April 17, 2025

Abyss 1-qism

~Pov avtor

Tubsizliging zulmatdur menga. Koʻksim uzra qoplab borar tanam. Menga aytchi tubsizligning oxiri bormi oʻzi?

Tubsizlik oʻzi nima? unga yiqilgan odam qaytib chiqa oladimi? uning tubida nima bor? mahluqlarmi yoki faqat qorongʻulikdan iboratmi?

Tubsizlik shunday narsaki, inson ilojini topsa tubsizlikning eng tubida boʻlsa ham chiqa oladi! muhimi qoʻrqmaslik va oldinga intilish, aks holda tubsizlik oʻz domiga tortaveradi! Tubsizlikning turlicha koʻrinishi bor. Suvdagi, jarlikdagi, inson ichidagi va yana boshqa, bularning qaysibirigadur duch kelganmisiz? agar duch kelmagan boʻlsangiz siz baxtli insonsiz!

Agar siz tubsizlikka yaqin kelganingizni sezsangiz undan darxol uzoqlashing. Undan faqat bardoshlilargina chiqa oladi!

~

Janubiy Koreya 2007 yil, 31-dekabr. qishning oʻrtasi, sovuq va qor yogʻmoqda. Busandagi markaziy tugʻruqxona, Saran bor kuchi bilan dardini yengishga harakat qilardi tezroq farzandini qoʻliga olsayu yengil tortsa

D: Saran sen juda kuchli ayolsan! hozir kuchan deganimda bor kuching bilan kuchanasan, qani boʻlaqol Saran

Saran boshini ortga egdiyu bor ovozi bilan baqirib qattiq kuchandi va oʻzida biroz yengillik his qildi. Birdan havotir bilan boshini koʻtardi

S: bolam yaxshimi?

Shifokor ayol bolani orqasiga yengilgina urdi, shu zahoti bola yigʻlab yubordi, soʻng bolani artib mayin matoga oʻrab onasini bagʻriga berdi. Saran bolasini qoʻliga olarkan koʻzidan sevinch yoshlari oqa boshladi

~Pov Saran

Bu uchinch farzandim ammo men birinch martta ona boʻlgandek sevinyapman, bu tabiy albatta chunki ularning har birini alohida oʻrni bor! ha men hozirgina yuragimdan yana bir parcha dunyoga keltirdim, agar ularga biror narsa boʻlsa yuragim butunlay urushtan toʻxtaydi! Dunyodagi birinchi kuning muborak boʻlsin, hayoting oʻzing kabi goʻzal boʻlsin farishtam.

Min Saran 25 yosh

Sovuq va qorongʻu yoʻlak oʻrtasida Hyun hayajondan qoʻllari qaltirab bir joyda tura olmasdi, u yerdan bu yerga yurardi shu payt eshik ochilib doktir ayol chiqdi, Hyun hushyor tortib havotir bilan doʻktir oldiga yaqinlashdi

H: ularni ahvoli yaxshimi?

Erkakni qovoqlari uyulgan, yuzida havotir ifodasi bilan savoliga javob olish uchun ayolga qaradi

D: havotir olmang ayolingizni ahvoli yaxshi, qiz farzandli boʻldingiz tabriklayman

Oxirida ayol mamnun jilmaydi, soʻzlari samimiyligi yuz ifodasidan bilinib turardi

H: ularni qachon koʻrsam boʻladi?

D: oʻzimiz sizga habar beramiz

H: katta raxmat xonim

Erkak hurmat bilan bosh egib tugʻruqxonadan ketti

Oradan chamasi 1 soat oʻtib erkak ayoliga kerakli narsalarni olib yana tugʻruqxonaga shoshildi, chiroqlari hira yoqilgan, atrofdan ayol qichqirigʻi ovozi oz moz eshitilib turadigon tugʻruqxona markazida navbatchi hamshira nimalardir yozardi, erkakni biroz nafasi qisgan yoʻgʻon ovozda gapirdi

H: kechirarsiz xonim ayolimni koʻrsam boʻladimi

Navbatchi ayol jilmayib muloyim ovozda erkakdan soʻradi

N: ayolingizni ismini ayta olasizmi?

H: Min Saran

N: 1 daqiqa, ha koʻriahingiz mumkun 7 palata yoʻlakning oxiri

Erkak mamnun bosh egib sovuq tugʻruqxona yoʻlagidan yurarkan xona eshigiga kelganini ham sezmay qoldi, asta eshik tutqichini tortib ichkariga kirdi, xonada koʻrgan manzarasidan quvondi, ayoli qizini qornini toʻygʻazish bilan ovora edi, bola onasini koʻkragidan emarkan emayotganda chiqayotgan ovoz butun xonada aylanardi, bu albatta juda hayajonli tuygʻu shunday emasmi?

Ona farzandini qornini toʻygʻazib uni uxlashini tomosha qilardi, shunchalik diqqati bolasida boʻlganidan hatto eri kelganini ham sezmadi. Erkak esa ularni maroq bilan tomosha qilardi, soʻng hayollarini jamlab eshik oldidan uzoqlashib ayoliga yaqinlashdi, ayol mamnun jilmayib bolani astalik bilan eriga uzatdi, erkak hayajon bilan bolani qoʻliga oldi

~Pov Hyun

Qoʻlimda yana bir mitti farishtamni ushlab turibman, u shunchalar yoqimliki hozir dada desa borimni berib yuborardim

Min Hyun 26 yosh

Erkak bolasini ayolini qoʻliga berib, ayolini peshonasidan asta oʻpti

H: raxmat hayotim

Erkak yoʻgʻon ovozda, lekin muloyim oxangda gapirdi, ayol broz peshonasini tirishtirdi

S: azizm nega raxmat deysiz aslida men raxmat aytishim kerak doim meni yonimda boʻlganingiz uchun, toʻgʻri ota onam qistovi bilan erta turmushga chiqdim lekin bundan hech qachon afsuslanmayman!

Erkak bu soʻzlardan quvonib oʻzini qoʻyarga joy topa olmadi, jiddiy boʻlishga harakat qildi ammo eplay olmadi

~Pov avtor

Bilasizmi? ayol kishi eriga shirin gap aytsa erkak oʻsha ayolga borini berib yuboradi, chunki erkaklar shirin soʻz qulidir! Albatta bu degani onasi kabi emas, uni oldida turgan haqiqiy ayol kabi boʻlish kerak!

S: azizim farishtamizga qanday isim qoʻyamiz? oʻylashimcha siz buni allaqachon oʻylagansiz

Erkak bu gapdan oʻzini tiya olmay kulib yubordi

H: hayotim sen meni juda yaxshi bilasan, senga yana bir bor tan berdim, ha toʻgʻri topding allaqachon oʻyladim " Yeona" oʻzi kabi nafis va gʻoʻzal, sen bunga qarshi emasmisan?

S: yoʻq albatta, siz har doim toʻgʻri tanlov qilgansiz, qolaversa Yeona ismi menga juda yoqdi, bizning mitti "Yeonamiz"

Erkak biroz nim tabbasum qilib ayolini yuziga tushgan qisqa sochlarni qulogʻiga qistirb, asta yuzidan siladi

H: hayotim, endi biroz dam ol 3 kundan keyin ruxsat berishar ekan ungacha oʻzingni va qizimizga yaxshi qara

S: yaxshi azizm, yodimdan koʻtarilay debti Yuna va Yongini ovqatlanishini nazorat qiling, bilasiz ularga qolsa ovqat oʻrniga telefon yeyishadi

Erkak hop deganday ikki koʻzini qisib qoʻydi, soʻng tugʻriqxonani tark etib uyi tomon yoʻl oldi

Minlar uyi

Erkak mashinadan tushib uyga kirdi, uyda bir nechta hizmatchilar va bitta enaga ishlardi

H: BOLALAR MEN KELDIM, TOPINGCHI SIZGA QANDAY YANGILIK OLIB KELDIM?

Bolalar doimgidek telefon oʻynashardi, otasini ovozini eshitib oʻrnilaridan qanday turishganini bilmay qolishdi, sababi bu uyda ota-ona oldida telefon oʻynash mumkun emas edi, boʻlmasa Hyun ularni qattiq jazolardi! Mitti Yongi yugurib otasini etagiga yopishdi

Min Yongi 4 yosh

Yo: appa appa qayday nassa aytaysiz?

Bola otasini etagiga yopishib tepadan pastga sakradi, tinmay otasiga shu savolni beraverdi, erkakni broz jahli chiqdi ammo qoʻpol gairmadi

H: Yongi! bolajonim bas qil biroz shoshmasang aytaman, Oyingiz sizga mitti singil olib kelyapti

Bola bu gapni eshitib quvonganidan yana tepaga sakrashni boshladi

Yo: uya endi meni myitti singym bor, uya uya

Bola hursandligidan butun uy boʻylab aylanib chiqdi, Yongi hali kichik boʻlsada juda aqilli bola edi!

H: Yuna sen nega u yerda turibsan? hursand emasmisan?

Qiz qosh jiyirib, norozi yuz bilan otasiga qaradi

Min Yuna 6 yosh

Yu: endi sizlar bizni yomon koʻrasizmi?

Erkak qizini bu savolidan kulib yubordi, oʻzini broz qoʻlga olib qizini oʻziga tortib asta sochidan siladi

H: qizalogʻim bu nima deganing biz barchangizni yaxshi koʻramiz

Qiz hali ham qosh jiyirib turardi, erkak qizini bu yuz ifodasidan jaxli chiqa boshladi

Yu: aldayabsiz! bola oyimni qornidaligdayoq barcha etiboringiz unda boʻlgan, unga doim yangi kiymlar oldingiz bizchi? Bulardan keyin qanday oʻylashim mumkun

Erkak qizining bu soʻzlaridan albatta mamnun emas, jahli chiqayotgandi ammo qoʻpol gapirmadi, aniq va tushunarli qilib gapirdi

H: Yuna men senga bir gapni boshqa takrorlamayman! bu gapni yana bir martta eshitsam mendan yaxshi gap kutma! Tushundingmi?

Qiz otasini bu soʻzidan oʻzini zoʻrgʻa bosdi, agar hozir yana biror soʻz aytsa oqibati yomon boʻlishini tushundi

Yu: hop boʻladi dadajon

Har bir uyda erkak hojayin boʻladi, agar biror bir erkak oilasida uni gapi oʻtmasa oilasidan hech kim uni hurmat qilmaydi! Bizni Hyun qiziga qarab magʻrur bosh silkadi, qiz buni tushunib ketayotib birdan orqaga qaradi

Yu: ismi nima?

Erkak bu savoldan hayratlanib qiziga qaradi

H: Yeona

Qiz savoliga javob olgach hech qanday yuz ifodasiz honasiga kirib ketti, ovqat har doim bir hil vahtda yeyiladi agar kimdur osha vaht ichida tushmasa bu uyda hamma och qolardi Hyun bolalari bilan 3 kunni ham bir pasta oʻtkazib yubordi

H: bolalar tezroq boʻling hozir kech qolamiz kamarlarni taqishni unutmang

Yoʻllar juda sirpanchiq, uni ustiga qor ham yogʻardi erkak yoʻl yoʻlakay ayoliga yoqadigon gulni sotib oldi, bu gul navini qishda topish juda qiyin edi lekin erkak uni onsongina topdi

Rose "pink flamingo"

Ular tugʻruqxonaga yetib kelshdi, eshikdan kirishganda bolalarni koʻzi oyisiga tushdi ular shunchalar quvonishganidan oʻzlarini Saraning bagʻriga otishdi

S: bolalar sekinroq, sizlarni juda sogʻinib ketgan edim

Ayol bolalarini sochlaridan silab, bagʻriga bosdi, soʻng ikkovining ham yuzidan asta oʻpib qoʻydi

S: men yoʻqligimda toʻpalon qilmadingizmi?

Bolalar qoʻllarini ogʻziga qoʻyib bir birlariga qarab kula boshlashdi

Yo: yoʻq omma, biz yashi boya boʻyik

Ayol bu gapdan mamnun jilmayib eriga qaradi, Hyun ham ayoliga qaradi, erkak ayolini tushungandek bosh silkab qoʻydi

Yu: oyijon singlimiz qani?

S: u hozir uhlayapti faqat ehtiyot boʻlib qarang maylimi?

Bolalar singillarini tomosha qila boshlashdi, u uhlayotganda qoʻllari bilan koʻzini ishqalab qoʻydi bolalar buni koʻrib jilmayishdi

Yu: Yongi qara u menga oxshaydiya

Qiz ayyorona kuldi, bu gapni ukasini jigʻiga tegish uchun aytgani ma'lum edi

Yo: yoq u shenga oshamaydi meyga oshaydi

Qiz jahil bilan ukasini turtib yubordi, bola biroz ortka sitarildi

Yu: sen oldin toʻgʻri gapirishni oʻrgan

Hyun bu vaziyatni koʻrib albatta mamnun boʻlmadi chunki bunday urushlar birinchisi emasdi

H: Yuna bu nima qilganing? Ukang hali sendan kichkina hoziroq uzur soʻra

Qiz bu gapdan koʻzlarini katta katta qilib bir otasiga bir ukasiga qaradi

Yu: axir dada me...

Erkak jiddiy ohangda, qoʻlini qizi tarafga qaratib "Bas" ishorasini qildi

H: men senga nima dedim, Yongi sen ham tez opangdan kechrim soʻra

Bola otasining bu ovozidan sakrab tushdi koʻzida yoshlari toʻlib turgandi, otasini bu gapidan keyin koʻz yoshlari pastka dumaladi, va qoʻrquv bilan gapirdi

Yo: opa meyi kechiy

Qiz ukasini bu ahvolini koʻrib juda achindi u nima boʻlgandayam opa ukasini yaxshi koʻradi, ukasini bagʻriga bosib

Yu: sen ham meni kechir ukajon

Qiz ukasini koʻz yoshlarini artib qoʻlidan ushladi bu holatni koʻrgan Saran jilmaydi

S: bolalar doim shunday ahil boʻling, endi uyga ketamiz shundaymi azizm

Erkak alaqlagancha ayoliga ha ha dedi, ular chiqib ketishayotganda Saraning koʻzi gulga tushdi va gulga ishora qilib jilmaygancha eriga gapirdi

S: azizm bu gullar mengami?

Hyun bu gapdan birdan gulga qaradi va uyatdan qizardi hozir yer yorilsayu yer tagiga kirib ketsa

H: hayotim meni kechir butkul unutibman bu gullar senga

Ayol mamnun jilmayib gullarni oldi hursandligidan koʻzlari porlardi, bu tabiy albatta har bir ayol etiborli erkaklarni yaxshi koʻradi shunday emasmi?

Ular tugʻruqxonadan chiqib mashinada ketishardi oila bir butun hamma hursand, tashqari esa sovuq ammo bu kayfiyatga tasir qilmasdi aksincha oʻzgacha hissiyot berardi.

Vaht ham shu zayilda tez oʻtardi bu orada bizning mitti Yeonamiz 2 yoshga toʻlgandi, ovqatlarni oʻzi yeyishga oʻrgangandi, hatto biroz gapirishni ham boshlagandi.

~Pov avtor

Bizni Saran esa oʻzini butkul unutdi bolalarimga qarayman deb oʻzini parvarish ham qilmay qoʻydi, ayollar oʻzi shunday, keyin yana ajirm soni koʻpayib bolalar yetim qolishadi. Biz ayollarga hamma narsani onson tutishadi, toʻgʻri ayol birinchi etiborni oʻziga qaratishi kerak ammo farzandlarimchi? degan hayolda yuradi har bir uyda ham bolaga qaraydigon enaga yoʻq! bazi ayollar uy ishlaridan ortmaydi, oʻzi uchun hatto 1 ta igna ham sotib olmaydi hamma narsa farzandlarimga boʻlsin deydi bu hato aslida, ayol farzandini tarbiyasiga masul albatta ota ham lekin ota bu uy boshligʻi, ayol emas! ayol ishlab oilasini boqishga majbur emas! aslida bu erkakning ishi!

Bizni Hyun bu orada bir ayolga ilakishib ulgurdi uyga kam keladigon odat chiqazdi kelsa ham tonga yaqin kelib bir ikki soatdan keyin yana chiqib ketardi, ayolini holatini koʻrib yaqinlashmay ham qoʻydi!

~

Shu zayilda vaht ham oʻtaverdi, bugun bizning yeonamiz 12 ga toʻldi, uyda qizning barcha dugonalari yigʻilgandi, bolalar turli mavzuda gaplashishardi shu payt birdan chiroq oʻchib qoldi, bolalar vahimaga tusha boshlashdi soʻng broz yoruqlik nurida Saran kirib keldi

S: tugʻilgan kuning bilan, tugʻilgan kuning bilan mening mitti farishtam Yeona

Shu zahoti chiroq yondi, bolalar qarsak chalishdi, Saran qiziga qarab toʻrtka ishora qildi, Yeona koʻzlarini yumib tilak tiladi

~Pov Yeona

Bugun tugʻulgan kunim men faqat birgina narsani sorayman, oilam doim yonimda boʻlishini sababi men yolgʻizlikdan juda qoʻrqaman! shunday ekan oilam doim yonimda boʻlsin.

~ Pov avtor

Bilasizmi? Inson bror narsadan qattiq qoʻrqsa oʻsha narsa insonga yaqinlashadi va uni topib boradi shuning uchun biror narsani koʻp oʻylamaslik kerak

Qiz shamni puflab asta koʻzlarini ochdi hamma qarsak chalib tabrikladi, Saran ham qizini bagʻriga bosib yana bir bor tabrikladi

S: farishtam tugʻilgan kuning bilan senga bir kichik sovgʻam bor bunga eng yaxshi hotiralaringni yozganinda meni eslab yur, seni yaxshi koʻraman

Saraning sovgʻasi

Ayol koʻz yoshlarini tiya olmay yigʻlab yubordi, axir u ona bolasini ne qiyinchiliklar bilan dunyoga keltirgan, shunday emasmi?

Yn: oyijon boʻldi yigʻlamang hozir meni ham yigʻlatasiz, albatta men ham sizni yaxshi koʻraman

Ayol broz oʻziga kelib koʻz yoshlarini arti

S: bu hali hammasi emas, bzni senga yana sovgʻamiz bor qani bolalar kelingchi

Ayol eshik tomon ishora qildi hammani diqqati oʻsha yerga qaratildi, ichkariga Hyun, Yuna va Yongi kirib kelishti birinchilardan boʻlib Yuna tabrikladi

Yu: singiljon tabriklayman bu menda senga sovgʻa sen endi katta boʻlding bulardan foydalanishing kerak

Yunaning sovgʻasi

Yeona opasidan sovgʻani olar ekan boʻyanish anjomlari koʻzini quvontirardi menimcha hech bir qiz bu sovgʻani rad eta olmasa kerak toʻgrimi? Yeona ham rahmat aytib opasini quchoqladi bu sovgʻani koʻrib Saranning qoshlari uyuldi

S: Yuna axir Yeona endigina 12 ga toʻldi

Qiz oyisining gapidan qah qah otib kulib yubordi

Yu: oyijon qoʻysangizchi u endi yosh bola emas

Ayol qizi bilan baxslashish befoydaligini bilib ortiqcha gapirmadi Yongi opasini yelkasidan yengil turtib oldinga oʻtdi

Yo: qani endi meni navbatim, Yeona singiljon tugʻilgan kuning bilan tabriklayman, mitti qalbing uchun kichik sovgʻa katta deb oʻylab qabul qil

Yonging sovgʻasi

Bola ikki koʻzini qisib tishlarini koʻrsatib kulib turdi bu holatni koʻrib Yeona kulib yubordi va sovgʻaga qaradi

Yn: voy akajon buniday narsalarni yaxshi koʻrishimni qanday bildingiz? Hayotimdagi eng yaxshi sovgʻalarim qatoriga qoʻshib qoʻyaman, raxmat akajon

Qiz oʻzini akasining bagʻriga otdi akasi ham unga javoban uni quchdi

Yo: sen bundan koʻpiga arziysan "Jujuyim"

Qiz bu nomni eshitib qovoq uydi bu nom unga yoqmasdi lekin Yongi singlisini jigʻiga tegish uchun qayta qayta aytaverardi

Yn: meni bunday chaqirmang deb sizga necha martta aytgandim, dugonalarim eshitsa ustimdan kulishadi axir

Bola ataylab baland ovozda gapirib qah qah otib kula boshladi

Yo: yaxshi yaxshi Jujuginam

Qiz yosh bolaga oʻxshab yerga oʻtirib oldi

Yo: yaxshi yaxshi hazillashdim turaqol endi

Bola qizni sochini toʻzgʻatib oʻrndan turishga yordam berdi, bularni barini Hyun kuzatib turardi yuzida biroz kulgu bor edi, soʻng hayollarini jamlab tomoq qirib gapirdi

H: Hoʻsh endi meni navbatim, mening malikam bugun 12 ga toʻldi shundaymi? bu mendan farishtam uchun kichik sovgʻa

Erkak qora qutini qizini qoʻliga tutqazdi qiz bunga hayron qarab turardi va asta qutini ochdi

Hyuning sovgʻasi

Qiz sovgʻani koʻrib koʻzlari katta katta boʻlib hayrattan oʻzini tiya olmasdi

Yn: dadajon axir bu juda katta sovgʻaku

Erkak broz jilmayib qizing yelkasidan ushladi

H: yoʻq sen bunga arziysan, keyin buni haydovchilik guvohnomasini olganindan keyin haydashga ruxsat beraman ungacha haydovchi bilan yurasan

Qiz hursandligidan dadasini mahkam quchoqlab oldi, chetda Yuna qosh jiyirib turardi koʻrinishidan nimadirdan norozi

Yu: dadajon meni mashinamni qachon yangilab berarsiz

Erkak bu gapdan qosh koʻtardi

H: Yuna oʻylab gapiryabsanmi axir 1 oy avval mescadecga almashtirib bergandimku? ha mayli yana biroz hayda keyin almashtirib beraman

Erkak gapni koʻpaytirmadi bilardiki qizi bir gapdan qolmasdi, qiz bu gapni eshitib otasiga qarab irjaydi

Yu: axx dadajon bu boshqa gap, sizni yaxshi koʻraman siz tengi yoʻq dadasiz

H: erkalanib ketma hozir demadim brozdan keyin dedim

Qiz hop deya bosh irgʻab dasturxonga oʻtirdi, bayram davom etardi, kamin qarshisida hamma bayramdan rohatlanardi, tashqarida mayin qor hurpirab yogʻardi, yerlar qorga toʻlgandi, sovuq boʻlsada bu odamga boshqacha hursandchilik berardi. Bolalar uyda zerikib tashqarga chiqishga qaror qilishdi

Yn: oyi dada biz tashqarda qor oʻynamoxchimiz, maylimi?

S: yaxshi faqat extiyot boʻling tashqari sovuq qalinroq kiyining...

Qiz oyisini gapini eshitmasdan yugurub ketti, bolalar hursandligidan kiyimlarini tez tez kiyib oʻzlarini koʻchaga otishdi. Ancha voht bir birlariga qor otishdi soʻng oʻzlarini qor ustiga tashlab yotib olishdi, Yeona birdan boshini koʻtardi

Yn: bolalar keling berkinmachoq oʻynaymiz......