January 29

INTRO

Ep2




Anya akasidan javob kutib turganida, Jungkook yomg‘irda ivib ketishlarini aytib, uni skuterda Anyani uyiga eltib qo‘ydi. So‘ngra o‘z uyiga kirib ketdi. Jungkook uyiga kirib otasini koʻrib joyiga qotib qoldi. Janob Jeon Jungkookga yaqinlashib Jungkookni bagʻriga bosdi:
Mr Jeon: oʻgʻlim endi seni oʻzim bilan Koreaga olib ketaman .

Jungkook faqatgina suratlarda ko‘rgan otasini ko‘rib qotib qoldi. Jungkook o‘zini anglagach, otasini bag‘ridan chiqib:

— Nega keldingiz? — xuddi begona odamga so‘zlayotgandek.

Jungkookning otasi chuqur nafas olib, yordamchisiga yuzlandi:

— Minxo, bolani tayyorla, uni o‘zim bilan olib ketaman. Jimin esa Amerikada qoladi, — janob Jeon beparvolarcha gapirib, uydan chiqib ketdi.

Minxo Jungkook tomon qadam tashlab, uning oldiga borib, Jungkookka nasihat qila boshladi:

— Kichik janob, o‘zingizga ham, onangizga ham qiyinlashtirmang. Bu vaqtinchalik. Siz onangiz bilan yashadingiz, ukangiz Jimin esa otangiz bilan. Endi o‘rinlar almashadi, — Jungkookning yelkasini qoqib.

Jungkook janob Jeonning yordamchisiga qarab bosh silkidi. Asta-sekinlik bilan zinadan chiqarkan, bundan keyingi hayoti qanday bo‘lishini tasavvur qilolmasdi.

Jungkook

Jungkook 2-qavatga chiqib, onasining xonasi eshigi oldiga keldi. Jungkook eshik ortida bo‘lsa-da, onasining gaplarini ravon eshitayotgan edi.

Jungkookning onasi Yumin xonim xona ichida asabiy yurayotgandi:

— Azizam, nega tushunmaysan? Ikki bolani ham otasiga berishni xohlayman, ammo bu obro‘yimga zarar yetkazadi. Jungkookni otasiga berib yubor deding, buni hal qilaman, — Yumin xonim qo‘llari bilan telefonini qattiq qisib.

Yumin xonim yana gapirishni boshladi, bu safar muloyimlik bilan:
— Sevgilim, ishonaver, Jimin katta va o‘zini eplay oladi. Bizning sevgimizga halaqit bermaydi, — Yumin xonim sevgilisining gapini tinglab, tabassumi so‘ndi.

— Ertaga qizing bilan vaqt o‘tkazasanmi? Ha, mayli, muammo emas. Jiminni qo‘shnilar bilan tanishtirishim kerak. Ko‘rishguncha, seni o‘pib qolaman.

Eshik ortidan barcha gaplarni eshitgan Jungkook yugura boshladi. Zinalardan tezlik bilan tusharkan, yiqilib ketishiga ozgina qolganda janob Jeonning yordamchisi janob Minxo uni ushlab qoldi.

Jungkook janob Minxoga qarab:
— Dadam qayerda? — deya savol berdi.

Janob Minxo:
— Janob Jeon ko‘chada.
Jungkook javobni eshitib, eshikdan otilib chiqib ketdi.

Jungkook ko‘chaga chiqib, atrofga nazar tashlar ekan, mashinaga suyanib turgan otasi tomon tez qadamlar bilan yo‘l oldi. Otasiga yaqinlashgach esa sekin qadamlar bilan uning yoniga bordi:

— Meni bu yerdan olib keting, bu yerda qolishni xohlamayman.

Janob Jeon o‘g‘lining gapidan hayronligini yashirmasdan:

— Nima? Yaxshi, seni olib ketaman. Ertaga olib ketsam bo‘ladimi? — deb tabassum qildi.

Jungkook boshini silkib:
— Yo‘q, hozir olib keting.

Jungkookning otasi boshini silkib, o‘g‘liga:

— Unda sen mashinaga o‘tiraver, — dedi.

Jungkook mashina eshigini ochib, otasiga qaradi-da, Anya yashaydigan uyga qarab qo‘ydi.

Janob Jeon o‘g‘lining ko‘zidan kim bilandir xayrlashmoqchiligini sezib:

— Xohlasang, qiz do‘sting bilan xayrlash, — dedi ko‘zini qisib.

Jungkook norozi qiyofada:

— U meni singlim.

— Sir saqlashni bilaman, — dedi ko‘zini qisib.

Jungkook otasiga Anya faqatgina do‘sti ekanligini tushuntirar ekan, bir qizaloq Jungkookning oldiga yugurib keldi:

— Siz kimsiz? Jungkookdan uzoqroq yuring, u menga tegishli, — Anya qovoqlarini chimirib, qo‘llarini beliga qo‘ydi.

Janob Jeon kulib:

— Men uning otasiman, — deb lablarini yanada kengaytirdi.

Anyaning nigohlari yumshab:
— Unda siz uni himoya qiling va menga uni himoya qilishda yordam bering, — deb jimjilog‘ini ko‘rsatdi.

Janob Jeon ham jimjilog‘ini ko‘rsatib:

— Va’da beraman, — dedi va janob
Jeon bilan Anya jimjilog‘ini bir-biriga bog‘ladi.

Jungkook noqulay holda Anyaga yaqinlashib, Anyaning qo‘liga bir taqinchoq tutqazib:

— Xayr, Anya, — dedi tabassum bilan.

Anya Jungkookka qarab:
— Xayr, umid qilamanki, biz yana ko‘rishamiz.

Jungkook otasining so‘nggi rusumli bo‘lgan mashinasiga minib, Anyaga qo‘lini silkitdi. Mashina harakatga kelar ekan, Jungkookka Anya, Anyaga esa Jungkook ko‘rinmay qoldi.

Jungkookning otasi
Jungkookning onasi
Janob Jeonni yordamchisi Choi Minxo
Anya

Bir necha yillardan so‘ng…
Kulrang rangda bo‘lgan xonada kompyuter klavishi ovozi va qog‘ozlarning tiqirlashidan boshqa hech qanday ovoz eshitilmaydi. Allaqachon ish vaqti tugagan bo‘lsa-da, o‘z ishxonasida o‘tirgan erkak bosh og‘rig‘iga chidolmay, 2 ta tabletkani suvsiz ichib yubordi.
Xona ichiga kirib kelgan malla rang sochli qiz qomatini yaqqol ko‘rsatuvchi kiyim kiygan, kiyimining ochiqligidan ba’zi joylar ko‘rinib ham turar edi. Malla sochli qiz erkakning yoniga borib, unga suykala boshladi. O‘z hirslariga taslim bo‘lgan erkak qo‘li bilan qizning yuzini silayotgan payt ichkariga kirib kelgan qiz bu holatni ko‘rib, ich-ichidan batamom tamom bo‘ldi.

2-qism tugadi.

@Nyverra_fanfic

by Kang Anya

@Kang_Anyabot