May 31, 2025

Isabell 2-qism

— Pov Isabell

— Mamnun kayfiyat bilan olgan pullarimga uy uchun kerak narsalarni tanavvul qilgancha otam bilan vaqt oʻtkazardim, birdan eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi.

(Jilmayib, samimiy oxangda)

— Qizalogʻim sen joyingda oʻtiraver men oʻzim qarayman

Men hop deya bosh irgʻadim, otam eshik tomon ketdi, birdan gʻalati ovozlar eshitdim va darxol eshik tomon bordim.

Qarshimda bir nechta barzangi odamlar va men achinarli ahvolga solgan yigitim turardi, yuzlari koʻkargan va yorilib ketgan, unga achingancha yuzimni burib qaradim, birdan barzangilar ortidan bir erkak chiqib keldi, koʻrinishi nodatiy, boʻylari baland, yelkalari keng, nigohlari oʻtkir, sochlari silliq tekkis yonga taralgan bu unga yanada koʻrk berayotgandi

Birdan u erkakning nigohi menga qadaldi, tabiyki men ham nigohmni uzmasdan unga qarab turdim, menda bir gʻaroyib odat bor bir inson mendan koʻzlarini olib qochmagunga qadar unga qarab turaveraman, sababi u insoni noqulay qilishni istayman.

Chamasi 5 daqiqa koʻzlarmni uzmadim, u erkak ham taslim boʻlmadi, nigohlarida qandaydur sirlilik yashirn edi, goʻyoki meni boshqarishga urinayotgandek, lanati birdan koʻzlarmni olib qochdim, menda hech ham bunday boʻlmagan lekin hozir nigohlarimni boshqarolmay qoldim, soʻngra yana oʻsha erkakka qaradim, u hiyol labining chetida kulib qoʻydi, men oʻzni oʻnglab qattiyat bilan gapirdim.

Isabell: hoʻsh janoblar bu yerga sizni nima boshlab keldi, yoki biror narsangizni yoqotdingizmi?

Qarshimda turgan barzangilar birdan qah-qah otib yubordi, lekin meni boshqarishga urungan erkakning birgina nigohi ularni toʻxtadi, biroz hayratlandim, birdan u erkak men tomon yaqinlashdi, yuzimga tushib turgan bir necha soch tolamni qoʻliga olib aylantirdi, men darxol yuzmni burdim, uning sovuq aurasi meni bezovta qila boshladi, u jilmaygancha gap boshladi

?: (sirli, yoʻgʻon oxangda)

— Isabell, toʻgrimi? Sen qaysi axmoq aqling bilan mening ukamni bu axvolga solishga jurat etding?

Birdan otam oʻrtaga qoʻshildi

— Isabell qizalogʻim nimalar boʻlyabti? Bular kim?

Men tinchlangancha hotirjam oxangda javob berdim.

Isabell: otajon havotir olmang, boya gul sotayotganimda kichik muammo boʻldi, menmcha ular shuning uchun kelishgan lekin siz havotir olmang hammasi joyida

Birdan barzangilar otamni ikki tarafidan ushlab olishdi, otam mening eng nozik tarafim, unga biror narsa boʻlsa hech narsaga qaramay qasos olaman, sababi otamdan boshqa yoqatadigon narsam yoʻq!

?:(jiddiy, oʻychan)

— Senga tanlov beraman yaxshilab oʻylab javob ber! Otang joni evaziga tirik qol va baxtli yasha, yoki oʻz joning evaziga otang tinch va baxtli yashasin, tanlov oʻz qoʻlingda.

Bu savol koʻzlarim katta ochilishiga sabab boʻldi, ikkilanmay otamni tanlashmni aytdim, u erkak labning chetida hiyol tabbasum qildi.

?: (beparvo tabbasum bilan)

— Yaxshi tanlov, hozir oʻz hohishing bilan men bilan ketasan yoki majburan sudrab olib ketaman.

Birdan otam yana oʻrtaga qoʻshildi, koʻzlari biroz namlangan, yuzlarida esa havotir aks etib turardi

— Isabell menga biror narsani tushuntirib ber, sen nega ular bilan ketishing kerak, men palitsiyaga habar beraman

Keskinlik bilan otamni toʻxtadim

Isabell: yoʻq otajon aslo unday qilmang, men albatta qaytaman, sizga soʻz beraman, avval siz ham soʻz bering hech kimga habar bermayaman deb

Otam mahzunlik bilan boshini egkancha hop dedi, biroz yuragim bezovtalandi, oʻzmni bazoʻr yigʻidan tiydim

Ojizligimni hammaga koʻrsatishni yomon koʻraman, shu sabab oʻzmni tinchlantirishga harakat qildim va boshmni magʻrur koʻtardim

Isabell: choʻzib oʻtirishni istamayman shu sababdan ketsak yaxshi boʻlardi, aytadigon gapingizni istagan joyda eshtaman, nima qilsangiz ham oʻsha yerda qiling

Bu gaplarimdan soʻng boyagi erkak atrofidagi barzangilarga ishora qildi, barzangilar esa meni qulimdan ushlab olib keta boshlashdi, nigohim menga mahzun boqgan otamga tushdi, boshmni ortga burib otamga qarata gapirdim

Isabell: mendan havotir olmang, bilasiz oʻzmni himoya qila olaman, endi boʻlsa oʻzingizni extiyot qiling sizni yaxshi koʻraman

Barzangilar meni olib ketshdi, va barcha yeri qoraytirilgan mashinaga oʻtkazishdi

Mashina ichida boyagi sirli nigohli erkak oʻtirardi, ikklanmay uning oldiga oʻtirdim, va mashina yura boshladi, mashinada sovuq jimlik va birdan bu sukutni u erkak buzdi

?: (sovuq va sirli oxangda)

— Endi hayotingni jahanamda tassavur qilaver!

Episode : 2

Avtor : Araxon

Kanal :