Rain
Sovuq kuz faslining ilk kuni. Barglar sarg‘ayishni boshlagan, lekin hali to‘kilmagan. Havo unchalik sovuq emas. Kuz faslining ilk kuni bo‘lsa-da, quyosh charaqlab turardi.
Maktabga shoshilib kelayotgan bolalar bir necha soatdan so‘ng maktabning kumush rang darvozasidan chiqib ketishardi.
Ammo bir qiz maktab yonidan ketmasdi. Winnieni oxiri toqati tugab ustozlar uchun moʻljalanga skamelga oʻtirdi. Taxminan 30 daqiqalar kech qolgan yigit maktab eshigidan chiqib koʻzi bilan kimnidir qidira boshladi , oʻzi topgan odamni koʻrgach "ufff" degan ovoz chiqarib Winnieni oldiga bordi.
Jungkook: axmoq, nega bu yerga oʻtiribsan
Winnie: siz axmoqsiz nega buncha kech chiqdingiz
Jungkook: darslarim koʻp boʻldi , boʻldi kettik havo sovuyabdi
Ular birgalikda ketishayotganda 2-smenada oʻqiyaotgan katta sinf bolalari maktabga kirib keta boshladi. Jungkook Winnieni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqib Winnieni qoʻlini oʻzini kichik kaftlari orasida oldi. Katta sinf bolalari maktab ichiga kirishgach . Jungkook Winnieni qoʻlini qoʻyib yubordi.
Qovog‘ini uyib, qo‘llarini jipslashtirib olgan qiz bolaga qarab:
— Hoy, axmoq, nega sen men bilan qo‘shnisan?! — dedi Winnie.
Buni eshitgan bola ensasini qotirgancha, xuddi katta odamlardek Winniega javob berdi:
— Winnie, bu taqdir taqazosi. Agar ota-onamiz birga qaytishimizni istamaganida, sen bilan hech qachon bir yo‘ldan yurmasdim. Chunki men yalmog‘izlarni yomon ko‘raman! — Jungkook.
Bu gaplarni eshitgan Winnie yelkasidagi katta sumkasi bilan Jungkookni urib yubordi. Bolalar bir-birini quvlab, bir nechta daraxt va skameykalarni ortda qoldirib, Jungkook skuterini qoldirgan joyga yetib kelishdi.
Jungkook shlemini kiyib, Winniening shlemi bog‘ichini bog‘lab qo‘ydi. Ular skuterga minib, tor yo‘laklardan o‘tib ketishayotganida yomg‘ir yog‘a boshladi. Jungkook skuterini kichik, ammo chiroyli do‘koncha oldidagi pana joyga to‘xtatdi. Jungkook osmonda bulutlar koʻpaya boshlagani sababli yomg‘irning tezda to‘xtamasligini sezib,
Skuturni panada qoʻyib Winniega hech qayerga ketmasligini tayinlab, do‘konga kirib ketdi.
Jungkook do‘kondan qo‘lida soyabon va qizlar uchun mo‘ljallangan qo‘lqopchalar bilan chiqdi, lekin Winnieni skuter oldida ko‘rmadi. U 6 yoshli kichkina singlisini yoʻqotib qoʻyganini oʻylab vahimaga tushdi.
Bir necha metr uzoqlikdagi kelinchaklar uchun mo‘ljallangan do‘kon yonida Winnieni ko‘rib, ko‘ngli tinchlandi va yurib kelarkan, baland ovozda gapirdi:
— Winnie, men senga nima degandim?! Nega gapimga quloq solmading? Yo‘qolib qolganingda nima bo‘lardi? Sen tentak ayiq ! Yo‘qolib qolsang, men nima deb javob berardim?! — Jungkook.
Jungkook o‘z singlisidek ko‘rgan qizning yoniga jahli chiqib gapirib kelar ekan, Winnie shisha ortidagi oq rangli, nafis libosga butun e’tiborini qaratgan edi.
— Jungkook , bu juda chiroyli ko‘ylak, shunday emasmi? — dedi Winnie.
Jungkook urishishdan foyda yo‘qligini sezib, shunchaki bosh irg‘adi, xolos.
— Kookie, qarang, juda chiroyli libos ekan, dedi Winnie.
— Va juda qimmat, — deb qo‘shimcha qildi Jungkook.
Bu gapni eshitgan Winnie lablarini shishirib, Jungkookka qaradi:
— Unda yaxshi o‘qing, boy bo‘ling. Shunda kelajakda menga shu libosni sotib olib berasiz.
Jungkook hafsala bilan Winniega qaradi. Javob bermoqchi bo‘ldi-yu, ammo gapirmadi chunki Winnie bu gaplar yosh bola ekanini his qildi.
Winnie akasidan javob kutib turganida, Jungkook yomg‘irda ivib ketishlarini aytib, uni skuterda Winnieni uyiga eltib qo‘ydi. So‘ngra o‘z uyiga kirib ketdi. Jungkook uyiga kirib otasini koʻrib joyiga qotib qoldi. Janob Jeon Jungkookga yaqinlashib Jungkookni bagʻriga bosdi:
Mr Jeon: oʻgʻlim endi seni oʻzim bilan Koreyaga olib ketaman .
1-qism tugadi
by Kang Anya
Savol va murojatlar uchun: @Kang_Anyabot
1-qism tugadi
by Kang Anya
Savol va murojatlar uchun: @Kang_Anyabot