For you
— Nafas olar ekanman, yuragim urushdan toxtagunga qadar seni sevishda davom etaman.
Kuz oxiri havo sovuq, barglar sargʻaygan, yomgʻir tomchilayabti, quloqchinlarimni taqgancha soyabon ostida sevgan insonim qoʻshigʻini eshityabman.
Sehirli xotiralar ichida yolgʻiz raqisga tushsam ham, yomgʻir yogʻadi bu tuman tarqaganda. Hoʻl oyoqlarim bilan senga yuguraman, Oʻshanda meni quchoqlagin.
Qachon boʻlar ekan? Yana seni koʻrsam. Koʻzlaringga qarab aytaman, "Sogʻindim Seni"
Bu qoʻshiqni eshtar ekanman yuragim his hayajon bilan toʻladi, hudikki bu qoʻshiq meni oʻzga olamga olib borayotgandek.
Sevgilim meni bilmasada, men uni uzoqlardan sevaman, umurbot yuragim toʻxtagunga qadar!
Men endigina 17 yoshdaman, sevgilimga yaqinlashish uchun 1 qadamni qoʻydim, u uchun koreys tilini oʻrgandim, uning ona vatani urf odatlarini ham oʻrgandim, faqat "U uchun"
Men oddiygina qizman, hayot sinovlariyu qiyinchiliklarini koʻrmagan oddiy bir qiz. Mening dunyoyim oʻzgacha, ertaknamo va hayollar aralashgan, mening dunyoyimda yashagan inson hech qachon zerikmasa kerak.
Oʻz hayollarim bilan 1 ta aftobusni oʻtkazib yuboribman, hech qisi yoʻq afsuslanmayman, men hayotning har bir kichik lagʻzasidan bahra oladigon insonman.
Qalbim shunchalar sogʻinchga toʻlganki, hayotim davomida bir martta boʻlsa ham koʻrmagan insonimni sogʻinaman, hatto uni qizgʻonaman ham uning atrofida yurgan barchadan, men u uchun koʻp harakat qilyapman ishonamanki buning mevasini albatta koʻraman.
Qoʻl soatimga qarasam 15:7, ishim yarimda boshlanadi, avtobusm keldi, aftobusga oʻtirdm, quloqlarimda esa hanuz sevgilim qoʻshigʻi yangrardi, huddiki bu qoʻshiq Jungkook va men uchun yozilgandek. Qoʻshiqni qoʻyib qoʻlimga telefonimni oldim va oʻzim yoqtirgan Ara ismli bir yozuvchining hikoyasini yangi qismni oʻqishni boshladim, uning ham hayoloti juda oʻzgacha, hikoyalari jonlidek goʻyo.
Oʻz hayollarim bilan ishga ham qanday kelganimni bilmay qoldim, aftobus bekatida tushib suv toʻlgan chuqurlar ustidan cafe tomon bordim
Men barda ishlayman, turli kofe va limanadlar tayyorlayman, bu kasbim oʻzimga yoqadi lekin meni asl soxam oʻz vlogmni yurgʻazib turli noodatiy taomlar tayyorlash, bu soxa menga oʻzgacha erkinlik hissi beradi, mening oʻz vlogim bor lekin unda faqatgina 7 ta kuzatuvchi.
Hyunjin: ax Nare keldingmi boʻlaqol bugun ish juda qaynayabti, yomgʻir yogʻgani sababli hamma issiq kofe ichyapdi
Nare: ha bolakay mensiz qiynalib qoldingmi?
Hyunjinga qarab kulgancha sohlarini toʻzgʻatdim
Hyunjin: Nare bas qilsangizchi
Hyunjin meni eng yaqin doʻstim, u mendan 2 yosh kichik, Hyunjin oilada yolgʻiz farzand boʻlgani uchun meni oʻz opasidek koʻradi
Men shoshilgancha ishga kirishdim, oʻz ishmni mehir bilan bajarib tabbasum bilan ularga ulashdim, shunday insonlar ham keladiki muomala qandayligini bilmaydi, oʻzini osmonagi oy deb sanab hohlagan muomalasini qiladi, men shunday odamlar bilan koʻpincha urushib ketaman lekin Hyunjin meni nomimdan uzur soʻrab meni ogʻzimni yopadi
Quloqlarimga quloqchin taqgancha raqisga tushib ish qilayotganimda kafe boshqaruvchisi janob Han oldimga keldi, quloqchinlarimni quyib qoʻshiqni oʻchirib unga qaradim
Han menga kulgancha qarab turardi, koʻrinishidan menga yaxshi habar aytadigonga oʻxshaydi
Han: Nare seni derektor honasiga chaqiryabti
Men hayratlangancha javob berdim
Han: ha hammasi joyida senda ishi bor ekan
Men hop degancha derektor xonasiga bordim va eshikni taqilatdim " Taq Taq"
Nare: janob Sam kirishga mumkunmi?
Ichkaridan ha degan ovoz keldi, hayajonlangancha ux tortib ichkariga kirdim
Bu yerga ishga kelganimdan buyon Sam menga qiziqish bildiradi, hatto bir martta turmush qurishni ham taklif qildi albatta men uni rad etdim
Unda qizlar hohlagan hamma narsa bor, pul erkaklik savlati, mushaklar lekin oʻsha insonga nisbatan his tuygʻular boʻlmasa befoyda ekan.
Nare: hayirli kech janob Sam, meni chaqirgan ekansiz?
Sam kampyuterdan bosh uzgancha menga qaradi
Sam: Ha Nare senda muhim ishim bor, seni Parijdagi kafeyimizga yubormoqchiman, bilasan u yerda ham kafe ochganmiz, Parijda senga oʻxshagan tajribali ishchilar qolmabdi
Shunga seni yuborishga qaror qildim, bir tomondan seni qoʻyib yuborishni istamayman lekin majburman!
Sam bu gaplarni menga aytiyu, yuzidagi tabbasum bir zumda soʻndi
Nare: janob Sam axir men u yerlarni yaxshi bilmayman, qolaversa endi 17 yoshdaman
Sam: ingiliz tilini bilasan, tez moslashib ketasan, biroz tortinchoqligingni hisobga olmaganda hammasi yaxshi, qolaversa dunyo koʻrasan
Bu gaplar meni biroz oʻylantirdi, rostan ham nega bormasligim kerak, axir Parij meni orzular shahrim boʻlsa, hayolimni jamladimu Samga qarab aniq javob berdim
Nare: yaxshi janob men roziman, qachon ketaman
Bu gaplarimdan Sam biroz jilmaydi va raxmat manosida ikki koʻzini qisib qoʻydi
Sam: ertaga ertalab 7 da uchasan, hozir esa bemalol uyga ketib narsalaringni yigʻishing mumkun
Men haligacha ishongim kelmayabti, chunki hayot senga shunday kutilmaganda sovgʻa berar ekanki, sen buni bilmay qolar ekansan
Nare: yaxshi janob, sizga katta raxmat kuningiz yaxshi oʻtsin
Shunday dedimu Hyunjini oldiga yugurdim, yugurib borib uni mahkam quchoqlab oldim va hursandligimdan yuzidan oʻpib tashladim
Hyunjin: hoy Nare nima boʻldi? Bas qilsangizchi yuzimni soʻlak qilib tashladingiz, hoyy hoyy
Hyunjining bu gaplaridan battar qildim, u dod solgancha hoy deyaverardi, oʻpishdan toxtab uning yuziga qaradim, u menga qovoq uygancha qarab turardi
Nare: zumrasha endi meni koʻrmaysan, men Parijga ketyapman
Bu gaplarimdan Hyunjin qotib qoldi
Hyunjin: hazillashyabsizmi? meni tashlab ketmoxchimisiz
Meni ichim biroz gʻalati boʻldi sababi Hyunjin faqat men aytsamgina ovqat yerdi, ketsam unga kim qaraydi, mensiz tomom boʻlsa kerak
Nare: hoy oʻlgani ketmayabmanku, senga tez tez qoʻngʻiroq qilib turaman, hohlasang har kuni gaplashamiz, lekin sen yaramas bola doim ovqatlanib yur
Uning qulogʻidan chimchilab bagʻrimga bosdim, u ham meni mahkam bagʻriga bosgancha yigʻlab yubordi
Hyunjin: Nare meni ham olib keting iltimos, men sisiz bu yerda nima qilaman, siz meni yagona oilam edingiz Nare
Yuragim ezildi, haqiqatdan ham u meni oilam edi, unga ancha koʻnikib qolgandim, na iloj har doim ham uning oldida boʻlavermaymanku
Nare: hoy boʻldi qil erkalanib ketding, men har doim ham seni oldingda boʻlavermayman buni qabul qilishing kerak, yigʻlashni bas qil, endi men ketishim kerak
Hyunjin: menga u yerdan sovgʻa olib kelmasangiz umuman ovqat yemayman
Hyunjining bu gaplaridan ikkimiz ham kulib yubordik
Nare: yaxshi yaxshi sendan sovgʻa aylansin, lekin sen ham vadangda tur
Hyunjin: yaxshi yaxshi qani bora qoling yana meni deb kechga qolmang
Hyunjini yana bir marotaba bagʻrimga bosdimu yuzidan qattiq oʻpib qochib ketdim, ortimga qaraganimda Sam oynadan menga qarab turardi, men qoʻlimda yurakcha yashab unga jilmayib qoʻl silkadim, u ham menga javoban jilmayib qoʻl silkadi
Birdan qoʻl telefonimga sms keldi ochib qarasam Samdan ekan
Sam: ertaga soat 6 da seni olib ketaman
Unga javoban hop deb uyimga yoʻl oldim, telefonimdan Parij havosini koʻrdim, u yer sovuq boʻlgani uchun qalin kiymlar va oʻzimga kerakli barcha narsalarni oldim, tuni bilan uxlay olmadim
Soat 6 boʻlganda Samdan qoʻngʻiroq boʻldi
Sam: Nare men keldim pastka tush
Goʻshakni qoʻydimu tezda narsalarimni olib pastga tushdim
Sam: Nare boʻlaqol hozir kech qolamiz
Sam qoʻlimdagi jamadonimni orqa oʻrindiqa qoʻyib mashina old eshigini menga ochib berdi
Mashinaga oʻtirgach ikkimiz ham sukut ichida ketdik, birdan Sam gapirdi
Sam: yoqtirgan qoʻshigʻing bormi?
Bu savoldan sevindim va oʻylab oʻtirmay ha dedim
Nare: Jungkookning "still with you" qoʻshigʻi
Sam oʻylab oʻtirmay aytgan qoʻshigʻimni qoʻydi, hech qanday muommosiz uni topdi
Nare: siz ham bu qoʻshiqni eshitasizmi?
Sam: bilasanmi Nare sen yoqtirgan inson nimani yoqtirsa sen ham oʻsha narsani yoqtirar ekansan, oʻsha narsani yoqtirmasang ham
Bu gaplar miyyamga qattiq uruldi, oʻzimga oʻzim savol berdim, Sam meni shunchalar qattiq yaxshi koʻradimi? hatto qanday qoʻshiqni yoqtirishmni bilar ekan, biroz tinchlanib unga gapidim
Nare: Sam siz juda ajoyib insonsiz, hali hayotingizda shunday insoni uchratasizki u sizni oʻzingiz kutgandan koʻproq baxtli qiladi
Sam menga jilmaygancha " Raxmat " dedi lekin nima uchun unday deganini soʻramadim
Biz airaportga keldik, yuragim hayajon bilan toʻldi, Sam narsalarimni olib meni airaporga boshladi, Yaponiya Parij samalyoʻtiga oʻtish boshlanibdi oʻz navbatimizga turdik, navbatimiz kelgach Sam barcha hujjatlarni bir ayolga koʻrsatdi
Ayol: Yaponiya Parij, hamma hujjatlaringiz joyida yoqimli parvoz, oq yoʻl
U ayol jilmaygancha biz bilan hayirlashdi, Sam pasport va chiptani qoʻlimga berib toʻsatdan meni bagʻriga bosdi, biroz hayratlandim, lekin men ham koʻp oʻylab oʻtirmay uni bagʻrimga bosdim
Oʻzimni toʻgirlagancha uning bagʻridan chiqdim
Sam: endi boraqol hozir kech qolasan
Nare: yaxshi Sam oʻzingizni extiyot qiling
U bilan hayirlashdimu ortimga qaramay samalyotga chiqa boshladim, hayajondan yuragim tez urishni boshladi, men samalyoʻtga birinchi martta chiqayotgandim, oʻz joyimni topib joylashdim, men judabomadli insonman, meni joyim oyna oldida edi
Men biroz yigʻladim chunki bildmki Sam ataylab oyna tarafdan joy olganini
Barcha oʻtmish hotiralarni esimdan chiqazib yangi hayotimga birinchi qadamimni qoʻyganimdan sevindim
Kech qurun uxlamaganim sababli 6 soat uxlab ketibman, koʻzimni ochganimda men allaqachon Parijda edim, qanday ajoyib samalyotdan tushib tashqariga chiqdim birdan oʻz ismimni eshitdim ortimga qaraganimda qora tanli kelishgan bir odam menga qarab turardi
Daiki: Nare xonimsiz shundaymi
Daiki: janob Sam sizga koʻz quloq boʻlishimni tayinlagandi, men bilan yursangiz uyga olib borardim
Qarshimdagi erkak biroz jilmayib koʻzidagi koʻz oynagni olib menga qaradi
Daiki: bu janob Samni uyi hozir u uyda hech kim yashamaydi, shunga kelishingizdan avval uyni tozalatirdi, uyda 2 ta hizmatchi bor oʻzingizni yolgʻiz his qilmasligingiz uchun
Men bu gaplarni eshitib hayratlandim, biz uyga keldik hizmatchilar yaxshi kayfiyatda kutib olishdi, meni xonam tomon boshlashdi honam juda ajoyib koʻrinishda edi
Narsalarimni joylashtirib oʻzimni yotoqqa otdim, charchaganim sababli tez uxlab qolibman
Mana Parijda yashayotganimga 6 oy boʻldi, orada qattiq stresga tushdim, oʻz yurtimni sogʻinib, lekin Hyunjin va Sam mendan uzoqda boʻlishsa ham meni bu stressdan olib chiqishdi, bugun dam olish kuni, bugun 6 oy deganda birinchi martta eyfil minorasiga boryabman, uzun paltoyimni kiyib yoʻlga chiqdim
Men eyfilga keldim orzular shahrimga, quloqlarimda sevgilimning qoʻshigʻi, yomgʻir yogʻyabti bu esa menga oʻzgacha tuygʻu beryabti, oʻylab oʻtirmay koʻzlarimni yumdimu eyfil tomon yugurdim
Quloqlarimda hali hamon sevgilim qoʻshigʻi yangrardi, biroz chetda toʻxtab eyfilga tikilgancha ovozimni chiqarib kuylay boshladim
Birdan yonimda kimdur qoʻshiqni yakunladi, u tomonga qaray olmadim, yuragim juda bezovta ura boshladi
Soʻng oʻzimda kuch topib yonimga qaradim, koʻzimdan yosh chiqdi, qarshimda sevgilim menga soyabon tutib qaragancha turardi
Men sukutda uzoq vaqt unga tikilib turdim, soʻng u menga jilmaygancha u yerdan keta boshladi, men uni qoʻyib yubordim, menga shuning oʻzi ham yetardi, uni bir martta boʻlsa ham koʻrish.
Yuragim taskin topdi, eng katta orzuyim ushaldi, menga bundan oriq baxt kerak emas.
Hayot biz uchun olib qoʻygan sovgʻalari koʻp lekin biz uni sabir bilan kutishimiz kerak. Bazan biz baxtli boʻlishimiz uchun kichik narsaning oʻzi ham bizga yetadi.
Kanal : minsuficc