May 20, 2025

Abyss 12-qism

~ Pov Yeona

Shu sakkiz oy ichida juda koʻp qiyinchiliklarni boshdan oʻtkazdim, Koo bilan oramiz juda yaxshi, lekin uni Lusiga boʻlgan etibori borgan sari oshib borayabti, nega oʻzi men Kooni mushukdan qizgʻonyabman hayronman, sakkiz oydirki shu mushukdan qizgʻonishim yoqolmadi, yoki ularning oʻrtasida biror narsa bormikina?

Instagram tarmogʻida bir bolani koʻrgan edim, mushugi tugʻganda meni hotinim menga bolalar tugʻib berdi deb chiqan edi, u bolani koʻrib hazil qilyapti degandim lekin Kooni koʻrib shubhalarim toʻgʻri chiqyabtimi deb qoʻrqayabman, birdan hayolimni Kooning ovozi buzdi

Jungkook: Azaleam shunchalar berilib nimalarni hayol qilyabsan?

Lablarimni chochaytirib qoʻllarimni qisgancha unga gapirdim

Yeona: Koooo Lusi bilan oʻrtangizda nima bor? yoki siz menga hiyonat qilyabsizmi?

~ Pov Jungkook

Azaleamning bu gaplaridan oʻzmni tiya olmay kulib yubordim, u esa yosh bolalarga oʻxshab labini choʻchaytirgancha yerga qarab turardi

Jungkook: hoyyy bunday qiliqlar qilmasangchi boʻlmasa hozir seni yeb qoʻyaman

Azaleam birdan yigʻlab yubordi, uni koʻrib oʻzmni zoʻrgʻa kulgidan tiydim

Yeona: siz Lusi bilan menga hiyonat qilyabsiz, oʻsha mushukni mendan nimasi ortiq, u sizga odamga oʻxshab bola tugʻib bera olmasa, keyin undan tugʻilgan bolangiz yarim mushuk yarim odam boʻladimi

Suv ichayotgan chogʻimda bu gapni eshitib chidab tura olmay Azaleamni ustiga suvni puflab kulib yubordim, u ingragancha yana yigʻlashni boshladi, men uning savoliga kulgancha zoʻrgʻa javob berdim

Jungkook: (kulib) yoʻq Azaleam Lusidan tugʻiladigon bolalarim transformer boʻlib tugʻiladi

Bu gaplarni aytib Azaleamni qattiq quchoqladim, u esa bagʻrimda hiqqilagancha yigʻlardi

Jungkook: hoy boʻldi yigʻlashni bas qil bularning bari hazil, qani oʻrningdan tur seni bugun bir joyga olib boraman, qani boʻlaqol tezda tur hoziroq ketamiz

Azaleamni zoʻrgʻa turgʻazdim u noligancha zoʻrgʻa kiyindi

Uni mashinaga joylashtirib yura boshladim birdan mashina yurmay qoldi, tushib u yer bu yerini koʻrdim bolalar mashina baloniga katta gʻisht qoʻyib ketishibti, uni olib tashlab yoʻlga tushdik, Azaleamni oʻzi yoqtirgan Celine kiym brendiga olib bordim, u buni bilib shunday hursand boʻldiki hursandligini koʻrib men ham hursand boʻldim, oʻzi istagan barcha narsani olib berdim

Harid qilganimizdan soʻng Azaleam qorni ochgankni pitsa yegisi kelayotganini aytdi, men ham qarshilik qilmay rozi boʻldim, u pissani shu qadar ishtaha bilan yerdiki yeb boʻlguniga qadar uni tomosha qilib oʻtirdim

Yeona: (erkalanib) axx Koo meni qornim toʻydi, mitti qizalogʻimizning ham, endi uyga ketsak boʻladi

Uning bu qiligʻidan beixtiyor tabbasum qildim, unga hop deya bosh irgʻab qoʻlidan ushlab oldim, mashinaga chiqib yoʻlga tushdik, svitaforda toʻxtadim bir zum Azaleamga qaradimu qulogʻim chiyiladi, hammasini anglab ulgurganimda mashina qattiq agʻdarilib ketdi, hayolimda birgina inson Yeona, koʻzim aslo undan uzulmadi 1 daqiqaga ham, nafas olishim qiyinlashdi, qulogʻim hech narsani eshitmadi, koʻzim esa faqat menga yoshlangan koʻzlari bilan boqib turgan Azaleamda edi, bir lahza hayotim toʻxtagandek boʻldi, hammasi shunchalar toʻsatdan yuz berdiki nima boʻlganini anglolmay qoldim

Bir zum qattiq bosh ogʻrigʻidan hushmni yoqotdim, koʻzlarimni ochganimda koʻzim oppoq shiftga tushdi, buni koʻrib oʻlib qoldim deb oʻyladim, va baqirgancha birgina ismni aytib oʻrnimdan turdim

Jungkook: YEONA, U QAYERDA MENI AYOLIM QAYERDA

Birdan koʻzlarimdan yosh oqa boshladi, men Azaleamdan boshqa hech kimni oʻylamadim hatto farzandimizni ham, birdan oldimga bir ayol kelib meni tinchlantirishga urundi

Doktr: jonob oʻzingizni bosing hammasi joyida, siz bilan kelgan ayolni axvoli yaxshi, farzandli ham boʻldingiz u ham yaxshi havotir olmang

Birdan bir hamshira hayiqb kirgancha bir nimalar deya boshladi

Hamshira: doktr yaqinda avtohalokatdan olib kelingan bemorni axvoli ogʻirlashdi, yuragi deyarli urmay qoʻydi

Bir lahza yuragim toʻxtadi, barcha ogʻriqlarimni unutgan holda doktirni orqasidan yugurdim, ammo meni kiritishmadi, eshikka suyangancha yerga oʻtirib qoldim, ogʻzimdan faqatgina birgina soʻz chiqardi "Hammasi meni aybim" faqatgina shu sòz, birdan eshik ochilishidan oʻrnimdan turdim

Jungkook: doktr ayolim yaxshimi uning axvoli yaxshimi? iltimos hammasi joyida deng

Doʻktirni yuzida magʻzunlik bor edi nima boʻlganini tushundimu lekin oʻzmni ishontirmaslikka harakat qildim

Doktr: ming afsuski ayolingizni asrab qola olmadik kuchli bosh pachoqlanishi oqibatida ayolingiz ogʻriqqa chiday olmay vafot etdi

Bu gaplarni eshitdimu yuragim urushdan toʻxtadi, koʻzimdan toʻhtamay yosh oqdi lekin ovozsiz ichimga yutgan holda yigʻladim, bir lahza hayotimdan rang ketgandek boʻldi, Azaleamsiz menga hech narsaning qizigʻi yoʻq

~

Hozir Azaleamning qabri tepasida tugʻilganiga 2 kun boʻlgan qizalogʻimni ushlagancha turibman, hayot men uchun butunlay tugadi unda mazmun ham qolmadi, lekin shu farzandim uchun tik oyoqda turibman.....

Episode : 12

Avtor : Araxon

Kanal : minsuficc