Mathematics
Oxirgi haftalarda eshitgan eng zoʻr podkastlardan bu Leks Fridmenni Po-Shen Lo bilan suhbati.
Suhbat sal kam ikki yarim soat davom etadi. Mana Youtubedagi link, ixitiyoriy podkast ilovasida ham tinglashingiz mumkin. Koʻpchilik Po-Sen Lo ning olimpiadaga aloqador ishlari haqida bilishi mumkin, axir u AQSh milliy jamoasi murabbiysi. Aynan professor Lo kelganidan keyin, AQSh milliy jamoasi ketma ket yutishni boshladi. Hozir matematik olimpiadada AQSh, Xitoy yoki Rossiyadan ustunroq.
Lekin, Po Shen Lo oddiy olimpiada murabbiysi emas, u professor-olim va tadqiqotchi, olimpiada uning hobbiysi xolos. U oʻzining tadqiqot falsafasi va oʻqituvchilik falsafasi haqida ham podkastda ancha gapirgan. Yaqinda koronavirusni aniqlash boʻyicha yangi ilovani (dasturni) ham ishlagani haqida aytib berdi. Po Shen Lo koʻpgina iqtisodiyot fanida qoʻllaniladigan gʻoyalar haqid shu programmasi haqida gapirganida aytib berdi, masalan deylik “incentive compatibility” degan gʻoya — yaʼni ragʻbatlar hamohanglik deb tarjima qilsak boʻladi. Oʻsha ilovadagi eng qiyin masala ham, odamlar orasidagi ragʻbatlar hamohangligi va uygʻunligini taʼminlash kerak edi, shu klassik mikroekonomik masalani yechimi haqida gapirganida, umuman bu adabiyotdan emas, lekin gʻoyalarni tabiatdan tushungani menga qiziq tuyuldi. Yaʼni iqtisodiyot fanidagi adabiyotni oʻqib emas, lekin oʻxshash xulosalarga oʻzi yetib kelgani, albatta menga qiziq koʻrindi. Boshqa -boshqa fandagilar, boshqa fanni oʻqimasligidan dalolat. Iqtisodchilar ham, masalan sotsiologlarni yoki antropologlarni oʻqimasliklari, shunday velosipedni ixtiro qilishlariga olib keladi baʼzida.
Po Shen shuncha narsaga qanday qilib ulgurishi menga juda qiziq koʻrinadi.
Mana bu yerda uning YouTube kanali, matematika haqida juda qiziq videolar bor. Bu uning matematika o'rgatish platformasi. Ikki yil oldin, bu kanalda unning kvadrat tenglamalarni yechishni yangi usuli haqida yozgan edim. Umuman olganda, Po Shenning eski muxlisi boʻlganim uchun, podkast juda juda yoqdi, ikki yarim soat oʻtib ketganini sezmadim ham.