February 4, 2024

Siz o'zingizni ustoz deb hisoblaysizmi ?

Siz o'zingizni Ustoz deb hisoblaysizmi ?

Ustoz so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'no anglatishini o'ylab ko'rganmisiz?

Ma'lumotlarga ko'ra u arab tiliga chetdan kirib kelgan so'zdir. Chunki arab tilida س va ت bir kalimada yonmayon kelmaydi.

Ustoz so'zi asli forscha bo'lib biron bir ishda mohir, usta bo'lgan insonga aytiladi. Aslida u forschada "أستا" yani ona tilimizdagi "usta" so'zi bo'lib keyinchalik yosh bolalarni o'qitadigan "ustoz" so'ziga o'zgargan.

Ba'zi ulamolar arab johilyat sherlarida ham bunday so'z hech bir sherda kelmaganligini takidlashadi.

Va shuni takidlashadiki ustoz deb 18 yoki 12 ilmni egallagan insonga aytiladi ular: nahv,sarf,bayon, badiy' ,ma' oniy, adab, mantiq, kalom, hay' a, usulul fiqh, tafsir, hadis ilmlaridir.

Hozirgi kunda bu so'z o'qituvchi, muallim, kabi so'zlar bilan bir ma'noda ishlatiladi.

Telegram