Command of the heart
<Ishonch koʻz yoshga oʻxshaydi, koʻzdan chiqdimi tamom, qaytmaydi>
Qiz koʻzlarini erinib ochar ekan soatni koʻrib oʻrnidan qanday turib ketganini oʻzi ham bilmay qoldi. Tezda yuvinib chiqib shoshilgancha kiyinib pastga tushdi. Pastda esa dugonasi bamaylixotir nonushta qilayotganini koʻrib figʻoni falakgda chiqdi.
Ara endi nonushtaga oʻtirgan dugonasini tepasiga borib qoʻllarini beliga qoʻyib turib oldi.
Ara:nega meni uygʻotmading- qiz oʻzini qanchalik bosishga urinmasin baribir uni ohangidan asabiyligi qilinayotgandi.
Yuna:uygʻotdim oʻzing turmading- pinagini ham buzmay gapirdi qiz
Arani bu gaplar battar qonini qaynatdi
Ara:yuna sen ataylab qilgansan bilib qoʻy oʻchimni olaman yaramas qiz- deb Yunani toʻgʻrisiga oʻtirib oldi-hech boʻlmasa nonushta tayyorlabsan-ku
Ara ham nonushta qilishni boshladi. Qizlar nonushta qilib boʻlib maktabga yoʻl olishdi.
Yoʻl boʻyi ular har hil mavzu haqida gaplashishib qanday maktabga kelib qolishganini bilmay qolishdi.
Ular sinfga kirishganda oʻqituvchi doskaga nimalardir yozayotgan edi. Qizlar bildirmay kirishib oʻz joylariga oʻtirib olishdi. Va bir biriga qarab kulib qoʻyishdi.
AraPov:bugun darslar juda zerikarli oʻtyabdi tezroq uyimga borasmu oʻzimni yotogʻimga tashlasam. Uni ustiga oʻzimni yomon his qilyapman yuragim gʻash.
Ara boshini partaga qoʻyib yotib oldi 10 daqiqalardan soʻng yuna uni turtib chaqirdi.
Ara:nima deysan-sekin boshini koʻtarib
Yuna:ahvoling yaxshimi-havotirlanib soʻradi.
Ara yana boshini partaga qoʻyib olib gapirishni boshladi-negadir yuragim gʻash huddi yaqinda nimadir boʻladigandek.
Yuna:unday dema yaxshilikni oʻyla-deb Arani boshini siladi.
Ara:yaxshiyam sen borsan boʻlmasa nima qilardim dugonajon-deb boshini Yurani yelkasiga qoʻydi.
Eshik ochilib honaga direktor va ikki yigit kirib keldi. Hamma direktorga hurmat yuzasidan egildi.
Direktor:salom bolalar. Bugun sinfingizga yangi oʻquvchilar keldi- direktor 2 yigitga qarab- oʻzingizni tanishtiring- dedi va oʻzi xonadan chiqib ketdi.
Birinchi yigit bir qadam oldinga chiqib gapirishni boshladi.
Tae:men Kim Taehyungman sizlar bilan chiqishib ketamiz degan umiddaman
U oʻz joyiga qaytdi. Keyin ikkinchi yigit chiqib oʻzini tanishtirdi.
Jk: meni ismim Jeon Jungkook yaqinlarim esa meni Jk deyishadi. Sizlar bilan chiqishib ketamiz degan umiddaman
Ara:nima-qoʻlidagi telefonini titkilab javob berdi.
Yuna:hoy nima qilyapsan ularga qara, sinfingizga yangi odamlar keldi- Yunani bu gapidan Ara telefonini qoʻyib Yunaga yuzlandi.
Ara:hoʻsh nima qilay aytchi Yuraginam nima qilay-a anavilarga oʻxshab ularga yaltoqlanaymi. Yoki borib bu yerga kelgani uchun ularga rahmat aytaymi. Hoʻsh nima qilay.
Yuna-yo hudo men shun…- Yunani soʻzi ogʻzida qolib ketdi uni soʻzini ustoz boʻlib tashladi.
Ustoz:Yuna oʻrningdan tur- Yuna sekin oʻrnidan turdi ustozni keyingi soʻzlaridan soʻng unga hayron boʻlib qaradi nafaqat u balki Ara ham.
Ustoz:orqadagi stolga oʻtir(yani partani aytayabdi)
Ustoz:chunki ikkingizni ham ogʻzingiz tinmayabdi endi esa narsalaringni yigʻishtir-ustoz Jungkookga yuzlandi sen borib Yunani yoniga oʻtir- Keyin Taehyungga qarab- sen esa Arani oldida oʻtiradan. Qani tezroq dars vaqtimni olyabsiz.
Ara:ammo ustoz...-deb oʻrnidan turayotgandi ammo ustozni gapini deb joyiga oʻtirishga majbur boʻldi.
AraPov:ayni paytda shu ustozni menga chaqchayib qarab turgan koʻzini oʻyib olgim kelayabdi. Men nima dedim emish ah seni koʻzingni oʻyib olish bilan birga bonusiga tiliningni ham uzib olsam qaniydi. Koʻzimni undan olib yonidagi yigitga qaradim Yuna aytgandek chindan kelishgan ekan. Ey nima deyabman oʻzingni yigʻib ol Ara.
Jungkook borib Yunani oldiga oʻtirdi Taehyung ham Arani oldiga oʻtirdi.
Yuna:biroz oldin oʻzing aytdingku
Jk:haya…tanishganimdan hursandman-qoʻl choʻzib
Taehyung qizni bunday qoʻpol muomalasiga hayron qoldi va oʻziga eshitarli qilib pichirladi.
Vanihoyat hamma kutgan qoʻngʻiroq chalindi. Hamma oshxonaga ketdi, shu bilan birga bizni toʻrt qahramonlarimiz ham.
Yuna:sen borib oʻtirib tur men hozir boraman.
Yuna:ichish uchun biror nima olib kelaman, sen ovqatlar bilan men kutib tur ammo ovqatlarga qoʻlingni tekkiza koʻrma- deb yugurib ketib qoldi. Ara esa uni orqasidan baqirgancha qolib ketdi
Ara:Tezroq kelmasang hammasini oʻzim yeb qoʻyaman.
Ara qoʻlidagi ovqatlarni stolga qoʻyib oʻzi ham oʻrindiqqa oʻtirdi va atrofdagilarni kuzatishni boshladi.
AraPov: Yuna ketgandan soʻng bir oʻzim borib toʻrt kishilik stolga oʻtirdim va atrofni kuzatdim. Hamma oʻz ishlari bilan band oʻz tashvishlari oʻz gʻamlari bor. Hech kim bu hayotda sinovlarsiz gʻamlarsiz dardlarsiz yashamaydi. Hayot bizga doim sinovlar yuboradi hech qachon hayot bir tekisda ketmaydi. Shularni oʻylab oʻtirar ekanman yonimdagi stolga kimdir oʻtirdi men uni Yuna deb oʻylab tabassum bilan endi gapirmoqchi edim, ammo kim ekanligini koʻrib tabassumim soʻnib asablarim raqsga tushishni boshladi.
Ara:yoʻqol-asabilashganimdan qanday qilib uni stulini tepib yuborganimni bilmay qoldim. Bu qiligʻimdan u ham hayratlandi, labini chetida kulib yana meni asabimni buzishni boshladi.
?:meni puchuqvoyimni kuchi koʻpayib ketibdimi
AraPov: yo hudoyim bu nima deyabdi oʻzing sabr ber.
Ara: Felix men bilan toʻgʻri gaplash men seni hech qanday puchuqvoying emasman lanati.
Felix:bunday yomon soʻzlarni gapirma kichkintoyim. Balki sen bilan biror klubga borarmiz nima deysan.
AraPov:boʻldi shuncha sabr qildim bu meni bi*tch deb oʻylayabdimi endi oʻzidan koʻrsin.
Ara jahl bilan oʻrnidan turib stolni ustidagi ovqatlarni yerga otib yubordi va bor ovozi bilan baqirdi:MENGA QARA LEE FELIX OʻZINGNI KIMMAN DEB OʻYLAYABSANA, MEN BILAN QANDAY OHANGDA GAPLASHYABSAN, KIMSAN SEN, A KIMSAN... KEL YAXSHISI KIM EKANLIGINGNI MEN AYTAMAN- Ara Felixga biroz yaqinlashdi va avvalgidan ancha farq qiladigan sokin ovozda dedi: men aytaymi seni kimligingni...otasini puliga kayf-u safo qilib yuradigan oʻzidan boshqa hech kimni oʻylamaydigan hudbin va otasisiz hech narsani eplay olmaydigan bechora bolakaysan...ha Felix sen bir bechora bolakaysan. Pulingsiz esa umuman hech kimsan.
Felix:HADDINGDAN OSHIB KETDING-felix Arani urush uchun qoʻl koʻtarganda kimdir uni qoʻlini ushlab qoldi Felix qoʻlini ushlab turgan odamga qaradi va qoʻlini tortib oldi.
Felix:yana qanaqa Kim Taehyung.
AraPov:Felix meni urmoqchi boʻlib qoʻl koʻtarganda uni qoʻlini kimdir ushlab qoldi men bundan hayron qoldim ammo uni ushlab turgan insonni koʻrganimdan soʻng hayratim ikki barobarga oshdi. Axir bu anavi yigit ku ismi Taehyungmidi ha ha shunday Taehyung, bu ahmoq nima qilyapti meni qutqaraman deb oʻzini boshiga balo orttirib olayabdi.
Tae:Kim korporatsiyasining katta vorisi.
Felix: Ajoyib. Men esa Lee avlodini keyingi vorisiman. Endi esa yo'qol - Felix yana Araga qarab gapirmoqchi edi ammo Taehyung bunga yo'l qo'ymadi.
Tae: tinch qo'y dedim tushunmadingmi - Taehyung uni chetlab oʻtib Arani oldiga keldi.
Tae:yaxshimisan-Ara haliyam uni yuziga termulib turardi:hoy eshityapsanmi.
AraPov:hoy Ara nima qilyapsan nega unga bunday qarayabsan oʻzingni qoʻlga ol ahmoq qiz.
Tae:men Taehyungman sen bilan tanisha olmagandik-qoʻlini choʻzib.
Ara:Ara-u ham unga qoʻlini choʻzdi.
Ara:ismim…-Arani gapi tugamasidan Felix javob berdi.
Felix:uning ismi Ara-ikkimiz ham Felix tomon qarar ekanmiz qoʻlini choʻntagiga solib bizga qovogʻini solgancha qarab turardi:tanishuvingiz tugadimi?
Taehyung undan koʻzini olib menga qaradi:yaxshi Ara stolga oʻtir.
AraPov:nega bu menga buyruq berayabdi. Negadir shu paytim qaysarligim tutib qoldi.
Ara:nega menga buyruq berayabsan?
Ara:nima qilishimni oʻrgatma-deb narsalarini olib oshxonadan chiqib ketdi. Taehyung esa nima boʻlganini tushunmay qoldi.
TaePov:gʻalti qiz ekan bir qarasang yaxshi gapiradi bir qarasang chaqib oladi ammo chindan chiroyli qiz. Uf nima haqida oʻylayabman-a.
Taehyung ham atrofga bir qarab qoʻyib oshxonadan chiqib ketdi.