May 10, 2025

Bully 1-qism

~ Pov Avtor

Hayot har doim ham sen oʻylaganchalik onson emas, uning oʻziga yarasha qiyinchiliklari bor ogʻriq, mashaqat, sabir, muvoffaqiyat, baxt!

~

Rai: Koʻz ochib yumguncha 18 bahorni qarshi oldim, katta shahar boʻylab yolgʻiz oʻzim yanga maktabim tomon ketayabman, oʻzim uchun yana bir yangi hayotga qadam qoʻydim, kichik qishloqdan katta shaharga kelish onson boʻlmadi albatta, barcha bolalarning ota onasi maktabga olib borsa men ularni tomosha qilishdan nariga oʻtmayman, oʻz hayollarim bilan maktabga ketar ekanman, ortimdan kimdur turtib ketdi, shu zahoti jahlim chiqib unga baqira ketdim.

Rai: hoy yaramas, koʻzinga qarasang boʻlmaydimi, yoki gʻilaymisan?

Bu gaplarimdan soʻng meni turtib oʻtgan bola ortiga qaradi, koʻrinishi kelishgan, koʻzlari biroz mayus lekin oʻziga tortib turuvchi nimaduri bor.

U bola menga qarab irjayib ortini oʻgirib ustidagi jenferini yechdi, meni koʻzlarim birdan kattalashib ketdi, u yaramasni fudbolkasi orqasida katta f**k surati bor edi gapirishga ulgurmasimdan yugurib ketdi, mening oldimdan bir toʻda bolalar qichqirgancha " Toʻxta " deb oʻtib ketishdi, chamasi ular anavu qari echkining ortidan ketishyabdi, agar uni ushlab olib dopposlashsa mendan baxtli inson boʻlmasdi.

Men hayiqancha ularning ortidan yugurdim, boyagi bezorilar bir eski binoning ortida qari echkini bir oʻzini oʻrab olishgandi, birdan boyagi axmoq ularga hujum qildi, meni ogʻzim lang ochilib qoldi, menimcha echki taikvandoga boradi chogʻi, men baland ovozda bezorilarni qoʻllab turdim

Rai: yigitlar olgʻa uni yer tishlating, meni nomimdan ham yaxshilab doʻpposlanglar.

Birdan hammasi men tarafga qarab qoldi, men irjaygancha yelka qisib qoʻl siltagancha yana gapirdim

Rai: olgʻa yigitlar

Boyagi echki qandaydir gʻalati kulib urushishda davom etdi, men uni kuzatib turar ekanman hayratdan yoqamni tishladim, sababi u bir oʻzi 10 kishini yerga qulatdi, ogʻzimni ochgancha unga qarab turaverdim, u yerda yotkan jemferini olib men tomon kela boshladi, biroz bezovtalandim, joyimdan qimirlamay qotib qoldim, u meni devorga siqib qoʻydi, menda qochishga deyarli imkon yoʻq edi, men uning koʻzlariga qarab turaverdim, u asta yuzim tomon yaqinlasha boshladi, uning nafasi yuzimga uruldi, yuragim biroz notekis ura boshladi, koʻzimni mahkam yumib oldim

Jin ursin u meni oʻpadi deb oʻylagandim lekin u koʻrsatkich barmogʻini boshimga qattiq tiradi, ogʻriqdan koʻzlarim chirt etib ochildi, u meni biroz boshdan oyoq kuzatib meni hidlay boshladi, men uning bu qiligʻidan yuzimni burushtirdim

?: ufff, choʻmilib yursang boʻlmaydimi, hidingni qara chidab boʻlmaydi, qanday jirkanch

Uning bu gaplaridan oʻzimni bosib tura olmadim, oʻzimni uning ustiga otdim va sochlaridan yula boshladim

Rai: senmi hali yaramas kim boʻlibsanki, menga bunday muomala qilasan, senga bu ham kam

Qari echki baqirgancha meni ustidan tushurishga harakat qildi, birdan yerga qulay boshladim barchasi shunchalar tez roʻy berdiki nimi boʻlayotkanini anglashga ham ulgurmadim.

Lanati men yerda yotibman, u tepamda masxaralagancha turardi va ochiqchasiga f**k koʻrsatib ketib qoldi, men ogʻzimni ham ocholmay qoldim, birdan qoʻl soatimga qaradim, soat 7:55 besh daqiqadan keyin qoʻngʻiroq chaladi, orqamni ushlagancha zoʻrgʻa oʻrnimdan turdim va maktab tomon yugurdim.

Xayriyatki men oʻz vaqtida yetib keldim, toxtamay yugurganim sababli yuragim qinidan chiqay daraja tez urardi, nafas olishim ham ogʻir, chuqur nafas olib oʻzmni biroz tartibga keltirdim

Soʻngra sinf xonamni topib u yerga kirdim, tabiyki hammaning diqqati menga qaratildi, ustim biroz betartib bundan biroz hijolat boʻldim, birdan oldimga bir qiz keldi

Dain: hey salom, sen yangi oʻquvchisan shundaymi?

Qarshimda hushbichim kiyingan istarali qiz turardi, koʻzimga boshqalarga qaraganda yaxshiroq koʻrindi

Xanamitchi Dain 18 yosh

Rai: salom, ha men yangi oʻquvchiman, ismim Rai, Shin Rai

Shin Rai 18 yosh

Qarshimdagi qiz samimiyat bilan kulib javob berdi

Dain: hush kelibsan Rai, men Xanamitchi Dainman, otam filippinlik onam esa koreyalik

Rai: tanishganimdan hursandman Dain

Dain bilan suxbatlashayotganimizda xonaga ustoz kirdi

Ustoz: qani bolalar dars boshlandi, joy joyingizga oʻtiring

Barcha oʻz joyiga oʻtirishni boshladi, Dain meni qoʻlimdan sudrab oʻzining yonidagi stolga oʻtirgʻizdi, birdan ustoz gapirdi

Ustoz: bolalar bugun bizga yangi oʻquvchi keldi, ismi Rai u bilan yaxshi chiqishasiz degan umiddaman, bermoxchi boʻlgan savolingizni keyin oʻziga berasiz hozir esa darsni boshlaymiz, qani matimatika darsligingizni oching

Shu boʻyi 2 soat bir xonada oʻtirdik, qoʻngʻiroq chalindi, qornim ochqaganini sezib Dainga gapirdim

Rai: Dain biroz qornim ochdi meni maktab oshxonasiga olib bora olasanmi

Dain: ha albatta qani yuraqol

Dain meni oshxona tomon yetaklay boshladi, oshxona biroz uzoqroqda boʻlgani uchun biroz yurishimizga toʻgʻri keldi

Birdan Daining yuz ifodasi oʻzgarib jirkanish bilan qayergadur qaradi

Dain: Lanatilar oʻpishish uchun boshqa joy qurib qolgan bularga

Men Dain qaragan tarafga qaradim, birdan koʻzim kattalashib ketdi, burchakda boyagi qari echki bilan bir qiz oʻpishib turardi, ularni koʻrib koʻynim aynib qayt qilishmga oz qoldi

Rai: Dain ular kim?

Dain beparvolik bilan ular haqida gapira boshladi

Dain: ular eng yuqori sinfda oʻqiydi, koʻrgan bolang Min Yongi maktabning eng bezori yigiti, uni yonidagi Han Yuri Yongining suyugʻoyoq sevgilisi, lekin bundan Yongining habari yoʻq, bechoragina bola

Min Yongi 20 yosh

Dain: qani tezroq yur shularni jirkanch ishini tomosha qilmaylik

Han Yuri 19 yosh

Episode : 1

Avtor : Ara sakurai

Kanal : minsuficc