Passion
Seul kechasi har doimgidek porloq. chiroqlar, baland osmono‘par binolar orasida bitta odam bor edi, u hamisha odamlar olamidan bir qadam uzoqda edi.
Park Jimin— yosh va boy tadbirkor. U Koreyadagi eng yirik raqs akademiyasining homiysi edi, lekin o‘zi hech qachon raqs tushmasdi. Uning dunyosi – qat’iy rejalardan, shartnomalardan, va sovuqqonlikdan iborat edi.
Ammo o‘sha kechqurun — hammasi o‘zgardi.
Zalda yangi o‘quvchilar uchun tanlov kechasi bo‘layotgandi. Jimin zalga befarq qarab turardi… toki u kirib kelmaguncha.
Yorug‘lik so‘nib, musiqaning sekin ohangi eshitildi. Sahna markaziga bir qiz chiqdi. U Koreyalik emasdi – bu darrov sezilardi. Uning nigohi sokin, yurishlari ishonchli edi. Sochlari shunchaki orqaga yig‘ilgan, libosi oddiy… lekin harakati – sehrli edi.
U boshqa davlatdan kelgan. Va u raqsni boshladi.
U raqs tushmadi – u yuragini harakatlar bilan aytdi.Likin uni raqsi har bir erkakni nazatidan qolmasdi juda mahorat va kuchli xerografiya bilan uynaliyotgan raqs edi.
Jimin esa... unga tikildi. Har bir burilishda, har bir qo‘l harakatida u o‘ziga noma’lum tuyg‘ularni sezdi. Yuragi odatdagidan tez ura boshladi. “Bu qiz kim?” deb yuragidan so‘radi.
Liza egilib salom berdi… va ko‘zlarini Jiminga to‘g‘riladi.
Jimin o‘sha ondayoq bilardi – bu oddiy raqs emasdi. Bu uchrashuv – hayotining burilish nuqtasi edi.
Jimin zalni tark etayotganida yuragi hanuz urmoqda edi. Uning hayotida ko‘plab odamlar, yuzlab san’atkorlar, yuz minglab so‘zlar bo‘lgan. Lekin bunday nigohni — hech qachon ko‘rmagan.
U zinalardan tushayotgan qizni ko‘rdi — Liza. U qulog‘idagi musiqani o‘chirayotgandi.
— Yangi o‘quvchisan? — ovozi sovuqqina chiqdi, lekin ichida nimadir qiziyotgandi.
Liza to‘xtadi, ko‘zlarini ko‘tardi.
— Ha. Liza. Siz akademiya egasimisiz?
— Egasi emas, homiysi. Park Jimin.
U qo‘lini uzatdi. Liza jilmaydi va qo‘lini uzatdi. Ammo uning qo‘li sovuq edi — aynan Jimining yuragiga o‘xshab.
Raqsing... — Jimin bir lahza sukutga to‘xtadi. — Juda... boshqacha edi.
— Men his qilganimni harakatga aylantirdim, — dedi Liza sokin ohangda.
— His qildingmi?.. — Jimin jilmaygandek bo‘ldi. — Yaxshi... demak sen raqs bilan gaplashadigan odamlardansan?
— Ba’zan so‘zlar yetarli bo‘lmaydi, — dedi Liza, orqaga qarab yurarkan. — Ayniqsa, begona yurtda.
Bu gap Jungkookni qattiq o‘ylantirdi.
Jungkook ketib borayotgan Lizaga qaradi. Nigohi hamon uning yuragida qoldi. Liza to‘xtab qaradi, lekin orqasiga qaytmadi.
Shu ondan boshlab, Jimin birinchi marta rejasiz harakat qilishni xohladi.
Shundan so'ng Jimin ham u yerni tark etdi likin ko'chada yomg'ir va u yerda mashinasiga o'tirib ketayotganida to'satdan Lizani uchratdi.
Yomg‘ir Seul osmonidan to‘xtovsiz yog‘ardi. Liza Jimin bilan suhbatni tugatib, zaldan chiqdi. Havoda sovuqlik, yuragida esa yana yolg‘izlik bor edi. Telefoni o‘chib qolgan, taksi yo‘q, metro esa uzoqda edi.
Shu payt qarshisida mashina to‘xtadi. Deraza ochildi.
Jimin edi. Uning ko‘zlarida g‘amginlik va xavotir aralash bir his bor edi.
— Uyga. Lekin... telefonim o‘chib qoldi.
— O‘tir, seni olib boraman. Yomg‘ir kuchaymoqda.
Liza biroz ikkilanib turdi. Lekin baribir mashinaga o‘tirdi.
Mashina jim ketdi. Liza derazadan yomg‘irga qarab o‘tirar, Jimin esa faqat uni kuzatardi.
— Kechirasan, — dedi u. — Boya ... ko‘proq sen haqingda bilishni istagandim. Lekin ehtimol bu... biroz erta edi.
— Menimcha, sizning harakatingiz juda... ehtiyotkor edi. Odatda odamlar menga boshqacha qaraydi.
— Chunki men boshqa mamlakatdanman. Va o‘z fikrim bor. Bu har doim ham yoqmaydi.
— Men ham o‘zimcha odamman. Har kim bilan gaplashmayman. Lekin sen... — u to‘xtadi. — Sen o‘zingni inkor etmayapsan. Shu menga yoqdi.
— Shunchaki men yolg‘on yashay olmayman.
Liza mashinadan tushayotganda, to‘xtadi.
— Raqsdan boshqa narsani ham yaxshi ko‘rish mumkinmi?
— Ba'zida bitta nigoh butun yurakni o‘zgartiradi.
U ketdi. Lekin bu kechada ular ikkalasi ham yaxshi tushundilar — bu shunchaki tanishuv emas. Bu — ichkaridan o‘zgarish boshlangani edi.