Abyss (final)
Koʻzlarmni mahkam yumganimni bilaman birdan sochlarimda qattiq ogʻriq sezdim, men zax bosgan yer boʻylab sudrala boshladim, Koo meni sochlarimdan tortqilagancha sudray boshladi
Yeona: AAAA LANATI JONIM QATTIQ OGʻRIYABTI, BAS QIL, SEN OʻZI ERKAKMISAN? JAVOB BER ERKAKMISAN?
Birdan sudralayotgan joyimda toʻxtadim, boshimda qattiq ogʻriq sezdim, koʻzlarim hiralashdi, birdan hushmni yoqotdim
Ancha vaht yumulgan koʻzlarimni ochar ekanman, xonani yoritib turgan oy yorugʻi koʻzmga tushdi, yana xonadan tebrangichning gʻirchilagan ovozi eshtilyabti, birdan qattiq kulgu yangradi
Jungkook: Azaleam koʻzlaringni ochdingmi? seni uzoq vaqt kutdim, nega koʻzlaringni ertaroq ochmadinga
Xona qopqorongʻu faqat Kooning ovozi xona boʻylab aks sado urardi, yon atrofga alanglagancha unga gapirdim
Yeona: sen oʻzi kimsana, shifoxonada ekanligmda ering va bolang oʻldi deyishdi lekin ertasi kuni sen lanati paydo boʻlib meni u yerdan olib ketding, men hech narsaga tushunmayabman jin ursin
Birdan boshim qattiq devorga uruldi, bir lahza hamma voqealar koʻzmni oldidan oʻtdi, huddi kinolardagidek
Jungkook: MEN SENING HAQIQIY KOOYINGMAN, SEN FAQATGINA MENGA TEGISHLISAN, SENI BU OLAMGA OLIB KELGAN HAM BU MENMAN MEN, SHUNI UNUTMA MEN DOIM SENING ICHINGDA YASHAYMAN, BUNDAN KEYIN HAM YASHASHDA DAVOM ETAMAN!
Bu gaplardan soʻng boshimga qattiq ogʻriq turdi, chidab boʻlmas ogʻriq, koʻzlarmni qattiq yumdim.
Oʻrnimdan seskanib turdim, nafas olishim tez, yurak urushim esa betartib, peshonamdan chakkamgacha muzdak ter sirpanib tushyabti, birdan yon atrofga alangladim, men oʻz xonamdaman, Yani Kooning Koreyadagi uyida
Shunda men yomon tush koʻrdimmi? Hayiqqancha pastga tushdim, dumogʻimga hushboy hid uruldi, oshxonaga koʻz tashladim, Koo hech narsa boʻlmagandek oshxonada bir nimalar pishirardi
Birdan menga qarab jilmaydi, uning kulgusi qandaydur samimiy, koʻzlarida esa quvonch, baxtlilik aks etb turardi, birdan hayolimga menga qilgan ishlari keldi, men qichqirgancha unga doʻq urdim
Yeona: SEN IFLOS SHUNCHALAR HAM IKKI YUZLAMACHI BOʻLASANMI? BOYA MENI DOʻPPOSLAB ENDI OVQAT PISHIRYABSANMI?
Koning yuz ifodasi hanuz yodimda, uning vajohati, qarashlari barcha barchasi, u menga hayrat bilan qarab turardi, soʻngra sokinlik bilan menga gapirdi
Jungkook: Azaleam kel yaxshisi hammasini bafurja gaplashib olamiz
Men bosh irgʻagancha hop dedm Koo hotirjamlik bilan menga tushuntira boshladi
Jungkook: Azaleam seni otangni uyiga tashlaganimdan soʻng oʻzm seni tahlil natijalaringni olish uchun bordim, bilasanmi senga qanday aytishni bilmayabman
Yeona: Koo gapni choʻzmasdan tezroq ayt
Koo asabiylasha boshladi, qoʻllari va gapray deganda lablari qaltirardi, chuqur hoʻrsinib gapni boshladi
Jungkook: Azaleam senda Galyusinatsiya kasalligi aniqlandi, koʻzinga bizga koʻrinmaydigon turli narsalar koʻrinar ekan, faqat sen tushkunlikka tushma men seni davolash uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilaman, istasang oʻzinga kelishing uchun Malasiyaga ketamiz
Malasiya soʻzini eshitdimu koʻzlarim kattalashdi
Yeona: yoq yoq faqat Malasiya emas, iltimos u yerga borishni istamayman
Oʻzimda nima boʻlganini faqat oʻzim bilaman, yuragimda bir nimalar uzuldi goʻyo, koʻzlarimdan esa soʻzsiz koʻz yoshlar oqa boshladi, shundan keyin hayot men uchun butunlay toʻxtadi, yugurgancha xonaga quluflanib oldim, 1 hafta deyarli hech narsa yemadm, xona pardalari yopilgan qop qorongʻu miyyamda faqat birgina soʻz "Jungkook meni hayotmni barbod qildi, oʻz tubsizligiga oʻz olamiga meni choʻktirdi" faqat shu soʻzlar.
Men hozir qandaydur qora tuman ichidaman, yerda esa ezilgan guldonlar, soat mehanizmlari va Jungkookning menga yozgan xatlari, va tinimsiz oqayotgan koʻz yoshlar uchib yuribdi, u yerdan kelayotgan quyuq tuman hidi esa meni boʻgʻyabti
Birdan yer oʻpirila boshladi, men qochishga urundim lekin pastka quladim, tepamda esa Jungkook meni zimdan kuzatardi, yordam bermasdan shunchaki kuzatardi, oʻzi meni qaysi olamdaman qaysi Jungkook haqiqiy? Galyusinatsiya sababli qaysi olam haqiqiyligiyu qaysi Koo soxtaligina ajratolmay qoldim
Malasiyadagi hayotim shunda tushmidi, avtohalokat, farzandim, Hobbi, Somin bularni bari tushmidi?
Eshik gʻirchilashidan chuqur nafas olgancha uygʻonib ketdim
Jungkook: Azaleam senga nonushta olib keldim iltimos yeb ol, agar istasang sayirga chiqamiz sen ham havo almashtirasan
Men Kooga hissiz harab turardim, soʻng olib kelgan nonushtasini qoʻlidan olgancha och qolgan itga oʻxshab yeya boshladim
Yurak bagʻrim qattiq ogʻriyabti, Yeonani bu axvolda koʻrish menga onson boʻlmayabti, uning hayolotidagi Jungkook yani men unga shunchalar zulum qilyabmanmi? shuning uchun Yeona mendan nafratlanyabtimi?
Birdan yerga urulgan likopchaning ovozidan seskandim, Yeona qoʻlidagi idishlarni yerga otib sindira boshladi, koʻzlarida esa yosh, oldiga borib uni mahkam quchoqladim
Jungkook: Azaleam tinchlan hammasi joyida men yoningdaman, sen menga ishonsang men seni bu lanati kasalikdan olib chiqib ketaman, faqat menga ishonsang bas
Men shu onda bir narsani angladimki bu mening haqiqiy Kooym uning iliq bagʻri, samimiy soʻzlari, biroz yoshlangan koʻzlari ha bu meni haqiqiy Kooyim, bunga ishonchim komil, boshmni koʻtarib koʻzlaridan oqayotgan yoshni asta artdim
Yeona: Koo agar kichik bir umid boʻlsa men shu umidni siz bilan sinab koʻrishga roziman, faqat siz oldimda boʻlsangiz bas
Oradan bir yil oʻtdi men bu orada 19 yoshni qarshi oldim, kasalligim esa kun sayin meni tark etyabti, Koo buning uchun qattiq kurashdi, hozir esa biz kuzning bulutli va yomgʻirli havosidan bahra olish uchun mashinada ketyabmiz, kayfiyatimiz chogʻ, mashina radiosida esa bir qoʻshiq yangrayabti, "Hali ham sen bilan" bu armonli qoʻshiq biroz baxtilikni buzyabti lekin hammasj ajoyib, men mayin jilmaygancha Kooymning qoʻllaridan tutdim, u ham menga mayin jilmaygancha qaradi, mening koʻz oldimda uning mayin tabbasumi va baxtlilikdan porlab turgan koʻzlari qoldi, shu lahza barchasi tugadi mashina birdan qattiq agʻdarildi, koʻzlarim biroz hiralashdi lekin yonimda qonga belangan Kooymni koʻryabman, koʻzlarida yosh lekin yuzida tabbasum, uning ogʻzidan birgina soʻzni eshitdim " Seni abadiy sevaman Azaleam " faqatgina shu soʻzlar, soʻng uning koʻzlari yumuldi
Men qattiq qichqirdim, ovozimni boricha, Koo meni butun hayotim borligʻim edi, lekin shu borligʻ bir soniyada meni tark etdi!
Kooymning oʻlmdan soʻng hayotimga sira bahor kelmadi, kunim faqat qorongʻulikda oʻtardi, bir kun oʻzmni chalgʻitish uchun sevgilimning buyumlarini tomosha qilishni istadim, xonadagi javonni ochdim, koʻzim bir qutichaga tushdi, uni oʻzmga tortib qoʻlimga oldim va yotoq ustiga qoʻyib ochdim, uning ichida bir qancha maktub, mening suratlarm va qurutilgan Azalea bor edi
Maktubni olib oʻqir ekanman beihtiyor koʻzim yoshlandi
— Azaleam bu xatni oʻqiyotganingda men yoʻq boʻlishim ham mumkun, nega bularni yozayotganmni bilmayman, lekin inson oʻlmdan avval oʻlishini sezar ekan, shuning uchun bu xatni senga yozishga qaror qildim, sen ancha tuzalding oʻlmimdan soʻng iltimos koʻp yigʻlama men doim sening qalbingda boʻlaman hamisha, bu dunyoda koʻrishmasak boqiy dunyoda albatta uchrashamiz va umurbod baxtli boʻlamiz, seni hamisha chin yurakdan sevdim, soʻngi nafasimga qadar ham sevishda davom etaman!
Orada mendan nafratlanding ham, lekin men seni yuragingni yana zabt etm, mening sevgim ustunroq chiqdi, bundan baxtliman, sen bilan oʻtgan qisqa ammo mazmunli hayotim men uchun yuragimda oʻchmas iz qoldirdi, bu xatni oʻqib yigʻlayabsan bilaman lekin shuni unutma men doim sening qalbingdaman, seni sevuvchi Koo!
Kooymni bu soʻzlari yaramni yana bir martta yangiladi, bir qoʻlim qornmni siladi, mitti farishtam yashayotgan qornmni, avtohalokatdan soʻng 2 oylik homiladorligmni bildim, bu hatni oʻqib yuragim tilkapora boʻldi, men shu farzandim uchun ham yashashim kerak, uning uchun ham oʻzimda kuch topdim.
Mana Kooymdan keyingi 10 bahor, bugun mitti Koo 10 yoshga toʻldi, hozir Kooymning qabri tepasida yangi uzulgan Azalea gullari bilan turibmiz, men har hafta Koyymning qabrini tozalash uchun kelaman va biroz u bilan suhbatlashaman, mitti Kooymizning yutuqlari haqida gapirib beraman, shularni aytganimdan soʻng biroz yengil tortaman, Azalea gullarini qabr boshiga qoʻyib yomgʻirda nam boʻlgan tuproqni asta siladim va jilmaygancha u yerni tark etdm.
Bu orada akam Yongi chet eldan qaydi, men tushmda koʻrgan Hobbi, Jin va Somin bilan, men Somin bilan qayta tanishdm biz tushmdagidek yaqin boʻlib ketdik
Otam u oʻzgardi, oʻsha kungi gaplarimdan soʻng butunlay oʻzgardi, nevaradi uchun yaxshi bobo va farzandlari uchun yaxshi ota boʻldi
Opam Yunani 10 yil deganda endi koʻrdim, u eri bilan Koreyaga keldi va yana eng qizigʻi mitti jiyanlarim bilan ham.
Jimin mening armonli sevgilm, qalbimda kichik boʻlsada oʻrni boʻlgan Jiminm, hayot meni koʻp sinadi, Kooymning oʻlmdan keyin Jimin men uchun koʻp harakat qildi hatto farzandim bilan qabul qilishini ayti lekin men hayotmning mazmunini oʻrnini boshqa erkak toʻldirishini istamadim, undan koʻra soʻngi nafasmga qadar yolgʻiz oʻtshni maqil koʻrdim, shundan soʻng 2 yil oʻtgach Jiminmning oʻlmi haqida eshitdim, yuragimdagi uning oʻrni qattiq ogʻridi, ha menda unga nisbatan biroz tuygʻular bor, lekin Kooymchalik emas.
Men onda sonda uning qabri boshiga kelb uni yoʻqlab turaman, ishonamanki u boqiy dunyoda chin sevgisini albatta topadi.
Mana Koddan keyin 30 bahorni qarshi oldm, sochlarimga biroz oq oralagan, yuzmda esa ajnlar hiyol bilinb turardi, hozir sogʻligʻmdan qattiq ogʻriyabman, oʻz honamda shiftga termulgancha Kooymni hotrlagancha yotbman, xonadan eski soat ovozi jaranglayabti, birdan xona eshigi ochildi, men muhm odam kelganini sezib sochlarmni qulogʻim ortiga qistrdm, eshikdan Kooym jilmaygancha kirb keldi, qalb barcha narsani sezadi agar oʻsha qalb bir butun boʻlsa, Kooym boshm tepasiga kelib sochlarimdan asta siladi
Jungkook: Azaleam meni uzoq kuttinga? men keldm endi umrbod birga boʻlamiz, doim yoningda boʻlaman
Men tushundimki Koo meni olib ketish uchun kelganini, men mamnun jilmaygancha unga qoʻllarmni uzatdim, va biz abadiy sevgimiz tomon yoʻlga chiqdik!
Bu yoʻl men uchun abadiy sevgi kitobi boʻldi!
Kanal : minsuficc