Abyss 13-qism
Azaleamdan keyin hayotim butkul oʻzgardi, yaxshi tomondan yomon tarafga, huddiki bularni barini buzuq televizorda koʻrayotgan doramadek his qilyabman, hayot tarzim kosetadagi qora tasmaga oʻxshab qoldi
Mitti qizalogʻimizga Areum deb ism qoʻydm, bu ism "Goʻzallik" manosini anglatadi, qizimizga bu ism juda mos va nafis.
Qizmzni qandaydur begona ayolga emizdirishni istamadim, uni bolalar kashasi bilan boqishga majbur boʻldim, tunlari meni uxlatmasdi, bir tomondan hursand ham boʻlardim chunki Azaleamni eslatishga qoʻymasdi
Azaleamni vafotiga salkam toʻrt oy boʻlgandi, lekin shu toʻrt oy menga zulmatdek oʻtdi goʻyo, har oy, har hafta, har kun, har soat, har daqiqa tubsizlikda oʻtdi, u borligida rangsiz kaseta tasmasiga rang berib turardi, u butun dunyoni kuldirardi, ichidagi dard alam barchasi ichiga yutgan holda dunyoni kuldira olardi!
Sovuq rangsiz bir qorongʻu xona, qornimni gʻuldiragan ovozi xonada jaranglab ovoz chiqazardi, kalamushlar esa goh u yoqqa goh bu yoqqa oʻtib ketardi, xonadan kelayotgan mogʻor hidi esa boshimni ogʻritayotgandi, tagimdagi zax bosgan pol esa oyoqlarimdan oʻtib ichmni muzlatayotgandi, men qayerdaligmni bilmayman, meni faqatgina qoʻrquv qamrab olgan chunki Jungkook kelsa meni yana qattiq doʻposlardi, unga ovqat olb kel qornm ochdi deganim uchun meni oʻlas qilib doʻpposladi
Tanam shu qadar qattiq ogʻriyabtiki, chidab boʻlmas darajada, birdan eshik chiq etdi, koʻzlarimni tezlik bilan yumib, boshmni oyoqlarim orasiga koʻmib olgancha gapira boshladim
Yeona: iltimos Koo faqat urma, qornim ochmadi hammasi yaxshi, faqat urma iltimos
Birdan erkaklar ovozi eshtildi, ovozidan ichib olganga oʻxshardi
?: hoy bu yerlarda nima qilyabsan bir oʻzing? eng qizigʻi yarim kechasi, yetmaganiga yigʻlayabsan
Birdan boshimni koʻtardim, qarshimda oddiy odamlardek kiyingan, yelkalari keng, boʻylari baland, ovozi biroz doʻrillagan ammo yoqimli bir erkak turardi duduqlangancha unga savol berdim
Yeona: si..si..siz kimsiz? Mendan nima istaysiz?
?: qizaloq tinchlan senga hech narsa qilmayman, shunchaki bu yerga doim hayottdan charchagan paytlarim kelib turaman
Qarshimdagi odamni koʻzlari qizargan, biroz mayus edi, lekin koʻrinishi kelishgan usti boshi ham but, aftidan piyonista odamga oʻxshamasdi, oʻzmni hotirjam qoʻygancha savol berdim
Yeona: janob iloji boʻlsa meni bu yerdan olib chiqib qoʻyolasizmi? bir oʻzm chiqishga qoʻrqayabman
Qarshimdagi odam huh tortgancha javob berdi
?: albatta olib chiqb qoʻyaman muommosiz, oʻzi seni uying bormi? yaqinlaringchi?
Meni koʻzm yoshlandi, burnmni tortgancha unga hamma voqeani gapirib berdim
Yeona: bundan toʻrt oy oldin biz erim bilan avtohalokatga uchradik, qornimda jajji farishtam ham bor edi, soʻnggi koʻrgan narsam Kooymning yoshlangan koʻzlari va jilmaygan yuzi edi, shundan soʻng koʻzmni ochganimda shifoxonada edim, menga bolamni va ermni oʻlganini aytishdi, shu lahza ichimda dunyolar quladi, hayotim esa zulmatga aylandi, oʻzm esa tubsizlikka choʻkib ketdim
Lekin har tun Koo meni oldimga keladi, unga qoʻpol gapirsam meni qattiq doʻpposlaydi, lekin koʻzmni ochib qaraganimda hamma yerm sogʻ boʻladi, hayron boʻladigon narsam erm avtohalokatda oʻlgan lekin qanday kelyabti? yoki men shunchaki oʻylayabman oʻzm ham bilmayman
?: qizaloq shunday katta shaharda yana Malasiyada toʻrt oydan beri bir oʻzing yuribsanmi?
Senga bir taklifim bor, istasang meni uyimda yasha singlim ham bor, u bilan tanishasan, oʻzmni tanishtirmabman ismim Hoseok qisqacha Hobbi deb chaqirishing mumkun, musiqa olamida ismimni qisqartirb chaqirishadi, yoshimga kelsak 30 yoshdaman, bizni uch kishilik musiqiy guruhimiz bor hozirda eng mashhur guruhlardan birimiz, asli Janubiy Koreyalikmiz lekin ishimizni turli davlatlarda olib boryabmiz
Yeona: Hobbi agar uyingizda yashasam sizga ortiqchalik qilmaymanmi?
U gaplarimdan qah qah otgancha gapirdi
Hobbi: yoʻq muomossiz, ortiqchalik qilmaysan, qani endi tur bu yerdan ketamiz
Men oʻrnimdan turib endi yurmoqchi edim lekin oyogʻimga nimadur qattiq botdi ingragancha yerga oʻtirib qoldim
Hobbi: hoy nima boʻldi, bu yerlar shishaga toʻlib yotibti, sen esa oyoqyalang ekansan, esing joyidami koʻrib turib nega yurding
U doʻq urib gapirgancha menga yaqinlashib meni dast koʻtarib oldi koʻzlarim katta katta boʻlib ketdi, chunki menga shu vaqtgacha Koodan boshqa odam qoʻl tekkizmagan, men indamasdan qoʻllarmni uning boʻynida oʻtkazim boshmni uning koʻksiga qoʻydim, bir lagʻza dumogʻimga bir hid uruldi, undan Kooymning hidi kelyabti, beixtiyor koʻzmga yosh keldi
Meni qoʻlida koʻtarib olgan Hoseok esa bir bir menga koʻz tashlab qoʻyardi, birdan yuzmga shabodda uruldi, koʻzlarm chirt ochildi, quyosh koʻrmaganmga salkam 3 oy boʻlibti, men oʻsha lanati joydan bir qadam ham chiqmadim oʻsha yerdagi qolgan qutgan ovqatlar bilan kun kechirib yashadim, Hoseok meni pastka tushurib mashina eshigini ochdi
Men mashina oʻrindigʻiga boshmni tashlagancha mashina oynasidan tashqariga qarab oʻtirdim, Hoseok haydovchi oʻrindigʻiga oʻtirgancha mashinani haydadi, biz yoʻl yoʻlakay koʻp suxbat qurdik u menga oʻz hayoti haqida men esa oʻz hayotim haqida gapirib berdim.
Shu bilan yarim soatda Hoseokning uyiga yetib keldik, u koʻp qavatli uyda yashar ekan, biz 20 qavatga koʻtarildik, Hoseok uy eshigini taqllatdi birdan eshik ochildi, qarshimda goʻzal bir qiz turardi
Hobbi: ooou meni goʻzal singiljonim, zerikmay oʻtiribsanmi?
U qiz jilmaygancha javob berdi
Somin: yoq akajon zerikmadim, oʻqishlar meni zeriktirishga qoʻymayabti
Birdan Hobbi menga qarab jilmayib singlisi bilan tanishtirdi
Hobbi: Yeona tanish bu meni singlim Somin, Somin bu esa Yeona u meni doʻstim unga opangdek munosabatda boʻl tushundingmi? Bundan buyon u biz bilan yashaydi
Somin mayin jilmaygancha meni bagʻriga bosib oldi
Somin: hush kelibsiz Yeona opa, men bu yerlarda juda yolgʻiz edim endi siz bilan ajoyib vaqt oʻtkazishimizga ishonchm komil qanday ajoyib
Meni koʻzm biroz yoshlandi, Sominga asta jilmaygancha sochlaridan siladim
Yeona: seni koʻrib opam esimga tushdi, lekin senga opa boʻlganim uchun oʻzmni opadek his qilyabman va opamni tushunyapman
Birdan Somin qoʻllarimdan tortqilagancha ichkarga olib kirdi
Somin: opa boʻldi bundan buyon yaxahi narsalarni oʻylang, hozir men sizni uyimizda aylantirib chiqaman
Somin shunday degancha hamma joylarni aylantirib chiqdi, soʻngida oʻzining xonasiga olib kirdi
Somin: opa endi bu ikkimizni xonamiz, men kichikligimdan opam bilan uxlashni orzu qilganman lekin meni telba akamdan boshqa hech kimim yoʻq, shunday ekan bu yerni oʻz xonangizdek his qiling, bu yerdagi narsalar sizning ham narsalaringiz
Men jilmaygancha bosh irgʻadim birdan Somin meni qoʻlmdan tortqilagancha yana qayergandir olib keta boshladi
Bir lahza hayratdan qotib qoldim Somin meni uy balkoniga olib chqgandi, u yerdan hamma joy juda ajoyib koʻrinardi, bir lahza koʻzlarmni yumub havodan chuqur nafas oldim
Shu zayilda bir oy oʻtdi bu orada biz Somin bilan juda yaqin boʻlib oldik, doim qayerlardadur aylanardik
Hobbi bunga umuman qarshilik qilmasdi qancha pul soʻrasak oshigʻi bilan berardi, bir kun u guruhidagilar bilan tanishtirshini aytdi
Hobbi: qizlar bugun kechga musiqiy guruhmdagi doʻstlarm kelishadi, Yeona biryoʻla sen ular bilan tanishib olasan
Yeona: yaxshi aka, ular kelganda bizni chaqiring, biz ungacha Somin bilan sevimli doramamizni koʻramiz
Hobbi jilmaygancha hop dedi, chamasi uch soatdan keyin Hobbi doʻstlari kelganini aytib bizni chaqirdi, men ham mamnun boʻlgancha Somin bilan tashqariga chiqdim, qarshimda bir kelishgan boʻylari baland yigit menga jilmaygancha turardi
— Salom Yeona, Hobbi sen haqingda juda koʻp gapiradi, oʻylaganimdan ham chiroyli ekansan, men Seokjinman, qisqacha Jin deb chaqirishing mumkun
Men Jin bilan yaqindan tanishib oldim, biz maroq bilan suxbatlashayotganimizda eshik qoʻngʻirogʻi chalindi
Jin: bu bizni Suga boʻlsa kerak, men oʻzm ochaman
Men Somindan Suga kim deb soʻradim
Somin: Suga akamni musiqiy guruhidagi eng kichik qoʻshiqchi, uning tahallusi shunday
Men indamay bosh irgʻab qoʻydim, birdan ortimdan ovoz keldi
— Hammaga salom doʻstlar men keldim
Birdan ovoz kelgan tomonga qaradim koʻzlarim katta katta boʻldi, qarshimda akam turardi, birdan baland ovozda gapirdim
Urnimdan turib akamni qattiq quchoqlab oldim u ham meni mahkam bagʻriga bosdi, biz akam Yongi bilan uzoq suhbatlashdik, hayotimda boʻlgan voqealarni barchasini unga aytib berdim
Yongi: Yeona nega menga bir ogʻiz qoʻngʻiroq qilmading? men raqamimni oʻzgartirmagandim, bir ogʻiz menga vaziyatingni tushuntirganingda men seni bunday ahvolda qoldirmas edim
Yeona: aka men sizga buni qanday aytaman, ishlaringiz koʻp boʻlsa
Yongi menga qattiq tanbeh berdi, Hobbi, Jin va Somin hayratlangancha bizni eshitib oʻtirishardi, akam meni oʻz uyiga olib borishini aytdi lekin men rozi boʻlmadim
Yeona: yoʻq aka men bu yerdan ketishni istamayman, agar bu yerdan ketsam sizni uyingizda yolgʻizlanib qolaman
Akam menga qarshilik bildirmay hop deya bosh irgʻadi, men bu yerda birgina boʻlsada qondoshim bilan ekanligmdan hursand boʻldim
Bu yerda kunim ajoyib oʻtardi lekin ichmdagi bir boʻshliq hech ham toʻlmasdi, hozir Somin meni majburlab kiym doʻkoniga olib keldi
Biz har hil brend doʻkonlarga kirib oʻzmizga yoqgan kiymlarni oldik, u yerdan chiqib atrofni aylanayotgandik
Bir lahza joyimda qotib qoldim, yurak urushim tezlashib qoʻllarim qaltirashni boshladi, mendan biroz uzoqroqda.....
Kanal : minsuficc