January 27

INTRO

Ep1

Intro — bu bizning taqdirimizning boshlang‘ich qismidir. Eski boshlanishda seni topdim, yangi boshlanishda esa sevgingni qozonishimga ijozat ber.

Sovuq kuz faslining ilk kuni. Barglar sarg‘ayishni boshlagan, lekin hali to‘kilmagan. Havo unchalik sovuq emas. Kuz faslining ilk kuni bo‘lsa-da, quyosh charaqlab turardi. Maktabga shoshilib kelayotgan bolalar bir necha soatdan so‘ng maktabning kumush rang darvozasidan chiqib ketishardi.

Ammo bir qiz maktab yonidan ketmasdi. Anyaning oxiri toqati tugab, ustozlar uchun mo‘ljallangan skameykaga oʻtirdi. Taxminan 30 daqiqalar kech qolgan yigit maktab eshigidan chiqib, koʻzi bilan kimnidir qidira boshladi, oʻzi topgan odamni koʻrgach: "Ufff," degan ovoz chiqarib, Anyaning oldiga bordi.

Jungkook 8 yosh

Jungkook: Axmoq, nega bu yerga oʻtiribsan?
Anya: Siz axmoqsiz, nega buncha kech chiqdingiz?
Jungkook: Darslarim koʻp boʻldi, boʻldi, kettik. Havo sovuyabdi.
Ular birgalikda ketishayotganda, 2-smenada oʻqiydigan katta sinf bolalari maktabga kirib keta boshladi. Jungkook Anyani yoʻqotib qo‘yishdan qoʻrqib, Anya qo‘lini oʻzining kichik kaftlari orasida oldi. Katta sinf bolalari maktab ichiga kirgach, Jungkook Anyaning qo‘lini qo‘yib yubordi.

Qovog‘ini uyib, qo‘llarini jipslashtirib olgan qiz bolaga qarab:
— Hoy, axmoq, nega sen men bilan qo‘shnisan?! — dedi Anya.
Buni eshitgan bola ensasini qotirgancha, xuddi katta odamlardek Anyaga javob berdi:
— Anya, bu taqdir taqazosi. Agar ota-onamiz birga qaytishimizni istamaganida, sen bilan hech qachon bir yo‘ldan yurmasdim. Chunki men yalmog‘izlarni yomon ko‘raman! — Jungkook.
Bu gaplarni eshitgan Anya yelkasidagi katta sumkasi bilan Jungkookni urib yubordi. Bolalar bir-birini quvlab, bir nechta daraxt va skameykalarni ortda qoldirib, Jungkook skuterini qoldirgan joyga yetib kelishdi.
Jungkook shlemini kiyib, Anyaning shlemi bog‘ichini bog‘lab qo‘ydi. Ular skuterga minib, tor yo‘laklardan o‘tib ketishayotganida yomg‘ir yog‘a boshladi. Jungkook skuterini kichik, ammo chiroyli do‘koncha oldidagi pana joyga to‘xtatdi. Jungkook osmonda bulutlar koʻpaya boshlagani sababli yomg‘irning tezda to‘xtamasligini sezib, skuterini panada qo‘yib, Anyaga hech qayerga ketmasligini tayinlab, do‘konga kirib ketdi.
Jungkook do‘kondan qo‘lida soyabon va qizlar uchun mo‘ljallangan qo‘lqopchalar bilan chiqdi, lekin Anyani skuter oldida ko‘rmadi. U 6 yoshli kichkina singlisini yo‘qotib qo‘yganini oʻylab, vahimaga tushdi.
Bir necha metr uzoqlikdagi kelinchaklar uchun mo‘ljallangan do‘kon yonida Anyani ko‘rib, ko‘ngli tinchlandi va yurib kelarkan, baland ovozda gapirdi:
— Anya, men senga nima degandim?! Nega gapimga quloq solmading? Yo‘qolib qolganingda nima bo‘lardi? Sen tentak ayiq! Yo‘qolib qolsang, men nima deb javob berardim?! — Jungkook.
Jungkook o‘z singlisidek ko‘rgan qizning yoniga jahli chiqib gapirib kelar ekan, Anya shisha ortidagi oq rangli, nafis libosga butun e’tiborini qaratgan edi.
— Jungkook, bu juda chiroyli ko‘ylak, shunday emasmi? — dedi Anya.
Jungkook urishishdan foyda yo‘qligini sezib, shunchaki bosh irg‘adi, xolos.
— Kookie, qarang, juda chiroyli libos ekan, — dedi Anya.
— Va juda qimmat, — deb qo‘shimcha qildi Jungkook.

Anya koʻrgan koʻylakni eshitib lablarini shishirib, Jungkookka qaradi:
— Unda yaxshi o‘qing, boy bo‘ling. Shunda kelajakda menga shu libosni sotib olib berasiz.
Jungkook hafsala bilan Anyaga qaradi. Javob bermoqchi bo‘ldi-yu, ammo gapirmadi, chunki Anya bu gaplar yosh bola ekanini his qildi.
Anya akasidan javob kutib turganida, Jungkook yomg‘irda ivib ketishlarini aytib, uni skuterda Anyaning uyiga eltib qo‘ydi. So‘ngra o‘z uyiga kirib ketdi. Jungkook uyiga kirib, otasini koʻrib joyiga qotib qoldi. Janob Jeon Jungkookga yaqinlashib, Jungkookni bagʻriga bosdi.
Mr Jeon: O‘g‘lim, endi seni oʻzim bilan Koreyaga olib ketaman.

1-qism tugadi
By Kang Anya
Savol va murojaatlar uchun: @Kang_Anyabot

@Nyverra_fanfic uchun yozildi.