Darkness to light
Assalomu alaykum ismim Milene Uayt hamma meni Milen deydi yoshim 17da men 11 sinfda oʻqiyman. Tabiatdan jiddiy qizman ammo bu gap onam va singlim haqida ketsa jiddiyligidan asar ham qolmaydi.
Hozir men jamadonga kiyimlarimni yeg'yabman chunki biz boshqa davlatga koʻchib ketyapmiz. Yani Arabiston dan Koreyaga kochyabmiz onamning yurtlariga, bu fikr dadamning vafotidan soʻng keldi va bu yerdagi uyimizni sotib Koreya seuldan uy oldik. Toʻgʻrisi meni ketgim kelmayapti, ammo onamning aytishlaricha uyerda yashasak ossonroq ekan ammo aniq nima uchunligini bilolmadim.
Biz oilada 3 kishimiz men onam va 10 yoshli singlim Layan.
Bizda boquvchi faqat dadam edilar endi esa onam ammo ular topayotgan pulga faqat roʻzgʻor qilish mumkin edi. Lekin mening va singlimning kurslik darslarimiz bor shuning uchun men ham Koreyaga borib ish qidirib koʻrmoqchiman.
Shu hayollar bilan otirar ekanman onamning ovozlari eshitildi.
—" Milen qizim boʻlaqol tezroq yoʻlga tushishimiz kerak" dedilar.
Shundan soʻng tezda jamadonimni olib pastga tushdim.
Uyerda onam bizni kutib turgan edilar toʻgʻrirogʼi meni chunki Layan allaqachon tayyor yerda uhlab qolay deb oʻtirgan edi chunki biz soat 00:54 da yoʻlga tushyabmiz.
Biz Arabiston aerapotiga yetib keldik .
Bagajlarni topshirib registratsiyadan oʻtib Koreyaga uchib ketdik.
Bagajlarni olib chiqgunimizgacha peshin vaqti boʻldi.
Biz yangi sotib oligan kvartiramizga taxida yetib oldik.
Biz uyga kirib keldik uy shinam edi. Buni hammasi onajonim tufayli biz sotib olganda uy bom boʻsh edi onam esa uyni jihozlatganlar
Men oʻz honamga kirdim men onamga men oʻzim jihozlayman deb aytgan edim shuning uchun meni honamda jihozlar yahshi joylashmagan edi. Men oʻzim uni johozladim, kiyimlarimni tahladim va hammasi tayyor.
Sunda honamga singlim Layan kirib keldi
—"ohooo opajon honangiz judayam chiroyli chiqibdi gap yoʻq" dedi
—"rahmat asalim nimaga kelganding" soʻradim men.
—"onam siz va men birga harid qilish uchun borar ekanmiz boʻlaqoling iltimosss men shokolad yeyishni hohlaymaaan opaa" deb erkalandi.
—"hozir shirinim sen kiyinib tur hozir chiqaman" dedim.
Shim va orqamni yopadigan hudi kiyib qora roʻmolimni oʻrab chiqib ketdim.
Onam va singlim bilan kuni boʻyi mazza qilib doʻkon aylandik. Qaytayotganimizda yoʻlimizdan koʻcha bezorilari yugurib oʻtib ketdi. Ularning biri meni yugura yotganida qattiq itarib yubordi oqibatda men yiqildim qoʻlimdagi narsalar esa yerga tushib ketti.U bir menga qarab yugurishda davom etdi. Men juda gʻazablandim ammo dadam menga " gʻazablansang ham indama shunchaki Allohga kifoya qilib qoʻy" deganlari esimga tushib ketdi.
Biz uyga keldik olib kelgan narsalarimizni esa muzlatgichga solib qoʻydim honamga kirib biroz dam olib yotganimda onam meni honamga kirib " qizim ertaga maktabga borar ekansizlar direktor habar berdi" dedilar.
Men oʻylanib qoldim ertaga nimalar boʻladi, men ular bilan chiqishib keta olamanmi yoki yoʻqmi, meni qabul qilshadimi deb oʻylab qoldim.
ERTA TONG soat 6:35 onam meni uygʻotdilar toʻgʻrisi turgim kelmadi chunki tahajjud va bomdod namozi uchun yarim kechasi turgan edim.
Yuzimni yuvdim va payga tushdim onam men uchun nonushta tayyorlab qoʻygan ekanlar.
Nonushtadan soʻng tezda tayyorlanib ketishimiz kerak edi ammo men nima kiyishni bilmay turibman
Men oʻzimga mos look qilib tezda singlim bilan maktabga ketdik
Maktab darvozasidan kirib keldik ammo hammani koʻzi menda edi chunki ular kalta yubka va ochiq oq kofta kiyishgan edi eng asosiy etibor bu meni roʻmolimda edi. Singlim esa maktab formasida edi chunki u hijobda emas.
Biz direktor honasiga kirdik I yerda yoshi taxminan 50 yoshlar atrofidagi ayol oʻtirar edi.
—"salom siz Milene Uayt boʻlsangiz kerak" dedilar ammo menga gʻalati qarashdek tuyuldi.
—"assalomu alaykum ha men ushaman"
—" yahshikuyaa ammo bizning maktabdagi oʻquvchilar bunday kiyinishmaydi" dedilar.
—" sizlarni formangizni koʻrdim ammo menga toʻgʻri kelmaydi" dedim.
—" ha maylin bu masalani keyinroq gaplashamiz hozir siz sinf rahbaringiz bilan honangizga boring" dedilar men shunchaki hoʻp dedim.
Men sinf rahbarim bilan sinfga kirib keldim.
Hamma oʻquvchilarning koʻzi menda edi. Shunda rahbarim:
—"bolalar tanishing sizlarning yangi sinfdoshingiz qani oʻzingni tanishtir" dedilar.
—" salom hammaga ismim Milene Uayt chiqishib ketamiz degan umiddaman" dedim.
Shunda oʻquvchilar orasida pichirlashlar boshlandi.
—"tinchlik saqlang, qani Milene hoosh...ha mana jungkook ni yonidagi partaga otirishing mumkin" dedilar
*Shunda men ular aytgan tarafga qardim, qaradim-u joyimda qotib qoldim ... maylin uyat boʻlsa ham aytaman ammo juda kelishgan yigit otirar edi aysh Milen oʻzingga keel astagʻfirulloh*