Dastarxan filiali
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi
Telegramm orqali operator bilan bog‘lanish
Muassasa tavsifi
Biz oila birga yig’ilishini juda qadrlaymiz va ularning birga hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz. Bu erda bayramlarni o'tkazish qulay. Ushbu filialda biz nafaqat pizza taqdim etamiz, balki katta banketlar menyusini ham taklif etamiz.
Zalda bolalaringizni befarq qoldirmaydigan KATTA O'YIN MAYDONCHASI mavjud.
Maydoncha o'yin maydonchalariga bo'lingan.
Har bir bola oz’iga yoqadigan maydonchani topadi.
Bolalar bayramlari
Har shanba va yakshanba kunlari filiallarda animatorlar ishtirokidagi bolalar shou dasturlari o'tkaziladi.
Farzandlaringizni:
- qiziqarli tanlovlar
- ajoyib raqslar
- qiziqarli mashg’ulotlar kutmoqda
Agar shu kunlarda farzandingizning tug'ilgan kuni bo'lsa, unda animatorlar olib kelgan tortingizni olib chiqib, farzandingizni shaxsan tabriklashlari mumkin.
Kelgusi hafta oxiri afishasini bu erda ko'rishingiz mumkin.
Bolalar bayramiga qatnashish uchun siz joy bron qilishingiz kerak. Buning uchun operatorimiz bilan bog'laning.
Oldinda yangi yil bayramlari. Bizning an’anamizga ko'ra, dekabr va yanvar oylarida har kuni Qorbobo bilan Qorqiz bolalar bayramiga albatta keladi. Bayram davomida siz Qorbobodan bolangizni alohida tabriklashini so'rashingiz mumkin.
Banketlar va bayramlarni tashkil qilish
Dastarxon filialida bayramlarni nishonlash va bolalar korporativlarini tashkil qilish juda yaxshi. Zalning maydoni sizga butun maydon bo'ylab mehmonlar uchun qulay bo'lgan stollarni joylashtirishga imkon beradi va raqs maydonchasi uchun joy qoldiradi.
Katta banketlar menyusi ushbu filialning yutuqlaridan biri. Axir, bu erda ajoyib va o'z ishining ustasi bo’lgan oshpaz ovqatlarni tayorlaydi.
Biz siz uchun shaxsiy bayramlar tashkil qilamiz
- Menyuni tuzamiz va hisoblab beramiz
- Animatorlarni taklif qilamiz
- Tortga buyurtma beramiz va olib kelamiz
- Zalni bezatamiz
Batafsil ma’lumotlarni ollish uchun operatorimiz bilan bog'laning