batga fflarini nomini yozaslar
~ ๐๐๐ฎ๐ค๐ฉ ๐๐๐ฏ๐๐ ๐จ๐๐ช๐ฃ๐๐๐ฎ ๐จ๐๐ฃ๐ค๐ซ๐ก๐๐ง ๐ฉ๐๐ฎ๐ฎ๐ค๐ง๐ก๐๐ง ๐๐ ๐๐ฃ๐ ๐ ๐๐ช๐ฃ๐ ๐ค๐ก๐๐๐ฃ๐๐๐ฃ ๐๐๐ก๐๐จ๐ ๐ฆ๐๐ฎ๐๐ฃ ๐ซ๐ ๐จ๐๐ช๐ฃ๐๐๐ฎ ๐จ๐๐ฃ๐ค๐ซ๐ก๐ ๐ ๐ช๐ฃ๐ก๐๐ง ๐ ๐๐ก๐๐๐ฃ๐๐ ๐ฆ๐๐ฎ๐จ๐ ๐๐ช๐ฃ๐ค๐๐๐ข ๐ช๐๐๐ช๐ฃ ๐๐๐ ๐๐ค๐ ๐จ๐ค๐ก๐๐จ๐๐๐ข๐๐ฏ ๐๐๐ข ๐๐ช๐๐ ๐'๐๐ก๐๐ฉ๐.
Avvaldan ma'lumki Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya bir biriga dushman davlat tarixda ham bu ikki davlat ortasida juda ko'p janglar bo'lgan va ayni paytda yana bir bor bu ikki davlat o'rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
Harbiy baza. Bu yer juda katta va bu yerda faqat erkaklar emas balki ayollar ham bor. Ha urush bu gal juda qattiq bo'layabdi va bundan eng ko'p aziyat chekkanlar tinch aholi ba'zi insonlarning onasi ba'zilarning esa otasi yana ayrim insonlarning farzandlari bu urushdan aziyat chekib halok bo'lishdi. Shuning uchun ham ayollarni ham urushga davat qilishga majbur bo'lishdi. Ayni damda Koreada qish. Tushlikka yaqin yana bir bombani zararsizlantirib qaytgan guruh tashqaridan ancha farqli bolgan issiq xonada hordiq olayotgan bir paytda eshik taqqillagani bois ularning tinchligi buzildi. Eshikdan bosh suqib kirgan harbiy yigit nega bu yerga kelganini bayon qildi.
H/y: Yun xonim janob prezident sizni ko'rmoqchi ekanlar.
Ara: yaxshi hozir boraman - deb yigitga chiqib ketishi uchun ishora qildi.
Yigit chiqib ketar ekan qiz yana o'tirgan o'rindig'iga boshini qo'ydi ko'zini yumib biroz tin oldi va o'rnidan turib xonani tark etti. U to'g'ri va tekis qadamlar bilan bu yerda kamdan kam bo'ladigan insonni yani prezident xonasiga yetib keldi. Avval eshikni taqqilatdi ichkarida "kiring" degan ovoz eshitilgandan so'ng hotirjam eshikni ochib ichkariga kirdi.
Ara: chaqirtirgan ekansiz - deya qo'llarini orqaga qilib prezidentning ish stolini qarshisiga turib oldi.
Pr: ha... ho'sh harbiy bo'linmada ishlar qalay? - yuzlariga biroz ajin tushgan ammo hali ham salobatli yoshi taxminan 50 55 atrofida erkak o'tkir nigohlari bilan savol berdi.
Ara: hammasi yaxshi hech qanday muammo yo'q - oddiy javob berdi. Bu gapga prezident tushundim degandek bosh silkidi. So'ng yana so'zga kirdi.
Pr: senga muhim topshiriq bor - bu safar ancha jiddiyroq chiqqan ovozdan Ara sergaklandi.
Ara: qanday topshiriq... yana biror yerda bomba bor ekanmi yoki qurollar bilan bog'liqmi?
Pr: yo'q - prezident bosh chayqadi va boshini pastga qaratib nima deb gap boshlash kerak ekanini o'yladi. Bu safargi topshiriq ancha muhimligini prezidentning o'zini tutishidan anglagan Ara ham uning gap boshlashini kutdi. Vanihoyat bir chuqur nafas olib yana boshini ko'targan prezident tepasida tikilib turgan 1 qahvarang ko'zlarga qaradi.
Pr: Ara men hozir senga judayam muhim va havfli topshiriq topshiraman. Senga bunday topshiriq berish men uchun qiyin ammo men faqat o'zim yoki seni o'ylay olmayman - Ara hech narsaga tushunmay hali ham erkakka qarab turar ekan erkak yana bir chuqur nafas olib gapida davom etdi - sen Shimoliy Koreyaga borasan. U yerni harbiy bazasiga kirib ular haqida bizga ma'lumot berishing kerak.
Araning nigohi erkakda qotib qoldi. U hozir eshitgan narsalarini miyyasi sintez qila ololmayotgan edi. Axir qanday qilib bir ota o'z qizini iblisni changaliga tashlaydi. Ha Ara prezidentning qizi edi uning yagona farzandi.
Ara: dada - ancha paytdan keyin qizdan sado chiqdi - siz hazillashyapsizmi? Meni qanday qilib o'sha yerga yuborishni o'ylayabsiz o'sha iflos manqurtning yeriga qanday qilib o'z qizingizni jo'natmoqchisiz.
Erkak o'tirgan kreslosidan turib qizini yoniga keldi va qizni ikki yelkasidan ushlab biroz o'zi tomon burdi.
Pr: bu men uchun ham oson emas ammo tushun men sendan boshqasiga ishonib bu ishni topshira olmayman. Aslida bu rejani ancha avval o'ylagandim ammo fursat bo'lmagandi lekin hozir bu rejani amalga oshirishni ayni vaqti.