Mathematics
Geometriyadan olimpiada masalalarini yechishni mustaqil o'rganish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
--------------------------------------------
Adabiyotlar va manbalar
Ingliz tilida:
(1) Coxeter, Greitzer: ''Geometry revisited" (ancha eski qo'llanma, ruschasi ham bor; boshlang'ich darajadagilar uchun tavsiya qilinadi; masalalarsiz teorema va lemmalarni o'rganmoqchi bo'lganlarga ham tavsiya qilinadi)
(2) Evan Chen: "Euclidean Geometry in Mathematical Olympiads" (buni ko'pchilik biladi, EGMO kitob deyilsa ham shu kitob tushuniladi)
(3) artofproblemsolving.com (matematik olimpiadalar bo'yicha No.1 portal(forum); masalalar va resource lar topish, yechimlarni o'rganish uchun juda qulay)
dunyo bo'ylab olimpiadalar masalalarini topish uchun ham artofproblemsolving (mathlink.ro) eng qulayi!
(4) geometriya bo'yicha tavsiyaviy bloglar
https://imogeometry.blogspot.com/p/blog-page_2.html (faqat geometriya masalalari uchun)
http://www.geoporism.com (yechimlar orqali o'rganish uchun)
Rus tilida:(1) Prasolov: "Zadachi po Planimetrii" (yangi nashrlari ham chiqqan, umuman geometriyani o'rganishni boshlaganlar uchun va pre-imo daraja uchun qattiq tavsiya qilinadi; imo darajadi ma'lumotlar ham bor)
(2) Sharygin: "Geometriya. Planimetriya (9-11)" (bir nechta Sharygin kitobi bor, bu eng mashhuri... misol yechish va yechim ko'rish orqali o'rganuvchilar uchun)
(3) Sharygin olympiadasi masalalari (ingliz tilida ham bor)
(4) Ruslar o'tkazadigan turli olimpiadalardan geometriya masalalari (ARMO, St.Petersburg + 239, Tuymada, Turnir Gorodov (ToT), ...)
--------------------------------------------
Mavzular va bilish kerak bo'lgan bilimlar (rasmlarga qarang)
(1) Aylana geometriyasi
(2) Perspectivlik (collinearity & concurrency)
(3) Uchburchak geometriyasi
(4) To'rtburchak geometriyasi
(5) Ba'zi analitik yondashuvlar, vektor geometriyasi va locus
(6) Transformations (akslantirishlar, asosan affine)
(7) Tricklar va metodlar (angle chasing, ko'chirish va burish, ...)
*ushbu mavzularda "inverion geometriya" va "projective geometriya" elementlari iloji boricha kiritilmagan
--------------------------------------------
Keyingi bosqichlarda turli jurnallar va geometrik articlelarni ko'ring
(1) ForumGeometricorum
(2) Darij Grinberg ning artikllari (websahifasidan qidirib ko'ring)
(3) Mathematical Reflections
(4) Journal of Classical Geometry
(5) GeoPorismdagi shortslar (ushbu kanal, o'zbekchada)
(6) American Mathematical Monthly
... va hokazo ...