February 8

Yolvoraman , meni tark etma

“Ba’zilar boshqalarning orzulari ro‘yobga chiqishi uchun o‘z kabuslarini yashaydi.”

1-qism

Katta uydan qochib chiqqan qiz yupun kiyingan va oyoq kiyimsiz bor kuchi bilan yugurardi. Uy shahar chekasida joylashgani bois atrofda daraxtlar koʻp edi. Seraning oyoqlari sovuqdan muzlab qolgan boʻlsada ammo hech ham toʻxtashni istamasdi. Sera oyoqlariga kirib ketgan zirabcha tasirida toʻxtar ekan kimdir kelyabdimi deya orqasiga qaradi Sera oʻtirib nafas rostlamoqchi boʻldi ammo u tutib olishidan qoʻrqib yana yugura boshladi hozir u uchun eng muhumi bu yerlardan butun umrga ketish edi.

Sera

Sera uzoqdan mashinalar yoʻlini koʻrib yugura boshladi. U yon atrofga qaramay yugurib asfaltning markaziga chiqdi va uni burilishdan kelayotgan mashina tasodifan urib yubordi.
Mashinadan shoshilinch chiqqan yigit qizni nafas olayotganini tekshirdi

– Sust nafas olyabdi - yigit qizni kelinlik uslubida koʻtarib mashinaning old oʻrindigʻiga qoʻydi.
Yigit qizni eng yaqin shifoxonaga olib borib oʻzi mashinadan tushib shifokorlarni chaqirdi tezlikda yetib kelgan shifokorlar va hamshiralar qizni zambilga olishdi. Yigit ham shifokorlarga zambilni koʻtarishga yordam berib operatsiya xonasigacha olib borishni hohladi ammo hamshiralar operatsiya xonasiga kirish mumkin emasligini aytishgandan soʻng yigit oʻsha yerdagi skamelkaga oʻtirdi.

2 soatdan soʻng

Operatsiya honasidan chiqqan shifokorni koʻrgan tezlikda oʻrindigʻdan turib shifokor qarshiga nozil boʻldi.

– U yaxshimi - yigitni ogʻzidan chiqqan ilk soʻz shu boʻlar ekan shifokor bosh irgʻab

– siz unga kimsiz ? - shifokor malumot berishdan yigitni kimligini soʻradi

– Kim Namjoon - yigit javob berdi

Shifokor qovogʻini uyib qoʻlidagi qogʻozlarni yigitga berdi

– avtohalokatda faqatgina boshi jarohatlangan lekin uni tanasida kaltak izlari bor uni siz qilganmisiz janob Kim

– U meni sinfdoshimni ogay singlisi uni qizni deyarli tanimayman oldin bir marotaba koʻrganman - Namjoon vaziyatdan chiqmoqchi boʻlib yolgʻon gapirdi. Shifokor Namjoonni tashqi koʻrinishini koʻrib uning gaplariga ishondi.

– Unda uni yaqinni bilan bogʻlanish kerak - shifokor hotirjamlik bilan

– Uning ota-onasi oʻlgan doʻstim esa chet elda shuning uchun unga oʻzim koʻz quloq boʻlaman - dedi Namjoon

– Yaxshi unda bu dorilarni olib keling - shifokor Namjoonga dori retseptini berdi.

Namjoon bosh silkitib dorixonadan kerakli dorilarni sotib olish uchun ketdi.

Namjoon dori olib qaytganch qiz yotgan xonadan shovqinlar eshita boshladi Namjoon ichkarida nima boʻlayotganini koʻrmoqchi boʻlib eshikni qiya ochidi hamshiralar qizga uxlatuvchi ukol qilib qizni tinchlantirishdi Namjoon nima boʻlayotganini tushunmay shifokorga qaradi shifokor buni sezib

– Psixogen mutizm - shifokor Namjoon soʻramasidan javob berdi

(Yozuvchidan: Psixogen mutizm — odamning nutq apparati sog‘lom bo‘lsa ham, ruhiy bosim yoki travma sabab gapira olmay qolishi. Miya go‘yo “xavf bor” deb,nutqni vaqtincha o‘chirib qo‘yadi.)

– Davolasa boʻladimi ?

– Ha qiz qachon oʻzini yaxshi his qilsa gapiradi - shifokor va hamshiralar xonadan chiqib ketgandan soʻng Namjoon qiz yotgan
koravat yonidagi divanga oʻtidi.

– senga kim bu qadar azob berdi - Namjoon achinish bilan qizqa qarab kuzlari yumila boshladi qanchalik uxlamaslikga harakat qilmasin koʻzlari unga buysunmay Namjoon uyqu saltanatiga ravona boʻldi.

Namjoon

Pov Sera
Koʻzlarimga hira yorugʻlik tusha boshladi koʻzlarimni sekin astalik bilan ochdim quyosh togʻridan togʻri koʻzlarimga tushib turar ekan bu meni koʻzlarimni qiynay boshladi.
Qoʻlim bilan quyosh nurini toʻsmoqchi boʻldim lekin qoʻllarimga igna qadalgandi. Men quyoshdan qochishdan eng yaxshi usul quyoshga qaramaslik deya yuzimni chap tomonga burdim chap tomonda divan ustida bir erkak uxlab yotardi begona erkak u kabi menga azob bersachi.

Qiz oʻzi oʻylaganlarga ishonib baqimoqchi boʻldi ammo ovozi chiqmaganch boʻynini ushlab yigʻlay boshladi.

Namjoon yigʻi ovozlaridan koʻzlarini ochar ekan karovatda yigʻlab utirgan qizni ovutmoqchi boʻlib qizga yaqinlashdi qiz esa qoʻrqib qoʻllari bilan yigitni toʻxtormoqchi boʻldi.
Namjoon qizni tinchlatirmoqchi boʻlib qoʻllarini yuqoriga koʻtarib

– Menga ishon men senga tegmayman , men yomon inson emasman , seni himoya qilaman yigʻlama.

Qiz yigitning unga adovati yoʻqligini bilgandan soʻng yigʻlashdan toʻxtadi.

Namjoon qiz tinchlanganini koʻrib choʻntagidan qogʻoz va ruchka olib qizga uzatdi. Qiz qogʻoz va ruchkaga qoʻl choʻzmagani bois Namjoon ruchka va qogʻozni qizning karovatiga qoʻydi. Qiz oʻylanib turib soʻngra Namjoon bergan narsalarni oldi.

– Meni ismim Kim Namjoon seniki nima ? - Namjoon qiz bilan yaqindan tanishmoqchi boʻlib

Qiz ruchkaning qopqogʻini ochib qogʻozga katta qilib "Min Sera" deb yozdi

– Juda chiroyli ism ekan huddiki oʻzing kabi - Namjoon mayin tabbasum qilib

Sera Namjoonning mayin tabbasumidam koʻz uzolmay qoldi.
Namjoon buni sezib yanada koʻproq kuldi.

– Yoshing nechida - Namjoon yana qizga savol berdi

Sera yana qogʻozga katta qilib "19" raqamini yozdi

– Hali goʻdak ekansanku - Sera Namjoonning gapidan hayron boʻldi

– Sen hali yoshsan yoshing oʻsgani bilan qalbingda hali hamon shoʻx shodon qizaloq yashaydi.

Sera Namjoonga ilk bor tabbasum bilan qaradi

– Bu yerdan ketishni istaysanmi ? - Namjoon Serani hohishini soʻradi

Sera bosh irgʻagandan soʻng

– buni bilgandim - Namjoon Seraga oʻzini bilagʻonligi bilan fahrlanib

Sera "unda nega soʻradingiz " demoqchi boʻldi ammo gapirolmagach koʻzlaridan yosh oqa boshladi. Namjoon qizni yolgʻiz qoldirish kerak deb oʻylab xonadan chiqib ketdi.

Sera

by Kang Anya
Min Sera uchun yozildi.

Savol va murojatlar uchun: @Kang_Anyabot