May 4, 2025

Abyss 5-qism

~Avtor

Hayotim shunchalar tubsizlikka qulaganki men bu yerdan chiqish uchun faqat oʻzim kurashyapman, agar oʻzim kurashmasam hech kim meni bu yerdan olib chiqmaydi!

~

Men xonaga kirishim bilan qoʻrqib ketdim, chunki qarshimda qoʻrqinchli niqobda kimdur menga qarab turardi

Men endi ortga ogirilib qochmoxchi boʻldim, lekin oʻsha odam meni ortimdan mahkam ushlab ogʻzimni qoʻli bilan yopti, va quloqlarimga yaqin kelib past ovozda shivirladi

?: sh.sh.sh, Jim!

u quloqlarimga yaqinlashganida nafasi qulogʻimga uruldi, etim junjukib ketdi ichimda qandaydir gʻalati his paydo boʻldi

Meni yurak urushim shu qadar tez urardiki boʻgʻzimga eshtilar darajada, tez tez nafas olardim, koʻzlarim katta katta ochilgan, u erkakdan kelayotgan hid esa menga juda tanish, menga uning hidi oʻzgacha his berayotgandi

Men boʻynimga urulayotgan nafasdan seskandim, va ogʻzimni berkitib turgan qoʻllarga urdim

?: Nima boʻldi? qoʻlimni olishimni istaysanmi? baqirmayman desang mayli

Men ingrab bosh irgʻadim, ortimdagi erkak qoʻllarini asta oldi, men darov unga qarab niqobini yechmoxchi boʻldim, lekin u qoʻlimni mahkam ushlab meni itarib yubordi, qattiq polga yiqildim u esa menga yaqinlashib kela boshladi, men emaklagancha toʻxtamay orqaga yurdim

Jin ursin men devorga urildim, u tez yaqinlashib yoqamdan ushladi, juda choʻchib ketdim, u menga juda yaqin turardi, koʻzlarida gʻazab va egallash hissi bor edi, men choʻchiy boshladim, bir lagʻza lablarimda issiqlik sezdim, hammasini anglagach koʻzlarim katta ochildi, bu odamni oʻzimdan qancha itarishga harakat qilmay foyda bermadi, u mendan shu qadar boʻsa olardiki huddi och boʻridek, men esa ingragancha qarshilik qilardim

U bir qoʻli bilan meni ikki nozik qoʻlimni mahkam ushlab oldi, lablari esa hanuz lablarimda, boshqa qoʻli esa ochiq sonlarimni silardi, bu boshida menga gʻalati tuyuldi lekin keyin oʻzimni boshqarolmay qoldim, men ham boʻsasiga javob qaytara boshladim, bu 2 daqiqa davom etdi, u endi kiymlarimni yechmoxchi boʻldi lekin men oʻzimni qoʻlga olib uni itarib yubordim, uni boshi stolim qirrasiga qattiq urildi, bundan foydalanib tezda pastka oshxonaga tushdim, dadam haligacha gazeta oʻqigancha oʻtirardi

Yeona: dadajon hali uxlamadingizmi?

Hansiragancha dadamga qarab turdim, dadam biroz bezovta oxangda menga gapirdi

Hyun: Yeona senga nima boʻldi? nega ranging buncha oq? biror narsadan qoʻrqdingmi?

Men bir dadamga, bir xonam eshigiga qaradim, oʻsha odam asta tashqariga chiqib menga qarab turibti, soʻng huddi yoshbolalardek qoʻlida qurol yasab meni otdi va yana xonam tomon kirib ketdi

Hyun: farishtam senga nima boʻldi qayerga qarayabsan

Dadamning ovozidan choʻchib tushdim, alanglagancha qaradim

Yeona: ha...ha...haligi men biroz yomon tush koʻrdim soʻng oshxonaga suv ichish uchun tushgandim, oʻzingiz hali ham uxlamadingizmi?

Otam gaplarimdan biroz hotirjam tortdi va menga stakanda suv quyib berdi

Hyun: ol suvdan biroz ichib ol, agar qoʻrqsang eshiginga tagiga qoʻriqchi qoʻydiraman, nima deysan

Yeona: yoʻq yoʻq dadajon kerak emas, hammasi joyida

Dadam oʻrnidan turib meni bagʻriga bosdi, soʻng asta peshonamdan oʻpib qoʻydi

Hyun: mayli oʻzinga qara agar biror narsa boʻlsa menga darxol qoʻngʻiroq qil, men hozir ketaman, Yongi ham birozdan keyin keladi

Men otamni qattiq quchoqlab oldim, u ham mayin jilmayib meni quchoqladi va asta sochimdan silab qoʻydi, huddi ketmang men bilan qoling bir oʻzim qoʻrqaman degandek uni qoʻyib yubormadim

Hyun: qizalogʻim sekinroq hozir nafas ololmay qolaman

Men qattiq hoʻrsinib dadamning bagʻridan chiqdim

Yeona: mayli dadajon yaxshi yetib oling, sizni yaxshi koʻraman

Hyun: men ham seni yaxshi koʻraman farishtam, hayirli tun

Dadam bilan hayirlashib xonam tomon koʻtarila boshladim, zinalardan chiqar ekanman yuragim yana tez urishni qoʻllarim esa qaliray boshladi, eshigim tagiga kelib toʻxtadim va asta eshik tutqichini ushladim, birdan oʻng tomonmga qaradim koʻzim guldonga tushdi

Uni qoʻlimga olib eshikni tez ochdim, xona jim jit, shamoldan parda hiyol u yoqqa hiyol bu yoqqa hilpirardi, biroz hotirjam boʻldim, koʻrinishidan u odam ketib boʻlgan, shunday boʻlsa ham honamni har bir burchagini qarab chiqdim, soʻng qatiq ux tortgancha oʻzimni yotoqqa otdim va koʻrpaga oʻrangancha uxlab qoldim

ERTA TONG

Koʻzimga quyosh nuri tushyabdi, tanam esa sovuq qotyabti, kecha derazani yopishni unutibman, ustimga koʻrpani butunlay yopib yana koʻzimni yumdim, birdan hayolimga kecha boʻlgan ishlar keldi oʻrnimdan sakrab turdim

Yeona: Aaa u odam kim edi? endi uni hayolimdan qanday chiqazaman, uning gavdasi, extirosli ovozi, yoqimli ifori, lablari axx Yeona sen axmoqsan axmoq oʻylayotgan narsalaringni qara

Birdan qoʻl telefonim jiringlay boshladi, nomalum raqam, hayolimni jamlab telefonga javob berdim

Yeona: alo eshtaman

Kotib: hayrli kun Yeona xonim, men otangizning yordamchisi Han Sonulman, ishingiz boʻyicha qoʻngʻiroq qilayotgandim, agar xohlasangiz bugun ish oʻrganish uchun Nam Songdagi 6 koʻchadagi boxchaga borishingiz mumkun ekan, siz haqingizdagi barcha malumotlarni aytidim, aynan sizga oʻxshagan oʻqituvchi qidirishayotganini aytishdi

Dadamning yordamchisini gaplarini eshitib juda ham quvonib ketdim, oʻrnimdan qanday turganimni bilmay qoldim

Yeona: ha Sonul amaki sizni esladim, albatta bugun boraman, sizga katta raxmat

Kotib: yaxshi xonim kuningiz yaxshi oʻtsin

Qoʻngʻiroqni yakunlab tezda oʻrnimdan turdib dushga kirdim

Doim dush qabul qilsam oʻzimni yengil his qilaman, dushdan chiqib oʻzim yoqtirgan oversise styleda kiyindim

Biroz pardoz qilib aytilgan manzil tomon yoʻlga chiqdim, dadam sovgʻa qilgan bmwga oʻtirdim albatta haydovchi bilan chunki dadam haydovchilik guvohnomasini olmagunimcha mashina haydashni taqiqlagan

Men aytilgan manzilga keldim, ichkariga kirar ekanman meni hayajon bosdi, bu men yoqtirgan kasblarimdan biri, bolalarga dars berish, nega aynan bogʻchani tanladim sababi u yerda bolalar bor, bolaligimda olmagan mehrimni ularga berish uchun

Atrofdagi bir tarbiyachidan derektor xonasini soʻrab xona eshigini taqilatdim, ichkaridan ayol kishining "Kiring" degan ovoz eshitlgach asta kirdim, hurmat bilan bosh egib salomlashdim

Yeona: hayrli kun xonim, men Min Yeonaman, ish boʻyicha kelgandim

Derektor ayol menga mamnun jilmayib oʻrnidan turib oldimga keldi, soʻng asta bagʻriga bosib hol axvol soʻray boshladi

Derektor: Yeona axvolingiz yaxshimi? kecha otangiz habar bergandi, eshitib juda hursand boʻldim huddi oyingizga oʻxshabsiz, mayli mavzudan chetga chiqmaylik, menga sizni oʻqish darajangiz juda yoqdi sizni jon deb ishga qabul qilaman, hohlasangiz bugun oʻrganish uchun qolishingiz mumkun

Bu ayol shunday samimiy gapiryaptiki huddi avvaldan bizni taniydigandek

Yeona: raxmat xonim men unda ishni boshlay qolay, kuningiz yaxshi oʻtsin

Shunday dedimu tezda ishim tomon shoshildim, bir sinf eshigidan asta moʻraladim, bir guruh oʻquvchilar oʻynab oʻtirishardi

Ular menga jilmayib hurmat bilan bosh egishdi, men juda quvonib ketdim, ularga ingiliz tilida turli soʻzlar oʻrgatdim, hilma hil qiziqarli oʻyinlar oʻynatdim

Soat allaqachon 4 boʻlibdi, bolalar uyga ketadigon vaht, ota onalar bolalarini birin ketin olib keta boshlashdi, men bu orada bir shirin bolakay bilan tanishib olgandim, uning dunyo qarashi shunday ajoyibki u katta odamlardek fikirlardi, u menga aytishi boʻyicha 1 hafta oldin ota onasi bilan Amerikadan kelibdi

U bilan miriqib gaplashib oʻtirganimda birga ishlaydigon tarbiyachi Sohyuni tashqarga olib chiqishimni aytdi, uni olib ketish uchun uydagilari kelibdi

Sohyun

Men uni kiyimlarini almashtirib tashqarga olib chiqdim, birdan Sohyun qoʻlimdan chiqib bir erkakni quchoqlab oldi, men ham astalik bilan oʻsha tomonga bordim, u erkak Sohyunga koʻp hazillar qilib uni hursand qilardi, u erkak juda kelishgan boʻylari baland gavdali edi, shunday kelishgan erkani farzandi bor ekan deb biroz hafa boʻldim

U erkaka yaqin kelib salomlashdim

Yeona: hayirli kun janob, oʻgʻlingiz Sohyun juda aqilli bola ekan, va oʻzingizga oʻxshagan kelishgan ham

U erkak menga koʻz uzmasdan qarab turardi, men biroz hijolat boʻldim, va jiddiy oxangda menga gapirdi

?: u meni oʻgʻlim emas, jiyanim

Men u odamning ovozini ezhitib bir zum qotib qoldim, menga bu ovoz biroz tanishdek edi, va unga hotirjam javob berdim

Yeona: meni mazur tuting janob, siz bilan avval koʻrishmaganmizmi?

U odam nim tabbasum qilib qatiyat bilan menga javob berdi

?: boʻlishi mumkun, eslay olmadim

Bir zum hayolga berilishni toʻxtatib ularga hayirli kun tiladim va Sohyuni yuzidan oʻpib orka oʻgirildim, va yana menga boqib turgan koʻzlarga qaradim

Jeon Jungkook 27 yoshda

Jin ursin, u menga juda tanish lekin qayerda koʻrganimni eslay olmayabman

Jungkook: yana uzoq tikilib turasanmi?

Bu gapdan dovdirab qoldim, uyalganimdan ikki yuzim qizarganini sezdim

Yeona: meni mazur tuting janob, hayrli kun

Shunday dedimu ortimga qaramay qochdim

~

Jungkook: Alo Taehyong, hozir Sohyunni oldim, 10 daqiqada uyda boʻlamiz

Taehyong: yaxshi biz ham Minsu bilan hozir keldik, uyda koʻrishguncha

Aloqa tomom

~

Ax axmoq Yeona nega doim qovun tushurasana......

Episode : 5

Avtor : Ara

Kanal : minsuficc