May 20, 2025

Abyss 11-qism

~ Pov Jungkook

Azaleam bilan yangi hayotim oʻzgacha boshlandi, Malaziyada yashayotganimizga 1 oy boʻldi, orada Yeona "Galyusinatsiyaga" uchrab turibdi lekin sayohat unga yaxshi tasir qilyabdi

Jungkook: Azaleam bugun seni bir joyga olib boraman, oʻzinga qulay boʻlgan kiyimlarni kiyib ol

U menga jilmaygancha hop dedi, uning koʻzlari shunchalar porlardiki huddi quyosh kabi, men uni baxtliligini koʻzlaridan bilaman!

Uning toʻsatdan aytgan gaplari yuzimda kulgu paydo boʻlshiga sabab boʻldi

Yeona: Koo bilasizmi siz ajoyib insonsiz, menga haqiqiy baxt qanday ekanligini koʻrsatgan yagona erkak, sizdek turmush oʻrtogʻim borligidan fahirlanaman!

Bu gaplar yuragimni tub tubiga qadar yetib bordi, unga yaqinlashib iliq lablari taftidan tuydim, u xam menga javob qaytardi, iloji boʻlganda bu boʻsalarni umuman uzmas edim.

Boʻsani uzib uning peshonasidan asta oʻpib qoʻydim.

~

~ Pov Yeona

Oʻzimga qulay boʻlgan kiyimlarni kiyib Kooni oldiga tushdim, u ham ustiga qulay boʻlgan kiym kiyib olgan edi, tabbasum qilgancha kimdur bilan nimalarnidur gaplashib turardi

Uning tabbasumi shu qadar yoqimliki, ularning suhbati nima haqida ekanligini bilmasamda yuzimga tabbasum yugurdi, men u bilan doim oʻzmni erkin his qilaman lekin bir narsa doim kayfiyatmni buzadi, u ikki xil inson boʻlib qolishi, bir qaraganda yaxshi bazan juda yomon, koʻp oʻylanib qolaman u ataylab oʻzini ikki xil odamdek tutayaptimikan deb, lekin hozir kayfiyatimga hech narsa tasir qila olmaydi chunki bugungi kunim Kooym bilan boʻladi

Asta uning oldiga yaqinlashdim, u meni koʻrib iliq tabbasum qildi, yonidagi odam bilan hayirlashim men tomon keldi

Jungkook: Azaleam sen har doimgidek juda goʻzalsan, koʻkraklaringacha tushib turgan jiggarang sochlaring, menga qaraganda doim porlab turuvchi oxu koʻzlaring, biroz ingichka ammo shirin lablaring, kulganinda doim koʻrinib turadigon ikki kulgiching va yana puchuq burning bularning bari juda yoqimli

Kooning bu gaplaridan ikki yuzim qizarib ketdi, yuzimda esa beixtiyor tabbasum paydo boʻldi, birdan hayolimga bir savol keldi, bu savolimga shu kungacha hech kim javob topa olmagan

Menga doim gaplashish taklifini bergan yigitlarga shu savolni berar edim, agar topsa ular bilan gaplashishga roziligmni aytardim, lekin hech qaysi topa olmasdi, Kooga ham shu savolni berdim

Yeona: Koo aytingchi mening koʻzlarimning rangi qanday

Birdan qattiq yutundim, ichm hayajonga toʻldi, Koo oʻylangandek har tarafga qaradi

Jungkook: Azaleam toʻgʻrisini aytsam koʻzingni aniq rangi qandayligini bilmayman, lekin shu holatda qaraganda jiggarang ammo quyoshda qaraganda koʻzlaring rangi yashil koʻrinadi, sen juda noyob insonsan Azaleam

Birdan yuragim tez ura boshladi, bu savolimga toʻgʻri javob bergan yagona inson Koo boʻldi, shunda yana bir bor amin boʻldimki Koo umrining oxiriga qadar meni qadirlashini, oʻzidanda koʻp meni oʻylashini

Bilasizmi? bu juda katta tuygʻu siz sevgan inson sizga shu darajada etiborli boʻlgani, men oʻzmni ushlab turolmay Kooning boʻyichalik choʻzilib yuzidan oʻpib qoʻydim

Jungkook: Azaleam agar savollaring tugagan boʻlsa ketamiz, bizni oldinda qiziq sayohat kutyabti

Men hop deya bosh irgʻab Kooga ergashdim, biz mashinada yoʻlga chiqdik, Malasiyada havo issiq boʻlgani uchun hamma yupin kiyinib yurardi, men ham yupin kiyinib olgandim, birdan Koo koʻzlarimni berkitishini aytdi men ham rozi boʻldim, qizil tasma bilan koʻzlarimni berkitdi, mashina toʻxtaganini sezdim, birdan men taraf eshik ochildi, Koo qoʻllarimni ushlab meni tushishmda yordam berdi, koʻzlarim yopiq holda chamasi 10 daqiqa yurdim, birdan quloqlarimga kuchli ovoz eshitildi, u yerda havo sovuq va shabbodali edi, men bir lahza qayerga kelganimni tushundim lekin Kooga buni bildirmadim, u koʻzlarimdagi bogʻichni yechdi, astalik bilan uzoq vaqt yopiq turgan koʻzlarimni ochdim, qarshimda orzularimdan biri turardi yani katta sharsharani koʻrish, men hursandligimdan Kooni mahkam bagʻrimga bosib baland ovozda baqirdim

Yeona: KOOO MEN SIZNI QATTIQ SEVAMAN

U meni bu qiligʻimdan jilmaygancha, menga javoban baqirdi

Jungkook: MEN HAM SENI QATTIQ SEVAMAN AZALEAM

Ikkimiz vaqtimizni shu qadar ajoyib oʻtkazdikki, bu hayotimdagi baxtli kunlarimdan biri boʻldi.

~

Koo bilan har bir onim maroqli oʻtardi, u meni barcha orzularimni amalga oshirardi, men esa bundan faqatgina mamnun boʻlardim

Soʻnggi kunlarda oʻzimda gʻalati narsalar sezyabman, birdan hayolimga bir narsa keldi buni anniq yoki aniqqmasligini bilish uchun test qilib koʻrdim, birinchisi tinniq chiqmagani uchun yana bir bor qilib koʻrdim biroz kuttdim, testni qoʻlimga olib qaradim, oʻzimga yaqinroq tortib yana qaradim, hayratdan koʻzlarim kattalashdi, test ikkta chiziq koʻrsatardi

Bir lahza hursandligimdan tepaga sakradim, hozir uyda yolgʻiz edim Koo ishga ketgan edi, men hursandligimdan oʻzmni qoʻyarga joy topa olmadim, Kooga aytish hayolimga keldi lekin unga aytmaslikka qaror qildim, uch kundan soʻng uni tugʻilgan kuni edi shunda aytib unga surpriz qilishni maqul koʻrdim

Kech qurun Koo ishdan keldi oʻzmni kulgudan bazor tiydim, bir payit chiday olmay qattiq kulib yubordim, Koo menga hayron qarab turardi

Jungkook: tinchlikmi Azaleam? yoki biror joyimga nimadur boʻlibtimi?

Men yana kulgancha yoq deya bosh irgʻadim, u mendan koʻzini uzmay qarab turaverdi, bir payit meni koʻtargancha yuqoriga olib chiqa boshladi, men nima boʻlishini tushungach tipirchilay boshladim

Yeona: yoq yoq Jungkook hozir istamayman, yoʻq meni tushur men juda charchaganman istamayman tushur

Jungkook hech qanday yuz ifodasiz meni xonaga olib kirib yotoqga yotqizdi, tezda borib eshikni qulufladi, soʻng asta kiymlarini yechb men tomon kela boshladi, koʻzlarim kattalashdi, yurak urushim esa tezlashdi hayolimga hech narsa kelmadi, birdan koʻzim vannaga tushdi, tezda oʻrnimdan turib vannaga kirib ichkaridan eshikni quluflab oldim, Jungkook eshik oldiga kelib taqqilata boshladi

Jungkook: Azaleam yaxshilikcha eshikni och yoʻqsa bizib kiraman

Nima qilishimni bilmay hammomni suvini yoqib qoʻydim

Yeona: Koo meni bezovta qilmang men choʻmilyabman, sizga aytdim istamayman deb, yaxshilikcha uxlang boʻlmasa ertalabgacha shu yerda oʻtiraman

Eshik ortidan hech qanday ovoz kelmadi, men vannaga tushib dush qabul qildim, soʻng astalik bilan eshikni qulufdan ochib tashqariga chiqdim, Koo shifdga qaragancha uxlab yotardi, men ham oldiga sekin yotib chiroqni oʻchirdim, birdan Koo meni qattiq quchoqlab oldi, shu zahoti yuragim tushib qolay dedi, kechasi umuman uxlay olmadim, onda sonda Kooga qarab turdim, soatga qarasam tungi ikki, birdan Koo chiroqni yoqib oʻrnidan turdi, koʻzimni chirt yumdim, u tepamga kelganini his qildim, birdan peshonamda iliqlik sezdim, u peshonamdan oʻpib hammomga kirib ketdi, yarim soatdirki u yerdan chiqmadi, angladimki menga teginishiga ruxsat bermaganim uchun oʻzini oʻzi yengillatayotganini, birdan hammom chirogʻi oʻchdi eshik qulufi chiq etdi, men ham koʻzimni yumdim, Koo xona chirogʻini oʻchirib oldimga yotdi va meni yana bagʻriga bosdi, men ham biroz hotirjam boʻlib koʻzlarimni yumdim.

~

Bugun Koning tugʻilgan kuni 1-sentabr, men uygʻonganimda doim ishga ketgan boʻladi, bugun ham erta ishga ketibti, shu oʻtgan uch kun ichida Jungkook menga har kuni teginishga harakat qildi, men faqat oʻzmni olib qochdim, bazan esa oʻzimni uxlaganga soldim

Butun kun xonani qanday bezashni oʻyladim va kichik va sodda qilib bezashga qaror qildim, yotoq ustiga qilgan test natijasini, internetdan buyurtma qilgan bolalar kiymini va toʻrtni qoʻyishga qaror qildim

Va nihoyat men kutgan payt kelishiga oz qoldi, Koo ishdan qaytishiga sanoqli vaqt qoldi, men qoʻlimga videoyozuv kamerasini olib parda ortiga berkinib oldim, birdan Kooning ovozi eshtila boshladi

Jungkook: Azaleam men keldim, qayerdasan? nega chiroqlar oʻchiq?

Jungkookning ovozida havotir borligini sezdim, birdan xona chirogʻi yondi, men video yozib olishni boshladim, Koo asta yotoqga yaqin kelib qutichani ochdi, bir lagʻza tushunmay test natijasini qoʻliga oldi, yaxshilab qarab yon atrofiga qaradi, shu zahoti yashiringan joyimdan chiqib yugurub uni mahkam quchoqladim

Jungkook: Azaleam shu rostmi? hazil qilmayabsan toʻgʻrimi

U meni mahkam quchoqladi, bildimki u yigʻlayotgandi

Yeona: bu rost Koo siz yaqinda ota boʻlasiz, biz ota ona boʻlamiz

Koo meni bagʻridan chiqarib koʻtarib aylantira boshladi

Jungkook: Azaleam tugʻilgan kunimda menga shunday ajoyib sovgʻa berdinki, bu hayotimdagi unutilmas sovgʻa boʻlib qoldi

Shuning uchun meni oʻzinga yaqinlashtirmay yurgan ekansanda, buni menga ertaroq aytishing kerak edi, agar bilmay senga teginib qoʻyganimda nima boʻlardi tentakvoy

Yeona: agar shunday vaziyat boʻlganda sizga oʻsha lahzani oʻzida aytmoxchi edim

Biz kulgancha bu ajoyib lahzani nishonladik, ertasi kuni Koo meni va farzandimizni sogʻligʻini bilish uchun doktirga olb bordi, meni uziy tekshiruvidan oʻtkaza boshlashdi

Jungkook: ayolim va farzandimni axvoli yaxshimi?

Doʻktr mayn tabbasum qilgancha javob berdi

Doktr: janob vahimaga oʻrin yoʻq hammasi joyida

Bu gaplarni eshitib biroz hotirjam boʻldim

Jungkook: sizga katta raxmat xonim iloji boʻlsa bizga mitti farishtamizni toʻlliqroq koʻrsata olasizmi?

Doktr: albatta muommosiz

Ekranda hali rivojlanmagan 1 oylik jajji farishtamiz koʻrindi, uning yurak urishini ham eshitdik, bir lagʻza koʻzlarimdan sevinch yoshi oqa boshladi, Koo menga dalda berish manosida qoʻllarimdan asta siqib peshonamdan oʻpib qoʻydi

Koo mitti farishtamizni koʻrib oʻzida yoʻq hursand boʻldi

~

Shu tariqa homilam katta boʻlishni boshladi, qornim ancha bilinib ham qolgandi, bolam katta boʻlgani sari vazinim ham oshib boryapti, bu davrning ham gashti oʻzgacha ekan, ammo koʻyin aynashi meni koʻp qiynadi

Koo esa nima desam barchasini olib kelardi hatto yarim kechasi boʻlsa ham, homilador boʻlganimga juda injiq va rashkchi boʻlib qoldim, Jungkookni hamma narsadan rashq qilardim hatto uyimizdagi Lusidan ham, Lusi kim deysizmi? Lusi uyimizdagi mushuk u qiz bola va chiroyli boʻlgani uchun rashq qilamanmi bilmayman, Koo esa barcha injqliklarimni sabr bilan koʻtarib indamasdi

Lusi

Episode : 11

Avtor : Ara

Kanal : minsuficc