Isabell 3-qism
Mashinada sukut hukumron edi, faqatgina dvigitelining quloqqa biroz eshitiladigon ovozi, birdan bu sovuq sukunatni erkakning ovozi buzdi.
— Bundan buyon hayoting qanday oʻzgarishi haqida qaygʻursang yaxshi boʻlardi, endi hayoting avvalgidek boʻlmaydi!
Men shunchaki uning koʻzlariga tikilgancha gaplarini eshitdim, birdan yana oʻsha sovuq nigoh menga qaratildi, koʻzmni undan uzmasdan qarashda davom etdim, u ham nigohini menga qadashda davom etaverdi, birdan mashina keskin toxtadi, nigohim yoʻlga qaradi, mashina qarshisida kichik kuchuk turardi, u juda yoqimtoy va beozor edi, darxol mashinadan tushib kuchuk tomon bordim va uni qoʻlimga oldim.
Isabell: buncha yoqimtoy boʻlmasanga? Seni oying qayerda mittivoy? Agar oying yoʻq boʻlsa oʻzim senga onalik qilaman, bugundan seni "Bam" deb chaqiraman, endi sen mening himoyachimsan!
Birdan ortimdan sovuq ovoz eshitdim, bu yana oʻsha erkakning ovozi edi.
— Tezda oʻrningdan tur va mashinaga oʻtir!
Men oʻrnimdan turib, uning koʻzlariga keskin qaradim, va ikkilanmay gapirdim
Isabell: sen...kim boʻlibsanki menga buyuruq berasan? Va menga bunday muomala qilishga haqqing yoʻq...aslo!
Qarshimdagi erkak huh tortgancha labining chetida kuldi
— Men kim boʻlibman? Bundan buyon sen mening shaxsiy itimsan nima desam shuni qilasan, oʻtir desam oʻtirasan tur desam turasan, bu senga yengil jazo!
Bu gaplardan qattiq kulib yubordim
Isabell: shaxsiy it deysanmi? Buni hayolingni bir chekkasiga ham keltirma!
Qarshimdagi erkakning qoʻllari musht boʻla boshladi
— Agarda hozir ovozingni oʻchirib men bilan ketmasang oʻzinga qiyin qilasan
Men hech narsa demasdan Bamni qoʻlimga olib mashinaga oʻtirdim
Men u erkak bilan suxbatlashganimda bir narsani sezdim, u meni boshqarishga urindi, menda hali bunday narsa boʻlmagan, uning qandaydur sirli aurasi bor, bu juda yoqimsiz.
Biz qalin oʻrmon oralab qandaydur katta uyga keldik, tashqaridan biroz eski va befayz koʻrinardi, men mashinadan tushib atrofni zimdan kuzatdim, uy tashqarisida turli haykallar, va boʻym baravar archalar bor edi, biroz hayratga tushdim.
Birdan bilaklarimda ogʻir va sovuq narsa sezdim, qoʻlmga nazar tashladim, qandaydur bilakuzuka oʻxshagan temir turardi
?: (masharomuz, beparvo oxangda)
— Bu sen uchun kichik sovgʻa, agar qochmoxchi boʻlib shu eshikdan chiqsang bu senga toʻk beradi, toʻk uchi beshta odamni yiqitishga yetadi shuning uchun oʻylab ish qil, yana qochmoxchi boʻlgan payting bu menga habar beradi unutma!
Men ikki qoʻlmni bir biriga ulagancha uni zimdan kuzatdim
Isabell: modomiki qochishga urinib, bu tok kuchiga chidasam meni ozod qilasanmi?
Qarshimdagi erkak labining chetida kulib qoʻydi, bu kulgusida qandaydur boshqacha narsa bor edi, tushunarsiz ammo biroz samimiy
— Yaxshi senga soʻz beraman, agarda shu tok kuchiga chiday olsang seni qoʻyib yuboraman va tinch qoʻyaman, modomki chiday olmasang shu yerda butun umr azobda va qorongʻulikda yashaysan.
Men uning gaplarini etiborsiz qoldirib mashinada qolgan bamning oldiga bordim, uni qoʻlimga olib jilmaydim va erkak tomon qaradim, u katta katta qadamlar bilan, uy tomon keta boshladi, men ham shoshgancha uning ortidan bordim.
Uy ichiga kirar ekanman hayratdan koʻzlarim jimirladi, uy tashqaridan eski va befayz koʻringani bilan ichida juda bejirim edi, yuqoriga olib chiqadigon uzun qizil gilam, pastkacha tushib turadigon uzun qandil va devorga tushirilgan naqsh va nodatiy suratlar, bularni bari hayratlanarli.
Oʻz hayollarimga koʻmilar paytim yana oʻsha sovuq ovuz hayollarmni tarqatib yubordi
?: (beparvo, biroz qiziqish bilan)
— Nima? Hayotingda birinchi martta bunday uyni koʻryabsanmi? Ogʻzingni sekinroq och boʻlmasa hashorot kirib ketadi va yana hayol surishni bas qilib yuqoriga koʻtarilginda oʻngdagi birinchi xonaga kirib oʻzinga qulay boʻlgan kiymni kiyib ol! Besh daqiqada shu yerda boʻl!
Men oʻzmni magʻrur tutgancha zinapoyalardan yuqoriga koʻtarilib aytilgan xonaga kirdim.
Xona uncha bejirim emasdi ammo oʻziga yarasha qulay edi, kiyim javoniga biroz koʻz tashladim va qoʻlim bilan kiymlarni yengilgina siypaladim, ajabo bu erkak meni kelishim uchun jiddiy tayyorgarlik koʻrdimi?
Ustimga gullar surati tushirilgan oq koʻylakni olib kiydim, kalta va biroz ochiqroq, men kayfiyatmga qarab kiyinishni yaxshi koʻraman, menda hozir biroz gʻazab va yovoyyilik aralashgani uchun ochiq va kalta kiyinishka qaror qildim.
Oynada oʻzimning goʻzal chehramni biroz tomosha qilib pastka tusha boshladim, pastda meni zimdan kuzatayotkan nigohlarga koʻzim tushdi, yoʻlimda davom etgancha erkak tomon boraverdim, birdan uy ichini baland qichqiriq ovozi tutdi.
?: (gʻazab va baland ovoz bilan)
— Men senga besh daqiqada shu yerda boʻl deb aytgandim, sen oʻz uyingda emassan, endi esa bu uyning xizmatkorisan! Aytilgan vaqtda turasan, aytilgan vaqtda ishlaysan va aytilgan vaqtda uxlaysan, oʻzing qaror chiqarishga haqqing yoʻq!
Birdan bu gaplardan qoshlarim tepaga koʻtarildi
Isabell: shunday degin? Birinchidan men doim oʻzm boʻlganman va kmningdur quli emasman! Va yana ukang qilgan ishi uchun jazo olgan buning uchun meni jazolashing nohaqlik aslida, senga soʻngi soʻzm bu uyda oʻz hohlaganmcha yashayman yoki bu uyingni boshdan oxirigacha yakson qilaman oʻzing tanla!
Qarshimdagi erkak biroz asabiy kuldi, va menga yaqinlashib koʻzlarimga boqdi
— Bu yerda buyuruq va shartlarni men beraman!
Birdan sochlarimda katta qoʻllarni sezdim u sochlarimdan sudrab meni qayergadur sudray boshladi, men ingragancha unga ergashdim, agar bir soniyaga toʻxtasam sochlarim uzulishi aniq.
Birdan sochlarim boʻshadi men uy xovlisida edim qarshimda Isabell navlari turardi, birdan ogʻriqlarni unutib koʻzlarim quvondi, tezda borib ularning hididan toʻyib toʻyib nafas oldim
— Bu uyda sen sotadigon Isabell navlari ham bor, agar bu gullar qurib qolsa sen ham ulardek qurib yoʻq boʻlasan!
Hozir esa oʻrningdan turib ortimdan yur va mashinaga oʻtir, agar ortiqcha savol bersang tilingni sugʻirib olaman!
Men uni turtgancha mashina tomon bordim, endi mashinaning orqa tomoniga oʻtirmoxchi boʻlganimda u oldiga dedi, men biroz unga qarab mashinaning oldiga oʻtirdim, u ham haydovchi oʻrindigʻiga oʻtirdi va mashinani yurgʻazdi.
Mashinada sukut hukumron edi, faqat erkakning keskin nafas ovozi va oynadan shamolning chiyilagan ovozi eshtilardi, birdan erkak qattiq yutundi, unga koʻz qirim bilan qaradim, uning koʻzlari onda sonda mening ochiq sonlarmga qarardi, birdan rulni qattiq siqib qoʻllarini musht qildi.
Hayolimga uning his tuygʻulari bilan oʻynashish keldi va biroz siljidim shu payt koʻylagim yanada teparoqqa koʻtarildi, yana koʻzlarimni qiri bilan erkakka qaradim u qattiq yutundi, yuzimga biroz kulgu yugurdi, tezda koʻylagimni pastka tortib boshmni oynaga suyadim.
Mashina toʻxtadi men boshimni koʻtarib erkakka savol nazari bilan qaradim
Erkak koʻzlarimga qaragancha ishonch bilan javob berdi
— Ha keldik, tushishing mumkun
Men indamasdan mashina eshigini ochib tushdim, qarshimda qandaydur katta bino turardi, uning eshigiga biroz yaqinlashdim, jin ursin bu bar ekan, u axmoq nega meni barga olib keldi, yoki foxshalikka majbur qilmoxchimi?
Ortimga oʻgirilib erkakka koʻz tashladim, u kir deya ishora qildi, men bir yutungancha ichkariga kirdim, ajabo u yerda hech kim yoʻq edi ammo u yerning axvoli juda nochor edi, u yerdan anqiyotgan spirt hidi yerda yotgan ayollar ich kiymi va turli axlatlar naqadar jirkanchli.
Birdan yana oʻsha sovuq oxang, jirkanish bilan erkak tomon qaradim
— Senga bir soat vaqt bu yerni yogʻ tushsa yalagudek qilib tozalaysan.
Men birdan qarshi chiqdim va unga doʻq urgancha gapirdim
Isabell: men? Hech qachon bunday jirkanch joyni tozalamayman, buni hayolinga ham keltirma!
Birdan erkakning nigohlari sovuqlashdi, qovogʻi uyulib men tomong yura boshladi.
Isabell: yaxshi yaxshi tozalayman, faqat menga yaqin kela koʻrma!
Men shunday deb ish qilishni boshladim, u yerda yotgan axlatlarni bir idishga yigʻdim, u yerda yotgan ich kiymlarni jirkangancha qoʻlmni uchida oldim.
Deyarli yigʻib boʻldim, ux tortgancha peshonamga qoʻlmni qoʻyganimda uzoqda bir axlatga koʻzim tushdi, uni olish uchun borib egildim, birdan ustimdagi koʻylagimning kaltaligi hayolimga keldi, oʻrnimdan turib daxxol erkakka qaradim, uning koʻzlari biroz kattalashgandi, meni koʻrib birdan koʻzlarini olib qochdi.
Tezda axlatlarni olib qoʻllarmni yuvib u tomon bordim
Isabell: hoy men boʻldim, va yana vaqtidan oldin boʻldim, men ketishni istayaman bunday axvolda zoʻrgʻa chidayabman yuvinishni istayman.
Qarshimda turgan erkak hech qanday soʻzlarsiz koʻzlarimga qarab turardi, birdan u ustimga qarata yura boshladi, men ham ortka yuraverdim, va soʻngida devorga uruldim, koʻzlarim kattalashdi, deyarli oʻrtada masofa qolmadi, yurak urushim biroz notinch, yuzimga esa issiq nafas urilyapti.
Birdan lablarimda sovuq qoʻllarni sezdim, u qoʻllari bilan lablarimni silay boshladi, va endi yaqinlashmoqchi boʻlganida qoʻllarini devorga qattiq urdi va mendan uzoqlashdi.
U hech qanday soʻzlarsiz keta boshladi, uning bu qiligʻidan biroz gʻalati boʻldim, soʻng men ham uning ortidan mashinaga borib oʻtirdim, uyga borgunimizga qadar mashinada faqat sukunat aylandi, allaqachon kech ham tushib qolgandi, uyga yetib borgach erkakka qarata gapirdim
Isabell: haligi yuvinish xonasi qayerda
U beparvolik bilan yoʻlida davom etkancha baland ovozda gapirdi
— Ikkinch qavat yoʻlakning oxiri
U shunday degancha qandaydir xonaga kirib ketdi, men ham yuqoriga koʻtarilib xammom tomon yoʻl oldim, ichkariga kirar ekanman u yerning goʻzalligi meni hayratda qoldirdi
Tezda kiymlarimni yechib yuvina boshladim, yengil dush menga shunday yengillik beradiki, hatto bir kun ham yuvinmasdan uxlamayman.
Dush qabul qilgach, ustimga sochiq oʻrab xonam tomon keta boshladim, birdan qarshimda yana oʻsha nigohlarni koʻrdim, uning tomirlari taranglashkanini xis qildim va tezda xonamga kirib qoʻlimga tushgan tungi koʻylakni kiydim
Oynaga qarab chiroyimga termulgancha mayin sochlarmni tarayabman, birdan eshikning ovozi keskin oʻsha tomonga qarashimga majbur qildi, yana oʻsha erkak, lekin koʻrinishi biroz gʻalati nafas olishi esa tez, birdan u meni boshdan oyoq kuzatdi, ustimda kalta tungi koʻylak, birdan u meng yaqinlashdi va yotoqqa itardi, men unga qarshilik qilishga urundim lekin unga kuchim yetmadi, u boʻynimga yopisha ketdi.
Oʻzimda kuch topgancha uning yuziga qattiq urdim va oʻrnimdan turgancha unga oʻshqirdim
Isabell: lanati sening iflos niyating shu edimi? Agar meni foxsha deb oʻylayotgan boʻlsang adashasan, menga qoʻl tekkizgan kuning sening hayoting tugaydi shuni yodingdan chiqazma!
Seni otang onangni shunday zoʻrlaganda indamay kuzatib turganmisan? Sening bu qiligʻingdan shunday hulosaga kelyapman jirkanch
Uning qichqirigʻi yuragimni tubigacha yetib bordi, ovozi butun uyda aks sado boʻlib yangradi
— Haa otam onamni zoʻrlab doʻpposlayotganda men hech narsa qilmasdan indamay kuztganman, haa men shunday qoʻrqoq bir oddaman qoʻlidan hech narsa kelmaydigon bir landavur, lekin mendan keyingi ukam mendan jassuroq edi, men qila olmagan ishimni u qildi, dadamni oʻldirdi, u menga qaraganda jassuroq edi jin ursin.
U shu gaplarni aytiyu yigʻlab yubordi, men bu vaziyatda huddi otamni koʻrgandek boʻldim, sababi otam ham onam oʻlganda shunday qattiq yigʻlagandi va men uni bagʻrimga bosib ovutgandim.
Tezda uning oldiga borib uni bagʻrimga bosdim
Isabell: hammasi joyida, oʻzingizni qoʻlga oling, men bunday boʻlganini bilmagandim
U hech narsa demasdan faqat yigʻlardi meni qattiq bagʻriga bosgancha faqat yigʻlardi, u biroz havo almashtirishi va tezroq oʻziga kelishi uchun derazani ochishga qaror qildim va oʻrnimdan turib derazani ochdim.
Birdan ortimdan ovoz keldi biroz yoʻgʻon ammo ishonchli ovoz.
?2: (ishonch va qattiyat bilan)
Birdan ortimga oʻgirildim, qarshimda boʻylari baland, kelishgan, yelkalari keng, sochlari biroz ortka taralgan betartib, ammo oʻziga juda yarashardi, birdan uning nigohlari menga qadaldi, bu nigohlar oʻzgach, shu kunga qadar hech kim menga bunday nigoh bilan qaramagan, men ham undan koʻzlarimni uzmadim.....