July 28, 2025

Painful happiness

~hayot sizga hech narsani gapirmaydi, sizga hammasini koʻrsatib beradi.

Ep1.

Bugun Kimlar va Jeonlar xonadonida katta bayram chunki ikki qudratli insonlar qarindoshlik rishtasini boʻgʻlashyapti. Aynan shu xonadonlarning biridagi katta xonaning oʻrtasida kelin koʻylakda bir qiz oynaga qarab hayol surib turardi.

AraPov: men nima qilyapman oʻzim koʻrmagan bilmagan insoninga qanday qilib turmushga chiqaman yoʻq bunday qilmayman, qilolmayman ammo... ammo otam uni yuzini ham yerga qarata olmayman. Lekin otam ham meni oʻylamayapti-ku.
Ara hayolga berilib eshik ochilganini sezmay qoldi. Eshikni ochib Janob Kim kirib keldi. Va Arani yoniga bordi.

J/K: qizim- Arani yelkadiga qoʻlini qoʻydi, Ara sekin otasi tomon oʻgirildi: vaqt boʻldi.

Ara: dada men hohlamayman hech qachon bilmagan hatto yuzini ham koʻrmagan insoninga qanday qilib turmushga chiqaman- past ohangda.

J/K: qizim u yaxshi yigit... oʻzing aytchi men senga yomonlikni ravo koʻrishim mumkinmi- Ara boshini silkidi.

Ara: ammo ota...-Janob Kim Arani soʻzlarini kesib tashladi.

J/K: seni yolgʻiz katta qildim, hatto sen uchun boshqa oila qurmadim, oʻgay ona senga yomon muomila qilmasin dedim, onang yoʻqligini senga bildirmay katta qildim, biror nima soʻrasang sababini soʻramadim hammasini bajardim bugun men sendan ilk marotaba bir narsa soʻradim...

Ara: hoʻp dada roziman- Ara boshqa otasini soʻzlariga chiday olmadi. Qizni koʻzlaridan milt milt yosh oqardi.

J/K: qizalogʻim boʻldi yigʻlama axir men seni koʻz yoshlaringa chiday olmayman- deb qizni koʻz yoshlarini artdi- endi esa kettik vaqt boʻldi.

~Timeskip

Hammaning koʻzi tepadan oppoq libosda tushayotgan qiz va yonidagi otasida edi. Ular zinalardan tushib mehrob tomon yura boshlashdi. Mehrobda esa ularni bir kelishgan yigit kutib turardi.

AraPov: bilmadim qanday qilib otmaga rozilik berdim. Mayli nima boʻlsa boʻldi endi ortga yoʻl yoʻq. Zinalardan tushib mehrob tomon yurar ekanman u yerda bir yigit turardi. Menimcha u meni boʻlajak erim... aytishganicha bor ekan. Baland boʻylar, oʻtkir nigohlar, sovuq aura u har bir qizni orzusidagi yigit... Ammo baribir u bilan oila qurishni hali ham istamayapman u qanchalik kelishgan boʻlsa ham

Jeon Jungkook
Ara faqat gʻamgin koʻrinishda

Unchalik uzoq bo'lmagan mehrob yoniga ham yetib kelar ekanmiz otam o'zining issiq qo'llaridan qo'limni bo'shatib qarshimdagi sovuq yuzli yigitga topshirdi ajabo uni faqat yuzi sovuq ekan ammo qo'llarining tafti anchayin iliq

J/K: qizimni senga topshirdim uni ehtiyot qil.

Jk: ho'p- u o'sha jiddiyligi bilan javob berdi. Buni namuncha qovog'idan qor yog'adi haaa menimcha buniyam bu to'yga majburlashgan.

Yonimdagi manabu janob sovuq bilan rohib yo'l oldik. Yetib borishimiz bilan rohib bir menga bir anavi sovuq janoblariga qarab qo'ydi. Soʻng rohib oʻz soʻzlarini boshladi.

Rohib: siz Jeon Jungkook Kim Arani sogʻlikda va kasallikda, boylikda va kambagʻallikda doimo yonida boʻlishga vaʼda berasizmi.

Jk: ha- javob berdi.

Soʻng rohib menga yuzlandi...
Rohib: Siz Kim Ara Jeon Jungkookni sogʻlikda va kasallikda, boylikda va kambagʻallikda doimo yonida boʻlishga vaʼda berasizmi.

Javob berishdan oldin o'ylanib qoldim agar hozir men ha desam qarshimdagi shu insonim bilan umrimni o'tkazishimga to'g'ri keladi keyin har tongda shu sovuq ko'zlarga qarab uyg'onamanmi yo'q yo'q ammo boshqa ilojim ham yo'q.

Qizdan hech qanday sado kelmagach hamma pichir pichir qila boshladi rohib ikkinchi marta takrorlamoqchi boʻlib ogʻiz ochganda qizni roziligini eshitdi.

Rohib: yaxshi... menga berilgan vakolat bilan men sizlarni bugundan boshlab er xotin deb eʼlon qilaman. Bir biringizdan boʻsa olishingiz mumkin.

Rohibni bu gapidan soʻng Ara koʻzini katta katta ochib bir rohibga bir Jungkookga qaradi. Jungkook u tomon yaqinlashar ekan Ara boshini inkor tariqasida chayqadi. Jungkook qizni yoniga keldi va peshonasidan oʻpib qoʻydi. Bundan barcha mehmonlar bir muddat hayron qoldi va keyin qarsak chaldi soʻng bazm boshlanib ketdi.

~Timeskip

Toʻy ham nihoyasiga yetdi. Ikki yosh mashinada ketishar ekan hech kimdan sado chiqmasdi. Va nihoyat ular uyga yetib kelishdi. Jungkook mashinani uy oldida toʻxtatdi. Eshikni ochib mashinadan tushdi soʻng qiz tomonga qarab harakatlandi. Jungkook qiz oʻtirgan tomonning mashina eshigini ochmoqchi edi ammo mashina eshigi oʻzi ochilib ichidan Ara tushdi. Qiz Jungkookni koʻrib hayron boʻldi. Ammo unga uncha eʼtibor bermadi. Va yangi uyi tomon ketishni boshladi.

Jungkook va Ara uyga kirishdi. Ularni Janob Jeon va Jeon xonim kutib oldi.

J/x: oh azizim Ara oilamizga hush kelibsan qizalogʻim.

Ara: minnatdorman honim- mayin ovozda aytilgan bu gapdan Jeon xonimning qoshlari chimirildi.

J/x: meni honim emas oyi de hoʻpmi oyi.

Ara bu gapni kutmagani uchun biroz hayron qoldi chunki u Jeon xonimni kiborli ayol deb oʻylardi.

Ara: a.a hoʻp hon... yoʻgʻe oyi.

J/x: bu boshqa gap sen endi meni qizimsan men bilan hech tortinmay muloqot qilaver.
Bu gaplardan zerikib Janob Jeon gap boshladi.

J/Jeon: mayli bolalar biz ketishimiz kerak muhim ishimiz chiqib qoldi bugun qaytmaymiz ammo ertalab shu yerda boʻlamiz- suhbat boshidan beri bir so'z ham demagan Jungkook tilga kirdi...

Jk: hoʻp mayli dada yaxshi yetib olinglar- u otasiga yuzlanib shunday dedi va keyin Araga qarab ikkinchi qavatga bosh imladi. Ara kelin koʻylagini ohista ushlab noziklik bilan zinadan koʻtarilishni boshladi. Ular ikkinchi qavatga chiqqandan soʻng Ara toʻxtab qoldi chunki u qaysi xonaga kirishni bilmasdi buni Jungkook payqab oldiga oʻtdi va bir xonani eshigini ochdi.

Jk: kir- deb bosh imladi qizga.
Qiz ham Jungkook koʻrsatgan honaga kirdi bu xona yotoqxona edi. U yer qizil atirgullar bilan bezatilib romantik muhitga ega edi. Jungkook qizni ortidan xonaga kirdi.

Ara: sen bu yerda nima qilayapsan?- qizni bu savoli yigitni qoshlarini chimirilishiga sabab boʻldi.

Jk: bu meni honam- ana endi qosh chimirish navbati qizga keldi...

Ara: unda meni nega bu xonaga olib kirding.

Jk: chunki endi bu seni ham honang- qizni hali ham qoshlarini chimirib turganini koʻrgan yigit gapida davom etdi: menga unday qarama bu menga ham yoqayotgani yoʻq. Sen ham men ham majburlikdan turmush qurdik... kel yaxshisi bir birimizni ishlarimizga aralashmaymiz. Bu iltimos emas bu taklif.

Arani bu gap oʻylantirib qoʻydi toʻgri ikkisi ham majburlikdan turmush qurishdi ammo qiz birinchi kechada oʻz eridan bu gaplarni eshitishni kutmagandi. Ammo bu qiz uchun ham yaxshi taklif edi va bu taklifni rad etishga hech qanday sabab yoʻq.

Ara: mayli yaxshi men taklifingni qabul qilaman ammo... - ayvonning eshigi taqqillagani uchun qiz gapini toʻxatishga majbur boʻldi bu shunchaki eshitildi deb yana soʻzida davom etmoqchi edi ammo yana bir marta oʻsha ovoz eshitildi. Jungkook hotirjam oʻrnidan turib ayvon eshigini ochdi. Eshik ochilishi bilan Jungkookni pinjiga kirib olgan odamni koʻrib Ara tushunmadi ammo uni keyingi soʻzlari Arani hayron qoldirdi.

?: sevgilim

1-qism tugadi

Writer_Ara