Ceo's girl
Budilnik tufayli ertalab soat 7:00 da uyg'ondim. Bo‘lmasa tushgacha uxlagan bo‘lardim. Parvozdan keyin juda charchadim. Va uyg'onganimda juda och edim.
Men tezda nonushta qilish uchun xona xizmatiga qo'ng'iroq qildim. Menga ikkita omlet va shokoladli smeti olib kelishdi. Ularni ishtaxa bilan paqqos tushurdim. Nonushta qilb bo'lgandan so'ng hamomga kirib kettim. Menga bu mehmonxonadagi sovunlar juda yoqdi.
Rohatbaxsh dushadan so'ng sochlarimni quritdim ular uzun bo'lganligi uchun bu biroz ko'p vaqtimni oldi. Sochlarimni quritib bo'lganda so'ng ularni tekkis qilib dazmolladim. Unchalik bo'ktirilmagan makiyaj qildi. Oxirida to‘q qizil rangli lab bo‘yog‘ini surtdim. Keyin esa classic uslubda kostyum shim kiydim so'ng oyna tomonga qaradim. Men tayyorman. Sumkamni va rezyumeimni oldim. Va men intervyuga yo'l olsam bo'ladi.
Men xonamning tashqarisida xonani tozalash belgisini qo'ydim. Mehmonxonadan chiqqanimdan keyingu vazifa taksi topish edi. Bu juda qiyin ish emas edi axir bu yer Koreya. Hamma joyda taksilar bor. Men bittasini to'xtatdim!
- Sizga ham hayrli tong. Iltimos, JK Clothsga
Biz u yerga yigirma daqiqada yetib keldik. Taksidan tushayotganimda “Intervyuga omad” dedi.
— Rahmat. Lekin siz qayerdan bildingiz? — deb so‘radim hayajonlanib.
-Men sizning rezyumeingizni ko'rdim va siz oyogingizni tez tez yerga urishingizdan asabilashayotganingizni sezdim.
-Oh!! Ha. Buning uchun uzr - Men uzr so‘rab tabassum qildim.
- Azalith - dedim qo'limni uzatib
- Marko - dedi u ham qo'l uzatish barobarida.
Men ro‘paramdagi osmono‘par binoga qaradim. Uning tepasida Jk Clothing logotipi bor edi. Men bu ishni olishni juda xohlardim. Bu men uchun yaxshi tajriba bo'ladi. Shu xayol bilan binoga kirdim. Kirishim bilanoq ko'zim qabulxona stoliga tushdi va men shaxdam qadamlar bilan u yerga bordim.
- Salom, men shaxsiy yordamchi bo'lish uchun suhbatga keldim - dedim yosh qizga.
— Albatta! Ismingizni bilsam maylimi?
- Yaxshi. Ikkinchi liftga o'ting. Suhbat 20-qavatda. U yerda Natasha sizni suxbat bo'ladigan joyga olib boradi.
- Yaxshi. Rahmat - Men unga tabassum qildim.
- Omad tilaymiz! - U ham tabassum qildi.
Men boshimni qimirlatib, lift tomon yurdim. Lift yuqoriga ko'tarilayotganda, men asabiylashdim. Yaxshi taassurot qoldirmasam-chi? Agar ular meni yoqtirmasa-chi? Ey xudo iltimos menga yordam ber. Men 20-qavatga yetdim. Kutilganidek, suhbat uchun bir nechta qizlar bor edi. Albattada kim ham bunday ulkan kompaniyaning bosh direktorini yordamchisi bo'lishni xohlamaydi. Men xonani ko'zdan kechirdim va bu erdagi xodimga o'xshagan bir ayolni ko'rdim.
- Salom. Men shaxsiy yordamchi suhbat uchun keldim - dedim unga qarab.
- Yaxshi. Men Natashaman. Navbatingiz kelganda sizni chaqiraman. Ungacha shu yerda kutib turing — dedi u muloyimlik bilan.
- Yaxshi. Qiziqqoonligim uchun uzr lekin suhbatni kim oladi?
- Oh! - ana endi hayajonim yana ham ortdi shaxsan direktorning o'zi bilan suxabatlashaman asabilashib ketyapman. To'xta axir men mana shu direktorga yordamchi bo'lsam u bilan gaplashishimiz tabiiy xol bo'ladiku. Bir necha marotaba chuqur chuqur nafas oldim. Ichimdagi g'alayon ancha bosilgandek bo'ldi.
15 daqiqadan so'ng Natasha mening ismimni chaqirdi.
- Sizning navbatingiz - U meni kabinaga ishora qildi.
— Kirsam maylimi? Tashqaridan mayin ovoz keldi.
Eshik ochilishi bilan qora kostyum shim va oq v bo'yinli ko'ylak kiygan go'zal qiz kirib keldi. U boshqa nomzodlardan farqli o'laroq, juda ko'p bo'yanish qilmaganligi bilinib turibdi ammo u shunda ham ajoyib ko'rinardi.
Umid qilamanki, uning aqli bor, chunki u o'z mahoratini ko'rsatmasa, uni ishga olmayman.
U asabiy bo'lib, barmoqlarini qimirlatib qo'ydi. Menimcha, uning oq rezyume fayli bor.
- Xayrli tong janob Jeon. Men Azalith Martinman - U o‘zini ishonch bilan tanishtirdi. Menga uning o'zini tutishi yoqti.
- Azalith menga rezyumeni ber? — so‘radim uning ko‘zlariga tik qarab.
- Mana. Marhamat - U menga faylni uzatdi.
Men uning rezyumesini ko'rib chiqdim. Hmm, Kaliforniyada yashaydi. Kaliforniya shtati universitetida yaxshi biznes darajasiga ega. Ish tajribasi esa yo'q. G'alati!
- Azalith seni biznes sohasida a'lo darajadagi diploming bor. Nega ish tajribang yo'q? Sen 25 yoshdasan, to'g'rimi?
— Ha janob lekin buning shaxsiy sababi bor - U pastga qaradi.
- Xo'sh, menga ayt-chi, senda ish tajribasi yo'q, nega endi seni ishga olishim kerak?
Men uning rezyumesini yopib, stol ustiga qo‘yar ekanman, qattiq so‘radim.
- Siz meni ishga olasiz, chunki men sizga va'da bera olamanki, bu mening birinchi ish tajribam bo'lgani uchun men o'z ishimga bor etiborimni beraman. Hafsalangi pir bo'lishi uchun hech qanday imkoniyat bermayman. Men sizga bu ishga munosib ekanligimni isbotlay olaman - dedi u qattiqqo'llik bilan. Jin ursin! Menga uning munosabati yoqyapti.
— Siz meni ishga olasizmi? - Men kichkina kulib yubordim.
U tabassum qildi va men ijobiy bosh irg'adim
- Xo'sh, menga sizni o'zingizni tutishingiz va qatiyatligizngiz yoqdi Azalith. Men sizning shaxsiy yordamchim sifatida ko'rishni xohlayman. Ishga kirdingiz.
U qichqirdi: Rahmat. Katta rahmat janob Jeon.
— Martin xonim, bu siz uchun atirgullar to'la oddiy yo'l bo'lishini kutmang - jilmayib dedim
-Bu men uchun yaxshi. Men atirgullarni yomon ko'raman - U jilmayib qo‘ydi.
- Ertaga soat 8:30 da achchiq qahva bilan shu yerda bo'ling. Men kechikkanlarni yomon ko'raman
U kichkinagina tabassum qilib kabinamdan chiqib ketdi. Xudoyim u men uchun ishlashidan xursandman. U o'zining o'ziga xos xulq-atvori bilan juda boshqacha. U boshqa qizlarga o'xshab menga suykalmadi juda mag'rur ham edi.
Men Natashaga qo'ng'iroq qildim: -Suhbat tugadi. Men o'zimga yordamchi toptim qolganlar ketishaversin.
Men ishonmayman. Yo Xudo! Men ish oldim. Men Albertga qo'ng'iroq qilishim kerak.
Men telefonimni oldim va Semning raqamini terdim.
- Albert nima bo'lganini aytsam ishonmaysiz— deb qichqirdim.
-Sen Gigi Hadid bilan uchrashdingmi?
— Yo'q! Men Jk Clothing kompaniyasida shaxsiy yordamchi bo'lib ishga kirdim.
-Nima? Ey xudoyim. Tabriklayman Azosh. Qachon ish boshlaysan? - U xursand edi.
- Ertadan boshlayman — dedim quvonib.
- Bunisini bilamadim. Hali ham o'ylab ko'rganim yo'q - dedim chuqur nafas olib.
- Hmmm. Kutib tur. Karterni eslaysanmi? Kollejdagi yaqin do'stim? — deb soʻradi.
— Ha, albatta, eslayman. Hattoki, men uni ozgina sevib qoldim. Uni hozir nega esladingiz o'zi?
- U Koreyada yashaydi. Kvartira olguningcha u bilan yashab turishing mumkin - U taklif qildi.
- Ishonchingiz komilmi? Aytmoqchimanki ikkingiz bir-ikki yil ichida aloqani uzgansizlar.
— Xavotir olma, men unga qo‘ng‘iroq qilib tushlikkacha xabar beraman.
~Timeskip
- Rahmat Karter. Bu juda katta yordam - Men uning kvartiraga kirish barobarida gapirdim. Bu yer 2 xonali kvartira edi.
Karter, albatta, u o'zgargan. Men jismoniy ko'rinishni nazarda tutyapman. Uning ajoyib tanasi bor. Hozir hatto soqoli ham bor. Esimda u o‘smirlik chog‘larida kelajakda soqol o‘stirishini aytib yurardi.
-Xavotir olma Azosh. Sen ham mening do'stimsan axir.
- Aytgancha, Sem sening qiz do'sting ham shu yerda yashaydi ekan. U qayerda? - Men so'radim.
- U ishdan kelayotgan bo'lsa kerak - Shu payt eshik qo'ng'irog'i jiringladi.
— Mana u - dedi va eshikni ochish uchun ketdi.
Eshidan bir chiroyli qiz kirib keldi va u Natasha edi. U uning qiz do'sti. Voy bo'. Kichik dunyo. Shunga qaramay men hech qachon Billie yoki Lana bilan uchrashmaganman. Uni menga ko'zi tushishi bilan yuzini hayrat egalladi.
- Hoy - U meni tanigancha tabassum qildi.
-Hoy - Men ham tabassum qildim.
— Bir-biringizni taniysizmi? - Karter Natashani qo'li bilan o'rab oldi.
-U bugun ish joyimga suhbatga keldi. Direktorni yordamchisi lavozimiga. Va u ishga kirdi.
- Oh. Chindanmi bu qiz telefonda senga aytgan do'stim - dedi Karter dedi.
-Bu juda zo'r. Endi mening ham dugonam bo'ladi - U meni quchoqladi.
- Bu erda qolishimga ruxsat berganingiz uchun ikkingizga ham rahmat. Kvartira olishimga bir necha hafta qoldi - Men ikkalasiga ham tabassum qildim.