August 16, 2025

batka nom yozaslar

~Hayot kapalak umri misol. Na hafa qilishga arziydi va na hafa boʻlishga.

Ep2.

?: sevgilim.

Qiz sekin Jungkookni quchogʻidan chiqib menga koʻz tashlab qoʻydi va yana Jungkookga gapirishda davom etdi.

?: sevgilim hoʻsh qalaysan. Toʻy yaxshi oʻtdimi.

Bu qiz nima deyapti sevgilim deyaptimi. Uni ustiga toʻy bu yerda nima boʻlyapti oʻzi. Jungkookga yopishishinichi buni, toʻgʻri uni sevmayman ammo u nima boʻlsa ham erim.

Jungkook endi ogʻiz ochib gapiraman degandi ammo men uni gapirishiga yoʻl qoʻymay oʻzim gapirdim.

- bizni toʻyimiz ajoyib oʻtdi bu yogʻidan tashvish qilmay qoʻya qol... Undan koʻra menga aytchi sen kimsan va bu yerda nima qilayapsan- sekin yurib qiz va Jungkookni yoniga yetib keldim.

?: e ha sen meni tanimaysanmi- qiz mendan nigohini olib "erimga" qaradi: sevgilim sen haliyam xotininga ah kechirasan sohta xotining meni kimligimni aytmadingmi...yaxshi unda o'zim aytaman- yana menga yuzlandi: biz Jungkook bilan sevishganlarmiz. Men uni sevaman u esa meni.

Albatta uncha hayron qolmadim kutilgan gap edi bu. Axir o'z og'zi bilan sevgilim deb aytib turgandiku.

?: ah ismimni aytish yodimdan koʻtarilibdi... ismim Hyoona. Seniki adashmasam Ara edi toʻgʻrimi- bu qizni oʻzini tutishi meni qonimni qaynatyapti. Menga qarab turgan 2 juft ko'zlarni o'yib olishni shunchalik hohlayabmanki tasavvur ham qilolmaysiz. Hozir meni o'rnimda boshqa qiz bo'lganda uyni boshiga ko'targan bo'lardi. Ammo men oʻzimni qanday tutish kerak ekanini bilaman. Chunki men shallaqi emasman.

Ara: Sen bilan tanishganimdan hursandman demoqchi edimu ammo men yolg'on gaprishni yomon ko'raman... ayniqsa hattoki bitta yolg'onimga ham arzimaydigan sendaka odamlar uchun. Endi esa bu yerdan yoʻqol- men anchagina sokin ovozda gapirib yotoqqa o'tirib oldim. Bu gapim qizaloqqa yoqmagan ko'rinadi bu yuzidan ma'lum. Qiziq u meni bunday munosabatda bo'ladi deb o'ylamagan ko'rinadi. Erginamga qaraganimda uni yuzidagi hayratbi ko'rib unga ensa qotirib qo'ydim

Hyoona

Hy: tushunmadim?

Ara: bu yerdan yoʻqol deyabman- Ikki qo'limni yotoqqa qoyib olib gapirdim.

Jk: u hech qayerga ketmaydi- vanihoyat men buni tilini yutib yubordimikan deb turgandim

Ara: sen aralashma... - unga bepisand nigoh tashladim albatta bu uni jahlini chiqarish uchun ho'sh ko'ramiz erginamni jaxli qanday ekan. Menga olov bilan o'ynashish juda yoqadi. Miyig'ida kulib qo'ydim. Keyin anavi qizga qaradim u esa bir menga bir Jungkookga jovdirab qarab turardi - sen esa hoziroq yoʻqol.

Jk: MEN SENGA TUSHUNTIRA OLMADIM SHEKILI HYOONA HECH QAYOQQA KET-MAY-DI- oxirgi so'zini dona donalab aytdi. Bu gigant nega menga baqiradi menga hattoki o'z otam baqirmagan bu kim bo'libdi. Men tezlik bilan o'rnimdan turib unga keskin yaqinlashdim

Ara: sen hozir kimga baqirding sen kimsan-ki menga baqirasan...kimsan sen men bilan bunday ohangda gaplashadigan. Yana bir marta menga ovozingni koʻtaradigan boʻlsang tilingni sugʻirib olaman.

Jaxl bilan tilimga nima kelsa aytib yubordim. Bu gaplarimdan so'ng uni qanday reaksiya bildirishini tomosha qilish uchun undan biroz uzoqlashdim. Hozir burni va quloqlaridan tutun chiqib ketadi. Hhh battar bo'l qarab tur menga baqirganing uchun ham hali ko'p asablaringni yiyman. Shularni o'ylab lablarimni biroz yoyib jilmaydim u buni ko'rib battar tutab ketdi va qo'limdan ushlab o'ziga tortdi. Men bir muddat nima bo'layotganini bilmay qoldim va uning tunni eslatuvchi ko'zlariga tikilib qoldim. Birinchi marta... birinchi marta men otamdan boshqa bir erkakka juda yaqin keldim.

Jk: sen meni kimligimni bilmoqchimisan... agar yana bir marta menga shunday ohangda gapirsang meni kimligimni bilib olasan.

Ara: hoʻsh nima qilasan... nima qila olasan- men qoʻlimni undan tortib olib uni itarib yubordim: YANA SENGA SHUNDAY GAPIRSAM NIMA QILASAN A.

Ataylab ovozimni ko'tarib gapirdim. Menga farqi yo'q. Men hech kimdan qo'rqmayman. Hech kimga boshimni ham egmayman. Uni ko'ziga tik qarab turar ekanman qo'limdan anavi qiz tortdi.

Hy: hoy qiz oʻzingni bosib ol - nima dedi o'zingni bosib ol dedimi. Bu hali o'zimni bosib turganimku.

Ara: sen haliyam shu yerdamisan... Men senga nima degandim hoziroq bu yerdan yoʻqol demaganmidim.

Qiz endi menga javob qaytarmoqchi edi ammo uni ovozini bazi birgilarning qo'plogina ovozi buzdi.

Jk: sen kimni uyidan kimni haydayabsan a

Past ammo qo'rqinchili tarzda gapirdi uning sovuq tim qora qora ko'zlari esa meni qahva rang ko'zlarimga edi. Ammo men tilimni tiyamanmi albatta yo'q. Meni tabiatim shunaqa bolaligimdan shunday bo'lganman hech qachon bunday tortishuvlarda mag'lub bo'lmaganman va bo'lmayman ham.

Ara: oʻz uyimdan oʻz yotoqxonamdan erimni oʻynashini haydayabman. Ammo agar erim oʻynashidan havotir olayotgan boʻlsa erimga ham eshikni koʻrsatib qoʻyishim mumkin.

Jk: hoy qiz oʻzingdan kimni yasab olyapsan... seni meni hotinim deb kim aytdi... toʻgʻri hotinimsan faqat qogʻozda... hayotimda esa zarracha ham oʻrning yoʻq... men sevadigan ayol esa bu Hyoona shunday ekan asabimni buzadigan gaplaringni yigʻishtir.

Negadir uni bunday degan biroz ranjidim to'g'ri uni sevmayaman ammo u meni erim ha u meni erim qog'ozda bo'lsa ham. Lekin eng yomoni u boshqa bir ayolni oldida meni kamsitgani bo'ldi bu meni g'ururimga juda qattiq tegdi.

Ara: bilasanmi nima men meni sevishlariga muhtoj emasman. Men oʻzimni sevaman, oʻzimga boʻlgan sevgim menga yetadi. Va yana bir narsani bilib qoʻyishingni hohlardim yaxshilab eshit Jeon Jungkook na sen - avval ko'rsatgich barmog'imni unga qaratdim - va na oʻynashing - keyin esa anavi qizga - meni qiziqtiradi menga desa ikkalang ham o'lib ketish.

Bu gaplarimdan soʻng Jungkookni xona boʻylab asabiy kulgusi yangradi.

Hy: senga Jungkook ham men ham qiziq boʻlmasak munosabatlarimizga aralashma - ey hudoyim yo'q yo'q men bu qizni hozir bir narsa qilib qo'yaman o'zing sabr ber hudoyim. Qo'lim battar qaltirashni boshladi ha meni asabim buzilsa qo'lim qaltiraydi ko'zim ham yoshlanadi ammo men bu yoshlarni hech kmga ko'rsatmayaman huddi hozirgiga o'xshab. Hozir ham qo'limdan kelgancha ko'zimni yoshlanmasligiga harakat qilyapman va shu sabab boshimda og'riq turyapti. Ammo hozir boshim og'riyapti deb o'tiradigan payt emas.

Ara: men kimni munosabatlariga aralashibman qiziq...- Hyoona yana gapirmoqchi edi ammo men qo'limni ko'tarib uni to'xtatdim va gapimda davom etdim - menga bidirlashni bas qil va oyogʻimni tagida oʻralashma qizaloq- unga yuzimni burishtirib gapirdim.

Hy: men senga toʻgʻri gapirdim toʻgʻri boʻl.

(Aslida Hyoona yomon qiz emas shuning uchun ham u hozirgi vaziyatni yumshatishga harakat qilyapti. Aytishingiz mumkin nega unda Jungkook uylangan boʻlsa ham u bilan sevishib yuribdi yoki uylanishiga ruhsat berdi deb. Chunki Hyoona Jungkookni qattiq sevadi va undan ayrilishdan qoʻrqadi shuning uchun ham u bu toʻyga qarshilik bildirmagan)

Jk: ikkingiz ham bas qiling... Hyoona sen hozir uyinga ket sen bilan keyin oʻzim bogʻlanaman - Jungkookni bunday deganiga Hyoona qarshilik bildirmoqchi edi ammo doimgidek Hyoona bechora gapira olmay qolib ketti. (shu qizniyam hich gapirishga berishmadida bu er-xotinlar😂)

Jk: eʼtiroz bildirmoqchimisan - unga sovuq qarash qildi. Bu odam faqat menga shunday qararmikan deb o'ylabman ammo u sevaman degan ayoliga ham shunday qararkan. Tavba. Ensamni qotirib qoydim. Qiz ham biroz men va erimga hih erim deyish menga yoqyapti. Hullas u men va erimga qarab ortiga o'girilib oyna tomon bordi. Ammo meni shu paytdayam tinch turgim kelmadi.

Ara: uyda hech kim yoʻq eshikdan chiqaver - u men tomonga burildi men esa boshimni huddi g'oliblardek ko'tardim va lab chetida yovuzona tabassum qildim.
Hyoona bir Jungkookga alamli nigoh tashladiyu huddi hech nimani eshitmaganday yana ortiga burilib ayvonni eshigini ochib honani tark etdi.

Ara: pfff bilganingni qil- deb ortimga oʻgirildim va menga qaratilgan bir juft koʻzlar egasiga men ham qaradim: nima, nega menga bunday qarayabsan- qoshlarimni koʻtarib savol berdi.

Jk: hozir nega bunday tomosha koʻrsatding- Jungkook past ovozda savol berdi. Aslida bu ikkisi menga tomosha ko'rsatishdiku. Tavba. Ensamni qotirib garderob tomonga yurdim.

Ara: men hech kimga tomosha koʻrsatmadim aslida tomosha koʻrsatgan sensan - o'zimga pidjama tanlar ekanman u yerda juda ko'p ochiq pinuarlarga ko'zim tushdi. Nima ular meni chindan shunday ochiq kiyimni kiyadi deb o'ylashdimi yana manavi gigant xotinboz uchuna. Hih hech qachon.

Jk: Ara men senga biroz oldin nima dedim men bilan bunday ohangda gaplashma va aqlli qiz boʻlib meni ishlarimga aralashma. Axir biroz oldin nimaga kelishdik - u ham ortimdan garderobga kirib kelib gapirdi ammo men unga hattoki nigoh tashlaganim ham yo'q hozir meni dardim pidjama tanlashda.

Ara: toʻgʻr biz kelishuv tuzdik sen meni men esa seni ishlaringa aralashmayman. Ammo hozir bu yerda sizlar meni gʻururim bilan oʻynashyabsiz - hali ham unga qaramay gapirdim.

Jk: mayli kel urushmaylik usiz ham asablarimni bugun tamom qilding - shunday deb u garderobdan chiqib ketdi men mana endi ortimga o'girilib u ketgan tomonga qaradim. Hih asablarini tamom qilibmanmish ehhh erginam seni boshinga haqiqiy balo keldi bu hali boshlanishi hali seni asablaringni yeyman keyin esa jinnixonaga ham o'zim jo'nataman. O'ylagan gaplarimdan kulib qo'ydim va garderobdan chiqib dushga kirdim u vaqt gigant telefonda gaplashayotgan edi. Menimcha anavi qiz bilan gaplashayapti. Uni ham ko'zi menga tushdi. Unga ensa qotirib hammomga kirib ketdim.

Issiq vanna qabul qilib bo'lganimdan so'ng pidjamamni kiyib oynaga qaradim va bugun bo'lgan voqealarni analiz qilib chiqdim. Hih hali ko'rasan mendan boshqasini deya olmaydigan qilib qo'yaman agar shunday qilmasam Ara emasman. To'g'ri uni sevmayaman ammo u meni erim nima bo'lsa ham u endi meniki faqat meniki sevmasa sevdiraman. Kerak bo'lsa majburlayaman. Shunday deb miyigida kulib qo'ydim va tashqariga chiqdim qarasam erginam ham kiyimlarini almashtirib bo'libdi. Men chiqqanimni ko'rgach o'rnida turib men tomon yurishni boshladi. Men ham unga qarab turaverdim. U nima qilmoqchi ekaniga tushuna olmayapman. Oramizda faqat 2 qadam masofa qoldi. Qiziq u nima qilmoqchi. U menga yaqinlashib yonimdan o'tib hamomga kirib ketdi. Men esa yana uni ortidan qarab qoldim. Ha jin ursin lanati yaramas.

Men uchun sotib olingan pardoz vositalari uchun stol tomon bordim ajoyib bu yer to'la parfimeriyaku. Hih men kelishimga yaxshigina e'tobor qaratishibdi ammo men ko'p ham makiyaj qilmayman chunki men tabiiy go'zalman huddi onamga o'xshab. Stolni yonidan uzoqlashdim va biroz oldin yotoqqa qoygan sochig'imni olib kelib o'sha sochiq yordamida sochlarimni quritishni boshladim. Birozdan so'ng Jungkook ham nam sochlari bilan hammomdan chiqdi. Va to'g'ri yotoq tomon yurdi uni oyna orqali ko'rib ikkala qo'limni ham belimga qo'yib ortimga o'girildim.

ff larini hammasini tasheslar