Ceo's girl
Bugu ishdagi birinchi kunim shuning uchun o'z vaqtida uyg'ondim. Men bugunhi kun uchun oq ko'ylak va qora shim kiyishga qaror qildim. Bo'yanishimni minimal qildim va kashtanrang sochlarimni faqat orqasiga klip bilan ochiq qoldirdim.
- Tayyormisan Azosh? - tashqaridan Natashani ovozi keldi.
Men xonamdan chiqdim. Natasha qora yubka va pushti ko'ylakda tayyor edi. U haqiqatan ham go'zal qiz. Karterga omad kulib boqdi.
— Qani endi tezroq ketaylik yo'qsa birinchi kundanoq kechikaman - dedim.
- To'xta o'tirib biroz nonushta qil nonushta qil. Karter o'z ishiga ketishidan oldin biz uchun shirinlik tayyorlab berdi.
- Ohhh. Hidi juda ajoyib. Unda tezroq yeb olaylik.
10 daqiqa ichida biz ikkalamiz ham Natashaning mashinasida bo'ldik va Jk Clothing tomon yo'l oldik.
- Hey janob Jeonga qanday qahva yoqadi.
- U qahvaxonadagi qahvani yaxshi ko'radi. Unga kuchli tamdagi qahva yoqadi shuning uchun ikki marta ekspresso yaxshi bo'ladi keyin esa oddiy jarayon.
- Xavotir olma. To'g'ri Janob Jeon qo'pol qattiqqo'l va talabchan lekin men senga ishonam.. Sen albatta uddalaysan.
- Ha albatta umid qilaman - Men tabassum qildim.
Komapaniyaga yetib kelganimizdan so'ng men nima qilishni bilmay Janob Jeonning kabinasiga bordim. Natasha menga eski kotibani ish stoli qayerda ekanini ko'rsatdi.
Men Janob Jeonni stolini biroz tartibga keltirdim. U yerdagi stakanga suv quydim. Men stolda biznes gazetasini ushlab turdim chunki Natasha menga Janob Jeon ertalab birinchi navbatda ularni o'qishni yoqtirishini ekanini aytdi. Hamma narsani tartibga solgandan so'ng Janob Jeonning qahvasini tayyorlash uchun oshxonaga borishga qaror qildim. U 15 daqiqadan so'ng shu yerda bo'ladi.
Men oshxona tomon yo'l oldim. U yerdagi finjonlarning birini oldim va ikki xouch espresso quydim keyin suv va sut qo'shdim so'ng esa biroz midorda shakar qo'shdim. Men bir oz o‘yladim va uning qahvasiga bir chimdim dolchin qo‘shdim. Onam bu qahvani tayyorlar edi. Va bu mening sevimli qahvam bo'ldi. Umid qilamanki unga bu yoqadi.
Men uning kabinasiga kirib, krujkani stol qirg'og'iga qo'ydim. Nimadir o‘qish uchun gazeta tanlamoqchi bo‘lgandim qattiq ovoz meni cho‘chitib yubordi.
— Biz Martin xonim ish boshlash uchun hali erta emasmi?
- Ey xudo meni qo‘rqitdib yubordingiz - qo'limni ko'ksimga qo'yib ortimga o'girildim.
- Bu tasodifan bo'ldi bunday qilmoqchi emas edim — dedi janob Jeon va men tomon keldi.
U jiddiy tarzda juda chiroyli ko'rinadi. Qanday qilib odam bunday chiroyli bo'lishi mumkin?
U to'q ko'k kostyum shim va palto kiyib olgan edi.
— Xayrli tong Janob Jeon - Men tabassum qilib biroz egildim. Ha men bu egilib salom berishni hali beri o'rgana olmadim.
U tartibga solingan stolga qaradi va jilmayib qo'ydi.
- Menimcha siz Natashadan hamma narsani so'ragansiz - U stulga o'tirdi.
-Ha shunday. Mana sizning qahvangiz. Mana siz ko'rmoqchi bo'lgan barcha biznes gazetalari.
Qahvasidan bir ho‘pladi. Uning yuz ifodalari o'zgardi.
Xudoyim ahmoq qiz nega birinchi kuni qahvaga doljin qo'shding aaa? Sen birinchi kundanoq xato qilding ahmoq.
- Bu qahvani kim tayyorladi? - U gapirdi.
— Siz savolini juda yaxshi eshitdingiz.
- Ha. Men bir chimdim dolchin kukuni qo'shib qo'ydim. Onam menga shunday kofe tayyorlardi. Menga yoqardi. Lekin kundalik qahva tartibingizni o'zgartirganimdan juda afsusdaman. Men borib siz uchun oddiy kofe tayyorlayman, janob jeon - dedim va kabinadan chiqa boshladim.
- Azalith - U ovozini biroz balandlatdi.
-Menga yoqdi. Menga endi har kuni mana shu qahvani tayyorlab berishingni xohlayman. - U menga kichkinagina tabassum qildi.
- Rostanmi? Sizga yoqqanidan hursandman - Men yelka qisdim.
— Um, bugun nima qilishimni hohlar edingiz? — so‘radim eng rasmiy ohangda.
- Bugungi kun uchun raqobatchilarimiz, qarzdorlarimiz, kreditorlarimizning har bir faylini ko'rib chiqing. Bilaman bularning barchasini uddalay olmaysiz. Lekin asosiylarini eslang. Ikkinchidan Mari Boult xonimga sariq atirgullar guldastasini yuboring va boshqa men bilan bog'lanmasligini ayting. Aks holda oqibatlar yomon bo'ladi. Uchinchidan men Koreya universitetidagi nutqimning bosh mehmoniman. Buni allaqachon elektron pochta orqali yuborgan.- dedi u bir nafasda.
Va men u aytgan vazifalarni bajarish uchun uning kabinasidan chiqdim. Qani ishingni boshla Azosh
Janob Jeonning kotibasi bo'lib ish boshlaganimga sal kambir oy bo‘ldi. U aytganidek bu atirgullar yo'li emas edi. Uning kayfiyati soatning soniyalari kabi o'zgaradi. Men u haqida bir narsani bilib oldim agar siz u bilan yaxshi munosabatda bo'lsangiz, u yaxshi. Ammo agar siz uning yomon tomoniga kelsangiz, u eng yomoni. Men hazil qilmayapman.
Agar men haqimda so'rasangiz, men shu paytgacha undan qichqirmaslikka muvaffaq bo'ldim. Aytmoqchimanki, bir marta u menga qichqirdi, lekin bu mening aybim emas edi.
Dam olish kunlari uyimga sayohat qildim lekin afsuski Albert bilan uchrasha olmadim
chunki u Fransiyaga ishi uchun ketishi kerak edi. U marketing bilan shug'ullanadi shuning uchun u tez-tez sayohat qilishi kerak.
Men hali ham Karter va Natasha bilan yashayman. Biz juda yaqin bo'lib qoldik. Men ularga yetarlicha rahmat aytolmayman. Lekin men allaqachon o'zim uchun alohida kvartirani tanlaganman. Ijara mening byudjetimga ham tegishli. Shunday qilib men ikki hafta ichida ko'chib o'tishni rejalashtiryapman. Axir men bu yerda abadiy qola olmayman.
Bugun dushanba edi demak janob kayfiyatli shimni ko'rishim kerak. Ha men Jeon Jungkookga shunday ism qo'yganman.
- Salom Mila! - Men do'stimga aylangan qabulxona xodimiga salom berdim.
- Xayrli tong Azosh. Qanday ketyapti? — tabassum bilan so‘radi.
— Juda yaxshi. Janob Jeon unchalik yomon emas.
- senga sabr va omad tilayman azizim. Chunki ba'zilar uni yirtqich hayvon deyishadi. - U ko'z qisib qo'ydi.
— Ha men ham bu gaplarni eshitganman mayli men ketishim kerak. U istalgan daqiqa shu yerda bo'lishi mumkin - dedim.
Men odatdagidek kun uchun hamma narsani tartibga solish uchun kabinamga kirdim. Azalith kunlar o'tishi bilan o'zini fidoyi xodim ekanligini isbotlab turardi. U mehnatkash punktual va fidoyi edi.
Ammo hozir mening kayfiyatim butunlay buzildi chunki Koreya yangilikar gazetasida men haqimda chop etilgan bu mutlaqo yolg'on edi. Bundan oldin ham men haqimda yuzlab yolg'on maqolalar bo'lardi lekin buni hal qilish mumkin edi.
Ushbu maqola mening biznes etikam haqida. Ular barcha noto'g'ri narsalarni chop etishibdi men o'z kompaniyamning moliyaviy hisobotlarini qanday manipulyatsiya qilishim buzilgan mahsulotlarni sotishim va nima bo'lmasligim. Agar yangi mijozlar buni o'qisa bu mening mahsulotlarimga salbiy ta'sir qiladi.
— Xayrli tong janob Jeon - Azalith qo'lida qahva va yuzida keng tabassum bilan kirdi.
- Hoziroq PR-menejerga qo'ng'iroq qiling. Bugungi barcha uchrashuvlarimni bekor qiling. Men aytmagunimcha bezovta qilishmasin - Men unga buyruq berdim.
U ko'zlarini qisib: Hammasi joyidami?
— Uyingizda gazeta yo'qmi? - Men hech qanday sababsiz unga baqirdim.
Men uning qo'liga Koreya yangilikari gazetasini berdim.
U avval gazetaga qaradi va menga qaradi: Men janob Jeon maqolani o‘qib chiqdim.
— Hali ham mendan hammasi joyidami deb so'rayapsizmi? – so‘radim jahl bilan.
-Janob Jeon, siz jamoat arbobisiz. Odamlar siz haqingizda shunday narsalarni chop etishadi. Siz bunga e'tibor bermasligingiz kerak.
- Oh rostdan ham Martin xonim? Siz hozir menga o'rgatyapsizmi? Men jamoat arbobidan nima kutilishini bilaman. Men haqimda avval ham yuzlab yolg‘on maqolalar chop etilgan. Ammo bugungi maqola mening biznes etikam haqida. Hech qanday holatda men bunga toqat qilmayman. Xullas, men aytganimdek qiling.