiqardi Lee.
- Uni chaqir, - buyruq berdi yigit, - Xo'jayiningni ko'zini o'yib olmasimdan oldin xotinimni chaqir, - Taehyung qo'riqchilardan biriga qarab vishilladi.
- Bajar, - nafasi bo'g'ilishdan qiyinlashib qolgan erkak xirilladi.
Erkaklardan biri yuqori qavatga yo'nalar ekan, Taehyung Leening bo'g'ziga tirsagini qattiqroq tiradi.
- Biz hali yana hisoblashamiz, - yaqin egilib dedi yigit.
Pichoq erkakning ko'zi ostidan biroz bo'shatildi.
- Tae, - Sohyonning yangragan ovozi yigitning tomiridagi qonni ham titratib yubordi go'yo.
Bir necha soat oldin hayoldan kechgan yo'qotish ehtimollari tufayli esini yo'qotish hissi o'rni biroz to'lishgandek bo'ldi.
- Tae, uni qo'yib yubor, - Sohyon yigitga yaqin kelgancha uni otasidan ajratishga urindi.
Nihoyat erkakni xalos qilgan Taehyung qizning bilagidan mahkam qisdi.
- Uyga ketamiz, - qat'iy va sovuq ohangda gapirgan yigit Sohyonni eshik tomon boshladi..