Merciless❤️🔥
#Merciless | Final
Episode - 18
Shaxarda kechayotgan odatiy tonglarning yana biri. O'z uyida joylashgan yotoqxonasida choyshablar orasiga ko'milgan qizni sekinlik bilan uyqu tark eta boshladi. Tabiy gullarning o'tkir ifori dimog'iga urilmoqda. Ko'zlarini kichik holda ochgan Sohyon yotog'i yonidagi tungi javoncha ustiga joylangan qizil atirgullarga nigohi tushdi. Chiroyli o'ramga ega bo'lgan guldasta orasida qo'lda yozilgan kichik qog'ozcha joy olgan. « Kechir, quyoshim » so'zlar bo'ylab nigohini yuritdi Sohyon. Uyatsiz so'z bilan Taehyungni haqoratlagancha o'rnidan turar ekan, guldasta ichidagi qog'ozchani kaftlari orasiga olgancha g'ijimladi. Barmoqlari asabiylik bilan uyqudan to'zg'igan sochlari orasida qisildi. Tolalarni ortga sidirgancha o'rnidan turgan chog'i, yotog'ining oyoq tomoniga tashlangan qora kostyumga ko'zi tushgan qizning lablaridan yana bir bor haqoratli so'z chiqib ketdi. Taehyungning kostyumi. Sohyon javoncha ustidagi guldastani olar ekan, keskin qadamlar bilan yotoqxonasidan tashqariga chiqdi. Oshxonada kimdir harakatlanayotgani tovushi eshitilmoqda. Qadamlarini o'sha tomon yo'naltirgan Sohyon ostona xatlab o'tgancha qahva tayyorlagich yonidagi Taehyungga ovoz ko'tardi.
- Senga 1 haftadan beri uyimga kelishni va manabu axmoqona harakatlaringni bas qilishingni aytyapman, - qo'lidagi guldastani siltagancha dedi Sohyon.
- Men ham to'xtatmasligimni aytganman, - Taehyung finjondagi qahvadan simirgancha xotirjam javob berdi.
- Iloji yo'q, - qahvani oshxona mebeli ustiga joylangan Taehyung inkor etdi, - Mendan qutula olmaysan, - yigitning bosiq qadamlari Sohyon tomon yaqinlasha boshladi.
Qiz uning yaqin kelishi qo'rquvi va jahl ustida qo'lidagi guldastani Taehyungning ko'ksiga kuch bilan otdi. Gul yaproqlar ikkisi o'rtasida sochilgancha oshxona poliga qo'ndi.
- Seningcha bu harakatlaring hammasini yaxshilaydimi, - ortga yurishga urinib dedi qiz, - Seningcha bunday muloyim e'tibor berishing menga qilganlaringni unutishimga sabab bo'ladimi?
- Hammasi avvalgidek bo'lgunicha seni tinch qo'ymayman, - pinagi buzilmay qizni o'zi va oshxona stoli orasida qamal qilgancha yaqin keldi yigit.
- Sen meni bir necha martta zo'rlading, - Sohyon eslatgan bo'ldi, - Qilganlaringdan so'ng bizda hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ylaysanmi?
Qiz Taehyungning ko'ksidan itargan ko'yi undan uzoqlashmoqchi bo'ldi. Biroq uning bilagidan tutib qolgan yigit kuch bilan o'ziga tortgancha qizning ortki qismini o'z ko'ksiga yopishtirdi. Sohyonning qornidan o'ralgan baquvvat qo'llar yigitdan uzoqlashish imkonidan butkul ayirdi.
- Qo'yib yubor, - qutulishga uringancha tipirchiladi qiz.
- Zo'rlashmi? - Taehyung so'zni takrorladi, - Qanday qilib o'z rafiqam bilan juda yaxshi va qoniqarli aloqa qilganim zo'rlash hisoblanishi mumkin? - ortki tomondan qizning qulog'iga yaqin egilgan ko'yi past ovozda so'radi.
- Men..unday emas, - so'zlarida biroz titradi qiz, - Sening rafiqang emasman.
- Ammo hali ham menikisan, - qizning qulog'ini yengil tishlab qo'ygancha dedi Taehyung.
- Qo'yib yubor, - bu safar pastroq ovozda talab qildi qiz.
- Hech qachon, - Sohyonning bo'yniga o'pich joylagan Taehyung shivirlash bilan rad qildi, - Menikisan dedim, - kelasi so'zlar qat'iy yangradi.
- Sendan nafratlanaman, - Sohyon so'zlari bilan ozor berishga urinishda davom etdi.
- Bilaman, - qo'llarini yanada qattiqroq o'radi Taehyung, - Ammo har bir teginishimga muhtoj bo'lmaguningcha to'xtamayman. Xuddi avvalgidek.
- Yolg'on, - yana bir bor siltanish bilan yigitdan qutulishga befoyda urindi qiz.
- Hm, shundaymi? - Taehyung xotirjamlik bilan past ovozda gapirishda davom etdi, - Senga bag'rimda bo'lish yoqardi.
- Aldayapsan, - e'tirozlarini qo'ymadi qiz, - Senga ishonmayman.
Taehyung Sohyonni o'zi tomon o'girib ko'zlariga qaradi. Barmog'i qizning yuzi bo'ylab ohista yuritilar ekan, boshqa qo'li uni o'z bag'riga qattiqroq tortardi.
- Seni sevaman, - qiznining lablariga yaqin egilib shivirladi Taehyung, - Hayotim bilan qasam ichaman. Seni sevaman quyoshim.
- Kech qolganim uchun ma'zur tutasiz janob Han, - bemorlar uchun charm stolga o'tirgan qiz hijolatli dedi, - Ishda biroz ushlanib qoldim.
- Hechqisi yo'q xonim, - keksa yoshli erkak stol yoniga kelgancha navbatdagi muolajaga tayyorgarlik boshladi, - Ortiqcha o'ylashni to'xtating.
Sohyon qulay joylashishga uringancha ustki kiyimini yechib bemorlar stoliga to'liq yotdi va oyoqlarini uzatdi.
- O'tgan safargi muolajadan so'ng nimanidir eslamadingizmi? - ruhshunos qizning yuqorisidagi chiroqni maromiga keltirgancha savol berdi.
- Yo'q, - past ovozda inkor etdi Sohyon, - Faqat xira tasvirlar va bo'shliq.
- Urinishda davom etmoqchimisiz, - sarg'ish tuslanuvchi chiroqni yoqdi erkak, - Gipnoterapiya jarayoni to'laqonli xotirani tiklay olmaydi. Ammo e'tiborni aynan siz eslashni istayotgan narsaga qaratsangiz, bir qancha yordam berishi mumkin.
- Aynan nimada hayolimni jamlashni bilmayapman, - tushkunlik bilan ma'lum qildi Sohyon.
- Eng boshidan boshlash ham yaxshi fikr, - qizning boshi tepasiga keldi erkak, - Ilk qadam.
- U bilan birinchi martta uchrashgan kunimiz? - qiz savol ohangi bilan dedi.
Sohyonning nigohlari yuqorisidan tushayotgan yorug'likka qaratildi. Barcha fikrlaridan xalos bo'lishga uringan kabi og'ir nafas chiqardi. Quloq ostida o'zgarmas tovush chastotasi yangramoqda. Yog'on barmoqlarning qarsillashi va ko'rinish qorong'ulashdi. Qizning ko'zlari yumildi.
- Hech narsani eslay olmadim, - qiz bemorlar stolida o'tirib olgancha dedi, - Xotirani tiklashni boshqa yo'li bo'lishi mumkinmi?
- Bu juda murakkab jarayon Lee xonim, - ruhshunos qo'lidagi tahlilni qo'lyozma bilan to'ldirishda davom etdi, - Xotira bilan ishlashda biroz sabrli bo'lishingiz kerak. Xatto gipnos ham yolg'on tasvirlarni uyg'otish ehtimoli bor.
- Yolg'on tasvirlar, - savolli ohang bilan takrorladi Sohyon, - Menimcha men shundaylardan birini ko'rgandek edim.
- Xotiramidi?
- Aniq bilmadim, - ikkilandi qiz, - Qo'llarim bog'liq edi. Qo'rquvni his qildim..Va uning ko'zlarini ko'rganimni ham eslayman, - Sohyon ishonchsizlik bilan ma'lum qildi, - Men qo'rqayotgan edim. Ammo boshqa hech narsa. Bu xotira yoki aldamchi tasavvur.
Timeskip | Oradan 2 kun o'tdi.
O'xshash to'lqinda bir maromda yangrayotgan musiqa bar ichini qaynoq atmosferaga to'ldirgan. Bar peshtaxtasi qarshisida o'tirgan qiz bir qo'liga boshini suyab olgan ko'yi ko'rsatkich barmog'ini oldidagi stakan labi bo'ylab o'ychan yurgizmoqda.
- Qachondan beri alkogol ichishni boshlading, - qizning yoniga yaqin kelib joylashgan Jihoon xotirjamlik bilan savol berdi.
- Ko'proq o'zimni yo'qotishni istayapman, - Sohyon yigitga yuzlanmay javob berdi, - Ruhshunosim aytishicha aqliy faoliyating zaiflashishi o'tmishdagi xotiralarni eslashga yordam berishi mumkin ekan.
Jihoon qizning yuzini kuzatgancha bir zum jim qoldi. Qiyofasidagi odatiy kayfiyat soniyalar ichida susayib ketgandek.
- Bu gapga ishonchim komil emas, - yana yuziga kulgu oralatishga uringancha dedi yigit, - Ammo bunday ichishda davom etsang boshingga biror muammo orttirib olishing aniq.
- Sen bu haqida sir saqlading, - Sohyon so'zni keskin nuqtaga olib o'tdi, - Taehyung va u bilan oila qurganim haqida.
- Men o'ylagan edimki..-
- Nega unday qilding, - yigit o'zini oqlashiga qo'ymay savolini davom ettirdi qiz, - Menga shuncha vaqt davomida yolg'on gapirding.
- Sohy, - bir qo'lini qizning yelkasiga qo'ydi Jihoon, - Men u bilan bo'lgan yomon voqealar haqida senga aytib berishni istamadim.
- Lekin, - qiz mastlik sabab so'z topishga qiynalib to'xtaldi, - Lekin meni aldash to'g'ri fikr emasdi. Men o'zimni axmoqdek his qildim. Sen tufayli..
- Seni sevaman Sohy, - Jihoon qizning so'zlarini bosgan bo'ldi, - Shu sabab u haqida gapirishni istamadim, - ko'zlarida achinarli aks paydo qilishga uringancha davom etdi yigit, - Seni sevaman. Shu sabab ham u oramizda bo'lishini istamadim. Agar bu sabab meni aybdor deb bilsang, mayli. Shunchaki seni juda rashk qilaman.
Sohyon ko'zlarini yumgancha charchoqli nafas chiqardi. Bir qo'li bilan yelkasidan tutgan Jihoonning qo'lini olib tashlar ekan, o'rnidan turdi.
- Qayoqqa, - keskinlik bilan qizning bilagidan tutdi Jihoon, - Menga ort o'girib ketishingdan charchadim.
- Jihoon, hozir hech kimni ko'rishni istamayman, - Sohyon qo'lini tortib olishga uringanida bilagidagi kaft bosimi ortdi, - Hammangizdan nafratlanaman.
- Men bilan gaplash, - qaysarlik bilan turib oldi yigit, - Buni hal qilamiz. Kelishib olamiz.
- Uni qo'yib yubor, - yog'on ovoz eshitilar ekan baquvvat kaft Jihoonning bilagini siqdi, - Rafiqamga tekizishga uringan qo'lingni parchalab tashlayman.
- Taehyung, - mastlikdan biroz dovdirayotgan Sohyon nigohlarini ko'tarib yigitga tikildi, - Bu yerda nima qilyapsan?
- Seni olib ketishga keldim, - Taehyung o'tkir nigohlarini qizning ko'zlariga tikar ekan oddiy qilib javob berdi, - Yujin seni bu yerda ko'rganini aytdi.
Sohyon javob bermadi. Yoshlana boshlagan ko'zlarini qat'iylik bilan yigitning po'lattus nigohlariga tikib turishda davom etdi. To'g'ri o'sgan kipriklar va o'ng ko'z ostidagi kichik hol go'yo yunon afsonalaridagi ma'budlarni eslatadi.
- Rafiqang? - gapga aralashdi Jihoon qo'lini Taehyungning changalidan tortib olgancha, - Sen Sohyga majburlab uylangansan.
- Unga ishonma, - bosiq va past ovozda dedi Taehyung hanuz qizning ko'zlariga tikilgancha, - Men seni nikohimizga majburlamaganman.
- U senga zo'rlik bilan uylangan, - so'zlashda davom etdi Jihoon, - Otangni hayotiga tahdid qilish orqali majburlab birga bo'lgan sen bilan.
- Sen o'zing men bilan oila qurishni istagansan, - o'sha bosiqlik va nigohlarida biroz xavotir bilan inkor etdi yigit, - Iltimos menga ishon.
Sohyonning hayoli bir zum o'sha ruhshunos stolida sodir bo'lgan tasvirlarni tikladi. Qo'llari bog'langan tasvirlar. Ko'ksida his etgan qo'rquvning kichik xotirasi. Bilagini yigitning qo'lidan tortib olgan qiz keskin qadamlar bilan barni tark etishni boshladi.
- Ortimdan kelishni bas qil, - ko'prik ustida yurishdan to'xtagan Sohyon ortidagi yigit tomon o'girildi.
Baland ustunlardan tushayotgan chiroqlar qorong'ulikka cho'mgan shaxarni yoritmoqda. Ko'prik ustidan o'tuvchi avtomobil yo'lida qatnab o'tayotgan mashinalar sovuq tunga yanada hissa qo'shmoqda.
- Meni kechirmaguningcha emas, - inkor etdi Taehyung, - Agar tiz cho'kishimni istayotgan bo'lsang ham menga farqi yo'q. Chunki men buni mamnunlik bilan qilaman.
- Sen.., - qiz so'z topishga qiynalgancha tutilib qoldi, - Sen telbasan.
- Ehtimol, - Taehyung qizga yaqinroq yurib keldi, - Men sening telbangman.
- Yaqinlashma, - titroq ovozda talab qildi Sohyon, - Nega bundaysan a?
- Men bilan birga bo'l, - to'g'ridan to'g'ri so'radi yigit, - Qasam ichaman ortiq senga ozor bermayman.
- Menga majburan erishganing rostmi? - qiz boshqa joydan savolga tutdi, - Jin ursin. Men hech narsani eslay olmayman. Men adashgandek his etyapman.
Taehyung Sohyonning bilagidan ushlagancha o'zi tomon biroz tortdi. So'ng ko'ylagi yengini biroz tepaga ko'targancha qizning oy shaklidagi kichik taturovkani namoyish qildi. Yigitning barmoqlari o'z yengini ham yuqori ko'tarar ekan Sohyonning bilagidagi oyga monand ravishda chizilgan quyosh taturovkasini ochdi.
- Buni Sankt-Peterburgga borganimizda chizdirganmiz, - ma'lum qildi Taehyung, - Men hech qachon senga zo'rlik bilan erishmaganman.
- Men hech qachon u yerda bo'lmaganman, - inkor etdi Sohyon.
- U yerda asal oyimiz juda ajoyib o'tgan, - qizning e'tiroziga e'tibor bermay davom etdi Taehyung.
Yana o'sha xona. Qiz ko'zlari yuqorisidan tushuvchi sarg'ish yorug'likni kuzatmoqda. Bir xil maromda yangrayotgan tushunarsiz tovush. Quloqqa faqatgina ruhshunos erkakning so'zlari eshitilmoqda. Sohyon go'yo haqiqiy dunyodan uzilib qolgandek. Bo'shliqda qotgan qorachiqlar notinchlik aks ettirmoqda.
Yuvinish xonasidan chiqqan yigit tim qora sochlarini sochiq bilan ishqagancha quritar ekan, oshxonaga yo'l oldi. Uyning asosiy chiroqlari o'chiq bo'lgani bois atrofni xiragina ko'rish mumkin xolos. Muzlatkich eshigini ochar ekan, ichkiliklar shishalari orasidan birini qo'liga oldi. Barmoqqa ilingan temir uskuna vino shishasining tiqinini ochgan tovush yangragach, kelasi soniyalarda stol ustiga stakan joylandi. Bir zumda ichimlikka to'ldirilgan stakan yigitning lablari tomon yo'l oldi. Ayni damda yangragan eshik qo'ng'irog'i Taehyungning e'tiborini tortdi. Yalang bo'lgan yuqori qismiga nimadir kiyishni hayoliga keltirmagan yigit stakanni oshxona stoli ustiga qo'ygan ko'yi eshikni ochish uchun yura boshladi. Kelasi yangragan qo'ng'iroq va ketidan qo'l bilan taqillatildi. Taehyung eshikni ochar ekan qarshisidagi qizni ko'rib yuziga hayronlik ifodasi yugurdi.
- Sohy, - past ovoz bilan dedi yigit.
Qizning xo'l sochlari yelkalari bo'ylab yoyilgan. Nigohlari esa kuchli ruhiy zarbaga uchragan kabi akslanmoqda.
- Men seni mashinada urib yubordim, - daxshatga to'lgan ovoz bilan pichirladi qiz, - Seni mashinada urib yubordim, - Sohyonning kelasi so'zlari balandroq yangradi, - Shundaymi?
- Sen, - Taehyung so'zlarida biroz to'xtaldi, - Barchasini esladingmi?
- Yo'q, - yig'lamsiragancha bosh chayqadi qiz, - Men seni mashinada urib ketdim, - Sohyon yana bir bor takrorladi, - Boshqa hech nimani eslay olmayman. Bu tasvirlar ko'z oldimda juda aniq. Bu aldamchi tasavvur emasdi. Men..
Taehyung qizning ikki yelkasidan qisgancha yalang ko'ksiga tortdi.
- Jim, - chuqur ovozda shivirladi yigit, - Ha, sen meni mashinada urib yubording. Va men 7 oy davomida umrimni nogironlar aravachasida o'tkazdim.
Sohyonning nafasi titradi. Ko'zlari yosh va xavotirga to'lgancha yigitning bag'rida jim turar ekan, Taehyung uning atrofidan qo'llarini yanada qattiqroq o'radi.
- Mendan nafratlanasan, - kuchsiz ovoz bilan gapirdi qiz, - Senga qilgan ishim uchun.
- Sendan nafratlanishni istamayman, - Taehyung inkor etdi, - Chunki menda sendan boshqa hech narsa yo'q, quyoshim.
Quyosh yangiliklar kompaniyasining baland binosi ortida ko'rinmay bormoqda. O'z ish stolida ish bilan band bo'lgan yigit bilagidagi soatni tekshirar ekan charchoqli nafas chiqarib qo'ydi. Ayni damda telefonidan yangragan xabar kelganini bildiruvchi signal yigitning e'tiborini o'ziga qaratdi. Notanish raqamdan foto xabar. Kelgan suratni ochib ko'rgan Taehyung soniya ichida baland ovozda haqoratlagancha o'rnidan turib ketdi. Qo'llari bog'langan holdagi Sohyonning allaqanday elektr generatori yonidagi rasmi. Taehyung asabiy nigohlarini yuqoriga qaratdi. Bu aynan shu binoning tomi edi. Liftga yugurgan yigit betoqatlik bilan tugmani qayta qayta bosa boshladi. Ko'ksidagi yurak notinch tipirchilamoqda. Taehyung eshiklari ochilgan liftga qadam qo'yar ekan, eng yuqori qavat tugmasiga barmoq bosdi.
Binoni tok bilan taminlovchi ulkan generator simlar bilan chulg'angan. Uni xavfsiz o'rab turish maqsadida qurilgan simto'rli to'siqqa bog'langan qiz tinimsiz tipirchilardi.
- Ikkinchi bor xato qilmasliging kerak edi, - qo'lidagi tok ulangan ombirni o'ynatgancha xotirjam dedi Jihoon, - Hammasi mukammal ketayotgandi. Nega yana hammasini buzishing kerak.
Yigit ombirni qizning bo'yniga yaqinroq olib keldi. Sohyon qo'rquv ichida kuchliroq tipirchilagancha ortga tisarilishga befoyda urinardi.
- Iltimos, bas qil, - yig'lagancha o'tindi qiz, - Jihoon iltimos..
- Yana hammasini barbod qilding, - qizni eshitmagan kabi davom etdi yigit.
- Jihoon..
- Bir martta imkon beraman, - Jihoon tok ulangan ombirni Sohyonning bo'ynidan biroz uzoqlashtirdi, - Men bilan birga bo'l. Shunda hammasi yana avvalgidek joyida bo'ladi.
Sohyon yoshlangan bo'lishiga qaramay jahl to'la nigohlarini yigitga tikar ekan, biror so'z aytmadi. Buzuq nafaslari o'pkasiga yetarli kislorod yetib borishiga halal bermoqda go'yo.
- Nega jim qolding, - Jihoon yana ogohlantirgandek bo'lib elektrni qizga yaqin olib bordi.
- Sen hayotimda uchratgan eng iflos nusxasan, - alam bilan dedi qiz.
Jihoon shunchaki kuldi. Xuddi aqldan ozgan telba kabi. Ayni damga yigitning yelkasiga qattiq berilgan tepki zarbi uni bir qancha masofa oralig'iga yiqitdi. Jihoon o'zini anglab ulgurmay yuziga kelib tushgan musht esankiratib qo'ydi.
- Rafiqamdan uzoq yur degandim, - g'azab bilan tishlari orasida gapirgan Taehyung Jihoonning ustiga tizzalari bilan o'tirib olgancha bor jahli bilan yigitni do'pposlay boshladi, - Seni tirik qo'ymayman.
Tishlari allaqachon qon tusiga kirib ulgurgan yigit Taehyungning yuzini kuzatgancha telbanamo kuldi. Go'yo bu xodisa unga yoqayotgandek.
- Taehyung, - qo'llarini bo'shatishga tipirchilagan qiz ingradi.
Taehyung nihoyat Jihoonni tinch qo'yar ekan Sohyonning yoniga shoshgancha cho'kkaladi. Qizning yuzini ikki kafti orasiga olgancha xavotir bilan tekshirgach, qo'llarini bog'lamdan bo'shatishga tushdi.
- Senga hech narsa qilmadimi? - jahl tufayli hanuz hansiragancha savolga tutdi Taehyung.
- Yaxshiman, - Sohyon ojiz va titroq ovozda dedi.
Kelasi voqea kutilmaganda sodir bo'ldi. Jihoonning qo'lidagi elektr simi ulangan ombir Taehyungning yelkasiga botirildi. Tanasidan o'tgan tok butun vujudini portlatib yuborgandek bo'lgan Taehyung og'ir ingrash tovushi chiqardi. Ko'zlari yoshlanib ketdi. Yigitning ikki qo'li Sohyonning yoniga titroqli tiraldi.
- Taehyung, - daxshat ichida pichirladi Sohyon, - Tae..
- Balki toklanishni biroz oshirarmiz, - qonli tishlari bilan jilmaygancha dedi Jihoon.
Yigitning barmoqlari mexanik buramali ko'rsatkichni biroz yuqoriga buradi. Taehyung yana bir bor og'riqli ovoz chiqarar ekan Sohyondan o'zini uzoqlashtirishga urindi. Yigitning lablari orasidan qon sizib chiqqanini ko'rgan Sohyon daxshatdan butkul qotib qoldi.
- Kelasi daraja seni o'ldirishi aniq, - Jihoon barmoqlarini ko'rsatkich ustida yurgizdi, - Oyingga salom ayt, Kim Taehyung.
Ayni damda yangragan o'q ovozi barchaning qulog'ini kar qildi hisob. Ammo soniya o'tmay Jihoonning og'riqli faryodi bino tomini to'ldirdi. Yelkasiga tekkan o'q sabab jarohatni changallagancha tipirchilagan yigit Taehyungdan bir qancha masofa uzoqlashdi. Butkul madorsiz holatda Sohyonning quchog'iga yiqilgan yigit ko'zlari bilan o'q uzgan odamni qidirdi.
- Qizimga yana ziyon yetkazishingga jim qarab turmayman, - erkakning qat'iy ovozi yangradi.
Janob Leening nigohlari Sohyon va uning tizzasidagi Taehyungga qaratildi.
- Yeorimning o'g'liga ham, - qo'shib qo'ydi erkak, - U men sevgan ayolning o'g'li.
- Jin ursin, - norozi pichirladi Taehyung.
- Esingizni yedingizmi? - Jihoon jahl bilan baqirdi, - Shuncha yillik hamkorligimiz..-
- Hammasi tugatildi, - erkak qat'iyat bilan ma'lum qildi, - Oilamga ziyon yetkazishga va tahdid qilishga urinmasingdan oldin edi bu.
- Dada, - Sohyon titroq ovoz bilan dedi, - Uni shifoxonaga olib borishimiz kerak.
- Yo'q, men yutqazmayman, - Jihoon bir qo'li bilan kamariga qistirilgan to'pponchani olib janob Lee tomon o'qtadi, - Yaxshi, hamkorlik tugasa, butunlay tugasin.
Bino tomida ikkinchi bor o'q ovozi yangrar ekan, Sohyonning qichqirig'i jo'r bo'ldi.
- Juda jahlimni chiqargan edi, - holsiz qo'lidan to'pponcha tushib ketgan Taehyung yana boshini Sohyonning tizzasiga joylagancha pichirladi.
Soniya o'tmay Jihoonning jonsiz tanasi yerga quladi.
Timeskip | Oradan 6 oy o'tdi..
Keng billiard zali deyarli bo'm bo'sh. Faqatgina bir qizdan tashqari. Sohyon nozik barmoqlari uzun tayoqni og'ir sharchaga moslar ekan, kelasi harakatda zarba berdi. Noto'g'ri yo'nalishda yoyilgan sharchalarni kuzatgan qiz norozi ohang chiqarib qo'ydi.
- Senga o'rgataman, - qizning ortidan kelgan yigit uning ikki qo'lini kaftlari orasiga olgancha tayoq atrofida birgalikda sozladi.
Sohyonning ortki qismi yigitning ko'ksiga butunlay yopishib qolar ekan, noqulay nafas chiqardi. Taehyung esa buni sezgan kabi belini atayin oldinga harakatlantirdi.
- Tae, - e'tiroz bilan ovoz chiqardi Sohyon.
- Nima? - Taehyung aybsiz qiyofa bilan dedi, - U senga halaqit beryaptimi? Fikringni jamlay olmayapsanmi?
- Mendan nari tur, - yigitni itarishga urindi qiz.
Taehyung tayoqni qizning qo'lidan olib nari qo'yar ekan, uning qornidan qo'llarini mahkam o'ragan ko'yi o'ziga yanada yopishtirdi.
- Men senga hali imkon beraman demadim, - eslatgan bo'ldi Sohyon, - Seni hali ham eslay olmayman.
- Ammo meni qaytadan sevib qolgansan, - ishonch bilan dedi Taehyung.
- Hechamda, - Sohyon e'tiroz bildirishga urindi.
Taehyung e'tibor bermagan kabi lablarini qizning bo'yni orqasiga bosdi. Lablar ohista harakatlarini davom ettirgancha ta'sirchan teri uzra keza boshladi. Sohyonning nafasi hayajonli titradi.
- Sen bilan shu yerda yangi xotira yaratishni istayman, - ehtiros bilan shivirladi Taehyung.
So'ng qizni bir urinishda ko'targancha billiard stoli ustiga o'tkazar ekan, o'zi oyoqlari orasiga joylashdi. Biroz egilish bilan ikkisining lablarini birlashtirgan Taehyung qizning lablari ustida o'z lablarini harakatlantira boshladi. Sohyonning barmoqlar yigitning sariq sochlari orasida o'ynoqladi..
- Seni sevaman, solnishko...