Painful happiness
~aytilgan so'zlar kechirilishi mumkin ammo hech qachon unitilmaydi.
Jk: nima sizlar tanishmisizlar?
?: albatta ahir biz nechi yillik dugonamiz toʻgʻrimi- deb Araga qaradi Ara esa bosh silkib javob beradi va yana qizni quchoqlab oladi ammo bu quchoq uzoqqa choʻzilmadi.
Ara qizni bagʻridan chiqib unga tushunmay qaradi.
Ara: sen bu yerda nima qilayapsan-qiz dugonasini bu gapini eshitib hayron qoladi.
Ara: nimani bilishim kerak- tushunmay savol berdi ammo zum oʻtmay miyasiga kelgan fikri qizni qoshini chimirishiga sabab boʻldi: yoki nima sen Jungkookni hotinimisan?
Alya: jinnimisan- Araga jinniga qaragandek qarab gapirdi: bu yer meni uyim ammo sen bu yerda nima qilayabsan.
Ara: qanaqasiga bu yer seni uying boʻladi. Ha sen Jungkookni hotinisan demak- Ara asabiy kuldi.
Alya: hoy yana qanaqa hotin Jungkook meni akam.
Dugonasini bu gapini eshitgan qiz unga bir zum tikilib qoldi va sekin koʻzlarini yumdi.
Alya: endi sen javob ber bu yerda nima qilayabsan?
Ara: akang uylanganini bilasanmi?- sokin ovozda savol berdi.
Alya: ha- tushunmay javob berdi lekin zum oʻtmay koʻzlari kattalashib ketdi: nima senga uylandimi?- qizni bu savoliga Ara shunchaki bosh chayqab qoʻydi: shunda endi sen meni kelinoyimmisan- Alyani bu gapidan soʻng Ara uni yelkasiga yengil shapatiladi.
Ara: ey oʻchir men seni haliyam dugonangman.
Qizlar gap bilan boʻlib qolganlarni unitib qoʻyishdi.
J/x: hmhm... qizim sen qachon qaytding- Jeon xonim Alyaga yuzlandi.
Alya Arani chetga surib Jeon xonim yoniga bordi va uni quchdi.
Alya: bugun qaytdim- quchoqni buzmay javob berdi.
Jk: nega qoʻngʻiroq qilmading haydovchi joʻnatardim seni olib kelardi.
Alya Jeon xonimni quchogʻidan sekinlik bilan chiqdi va akasiga qarab gap boshladi.
Alya: nega meni kutmasdan toʻyingizni qildingiz?- Alyani yuzidan uni haftaligi koʻrinib turardi.
Jk: bu shoshilinch qaror boʻldi.
Ara ham sekin yurib kelib oʻz joyiga oʻtirdi. Ara oʻtirishi bilan Alya uni turtib savol berdi.
Alya: mayli akamniku tushunaman uni hech kim bilan ishi yoʻq ammo senchi... axir yaqin dugonangman yaramas.
Ara: men senga kelma deganmidim nega kelmading yoki senga aytishmadimi?
Alya: men judayam kech xabar topdim shuning uchun kech qoldim ammo men akamni hotini sen ekanligingni bilmasdim.
Ara: menam sen Jungkookni singlisi ekaningni bilmasdim- Alya endi gapirmoqchi edi lekin Jungkook gapirgani uchun jim boʻldi.
Jk: ikkingizham bas qilib ovqatingizni yeying... So xonim- Jungkook xizmatkor ayolni chaqirdi
S/x: labbay janob- oshxonadan yoshi biroz oʻtgan ayol chiqib hurmat yuzasidan hammaga egildi.
Jk: Alyaga ham idish olib keling- So xonimga buyurdi.
S/x: xoʻp boʻladi janob- yana bir marta tazim qilib xonadan chiqib ketdi va koʻp oʻtmay idishlar bilan qaytib keldi. Ertalabki nonushtaning qolgan qismi sokinlikda oʻtdi faqat tarelkalar (oʻzbekchasini bilmayman) va sanchiqilarning bir biriga urilgan ovozi chiqdi.
Nonushtadan soʻng hamma oʻz xonalariga tarqaldi.
Ara xonaga kirganda yotoqda telefon koʻrib yotgan eriga koʻzi tushdi u nima qilishni bilmasdan oʻsha yerda Jungkookga qarab turdi.
Jk: nega menga bunday qarab turibsan.
Ara: qanday qarayabman ekan-qoshini koʻtarib savol berdi.
Jk: oʻtli nigohlar bilan qarayabsan-kulib javob berdi.
Ara: ehtiyot boʻling bu oʻtli nigohlar sizni yoqib yubormasin Janob Jeon- Ara yurib kelib divanni qirgʻogʻiga oʻtirdi.
Jk: ohooo ja unchalik yondirmasangiz kerak Jeon xonim- telefonini oʻchirib chetga oldi.
Ara: bu nigohlar koʻplarni yondirdi zotan meni bilasiz Janob Jeon.
Jk: qaranga- ular har bir gapda bir biriga yaqinlashib borishardi ammo buni oʻzlari sezishmsadi- kim ekan oʻsha koʻplar.
Ara: ahhh sanasam adogʻi yoʻq- ularni orasida juda kam masofa qoldi.
Jk: shunchalik koʻp koʻngillarga oʻt yoqqanmisiz Jeon xonim.
Ular bir birini koʻzlariga tikilib qolishdi. Jungkookni koʻzlari sekin qizni labiga tushdi va bir yutunib qoʻydi. Sekin Araning lablariga yaqinlashar ekan Ara nima boʻlishini bilib koʻzlarini yumib oldi va shu payt birdan eshik taqqiladi. Ara qanday qilib Jungkookni itarib yuborganini bilmay qoldi. Eshik ochilib ichkariga Alya kirib keldi.
Alya : sizlarni bezovta qilmadimmi?
Ara: yoʻ..yoʻq ti...tinchlikmi?
Alya: ha tinchlik men shunchaki qachondan yana universitetga borishingni soʻramoqchi edim- Ara Alyani gapini eshitib tushundim degandek bosh chayqab qoʻydi va koʻz qiri bilan ularni kuzatib turgan Jungkookga qaradi.
Ara: men ertadan chiqaman- bu javobdan Alyani koʻzi kattalashib ketdi.
Alya: jinnimisan axir sen yangi kelinsan bir necha haftadan keyin chiqishing kerak.
Ara: yoʻq men ertaga chiqishni hohlayman.
Jk: menimchayam Alya haq toʻying boʻlganiga hali ikki kun ham boʻlmasdan universitetga chiqa olmaysan.
Alya: bundan tashqari...- Alya gapni qanday aytishni bilmay jim turardi.
Jk: nima bundan tashqari yana biror gap bormi?- Jungkook Alyadan soʻradi.
Alya chuqur nafas oldi: bobom ham kelayabdi ekan.
Jk: nima?- Jungkook qanday qilib oʻrnidan turganini oʻzi ham sezmay qoldi.
Ara nima boʻlayotganini tushunmay bir Jungkookga bir Alyaga qarardi. Ara Alya qoʻrqayotganini tushundi chunki uni yuzidan buni bilish qiyin emasdi Jungkookni yuzidagi ifodaga esa tushunib boʻlmaydi.
Jk: qachon kelarkan?- Jungkook Alyaga savol berdi.
Jungkook chuqur nafas olib oʻzini divanga tashladi.
Ara: nima boʻlibdi kelsa kelaversin- Arani gapidan soʻng Jungkook unga yeb qoʻyadigandek qaradi: nima nega menga bunday qarayabsiz. U odam shunchalik yomonmi namuncha undan qoʻrqasiz.
Alya hozir bir balo boʻlishini sezib Araga tushundirdi.